«Biz mustaqilligimizning ilk yillaridanoq sog‘lom avlod
tarbiyasini eng ustuvor vazifa deb belgiladik, — deydi
Prezidentimiz Islom Karimov, — Barkamol avlodni tar-
biyalash masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tardik.
Mustaqil Vatanimizning birinchi ordenini «Sog‘lom avlod
uchun» deb atalgani, «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro
jamg‘armasi tuzilgani buning tasdig‘idir. Bir so‘z bilan
aytganda, oldimizga qo‘ygan barcha maqsadlarimizning,
siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotimizda, davlatimiz,
jamiyatimiz qurilishida amalga oshirilayotgan o‘zgarish-
laming, ezgu intilishlarimizning ma’no mohiyati sog‘lom
avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish emasmi? Kadrlar tay-
69
yorlash Milliy dasturimizni ishlab chiqqanimiz va hayotga
tatbiq etayotganimizdan maqsad ham aynan shu emasmi?!.
Do'stlaringiz bilan baham: |