2-masalaning bayoni. Milliy g’oyani yoshlar ongi va shuuriga singdirishga bel bog’lagan ota-onalar bilimning g’oyaga, g’oyaning e’tiqodga aylanishi jarayonini aniq va tiniq tasavvur etmog’i darkor. Bunday tasavvurga ega bo‘lmagan ota-onaning so‘zlari quruq, sama-rasiz bo‘lib qolaveradi. Har qanday g’oyaning dastlabki elementi bilimdir. Bilimlarning g’oyaga aylanish jarayoni haqida fikr-mulohaza bildirmoq uchun eng avvalo “Bilim deganda nimani tushunmoq kerak?” – degan savolga javob berish zarur.
Tarixiy taraqqiyot tajribasidan yaxshi ma’lumki, inson o‘zi yashayotgan tabiiy-ijtimoiy muhitni, hatto o‘zini-o‘zi bilish uchun, hamisha yangi – yangi axborotlarga ehtiyoj sezadi. Inson o‘zining tabiiy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishi uchun unga hamisha yangi bilimlar zarur bo‘ladi. Xuddi shuning uchun ham, inson bilimlari doimo o‘zgarib turuvchi dinamik xarakterga ega bo‘lgan tizimdir. O‘z navbatida, bilim inson amaliy faoliyatining maxsus turidir.
Xo‘sh, bilim insonda qanday hosil bo‘ladi? Bu savolga javob berish uchun eng avvalo “bilim” yoki “axborot” (informatsiya) degan tushunchalarning mohiyatini, mazmunini bilishimiz zarur. Kundalik faoliyatimizda ushbu tushunchalarni biri – ikkinchisiga yaqin, uyqash tushunchalari sifatida ishlataveramiz. Lekin, chuqurroq o‘ylab qarasak, ushbu tushunchalarning biri – ikkinchisiga teng emasligiga guvoh bo‘lamiz. Bilim hamisha axborot yoki informatsiyalarning sin-tezi qayta mushohada qilingan majmuasi, uning eng oliy darajasi, eng yuqori holatidir. Axborotlar bilim darajasiga ko‘tarilishi uchun inson bisotida mavjud bo‘lgan tarixiy tajriba, ya’ni xotira, idrok, tasavvur chig’irig’idan o‘tmog’i darkor. Ana o‘shanda axborot bilimga aylanadi. Xuddi shuning uchun ham yuqorida ta’kidlagandek, bilim faqat axborotlarning yig’indisi emas, balki uning sintezidir. Shuningdek, bilim voqelikning inson ongidagi in’ikosidir. Bilim inson borlig’ining eng asosiy xususiyati, ya’ni inson miyasining mahsulidir.
Bilim o‘z navbatida, bilish jarayonining mahsulidir. Bilimlar eng avvalo turli tushunchalarda o‘z aksini topadi. Tushunchalar asosida esa, xilma-xil g’oyalar vujudga keladi. Bilimlarning g’oyaga aylanishi jarayonini tahlil qilganda quydagi uch holatga katta ahamiyatga ega:
O‘rganilayotgan hodisa yoki voqea haqidagi bilimlarning aniq bo‘lishi. Boshqacha aytganimizda, olingan yangi bilimlar hodisa yoki voqeada bo‘layotgan o‘zgarishlarni aniq va to‘la aks ettirishi.
To‘plangan bilimlarni amaliyotda qo‘llash uchun ehtiyoj, ya’ni zaruriyatning ortib borishi.
Bilimga ega bo‘lgan kishlarning jamiyatda sodir bo‘layotgan voqealar yoki tabiiy muhitda vujudga kelgan muammolarni tezroq bartaraf etish uchun o‘z oldilariga qo‘ygan maqsad, vazifaning aniqligi, rejaning puxtaligi.
Yaratilgan g’oyalar yuqoridagi holatlarni o‘ziga mujassamlashtirsa, ana o‘shanda tezroq amaliyotga tatbiq etiladi va samarali natijalar beradi. G’oyalarini amaliyotga tatbiq etayotganda, yana bir holatni esdan chiqarmaslik zarurki, g’oyalar faqat moddiy vositalar (mehnat qurollari) yordamida emas, balki insoning ruhiy-ma’naviy energiyasi (his-tuyg’ulari, irodasi, e’tiqodi) yordamida ham amalga oshadi. Boshqacha aytganimizda, g’oyalar amaliyotga tatbiq etilib, amaliyotda samarali natija bergandan so‘ng nazariyaga aylanadi. Amaliyot sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan, ma’lum bir sistemaga kiritilgan g’oyalarga nazariya deyiladi.
Nazariya tushuncha va g’oyalar kabi voqelikning inson ongidagi in’ikosidir. Biroq, nazariya alohida fikr yoki g’oya emas, balki voqelikning biron sohasi haqidagi ma’lum sistemadir.
Bilimlar nazariyaga aylanguncha quyidagi uch bosqichni bosib o‘tadi:
Birinchi bosqichda bilishning turli uslublar (kuzatish, o‘lchash, taqqoslash, tajriba, modellashtirish) yordamida yangi bilimlar hosil qilinadi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, turli axborotlar (informatsiyalar) bilim darajasiga ko‘tariladi.
Ikkinchi bosqichda olingan bilimlar asosida (analiz va sintez, induktsiya va klassifikatsiya, gipoteza) yangi g’oyalar vujudga keladi. Boshqacha aytganimizda, yangi bilimlar asosida yangi g’oyalar vujudga keladi.
Uchinchi bosqichda yangi g’oyalar ma’lum bir tizimga solinadi (ideallashtirish, formallashtirish, deduktsiya va aksiomlashtirish), ya’ni nazariyaga aylanadi.
Shunday qilib, nazariya nafaqat turli g’oyalarning yig’indisi, balki uning yaxlit tizimidir. Xo‘sh qanday qilib, bilim, g’oya, nazariya inson e’tiqodiga aylanadi? E’tiqod deganda nimani tushun-moq darkor?
Avvalo “e’tiqod” tushunchasining ma’nosi va mazmuni, uni hosil qilgan tuzulmaviy elementlar, komponentlar to‘g’risida aniq ilmiy asoslangan tasavvurga ega bo‘lishimiz lozim. Zero, uzoq yil-lardan buyon ilmiy-falsafiy adabiyotlarda “e’tiqod” tushunchasi turlicha izohlanib kelinmoqda.
Bu borada dastlab e’tiqod tushunchasining tarkibini har tomonlama, chuqur tahlil qilish zarur. Bunda eng avvalo, e’tiqod deb nomlanuvchi bir butun tuzulmani vujudga keltirgan unsurlarni aniqlab olish darkor. Kuzatishlar shundan dalolat beradiki, e’tiqodni yaxlit butunga birlashtirib turilgan barqaror unsurlardan biri bilimdir. Chunki, bilim, hodisa-voqea, jarayonlarning, hatto inson ongi va faoliyatining turli xususiyatlari, xossalarini o‘zida aks ettiradi. Xuddi shuning uchun ham, bilim e’tiqodning vujudga kelishida eng muhim asos vazifasini bajaradi. Aniqroq qilib aytganimizda, chinakam e’tiqod bilim asosida shakllanadi. Ayrim hollarda bilim hodisa, voqea, jarayonlarning haqiqiy holatini ifodalasa, ba’zan esa, hali to‘liq o‘rganilmagan, kishini chalg’ituvchi chala haqiqat yoki yolg’on bo‘lishi ham mumkin. Boshqa bir holatda bilim haqiqatan qandaydir bo‘lgan yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarni ifodalashi mumkin. Turgan gapki, bilimlarning chinligi e’tiqodning mustahkam bo‘lishda, hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. E’tiqodlarning turlichaligi bilimlarning mazmuniga bog’liq.
Biroq inson hayotida e’tiqodning mustahkamligi tushunchasi ham bor. Insoniyat tarixi e’tiqodning mustahkam bo‘lishida bilimning yakkayu-yagona asos bo‘la olmasligini ko‘rsatadi. Inson ongida qayta ishlab chiqilgan, ya’ni tajriba chig’irig’idan o‘tgan, ikkinchi marta qayta hosil bo‘lgan bilimlargina (g’oyalar, nazariyalar) e’tiqodning mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi. Boshqacha aytganimizda, insoniyat tomonidan allaqachonlar yaratilgan bilimlar ularning o‘z ehtiyojlari uchun qayta-qayta kashf etilgandagina chinakam e’tiqod darajasiga ko‘tariladi.
Xulosa
Hozirgi davrga kelib, bilimlar va axborotlar manbai shunchalar o‘zgarib ketdiki, ularning mazmuni qandayligi muhim ahamiyatga ega. An’anaviy matbuot, kitob, televedenie, kinofilm-lardan tashqari hozir yoshlar bilim oladigan quyidagi asosiy manba-larni ko‘rsatish mumkin: kompyuterlar, reklamalar, videokliplar.
Afsuski, yoshlar bu manbalardan faqat foydali emas, balki milliy mentalitetimiz, milliy qadriyatlarimizga yot bilimlar va axborotlarni ham oladilar. Shu sababli yoshlar ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirishda bilimlar va axborotlarning zamonaviy manbalaridan oqilona foydalanish komil inson tarbiyasida juda muhim ahamiyatga ega. Buning uchun milliy manfaat nuqtai nazaridan mam-lakatimizning boy ma’naviy merosi, tarixiy obidalari, muzeylari, xalqimizning asriy an’analari, milliy sa’nati va hunarmandchiligi haqida videokliplar yaratish, ularni reklama qilish fanning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lishi lozim.
Xulosa qilib aytganda, umuminsoniy qadriyatlarning tarkibiy qismi bo‘lgan milliy istiqlol g’oyasi, uni xalqimiz, yoshlarimiz ongiga, qalbiga singdirish har birimizning muqaddas burchimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |