orasidagi sevgi dastlabki manba bo‘lsa, axloqiy qadriyat-
laming gultoji bo‘lgan ibo, hayo, xushmuomalalik, meh-
natsevarlik, sarishtalik, ozodalik, pazandalik, g‘amxo‘rlik,
mehr-shafqat kabi azaliy odatlarimiz oilani mustahkamlashda
ikkinchi manba bo‘ladi.
Institut jamiyatda xotin-qizlarning siyosiy onglilik dara-
jasini yuksaltirish bilan birga, ayollarga taalluqli ijtimoiy
munosabatlami o‘rganadi, shu orqali ayollarning iqtisodiy.
61
siyosiy, maishiy, madaniy, ta’limiy va boshqa sohalardagi
ahvolini tadqiq qiladi. Bugungi kunda 0 ‘zbekistonda xotin-
qizlaming ijtimoiy ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, maorif,
madaniyat, savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish sohalaridagi
salmog‘i 80—90 foizga yetgan. Bu borada «Tadbirkor ayollar
uyushmasi» ham katta faoliyat ko‘rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |