1.2. 5-7 yoshli bolalarni oilada tarbiyalash masalalari
Oila–mafkuraviy tarbiyaning ijtimoiy omillaridan biri sifatida yoshlar tarbiyasida, umuman, jamiyat taraqqiyotining asosiy negizi sifatida tavsiflanadi.
Mamlakatimizda istiqlol sharofati bilan oila, onalik va bolalikning ijtimoiy muhofazasi, ma`naviy va jismoniy sog`lom avlodni shakllantirish, onalar va bolalarning salomatligini mustahkamlash, ular uchun shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mazmuni va mohiyati oilaning ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy-madaniy, huquqiy-estetik, jismoniy jihatlarini yanada yaqqol namoyon etdi. Zero, oila avlodlar vorisiyligini saqlaydigan, milliy qadriyatlarimizni avloddan-avlodga etkazadigan, yoshlarni jamiyatimiz hamda Vatanimizning munosib fuqarosi etib tarbiyalaydigan, ularning kelajakda o’z o’rniga ega bo’la oladigan shaxs sifatida shakllanishiga poydevor bo’la oladigan ijtimoiy institutdir.
Haqiqatan ham «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida milliy istiqlol mafkurasi vazifalaridan biri va eng muhimi «odamlarimiz, ayniqsa yoshlarimizning irodasini baquvvat qilish, iymon-e`tiqodini mustahkamlashga xizmat qiladigan ma`naviy muhit yaratish»dan iborat ekan, ana shu muhit avvalo oilada tarkib topadi va yoshlarning hozirgi davrda hayotda o’ziga to’g`ri yo’l tanlay oladigan, hayot talablariga javob bera oladigan shaxslarga va yangi jamiyat qurishning faol ishtirokchilariga aylantirishga xizmat qiladi.
Albatta, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda mavjud ilg`or oilalar asosiy andoza bo’lib xizmat qiladi. Ammo yangi qurilgan oilalarda juda ko’p muammolar paydo bo’lmoqda. CHunki har ikkala yosh yashab, ulg`aygan oilaning o’ziga xos xususiyati, turmush tarzi mavjud bo’lib, yangi oilada bu ikki xil tartib uyg`unlashishi bir qadar qiyin kechadi.
Bundan tashqari, 80-yillarning o’rtalarigacha oilaviy hayotga tayyorlash muammosiga etarli e`tibor berilmay, maktab, oliy o’quv yurtlari o’quv rejalarida o’smir yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, kelajakda ota-ona sifatida farzand tarbiyalash, oila a`zolarining oilada sog`lom psixologik muhit yaratish, sog`lom turmush tarzini barpo etish kabi juda ko’p muammolar tadqiqotchilarning nazarlaridan chetda qolgan edi. Ikkinchi tomondan, farzandlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ayniqsa jinsiy tarbiya borasida suhbatlar o’tkazish ayb sanalardi. SHuning uchun ham yoshlar oilaviy munosabatlar haqidagi tushunchalarni atrofdagilardan uzuq-yuluq tarzda eshitar edilar. Natijada ularda oilaviy hayot, er-xotin munosabatlari haqida etarli tushuncha hosil bo’lmas edi.
Uchinchidan, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga yo’naltirilgan ilmiy tavsiya va qo’llanmalar etarli emas edi.
To’rtinchidan, turli axborot manbalari rivojlanib kirib kelayotgan evro’pacha oilaviy hayot tarzi yoshlarga salbiy ta`sir ko’rsatmoqda. SHuning uchun ham yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlash muammosiga Respublikamizda mustaqillik yillaridagina har tomonlama e`tibor berilib, bunga oila bilan bir qatorda maktab, mahalla, o’quv yurtlari, jamoat tashkilotlari, har bir fuqaroning mas`ulligiga e`tibor qaratildi va oila muammosi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
Ma`lumki, sog`lom oilaning asoslariga oilada er-xotinning o’zaro muhabbati, ota-onalarning farzandlarga, farzandlarning ota-onalar, aka-uka, opa-singil va boshqa qarindoshlar, jamiyatga nisbatan burch va mas`uliyati kiradi.
Lekin hozirgi davrda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash o’smir va o’spirinlik davri tugashi, ya`ni umumiy o’rta ta`lim va maxsus kasb-hunar ta`limi jarayoni yakunida to’xtab qolmoqda. Vaholanki, yoshlarning ko’pchiligi aynan talabalik yillarida yoki uning yakunida oila qurganligi tufayli ham oila-nikoh munosabatlarida, oila a`zolari bilan muloqotda yuqori darajadagi ma`naviy-axloqiy va pedagogik-psixologik tayyorgarlik, turmush madaniyatiga ega bo’lishlarini talab qilmoqda. Kuzatishlarimiz shuni ko’rsatdiki, ko’pchilik talaba-yoshlar bunday munosabatga kirishishga tayyor emas.
Ma`lumki, oilaviy munosabatlar O’zbekiston Respublikasining «Oila kodeksi»da belgilab qo’yilgan. Bular nikoh, er va xotin, ota-ona, farzandlar va oilaning boshqa a`zolari o’rtasidagi munosabatlardir. SHuning uchun ham oila qurishda yoshlar dastlab oila va nikoh tushunchasini, uning mohiyatini anglab etishlari maqsadga muvofiq.
Bunga, avvalo, nikoh va oila qoidalarida har bir fuqaroning faqat bitta nikohda bo’la olishi, u har ikki tomonning roziligi bilan sodir bo’lishi, shaxsiy va mulkiy teng huquqlilikka ega bo’lishi, majburiyatlarda teng huquqlilik, oilaning davlat tomonidan muhofaza etilishi, onalikning muhofaza qilinishi va rag`batlantirib borilishi, o’zaro munosabatlar davlat tomonidan huquqiy tartibga solinishi kabi talablarni bilib olishlari va unga rioya qilishlari talab etiladi.
Ikkinchisi, nikohdan o’tayotgan har bir yoshning ixtiyoriy ravishda unga roziligi. Majburan nikoh tuzish «Oila kodeksi»da ta`qiqlanishini bilishlari muhim.
YOshlar bilishi zarur bo’lgan uchinchi masala – bu necha yoshdan oila qurish mumkinligi. Albatta yoshlar, ayniqsa, qizlar 17-18 yoshdan balog`atga etadi. Lekin ba`zi qizlar jinsiy balog`atga etgani bilan hali ko’p jihatdan oilaviy turmushga ijtimoiy, ma`naviy, maishiy tomondan tayyor emasligi, farzand tarbiyasidagi tajribasizlik ular oilasining darz ketishiga olib keladi. Ikkinchi tomondan, ularning ko’pchiligida oilaviy hayot talabalik yillaridan boshlanib, bu «yuk», ayniqsa qizlarga og`irlik qiladi va salbiy oqibatlarga olib keladi.
Agar yoshlarning nikohdan o’tish davri 19-20 yoshga to’g`ri kelsa, bu ularning iqtisodiy, ma`naviy, intellektual rivojlanishiga ijobiy ta`sir etadi. Bu yoshda nikohga kirgan yigit-qizlar mustaqil hayot kechirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Respublikamizda o’tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar nikoh yoshi birmuncha erta boshlanayotganligini ko’rsatmoqda. qizlarning oilaviy hayotga jismoniy, ma`naviy, ruhiy, jinsiy tayyor bo’lmaganligi oilaviy hayotda quyidagi salbiy oqibatlarga sabab bo’lmoqda:
ajralishlar ko’paymoqda;
ayollarning farzand ko’rishida oraliq vaqtning qisqarishi yuz bermoqda;
17-20 yoshgacha bo’lgan ayollar salomatligi yomonlashmoqda;
oila qurish imkoniyatlarining pasayishiga olib kelmoqda;
yigit va qiz bab-baravar voyaga etganligi tufayli oilaning muvofiqligi;
erta oila qurishi yoki kech oila qurish holatlari oilaviy hayotning barqarorligiga ta`sir etmoqda.
YUqoridagilardan tashqari yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda faqat qizlarga e`tibor berilib, yigitlar nazardan chetda qolmoqda. Agar yigit ham oilaviy hayotga tayyor bo’lmasa, ular qurgan oila mustahkam bo’lmaydi, albatta.
Demak, yigitlarning ham ma`naviy yuksak, fikr doirasi keng, odobli bo’lishi bilan birga salomatligini ham kuzatish alohida ahamiyatga ega. Qizlar bilan bir qatorda yigitlarni ham nikohga kirguncha salomatligini nazoratdan o’tkazish, ular qurgan oilaning kelajakda buzilishiga sabab bo’luvchi omillarning oldini olishga yordam beradi. Masalan, har ikki yoshning yuqumli yoki surunkali kasalliklari, ruhiy xastaligi, aqli zaifligi aniqlansa, ularning nikoh tuzishi man etiladi.
Oila qurishda yaqin qarindoshlar o’rtasida ham nikohga yo’l qo’yish mumkin emas. YAqin qarindoshlar o’rtasidagi nikohlar oqibatida nogiron, aqli zaif farzandlar dunyoga kelib, oila baxtiga zavol bo’lmoqda.
Oila qurishda yigit va qizlarning voyaga etgan oilalar muvofiqligi ham katta ahamiyatga ega. Er-xotin o’rtasidagi tenglik - bu nasl-nasab, ijtimoiy mavqei jihatdan bilimi va saviyasi, did-farosat, iymon-e`tiqod, mulkdorlikda bir-biriga muvofiq bo’lmasa, bunday nikohdan so’ng, albatta oilada juda ko’p kelishmovchiliklar sodir bo’lib, buning oqibati ham ajralish bilan tugashi yoki bir tomonning xiyonatiga olib kelishi mumkin. SHuning uchun ham yoshlar oila qurgunga qadar ular oilaviy hayotga ma`naviy-axloqiy, psixologik-pedagogik jihatdan tayyor, etarli turmush madaniyatiga ega bo’lsa, oila mustahkam va barqaror bo’ladi.
Buning uchun esa yoshlarni (oilaviy hayotga tayyorlash ular hayotining dastlabki yillaridan boshlanadi) oilaviy hayotga tayyorlashda, avvalo bu hayot haqidagi tasavvurlarini shakllantirish zarur.
Oilaviy hayot haqidagi tasavvurlar bu sohadagi axborotlar etishmasligi tufayli to’la shakllanmagan. Bu tasavvurlarning turli yosh va jins vakillarida o’ziga xos tarzda namoyon bo’lishi, shaxs va guruhlarning hayot tarzi, ma`lumoti, tajribasi, kasb-koriga bog`liqligini tadqiq etar ekan, oilada ayol va erkakning ijtimoiy-psixologik mavqei, er-xotinning oilada farzand tarbiyasiga ta`siri, yoshlarda to’g`ri, maqbul oilaviy-ijtimoiy tasavvurlarning shakllanish shart-sharoitlari va psixologik omillarini, nikoh va oila, nikoh yoshi, o’zbek oilalarining milliy qadriyatlari, oilaning mustahkam bo’lishini ta`minlaydigan shaxslik xislatlari, har ikki jinsga taalluqli xislatlar va ularning namoyon bo’lishi shartlari, oilada erkak va ayol maqomi, bolalar soni, ularni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, oila yumushlariga jalb etish yo’llari haqidagi tasavvurlarning shakllanishi bilan bog`liq ijtimoiy-psixologik mexanizmlarga tayanishni taqozo etadi.
Lekin bu tasavvurlarning shakllanishi jamiyatdagi o’zgarishlar, ijtimoiy muhit va ana shu muhitda qabul qilingan rasm-rusum, urf-odat va an`analar, har bir oilada o’zaro munosabatlarning o’ziga xosligi, oilada bolalar soni, ota-onalarning ma`lumot darajasi, ularning oiladagi obro’si, mavqeiga bog`liq bo’lishi tabiiydir.
YOshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda sevgi-muhabbat, oila, uning xususiyatlari, oilaviy muammolar, ayniqsa, ajralish, bolalar o’limi, farzandsizlik sabablari, iqtisodiy-xo’jalik ishlarini yurita olmasligi, oilada tarbiya muammolari, oila a`zolarining kommunikativ vazifalari, bo’sh vaqtdan to’g`ri foydalana olmaslik, oilada er va xotinning biologik, psixologik, sotsial qovushuvi, oilada axloqiy-psixologik muhit va unga ta`sir etuvchi omillar, oila a`zolari o’rtasidagi munosabatlar va ularning qonuniyatlari, jinsiy tarbiyaning ta`siri haqidagi masalalar bilan bog`liqdir.
Avvalo, oila jamiyatning kichik negizidir, uning iqtisodiy-xo’jalik faoliyatiga tayyor bo’lish muhimdir. Oilada sarf-xarajat, kirim va chiqimni muvofiqlashtirish, uy-ro’zg`or ishlarini to’g`ri taqsimlash, bu ishda oila a`zolarining fe`li, mijoziga e`tibor berish, bolalarda mehnatga qiziqish uyg`otish, uy-ro’zg`or ishlarini yuritishni bolalarga o’rgatish yoshlarni oila qurgandan keyin ro’zg`or tebratishda iqtisodiy qiyinchiliklarni engib o’tishga yordam berishini taqozo etadi.
Zero, oilada bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik, jinsiy tarbiyasiga e`tibor berish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash poydevori oilada qurilib, maktab uni rivojlantiradi va , mustahkamlaydi.
Oilada kommunikativ vazifalari bolalarning ota-onalari bilan bo’lgan aloqasi ularning aqliy saviyasi, hissiy-emotsional holatining to’g`ri shakllanishi uchun nihoyatda zarur, bu ruhiy rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi va bunda televidenie, radio, matbuot muhim o’rin egallaydi .
Oilada bo’sh vaqtdan samarali foydalanish, dam olishni to’g`ri tashkil etishda bolalarning sport bilan shug`ullanish malakasini oshirish, ijodiy rejalarini ro’yobga chiqarish, oilaning iqtisodiy-xo’jalik muammolarini hal etish, mamlakat bo’ylab sayohatlarga chiqish, san`at, badiiy adabiyot bilan oshno bo’lishga o’rgatish ularning kelgusi hayotida bo’sh vaqtini to’g`ri tashkil etishga yo’naltirish lozim. YOshlarni oila qurishdan oldin bu mezonlardan xabardor bo’lishi, ya`ni turmush qurish arafasida turgan yoshlar ma`naviy, ruhiy, jinsiy ko’nikmaga ega bo’lishlari alohida ahamyatga ega.
YOshlarni oilaviy hayotga, nikohga tayyorlashda, oila mustahkamligini ta`minlashda ularning ota-onalari saviyasi, turmush tarzi, xarakter-xususiyatlari va nihoyat kasb faoliyatlariga e`tibor berish maqsadga muvofiqdir. Bitta yoki kam, shuningdek, ko’p bolali oilalarda bolalar tarbiyasi, maktab, oila hamkorligi, ota-onalarga pedagogik bilim berish, tarbiyada milliy urf-odatlarimiz hamda an`analarimizga tayanish muammolariga ko’proq o’zaro munosabatlari, oila va maktabda o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ijtimoiy faolliklarini ta`minlash masalalariga diqqatni qaratadiki, bularning barchasi yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlash muammosi echimini o’zida aks ettiradi.
Zero, O’rta Osiyoda qadimdan oila boshliqlariga farzandlarni uyli-joyli qilish, farzandli bo’lish va uy qura olish qobiliyatiga qarab baho berishgan. Bu an`ana avloddan avlodga o’tib, har bir yoshning ruhiyatiga singib ketgan.
CHunonchi, keyingi yillarda yosh oilalarning (bular aksariyati yosh turmush qurgan oilalardir) ajralib ketish holati yuz bermoqda. Buning sababini quyidagicha izohlaymiz:
1. Yigit-qizlarning erta, mustaqil hayotga ruhan tayyor bo’lmay turib, ya`ni qizlar 16-17, yigitlar 18-19 yoshda hali biror hunarga yoki kasb-korga, oila tebratish malakasiga ega bo’lmay turib, oila qurishlari ota-ona, akalarga qaram bo’lish, ham iqtisodiy, ham ma`naviy jihatdan kelishmovchiliklarga sabab bo’ladi va ajralishlarga olib keladi.
2.Iqtisodiy jihatdan oilalarda yuz bergan kelishmovchiliklar (bir uy yoki hovlida bir necha oilaning yashashi) natijasida ajralib ketishlar sodir bo’ladi.
3.Oila a`zolariga tegishli yot illatlar. Yigitlarning nashavandlik, giyohvandlik, spirtli ichimliklar ichishga ro’ju qo’yishi, ishsizligi, xiyonat kabilarga berilganligi bo’lib, bular ham oilaning barqarorligiga salbiy ta`sir etib, ajralishlar sodir bo’lishiga olib kelmoqda (64).
Lekin, mustaqillik sharofati bilan Respublikamizda oila masalasining davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizning tiklanishi yoshlar o’rtasida keng targ`ib qilinishi, oilaviy hayotga tayyorlashga oid ilmiy–amaliy ishlarga e`tibor berila boshlaganligi bu boradagi muammoning asta-sekin hal etilayotganligini ko’rsatmoqda.
Bu borada milliy tarbiyaga oid an`analarimiz, ya`ni Islomda oilaga va oilaviy tarbiyaga munosabat va uning bolalarni ma`naviy-axloqiy tarbiyalashdagi o’rni, SHarq mutafakkirlari merosida oilada bolalarni ma`naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari, xalq pedagogikasi manbalaridan bolalarni oilada ma`naviy-axloqiy tarbiyalashda foydalanish, bolalarni oilada o’zbek xalqining milliy an`analari asosida tarbiyalash usullari keng tahlil etiladi. Eng muhimi, oila tarbiyasida maktab, oila, jamoatchilik hamkorligiga va maktab, oila, jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish masalalariga keng e`tibor berish lozim.
Ayniqsa, bu borada «Sog`lom avlod» reja-tadbirlarining istiqbol dasturiga asosan olib borilayotgan ishlar diqqatga sazovordir. Bular:
o’quvchilar salomatligini muhofaza qilish uchun o’quv fanlarini o’rgatish jarayonida sog`lom turmush tarziga doir bilimlar berish;
yoshlar o’rtasida jismoniy tarbiya gigienasiga doir qisqa kurslar tashkil etish;
o’smir bolalar va qizlar uchun oilaviy tarbiyaga doir adabiyotlar chop etish;
Vatan va oila haqida turli mavzularda ko’rik-tanlovlar tashkil etish;
oila va oilaviy hayotga doir turli mavzularda tadbirlar belgilash;
oilada bolalarning bo’sh vaqtini to’g`ri tashkil etish;
o’smirlar o’rtasida jinoyatchilik, qonunbuzarliklarning oldini olish va hokazo.
Umuman, yuqorida sanab o’tilgan yo’nalishlarda bolalarni o’quvchilik davridayoq oilaviy hayotga tayyorlashda salmoqli o’rinni egallaydi.
SHu bilan birga yoshlarning ona Vatan, jamiyat, atrof-muhit, ota-ona, qadriyatlar, farzand, er-xotinning o’zaro, qarindosh-urug`, qo’ni-qo’shni, mahalladosh, qariya, nogiron, yordamga muhtojlarga mehribon, xayrixoh qilib tarbiyalashga e`tibor qaratish darkor.
YOshlar turmush tarzining sog`lom bo’lishida oila ma`naviyatining o’rni va uning shakllanishi masalalari muhim ahamiyatga ega.
Oilada farzand tarbiyasi, insonda oilaviy burch, oila a`zolarining o’zaro munosabatlarining shakllanishi, jamiyat va oila oldidagi mas`uliyatni tarbiyalash muammolarini yoritish orqali yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash , ayniqsa, yoshlarga, yosh oilalarga maslahatlar muammosi qiziqarli bo’lib, bu borada oila sotsiologiyasi, psixologiyasi nazariyasi va amaliyotida katta ahamiyatga ega bo’lib, farzand tarbiyasi hamda oilaviy hayot barqarorligini ta`minlashda muhimdir.
U jamiyatning negizi sanalmish oilani mustahkamlash uchun quyidagi jihatlarga e`tibor berish zarurdir
oila a`zolarining barchasida tinchlik-xotirjamlikni his etishini ta`minlash;
noxush voqea-hodisalarni engib o’tishda oila a`zolari o’rtasidagi aloqaning mustahkamligini ta`minlash;
oila a`zolarining umumiy orzu-intilishlari va qiziqishlarini e`tiborga olish;
oilada ruhiy tenglik va adolatlilikni ta`minlash;
oila urf-odatlari, ramzlari, marosimlarini e`zozlash;
barcha oila a`zolari qadriyatlarini hurmat qilish.
Oila jipsligiga zid omillar:
oila a`zolarining nafsi buzuqligi;
xudbinlikning namoyon bo’lishi;
bir-birini ko’ra olmaslik va raqobat;
oila boshlig`i yoki oila a`zolarining talablardan qanoatlanmaslik his-tuyg`usi.
Oila a`zolarining bir-birini yoqtirishi oila jipsligining omili hisoblanadi. Bunda ularning hamkorligi asosiy rol o’ynaydi. SHuning uchun ham nikohga kirish bo’lg`usi kelin-kuyovlardan ma`lum darajada tayyorgarlikni talab qiladi. CHunki kelin-kuyovlar nikoh oldidan nafaqat jismoniy, balki ijtimoiy va ruhiy tomondan ham oilaviy hayotga tayyor bo’lishlari kerak. Bunda jismoniy balog`at yoshlarning fiziologik etilganlik yoshi bo’lsa, ruhiy balog`at-aqliy rivojlanganlik darajasi, hissiy rivojlanish, ota-ona hamda er-xotin mas`uliyatini bajara olishi hamdir.
Yigitning ijtimoiy balog`atga etishi-uning o’z oilasini tuzishi, mustaqil yashashi va kelajakda rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi kabilarni o’z ichiga oladi.
Nikohga kiruvchi - bo’lg`usi kelin-kuyovning o’z o’rnini bilishi muhim rol o’ynaydi. Juda ko’p yoshlar oilaviy hayot qurgunga qadar aqliy rivojlanishning zarur darajasini egallagan bo’ladilar. Zotan, har bir yigit-qizdan aqliy rivojlanish, tafakkur va intellektual qobiliyat, nikohga kirishning mohiyati va kelajakda o’z oilasi oldida mas`uliyatni his etishi hamda tushunishi talab etiladi.
Agar nikohga kirayotgan har bir yosh kelgusi oilaviy hayotini faqat o’z tasavvuri va istaklari asosida qurmoqchi bo’lsa, bunda hamkorlikdagi oilaviy hayot qiyinlashadi. CHunki, oilaviy hayotda er va xotin zaruriyat paydo bo’lganda, o’z fikrlari, qarashlarini o’zgartirishlari ham mumkin. Ularning faqat haqqoniy fikr yuritishlarigina bir-birini tushunishiga va vaziyatlarni to’g`ri baholash, xulosalar chiqarishga olib keladi.
Ma`lumki, yoshlik davrida insonning his-tuyg`ulari jo’shqin holda bo’ladi. Bu davr hissiy rivojlanishda muhim rol o’ynaydi. CHunki yoshlikda go’zallik, to’g`rilik, ezgulik, adolat kabi tuyg`ularning shakllanishi kuchayadi. Bu davrda ijtimoiy tuyg`ular yuqori bosqichga ko’tariladi. Bunday yoshlar oila qurganda oila a`zolari bilan muomala-munosabatda ularga in`om etgan baxtli oilaviy hayotdan, jamiyat hayotida ijodiy, faol ishtirok etayotganligidan qoniqish hosil qiladi. Lekin ijtimoiy hissiyotning balog`atga etishida chegara bo’lmaydi. Bu jarayon butun umr davomida davom etishi mumkin.
Ijtimoiy balog`atga etishning shakllanishi insonning mehnat faoliyati bilan ham bog`liq bo’ladi. CHunki nikohga kirish va oilaning moddiy ta`minoti, albatta iqtisodiy asosga hamda mustaqil oila tebratish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
SHuning uchun oilaviy hayotga tayyorlashda, eng avvalo sevish va sevilish baxti nimadan iborat ekanligini tushunib etish muhimdir. Lekin hozirgi davrda ijtimoiy va oilaviy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda oila qurayotgan, ya`ni nikohga kirayotgan yoshlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish, buning uchun salomatlik bo’yicha maslahat markazlari hamda oilaviy munosabatlar, oilaning turmush tarzi bo’yicha ruhshunos, pedagog, ijtimoiy maslahatchilar markazlari faoliyatini jonlantirish maqsadga muvofiq.
YAratilgan barcha ishlarda bayon qilingan mutaxassislar fikrini umumlashtirgan holda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirilishi kerak degan fikrga keldik:
1) umumijtimoiy yo’nalish bo’lib, unda mustaqillik sharoitida oilaning oila-nikoh va demografiya sohasidagi holati, shuningdek oila va uning jamiyatda tutgan o’rni, oilada nikohlarning barqaror va to’laqonli bo’lishi, nikohsiz oila qurish va nikohi buzilayotgan oilalarning oldini olish, oilaning darajasi, oila, mustahkam oila, keksa oilalarning har birining o’z maqomini saqlash va barqarorligi, ko’p bo’g`inli oilalar turmush tarzi, bunday oilalarda bobo-buvi, ota-ona, nabiralarning o’z o’rni, oilada bolalar soni, ya`ni serfarzand, kamfarzand oilalar hayot tarzi haqida ma`lumotga ega bo’lish muhim. Bu jihatlar oilaning moddiy ta`minoti bilan birga tarbiyaviy tomonlarini ham o’z ichiga oladi.
Masalan, oilada turmush tarzi ijobiy bo’lishi mumkin. Ammo bolalar va ota-onalar o’rtasidagi kelishmovchiliklar ba`zida uning psixologik muhitiga salbiy ta`sir etadi. YOki o’zbek oilalaridagi ko’pbo’g`inlilik bobo, buvi, ota-ona farzandlar tarbiyasiga ijobiy ta`sir etish bilan birga, oilada uy-joy taqsimoti, moddiy-maishiy tomondan qiyinchiliklar tufayli ziddiyatlar keltirib chiqarishi mumkin.
Ma`lumki, oilaning ijtimoiy, o’rni, uning moddiy ta`minoti bilan belgilanadi. Bunga oilaning kirim-chiqimidagi moslik, uy-joy bilan ta`minlanganligi, ro’zg`ordagi moddiy-maishiy jihozlar, kiyim-kechaklarning etarliligi kabilar kiradi. Agar oila bu talablarga javob bermasa, uning ijtimoiy-iqtisodiy maqomi past darajaga tushib qolishi mumkin. Agar oila kam ta`minlangan bo’lsa, o’rtacha daraja, agar oila moddiy tomondan to’la ta`minlangan bo’lsa, uning ijtimoiy-iqtisodiy maqomi yuqori darajada bo’ladi.
2) Oiladagi ruhiy muhitdir. Bu er-xotin, ota-ona va bolalar hamda ularni o’rab turgan kishilar bilan munosabatlardir. Bunga oila a`zolarining his-tuyg`ulari darajasi, o’zaro munosabatlarida bir-birini tushunishi, his etishi va bir-biriga ta`sir etishi, oila a`zolarining dam olishni qanday o’tkazishi bilan bog`liq. Psixologik muhit past darajadagi oilalarda nikohning buzilishi, bolalarning oiladan bezishi, oilada ziddiyatlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
3) Oilaning ijtimoiy madaniyati darajasidir. Bu jihat oila a`zolarining bilimi va uning oila turmushi hamda tarbiyaviy tomonlariga ta`siri bilan belgilanadi. Bunday oiladagi ota-onalar oilaning eng yaxshi an`analarini davom ettiradilar, bolalarning axloqiy, mehnat, huquqiy, estetik tarbiyasi bilan muntazam shug`ullanib boradilar, oilada sog`lom turmush tarzi yaratadilar.
4) Oilada bolaga munosabat darajasi bilan belgilanib, bu uning qiziqishlariga bo’lgan hurmat, e`tibor bilan qarashda namoyon bo’ladi.
Oilalar yuqoridagi jihatlari bilan sog`lom va nosog`lom guruhlarga bo’linadi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan sharoitda ba`zi yoshlar to’g`ri yo’l topa olmay, yot ta`sirlarga berilib ketmoqdalar. Natijada oilada nosog`lom muhit vujudga kelib, bu, avvalo, uning a`zolariga, ayniqsa, balog`at yoshidagilarga salbiy ta`sir ko’rsatmoqda.
SHuning uchun ham bunday sharoitda oliy o’quv yurtlarida ham yoshlarning ijtimoiy harakatiga ko’proq e`tibor berish kerak. CHunki, bugungi talaba ertaga oila rahbari yoki uning a`zosidir. Bu sohadagi muammolarni hal etishda quyidagilarga asosiy e`tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir:
1. Har ikkala- qiz va yigit oilalarining muvofiqligiga erishish:
a) moddiy;
b) ma`naviy;
v) jinsiy sog`lomligi;
g) yoshidagi farqi.
Demak, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash deganda oilaviy turmush tarziga tayyorgarlikni tushunmoq zarur.
2. YOshlarning ma`naviy-axloqiy shakllanganligi va muomala odobiga rioya etishi. Oilada har ikkala jinsga mansub shaxslar bilan munosabatlar me`yorlariga rioya etish, do’stlik, ota-onaga, kattalarga hurmat, kichiklarga g`amxo’rlik, bolalar tarbiyasiga e`tibor va bunda ehtiyoj, mas`uliyat, sadoqat, olijanoblik, insoniylik; oila-nikoh munosabatlarini e`zozlash va qadrlash, oilada burch mas`uliyati va hokazolarga tayyorlash muhim ahamiyatga ega.
3. YOshlarni huquqiy jihatdan oilaviy hayotga tayyorlash. Bu yo’nalishda ularni «Oila kodeksi» va «Nikoh to’g`risida»gi Qonun asoslari, oila a`zolarining huquq va burchlari qoidalarini bilish, er-xotinning o’zaro, farzandlari, jamiyatga nisbatan mas`uliyat hissini anglab etishga tayyorlashdan iboratdir.
4. YOshlarni oilaviy hayotga psixologik jihatdan tayyorlash. Bunda ularning oilada rivojlanganlik darajasi, oila a`zolarining ruhiyati va o’zaro munosabatlar psixologiyasini shakllantirishga tayyorlashdan iboratdir.
5. Jismoniy-gigienik tayyorgarlik. Bu yo’nalish ham muhim bo’lib, oila a`zolarining jinsiy, gigienik tayyorgarligi, intim munosabatlar, kun tartibi, har bir oila a`zosining salomatligidagi o’zgarishlarni kuzatib borish va yordam berishga tayyorlaydi.
6. Pedagogik yo’nalish bo’lib, bunda ota-onalarni farzand tarbiyasi sohasidagi pedagogik bilimlar bilan qurollantirish, ularning pedagogik madaniyatini oshirishdan iboratdir.
7. YOshlarni oilaviy hayotga estetik munosabatini shakllantirish.
8. YOshlarni xo’jalik iqtisodini yuritishga tayyorlash. Bunda oila byudjeti va xo’jaligi haqidagi tasavvurlarni boyitish, uni yuritishga oid malaka va ko’nikmalar hosil qilishdan iborat.
O’zbek oilasida bularning barchasi o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, biz kelgusida ana shu xususiyatlar va ularni tarkib toptirish imkoniyatlarini keyingi rejalarimizda fikr yuritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |