Oilaviy-huquqiy munosabatlar


Farzandlikka olish tartibi.Vasiylik va homiylik



Download 51,25 Kb.
bet10/15
Sana31.12.2021
Hajmi51,25 Kb.
#208523
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
IRODA huquq tayyor

2.3.Farzandlikka olish tartibi.Vasiylik va homiylik

Farzandlikka olish - ota onasining homiyligidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiyaga olish va farzandlikka olinuvchi bilan farzandlikka oluvchi oʻrtasidagi, ota-ona bilan bolalar oʻrtasidagi mavjud huquqiy (shaxsiy va mulkiy) munosabatlarni belgilash. Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksida ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va yetim bolalar, ayni vaqtda, faqat voyaga yetmagan bolalarnigina ularning manfaatlarini koʻzlab farzandlikka olinishi koʻrsatilgan. Farzandlikka olish bolani Farzandlikka olishni istagan shaxslarning arizasiga binoan hamda vasiylik va homiylik organi (xalq taʼlimi, sogliqni saklash, ijtimoiy taʼminot boʻlimlari, vasiylik va xomiylik organlari) tavsiyasiga koʻra, tuman (shahar) hokimi qarori bilan rasmiylashtiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 apreldagi 171sonli karori bilan tasdiqlangan "Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari"da belgilanishicha, FXDYO organi qabul qilingan hujjatlar asosida tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli oʻzgartishlarni kiritadi va tugʻilganlik haqida yangi guvohnoma beradi. Farzandlikka oluvchilar bolaning tugʻilishi qayd etilgan daftarga uning ota-onasi deb yozilishi kerak. Bolaning manfaatlaridan kelib chiqib, zarur hollarda bolaning familiyasi, ismi, otasining ismigina emas, balki tugʻilgan sanasi ham bir yildan ortiq boʻlmagan farq bilan oʻzgartirilishi mumkin. Agar bola 10 yoshdan oshmagan boʻlsa, tugʻilgan joyi ham Oʻzbekiston Respublikasi doirasida oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyiladi. Voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar boʻlishi mumkin. Quyidagi shaxslar farzandlikka oluvchilar boʻlmaydilar; ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar; qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganlar; asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida roʻyxatda turuvchilar; farzandlikka olganligi bekor qilingan sobiq farzandlikka oluvchilar; qasddan sodir qilingan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilinganlar. Qonun oʻgay ota va oʻgay ona tomonidan farzandlikka olish hollaridan tashqari holatlarda farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq 15 yoshdan kam boʻlmasligini shart qilib qoʻyadi. 


Download 51,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish