Оилавий муносабатларни тартибга солиш ва фарзанд тарбиясида ҳадислардан фойдаланиш имкониятлари


-7 yoshli bolalarni tarbiyalashda xalq pedagogikasining o’rni va hadislardan foydalanish imkoniyatlari



Download 381 Kb.
bet6/8
Sana16.12.2022
Hajmi381 Kb.
#888996
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-7 YOSHLI BOLALAR BILUV VA IJTIMOIY RIVOJLANISHIDA OILA TARBIYASI METODLARINING TA`SIRI

2.2. 5-7 yoshli bolalarni tarbiyalashda xalq pedagogikasining o’rni va hadislardan foydalanish imkoniyatlari


Xalq pedagogikasining talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdagi o’rni va xadislardan foydalanish imkoniyatlari haqida fikr yuritishdan oldin uning tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlab olish zarur. Bu borada ma`lum ilmiy-amaliy tajribalar to’plangan bo’lib, u xalq pedagogikasining yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlashda qo’llanilishi muhim bo’lgan pedagogik bilimlar, tushunchalar, tamoyillar sifatida ifodalanadi.


Bizningcha, xalq pedagogikasining o’rni va xadislardan foydalanish imkoniyatlarini ta`lim-tarbiyaviy jihatdan uzviy birlikda qaramoq maqsadga muvofiqdir. SHunga ko’ra xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlariga tajribada uning ta`limiy (didaktik) imkoniyatlarini ham kiritish lozimdir.
Biz yuqorida shu nuqtai nazardan xalq pedagogikasining o’rni va xadislardan foydalanishning ta`lim-tarbiyaga doir imkoniyatlarini «YOsh avlodni oilaviy hayotga tayyorlashda qo’llanilishi muhim bo’lgan pedagogik bilimlar, tushunchalar, tamoyillar» deb ta`rifladik.
Biz ko’rib chiqayotgan masalamiz xalq pedagogikasining o’rni va xadislardan foydalanish, oilaviy hayotga tayyorlash imkoniyatlari deganda, uning oilaviy hayotga doir pedagogik bilimlar, tushuncha va tamoyillarning yoshlarni tarbiyalash tizimiga tadbiq etishdagi shart-sharoitlari tushuniladi.
SHunday ekan, oilaviy tarbiyaga doir tushuncha va tamoyillar uning manbalari asosida yoshlarga etkaziladi. Bunda xalq pedagogikasining manbalari va xadislardan foydalanish aynimuddaodir.
Aytish lozimki, xalq pedagogikasida ta`lim-tarbiyaga doir empirik bilimlar ko’proq xalq og`zaki ijodida namoyon bo’lgan. Xalq og`zaki ijodi-folklor-xalq donishmandligi bo’lib, xalqning didi va zavqi, ijtimoiy-tarixiy, siyosiy, falsafiy, badiiy-estetik qarashlarini o’zida mujassamlashtiradi. Ana shu qarashlari tarkibida turli sohalarga oid bilimlar ifodalanadi. CHunki xalqning butun hayotiy, ijtimoiy-maishiy turmush tajribasi maqollar va iboralarda aks etadi.
SHuning uchun ham xalq og`zaki ijodining ijtimoiy qimmati ma`rifiy, g`oyaviy-tarbiyaviy va estetik ahamiyati bilan belgilanadi. Uning ma`rifiy ahamiyati shundaki, u xalqning tarixi, urf-odati, maishiy turmushi, dunyoqarashi, hayotga munosabati, orzu-umidlari haqida bilim beradi. SHuning uchun ham talaba-yoshlar ongiga milliy istiqlol mafkurasini singdirish muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bularning barchasi xalq og`zaki ijodining tarbiyaviy imkoniyati katta ekanligini ko’rsatadi.
YOshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda «To’y qo’shiqlari» ham katta ahamiyatga ega. To’y qo’shiqlaridan «yor-yor»lar yigit-qizning baxtini tilash, ularning kelajagini ulug`lash bilan boshlangan. Bu «yor-yor»da qizning baxtli umrga qadam qo’yishdek yupanch hissigina uning ota-onasi bilan xayrlashuviga, balog`at yoshga etkizgan ota-ona xonadonidan chiqishda bir yupanch bo’ladi.
«YOr-yor» aytuvchilar ko’z yoshi bilan qadrdon ota-onasi va boshqa oila a`zolari bilan xayrlashayotgan qizni oldinda obod xonadon, sevimli yor kutayotganini aytib, uni yupatishga harakat qiladilar, yangi oilaga chorlaydilar.
YOshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda, ayniqsa, diniy ta`limot o’ziga xos xususiyatga ega. Zero, asrlar osha islom axloqi o’z vaqtida har bir mo’min-musulmonning axloqiy tarbiyasiga ta`sir etgan.
Islom dini kishilarda axloqiy fazilatlarni tarbiyalashda ijobiy ahamiyatga ega. YOshlarni axloqiy etuk inson sifatida tarbiyalash, yaxshi fazilatlar va ma`naviy xislatlarni shakllantirishga ko’maklashadi.
«Qur`oni karim»da Olloh barcha yaratgan narsalarni, mavjudotlarni, maxluqotlarni, odam va uning avlodlarini juft qilib yaratganini xabar berib shunday deydi: «Er undirib – o’stiradigan narsalardan, odamlarning o’zlaridan va yana ular bilmaydigan narsalardan iborat barcha juftlarni yaratgan Olloh har qanday aybu nuqsondan pok zotdir» (YOsin-30).
Demak, Olloh bu dunyodagi hayot bo’lishi va odam naslining uzilmasligi uchun juft bo’lib yashamoqlikni sunnati ilohiysi bilan belgilab qo’ygan (Nahl-72).
«Olloh sizlar uchun o’zlaringizdan juftlar yaratib, juftlaringizdan sizlar uchun bolalar, nabiralar paydo qildi va sizlarni halol pok rizqlardan bahramand etdi» (Nahl - 72).
Inson hayotidagi eng muhim voqea oila qurishga katta e`tibor bergan va oyatlarda oila, uning tinch-totuvligi, mustahkam, ahil bo’lishi haqidagi ilohiy ko’rsatmalar o’rin olgan.
Islomda har bir inson o’ziga doimiy sukunat va orom baxsh etishga sabab bo’ladigan umr yo’ldoshini ixtiyor etishda shoshilib, zohiriy husnu jamol, molu dunyo yoki naslu nasab kabi o’tkinchi narsalarga berilmay, balki bo’lajak jufti halolining axloqi, odobi va diyonatiga ahamiyat berish targ`ib etilgan.
Ixtiyor etilgan ayol inson farzandlarining onasi, o’zining umri bo’yi yaxshi-yomon kunlariga madad bo’ladigan va suhbatdosh turmush o’rtog`i bo’lishi kerak.
Payg`ambarimiz Muhammad S.A.V. ayol tanlashda quyidagilarga e`tibor berish zarur ekanligini bayon etganlar: «Ayollarni to’rt xislati uchun nikohga olinadi: moli dunyosi uchun, chiroyi uchun, nasli-nasabi uchun va dinu diyonati uchun, sen ey muslim, dinu diyonatli ayolni tanlagin! CHunki dinu diyonatli qiz-ayol axloqli, odobli, iffatli bo’lib, o’zining va erining sharafini saqlaydirgan, erining ota-onasi, qarindosh-urug`larining hurmatini joyiga qo’yadirgan, erining halol rizq topib kelishiga sabab bo’ladirgan, farzandlarini yaxshi tarbiyalaydirgan mehribon ona bo’lishi tabiiy holdir».
Bunday ayolga musharraf bo’lish Ollohning eng ulug` ne`matidan ekanini Rasululloh o’zlarining hadislarida bayon qilib shunday deganlar: «Mo’`min banda Ollohga bo’lgan imonidan so’ng erishgan eng yaxshi narsa, soliha xotin bo’lib, unga qarasa xursand qiladi va Ollohning amrini bajarishda eriga yordam beradi».
Ayollarning faqat chiroyiga maftun bo’lib, axloq-odobini, diyonatini, naslini surishtirmay ixtiyor etishdan Rasululloh sallollohu Alayhi vassalam ogoh etadilar va e`tiqodsiz, axloqsiz oilada voyaga etgan ayol-qizlarga uylanishdan o’zingizni asrang, deydilar.
«Al-Isro» surasining 23-oyatida esa «Parvardigoringiz yolg`iz. Uning o’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning birovi yoki har ikkisi sening qo’l ostingda keksalik yoshiga etsalar, ularga qarab «uf» tortma va ularning so’zlarini qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so’z ayt! Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik qanoatini past tut, hokisor bo’l va: «Parvardigorim meni (ular) go’daklik chog`imdan tarbiyalab o’stirganlaridek, sen ham ularga rahm-shafqat qilgin», deb (haqlariga duo qil)!
Ushbu ikki oyat Islom barcha mo’min-musulmon farzandlar uchun ota-onaga yaxshilikni yolg`iz Olloh taologa ibodatdan keyingi ikkinchi vazifa qilib qo’yadi. Lekin ana shu oyati karimada ota-onaning huquqini qozonish uchun bola tug`ishning o’zi kifoya qilmay, balki ularga ta`lim-tarbiya berish kerakligi ham uqtirilgan.
«Qur`oni karim»da oila va uning mustahkamligi – farzand tarbiyasi, poklik va soflik, insoniy xislatlar, adolat va mehr-muruvvat, saxovat kabilarga katta e`tibor berilib, bu tamoyillar Hadisu shariflarda yanada rivojlantiriladi. Hadislarda ham eng ko’p ta`riflar ota-onani rozi qilish, qarindoshlarga muomala-munosabat, aka-uka, opa-singil haqida mehr-shafqat, karam haqida, yaxshi xulqlar va yomon illatlar, shuningdek, oilaviy-maishiy yondashmalar haqida ham muhim fikrlar aytilganki, ular yoshlarimizni to’g`ri yo’lga boshqaradi. Bu fikrlar oila va oilaviy hayotga tayyorlagan barcha ta`limiy-axloqiy asarlarga asos bo’lgan. Hozirgi davrda esa oilaning mustahkamligi, oilaviy munosabatlarni oqillik bilan yuritishda islomiy tushuncha va tamoyillar katta ahamiyatga ega.
Hadisi sharifda o’z ifodasini topgan asosiy tamoyillarda Ollohni yagona deb bilish va uning talablarini bajarishda asosan iymon-e`tiqodli bo’lish nazarda tutiladi.
«Agar er bilan xotin bir-biriga muhabbat-do’stlik nazari bilan qarasalar, Alloh taolo ularga rahmat nazari bilan qarar. Agar er xotinning qo’lidan tutsa, gunohlari barmoq orasidan to’kilib ketar» deyilgan hadisda : oilaning tinchligi, ularning rohatli turmushi shu oilaning boshida turgan er bilan xotinning oralaridagi do’stlik muhabbatlariga bog`langan. Er bilan xotin totuv bo’lib, birining ishi ikinchisiga yarasa, biri topgan narsani ikkinchisi qo’lini qo’liga berib ortirishga harakat qilsa, bu oilaga Allohning rahmati tashar. Bular uchun dunyo rohat, tinchlik uyi bo’ladi. Agar er bilan xotinnig orasida do’stlik, muhabbat bo’lmasa, birining ishlagan ishi ikkinchisiga yaramasa, biri topgan narsani ikinchisi bittirishga tirishsa, ma`lumki bular dunyoda rohat, tinchlik ko’ra olmay umrlarini zoyi` o’tkazadilar.
“Xotin erlarining yarim qismidirlar” deyilgan xadisda : turmush dunyosida erlarning g`ayrati, tirishqoqligi naqadar kerak bo’lsa, xotinlarining ham o’shanaday harakat qilishlari kerak. Oila boshlig`i bo’lgan er o’z ishida bor kuchi bilan o’arakai qilsa-yu uning topgan molni xotin ko’paytirishga tirishmasa, balki kerakmas o’rinlarga ishlatib birirsa, u oilaning turmushi hech olg`a keta olmaydi. Xotinlar erlarining yarim i qismi bo’lgach, ular erlarining turmushlariga yordam bermoqlari kerak. Bu esa xotinlarning uquvlariga bog`liq. Turmushga kerak bo’lganlaridan xabari bor xotin erining dunyosiga allaqachon engilliklar bergan holda, nodonligi sababli er elkasiga chiqib olgan xotin erining turmushida og`ir yuk bo’lib turadi.
“Jannat onalar oyoqlari ostidadir” – bola tarbiyasining eng og`ir, mashaqqatli vaqti, bolaga odob-axloq o’rgatish ona qo’liga topshirilgan vaqtidir. Odam bolasining turmush maydonida topgan narsalarning hammasini ona qo’ynida berilgan tarbiyaning ozig`i deb bilmoq kerak. Dunyoda ham, oxiratda ham tinchlik tilagan kishi butun og`irliklarini ko’targan, yuragiga millat ham turmush urug`ini sochgan oasining rizoligini olishga, uni tegishigicha hurmat qilish lozim. Onalarini ranjitgan, ularni hurmat qilmagan axloqsiz bolalar Alloh taolo tarafidan hech bir vaqt yordam ko’ra olmaydi.
“Odamlarning yomonrog`i bor davlati bilan xotin va bola-chaqalariga torlik qiluvchi kishidir” - Bahilligi bilan kishilik dunyosiga foyda qilmagan odamlar Alloh oldida, xalq oldida eng yomon kishilardan sanalsalarda, davlati bo’la turib oilasini qisgan, ularning tarbiyalariga zarar keltirgan kishi qadar yomoni ko’rilgan emas. Ko’ngilda bola shafqati bo’lgan ota, xotin muhabbati bo’lgan erlar qiyinchiligik bilan topgan davlatlarining hammasinishular foydasiga qurbon etadilar. Bunday otalar xalq orasida ham, Alloh taolo oldida ham eng muhtaram otalardan hisoblanadilar. Ammo ba`zi bir otalar dunyoning bor og`irliklarini xotu bolalar ustiga yuklaydilar. Bunday otalarni Rasuli akram odamlarning eng yovuzidan hisolangan. Zotan bunday shavqatsiz, baxil ko’ngillik otalar shu darajada hisoblanadilar.
“Otaga bo’ysunmoq, Allohga bo’ysunmoqdir. Otani norozi qilmoq, Allohni norozi qilmoqdir” – ota-onalar bolalarning mushkul kunlarida tarbiya qilib, kishilik darajasiga etishiga sabab bo’lganliklaridan, Alloh taolo ularga itoat qilishni vojib qilib, ularga qattiq so’z aytishdan ham tiygan. Hatto ularga qarshilik qilishni o’ziga qarshilik qilish kabi buyuk gunohdan sanalgan.
“Ota o’zining bolasiga ko’rkam odobdan ortiq hadya bera olmas” – har bir ota o’zidan keyin qolgan bolasining dunyoda baxli bo’lishini, rohatda yashashini istaydilar. SHu yo’lda umrning oxiriga qadar tirishadilar, bolasining maishatini engil qilish uchun ko’p vaqt allohning buyruqlarini qo’yib, o’z ustiga gunoh ham yuklaydi lekin bolasining rohat turmushi uchun eng kerakli bo’lgan ko’rkam xulq o’rgatilmaganligidan, bechora otaning necha yillar buyuk kuch, ortiq g`ayrat bilan tirishib yig`gan molni bolasi ozgina bir vaqt ichida behudaga sarf qilib qo’yar-da, bir umr baxtsiz bo’lib yashashga mahkum bo’ladilar. Bu esa, otalari qilgan xatoliklarning mevasir.
“Qaysi bir odam ota-onasini e`zozlasa, u kishi baxli bo’lsin. Alloh taolo unga uzoq umr bersin”- bolalrni yosh vaqtlarida butun og`irliklarini ko’tarib, tarbiya qilish, ularga dinu dunyo yo’llarini o’rganish, ota-onalarning vazifalari bo’lib, ularda shu buyuk mashaqqatli vazifalarni ortiq kuchu g`ayrat bilan bajarishga intiladilar. Bolalarning dunyoda rohatu saodatlari, hammasi ota-ona qo’lidagi tarbiya mevasidir. Ota-onalarning shu buyuk xizmatlriga mukofot o’laroq, ularning keksa kunlaridagi butun tarbiyalari bola ustiga yuklatilgan. Bu insoniyatu islomiyat burchi bo’lgan ishni kerakligicha o’tay olgan bolalrga Alloh tarfidan katta baxt va`da etilgan va har bir kishi bundan g`ofil bo’lmasligi kerak.
Hadislarda insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan bo’lib, ushbu fazilatlar sirasiga o’zgalarga meHr-oqibat ko’rsatish, saxiylik, ochiq ko’ngillik, ota-ona, kattalar va qarindoshlarga nisbatan muruvvatli bo’lish, ularga g`amxo’rlik qilish, vatanga muHabbat, meHnat va kasb-Hunarni ulug`lash, Halollik, poklik, do’stlik, oliyjanoblik, raHm-shafqatlilik, kamtarlik, rostgo’ylik va vijdonlilik kabi xislatlar kiritiladi. Bundan tashqari, insonning o’zini yomon illatlardan tiyishi, yaxshilik sari intilishi kerakligi borasidagi pand-nasiHatlar Ham o’z aksini topganki, bularning barchasi Qur`oni Karimda qayd etilgan ko’rsatmalarga asoslanilgan va komil insonni shakllantirishda asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi.
Islom ta`limoti g`oyalariga ko’ra Har bir musulmon eng avvalo iymonli bo’lishi kerak. Qur`oni Karimda ta`kidlanganidek, Islom dini ta`limotining yaratilishidan muddao, murod kishilarda iymon, e`tiqodni shakllantirishdir. Hadislarda iymonning mukammal va mustaHkam bo’lishi quyidagi uch shartga qat`iy amal qilinishiga bog`liqligi ko’rsatilgan:
- to’g`ri e`tiqodli bo’lmoq;
- kishilar bilan yaxshi munosabatda bo’lmoq;
- kishi o’z ustida ishlamog`i va o’zini ibodat va itoatga chaqirmog`i.
Xulosa qilib aytganda, oilaviy munosabatlarni shakllantirishda va farzand tarbiyasida hadislardan foydalanish, yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlashda ta`lim-tarbiya metodlari, usullari keng qo’llanilganki, o’zining amaliyligi, avloddan-avlodga o’tib, tajribada sinalganligi va hayotiyligi bilan tarbiya tizimida katta ahamiyatga egadir. Biz bu borada yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda qo’llanilgan metod va usullar, farzand tarbiyasida ota-ona ibrati, oilada bolalarni aqliy, axloqiy, mehnat va hunar, estetik va jismoniy tarbiyasida xalq hikmatlari, maqol va iboralar, hikoyatlar, rivoyatlar, ertaklar, dostonlarda xalq foydalangan metod va usullarni hozirgi davrda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda qo’llash muhim hisoblanadi.


UMUMIY XULOSALAR


Muhim ijtimoiy institut hisoblangan oila yoshlar ma`naviyatini shakllantirishda asosiy tayanchdir. Haqiqatan ham har bir oilaning mustahkamligi, oila a`zolarining tinch va farovon hayot kechirishi, o’zaro hurmat va izzatda yashashi uchun yoshlarni kelgusi oilaviy hayotga tayyorlashda xalq pedagogikasining boy tajribasidan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi.
Keyingi yillarda yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlashda milliy qadriyatlardan foydalanish kontseptsiyasi yaratildi. Oilaviy tarbiya sohasida xalq pedagogikasining imkoniyatlari, shakl va metodlari ishlab chiqildi. YOshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda xalq pedagogikasining imkoniyatlari va farzand tarbiyasida hadislardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
YOshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ham xalqimiz boy tarbiyaviy merosga ega. Ana shu boy merosimizdan foydalangan holda, yoshlarni oilaviy hayotga umuminsoniy, ma`naviy-axloqiy, huquqiy, ruhiy, fiziologik-gigienik, pedagogik, estetik, iqtisodiy-xo’jalik yo’nalishlarda tayyorlash maqsadga muvofiqdir.
YOshlarni mazkur yo’nalishlarda oilaviy hayotga tayyorlash o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, bular ularning ijtimoiy huquq va burchlarini egallab olishi, o’z-o’zini anglashini rivojlantirish asosida yoshlarning kasb tanlashi va oilaviy hayotga tayyorlanishga oid shaxsiy hayot tarzi ham shakllana boradi. Bu davrda fiziologik o’zgarishlardan ko’ra, ijtimoiy o’zgarishlar ko’proq namoyon bo’ladi. YOshlarning to’g`ri kasb tanlashi, salomatligini yo’lga qo’yishi, sevgi-muhabbat tuyg`usini jilovlay olishi, turmush tarzi, bo’sh vaqtini to’g`ri tashkil eta olishi muhimdir.
YOshlarni oilaviy hayotga tayyorlash ilmiy asosga va amaliyotga tayanadi. SHunga ko’ra, ayniqsa mustaqillik yillarida ko’pgina ishlar amalga oshirilmoqda.
YOshlarni oilaviy hayotga ijtimoiy-maishiy, ma`naviy, ruhiy, jinsiy tayyorlashda oila muvofiqligiga e`tibor, ma`naviy-axloqiy shakllanganlik yoki muomala me`yorlariga rioya etish, nikoh to’g`risidagi qonun asoslari bilan qurollantirish alohida ahamiyatga ega.
Oila qurishga psixologik jihatdan tayyor bo’lish; fiziologik-gigienik tayyorgarlik; pedagogik bilim bilan qurollanish, oilaviy hayotga estetik munosabatni shakllantirish muhim bo’lib, bunda oilaning maishiy imkoniyatlarini bilish, oilada ma`naviy-psixologik muhit yarata olish, qurilajak oilaning modelini loyihalash malaka va ko’nikmalarini hosil qilishdan iboratdir. Buning uchun yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash muammosini pedagogika fanida ilmiy-amaliy jihatdan ishlab chiqish, oilada yangi ijtimoiy sharoitda mustaqil fikrlaydigan barkamol shaxs tarbiyasining bir butun tizimini yaratish; mustaqillik sharoitida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanishda hozirgi davr talablari bilan uyg`unlashtirish yo’llari, mazmuni, shakl va metodlari, vositalari mavjud.
YOshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda xalq pedagogikasi va hadislardan foydalanishning imkoniyatlari katta bo’lib, bular didaktik va tarbiyaviy, ya`ni pedagogik bilimlar, tushunchalar, tamoyillar tarzida ifodalanadi. Xalq pedagogikasi va hadislardan foydalanishning yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash imkoniyatlari deganda, oilaviy hayotga doir pedagogik bilimlar, tushuncha va tamoyillarning yoshlar tarbiyasiga tadbiq etishdagi shart-sharoitlariga aytiladi. Bunda xalq pedagogikasi va hadislardan foydalanishning mazmuni keng va boy material beradi.
Hozirgi davrda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda, avvalo, ularning oila haqidagi tasavvurlarini shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Oila-nikoh masalalari, oilada yuzaga keladigan turli vaziyatlar va yoshlarning ularni hal etishga tayyor emasliklaridan dalolat beradi.
Sotsiologlarning fikricha, yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarini boyitish maqsadida oilada sog`lom psixologik muhit yaratishda yoshlarni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, pedagogik-psixologik maslahatxonalari tashkil etish, oila ma`naviyati bilan har bir talabani tanishtirib borish, oila –mahalla-oliy o’quv yurti tizimida oila-nikoh masalalarida ish olib boruvchi faollar guruhini tashkil etish, yoshlarni tibbiy ko’rikdan muntazam o’tkazib borish va tibbiyot hamda xalq tabobatiga doir bilimlar bilan qurollantirib borish maqsadga muvofiqdir
SHunga ko’ra yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning eng maqbul metod va shakllarini izlab topish, ularni ta`lim tizimida qo’llash ajdodlarimiz boy merosidan o’rinli foydalanish, ma`ruzalar va amaliy mashg`ulotlarda «Oila pedagogikasi» maxsus kursi hamda «Ijtimoiy va oila pedagogikasi», «Ijtimoiy va oila psixologiyasi» o’quv fanlari, «Pedagogika», «Pedagogika tarixi» kabi fanlardan oila munosabatlari va farzand tarbiyasi to’g`risida ma`lumotlar berib boriladi.
YUqoridagi fikrlarga asoslanib quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

  • Oila va Vatan tushunchasidagi uyg`unlikning asl mohiyatini anglab etish;

  • Oila va mafkura tushunchalarining o’zaro bog`liqligi, oilaning ijtimoiy omillardan ekanligini talaba-yoshlar ongiga etkazish;

  • Oilaning jamiyatdagi o’rni, uning ijtimoiy institut sifatida mavqeini ko’tarish;

  • Oilaning tarbiyaviy–axloqiy ahamiyati darajasini oshirish;

  • Oilaning qadr-qimmatini yuqori ko’tarish;

  • Oila va millat manfaati uchun faollik ko’rsatish;

  • Oilaning ma`naviy tayanchlari, bobolar o’giti, otalar ibrati, ona mehriga e`tiborni qaratish;

  • Oila a`zolarining o’zaro munosabatlarini to’g`ri yo’lga qo’yish, oila barqarorligi va mustahkamligini ta`minlash;

  • YOshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda xalq pedagogikasi va hadislardan foydalanishning mohiyatini chuqur etkazish va boshqalar.

Xalq pedagogikasi namunalariga tayangan holda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning o’ziga xos kontseptsiyasi mavjud bo’lib, unda mehnat tarbiyasi va hunar o’rganishga doir an`analarimizni, Vatanga muhabbat va vatanparvarlik tuyg`ularini va barcha insoniy xislatlarni yoshlar ongi va qalbiga uzluksiz singdirib borish, mahalla-oila-oliy o’quv yurti tizimida barcha tadbirlarni amalga oshirish, oilada katta yoshlilarga, ustoz-murabbiyga hurmat tuyg`usini shakllantirishda milliy an`analarimizni tiklash, o’zbek xalqining mehmondo’stlik xislatlarini xalqlar o’rtasida hamjihatlik, do’stlik, millatlararo totuvlik, ijtimoiy hamkorlik darajasiga ko’tarish, turmush estetikasini tarkib toptirish, tabiatni sevish va uni avaylab asrash, ko’paytirish va boshqa masalalar o’z ifodasini topgan.
Demak, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda xalq pedagogikasidan va farzand tarbiyasida hadislardan foydalanish asosida quyidagi xulosalarga keldik:

        1. Barkamol shaxs dastlab oilada shakllanadi va oila an`analari uning hayotida jamiyat taraqqiyotida o’z o’rniga ega bo’lishda katta ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun ham oilani mustahkamlash davlat ahamiyatiga ega bo’lgan muammolardan hisoblanadi. YOshlarning g`oyaviy-mafkuraviy sohada o’ziga xos yo’l topa olishiga intilish kuchli namoyon bo’lib, ularni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladek muqaddas dargohga, u orqali Vataniga sodiq bo’lishga, har qanday ta`sirlarga berilmay, g`oyaviy e`tiqodi mustahkam inson bo’lib shakllanishiga zamin tayyorlaydi.

        2. YOshlarni oilaviy hayotga tayyorlash muhim pedagogik muammo bo’lib, bu jarayonni quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topildi:

  • yoshlarning oila qurishida har ikki tomon, ya`ni qiz va yigit oilalarining muvofiqligiga e`tibor berish;

  • fiziologik–gigienik tayyorgarlik;

  • pedagogik bilim bilan ta`minlash;

  • hayotga estetik munosabatni shakllantirish;

  • oila hayotiga iqtisodiy jihatdan tayyorlash;

        1. O’zbek xalq pedagogikasida va farzand tarbiyasida hadislardan foydalanish yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlash keng ifodalangan bo’lib, bu borada ma`lum tajribalar to’plangan hamda avloddan-avlodga o’tib, sayqallanib ma`lum bir tizimni tashkil etgan. Bu tizim nikoh va oilaning sevgi-muhabbat asosiga qurilishi, farzandlarni nikohga tayyorlash, ularni uzatish va uylantirishga doir talablar, ota-onalar va farzandlarning burch hamda vazifalaridan iborat bo’lib, oila qurishda ma`lum bir kontseptual asosni tashkil etadi va katta imkoniyatlar yaratadi. Mazkur imkoniyatlar o’zbek xalq og`zaki ijodi, milliy urf-odatlar va an`analar, diniy ta`limotlar, xalq amaliy san`ati va hunarmandchiligi, milliy musiqa va qo’shiqchilik san`ati, tasviriy san`at, tarixiy yodgorliklar va milliy me`morchilik, raqs san`ati, mutafakkirlarning boy ilmiy, ma`naviy-axloqiy merosida namoyon bo’lib, ular asosida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda turli metod va vositalardan foydalaniladi.

        2. YOshlarni oilaviy hayotga tayyorlashni zamon talablari asosida takomillashtirish, bunda ijtimoiy, ma`naviy-axloqiy, huquqiy, psixologik, fiziologik, gigienik, pedagogik, estetik, iqtisodiy omillar hisobga olindi va talaba yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashni tashkil etishda ma`ruzalar va amaliy mashg`ulotlarda eng ilg`or metodlardan foydalanish, testlar, suhbatlar, ovozli ekran vositalaridan foydalanish, mutaxassislar bilan uchrashuvlar, bahs va munozaralar o’tkazish, adabiyotlar, vaqtli matbuot materiallari muhokamasi samarali natijalar beradi.

5.YOshlarni oilaviy hayotga tayyorlash samaradorligini oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ko’rsatmalari asosida yoshlar va oila muammolarini hal etishga e`tibor qaratildi:
-Vatan va vatanparvarlik g`oyasini yoshlar ongiga singdirish asosida ona-Vatan, oila muqaddasligini uyg`un holda ularga etkazish;
-oila va mafkuraning o’zaro bog`liqligi;

  • oila-jamiyat negizi ekanligi;

  • oilaning tarbiyaviy-axloqiy qadr-qimmati;

  • oilaning ma`naviy tayanchlari;

  • sog`lom muhit-sog`lom oila tayanchi ekanligi;

  • oilaning mustaqillik yillarida ravnaq topishi masalalari uning samaradorligini oshirishda asosiy mezon qilib olindi.




Download 381 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish