Vasiylik va homiylik sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish.Vasiylik va homiylikni belgilash va tugatish, davlat organlarining vasiylik va homiylik sohasidagi vakolatlarini amalga oshirish, vasiylar va homiylar huquqlarini amalga oshirish hamda majburiyatlarini bajarish, o`zlariga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar huquqlarini amalga oshirish hamda mulkiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlash yuzasidan kelib chiqadigan huquqiy munosabatlar "Vasiylik va homiylik to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Xulosa
Ushbu fikrlardan ma'lumki ibtidoiy jamoa tuzumidan boshlab nikoh munosabatlari mavjud. Ilk davrda odamlar bilar-bilmas er-xotin, ota-ona, farzand tuyg’ularini his qilib, bir-birlari orasida burchlarini ham bajarar edilar. Awalo, bu munosabatlar «guruh nikoh», keyinchalik «juft nikoh» deb ataldi. Jamiyatda inson ongi rivoj topgan sari nikoh munosabatlarida ham o’zgarishlar yuzaga keldi. Jamiyatdagi urug’chilik davri — onalik davridan patriarxat — otalik davriga o’ta boshladi. Bu davrga kelib erkaklarda o’z xotiniga, ulardan tug'ilgan farzandlarga, topilgan daromadiga o’zi ega bo’lish tuyg’usi vujudga keldi. Bu davr sivilizatsiya deb atalib — yakka nikoh — monogamiyaning kelib chiqishiga asos soladi. Shunday qilib, nikoh munosabatidagi o’zgarishlar, oilada ham ulkan o’zgarish tug’dirdi.Urug’chilik davrida ham, bugun ham oilaviy munosabatdagilarning asosiy maqsadi bir-birlariga yordam berish, tarbiyalash, g’amxo’rlik qilish xususiyatlari bilan bog’liq bo’lib, bu tashkilotda eng yaqin insonlar birlashdi. Ma'lumki, kishi oilada rivojlanadi, kamol topadi. Mustaqil respublikamiz kelajagiga o’z hissasini qo’shadigan shaxs eng awalo oilada tarbiyalanadi. Oila, nikohdagilarning o’rtasida ahillik bo’lsagina, mus-tahkam bo’la oladi. Shuning uchun nikoh nima, qanday tuziladi, oila nima, jamiyatimizda uning o’rnini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.Oila bu ota-ona, er-xotin, farzandlar va qarindosh-urug’lardan tuzilgan uyushma bo’lib, oila a'zolari o’rtasida mulkiy va shaxsiy huquq, majburiyatlarni vujudga keltiradi. Oila, davlat himoyasidadir.Oilaning davlatimizning kelajagidagi o’rniga keng baho berib, asosiy qonun Konstitutsiyaning «Jamiyat va shaxs» bobida oila jamiyatning asosiy bo’g’ini ekanligi, u davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega ekanligi tasdiqlangan.Oila munosabatlari «O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksi» bilan tartibga solinadi. Bu munosabatlar nikoh, er-xotin, ota-ona, farzandlar, oilaning boshqa a'zolari o’rtasidagi munosabatlardir. Oila qonunlarning asosiy vazifalari oilani mus-tahkamlashdan, oilaviy munosabatlarni o’zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a'zolarining mas'ullik hissi asosida ko’rishdan, biron-bir shaxsning oila masalalariga o’zboshimchalik bilan aralashishiga yo'l qo’ymaslik, oila a'zolari o’z huquqlarini to’sqinliksiz amalga oshirishni hamda bu huquqlarning himoya qilinishidan iboratdir.Nikoh erkak va ayol o’rtasida tuzilgan ixtiyoriy bitim bo’lib, FHDYOda — fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi orqali rasmiylashtiriladi. Nikoh yoshi-ga yetish, turmush qurish uchun unga har tomonlama tayyor bo’lish, yaxshi kasbni egallash, er-xottn oldida turgan burchlarini tushuntirish ota-onaning vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |