Oits asr vabosi



Download 4,8 Mb.
Sana31.12.2021
Hajmi4,8 Mb.
#255109
Bog'liq
ОИТС-07.06.2021


Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan Axborot texnologiyalari fakultetida “OITS – ASR VABOSI” mavzusida o‘kazilgan davra suhbati

BAYoNNOMASI

07.06.2021 Buxoro shahri
Tadbir o‘tkazilgan joy: BuxDU 1-bino 520-auditoriya

Tadbir tashkilotchilari: Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi vrachi Umarova F.T., Viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimi podpolkovnik Ostonov Sh.U. Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchilari B. Tohirov, M. Ismoilova, G. To‘rayeva

Qatnashdilar: Axborot texnologiyalari fakulteti dekani Eshanqulov H., fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Atamuradov J., Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Sayidova N.S., va kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari hamda Amaliy matematika va DT kafedrasi dotsentlari J. Jumayev, H. Rustamov, Sh. Imomova, fakultet talabalari
KUN TARTIBI

2021 yil 7 iyun kuni Axborot texnologiyalari fakuletining 520-xonasida fakultet o‘qituvchi va talabalari hamda Buxoro viloyati OITSga qarshi kurashish markazi vrachi Umarova F.T., Viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimi podpolkovnik Ostonov Sh.U. ishtirokida “OITS – asr vabosi” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.



Tadbirni Axborot texnologiyalari fakulteti dekani ochib berib, talabalarga bugungi tadbir tashkilotchilarini tanishtirib o‘tdi.

Mavzu bo‘yicha Viloyat OITSga qarshi kurashish markazi vrachi Umarova F.T. so‘zga chiqib, bugungi kunning dolzarb muammolari qatoridan joy olgan OITS/OIV kasalligi, uning yuqish yo‘llari, klinik belgilari xususida atroflicha ma’lumot berib o‘tdi. Xususan, OIV/OITS infeksiyasining oldini olish, unga chalingan bemorlarni tibbiy-ijtimoiy muhofazalash, sanitariya-gigiyena madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni giyohvandlik va boshqa illatlar ta’siridan asrash borasida ko‘plab ishlar olib borilayotganligini aytib o‘tdi. 



Umarova F. tinglovchilarga quyidagi muhim ma’lumotlarni berib o‘tdi:

O dam immunitet tanqisligi virusi (OIV) – sekinlik bilan rivojlanuvchi surunkali yuqumli kasalllik hisoblanadi. OIV ta’sirida odam organizmini boshqa kasalliklardan himoya qiluvchi immun tizim faoliyati susayadi va kamquvvatlik, ko‘p terlash, tana haroratining ko‘tarilishi, limfa bezlari jigar, taloqning kattalashuvi kuzatiladi.

OIVning 3 xil yo‘l bilan yuqishi tasdiqlangan:



  1. Jinsiy yo‘l;

  2. Parenteral yo‘l;

  3. Vertikal yo‘l.

Maishiy muloqot orqali kasallik qon qoldiqlari mavjud bo‘lgan shaxsiy gigiyena buyumlari (tish cho‘tkasi, soqol anjomi va h.k.) orqali yuqish holatlari ham kuzatilgan.

Markaz shifokori OIVni oldini olish uchun tinglovchilarga muntazam ravishda quyidagi axloqiy va ijtimoiy me’yorlarga rioya qilishni alohida ta’kidlab o‘tdi:



  • Halollikka va sog‘lom turmush-tarziga rioya qilish;

  • Osilasiga vafodor bo‘lish;

  • Giyohvandlik va boshqa zararli odatlardan voz kechish;

  • Steril bo‘lmagan tibbiy, notibbiy va maishiy asbob-anjomlardan foydalanmaslik.

Shundan so‘ng, podpolkovnik Ostonov Sh.U. so‘zga chiqib, XXI asr vabosi nomini olgan OIV infeksiyasining oldini olish va kasallanganlarning hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha respublikamizda keng ko‘lamda olib borilayotgan ishlar, OITS tarqalishining oldini olish, unga chalingan bemorlarni tibbiy-ijtimoiy muhofazalash, sanitariya-gigiyena madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni giyohvandlik va boshqa illatlar ta’siridan asrash lozimligi haqida ta’kidlab o‘tdi.



Ostonov Sh.U. giyohvandlik oqibatida yuzaga kelgan hayotdagi voqea-hodisalar bilan misollar keltirib, suhbatning ta’sir kuchini oshirib, tinglovchilar va talabalarning kasallikka nisbatan e’tiborli bo‘lishga chorlab qoldi.

Tadbir so‘nggida soha vakillari mavzu yuzasidan talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdilar. Tadbir juda mazmunli o‘tdi.

https://t.me/ITnews_BuxDu/307


Fakultet dekani: H.I. Eshankulov


Yoshlar bilan ishlash

bo‘yicha dekan muovini: J. J. Atamuradov
Download 4,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish