Oila pedagogikasi



Download 7,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/326
Sana31.01.2022
Hajmi7,75 Mb.
#419778
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   326
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

147


e ) b, d.
1
a
6
a
2
V
7
g
3
b
8
b
4
g
9
a
5
a
10
g
148


VI bob.
0 ‘zbek oilasidagi urf-odat va marosindar
Har bir xalqning ijtimoiy-madaniy hayotida azaliy 
an’ana, urf-odat, marosim, bayramlar alohida o‘rin tutadi. 
Ular kishilar turmush tarzining o'ziga xos hodisasi sifatida 
namoyon boiadi. «An’ana», «odat», «marosim» bevosita 
«bayram» tushunchasi bilan bog'liq.
«An’ana» — tarixiy taraqqiyot jarayonida va ijtimoiy 
ehtiyojlar orasida vujudga keladigan, avloddan-avlodga meros 
bo‘lib 
o‘tadigan, 
kishilar 
ma’naviy 
hayotiga 
ta’sir 
ko‘rsatadigan madaniy hodisadir. An’ana o‘ziga xos ijtimoiy 
hodisa sifatida majmuasi hisoblanadi. Xalq 
an’analari — 
uzoq taraqqiyot jarayonida etnoslaming ijtimoiy-ma’naviy 
ehtiyojlari asosida vujudga kelib, ulaming aqliy-ijodiy fao- 
liyati asosida, atrof-muhit, tabiat, mehnat jarayoniga bog‘liq 
holda avloddan-avlodga o‘tib, taraqqiy etgan va asrlararo 
ajdodlar flkri, orzu-o‘ylari, tajribalari, yutuqlari va boshqa 
qadriyatlarini mujassamlashtirgan bebaho ijtimoiy-madaniy 
merosga aylangan.
Urf-odat kishilaming turmushiga singib ketgan, ma’lum 
muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko'pchilik 
tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari ko‘nikmasidir. 
Masalan: kichiklaming kattalarga salom berishi, uy-hovlini 
tartibga keltirish, mehmonlarga alohida hurmat ko‘rsatish, 
bayram arafasida keksa qariyalar, kasal ojiz, qiynalgan 
kishilar holidan xabar olish, qo‘ni-qo‘shnilami biror ishiga
149


yordam berish, hasharga borish kabilar o'zbek xalqiga xos 
yaxshi odatlar hisoblanadi.
Urf-odat degan tushuncha psixologiyada ham mavjud 
bo‘lib, u ma’lum sharoit ta’sirida vujudga kelib, kishining 
fe’l-atvorida mustahkamlanib qolgan va kiyinchalik o‘z- 
o‘zidan beixtiyor bajariladigan harakat ma’nosini bildiradi.
An’ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatining barcha 
sohalariga xos hodisa sifatida juda keng doirani qamrab oladi. 
Urf-odat esa muayyan bir kishining turmush tarzi xatti- 
harakati, xulq-atvori, muloqoti va oilaviy munosabatlarida 
namoyon bo'ladi.
Marosim — inson hayotidagi muhim voqealami nishon- 
lashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy ko‘tarinkilik vaziyatida 
o‘tadigan, tartib-qoidalarga amal qilinadigan tadbir sanaladi. 
Masalan: ism qo'yish, nikohdan o‘tish, dafn qilish, 
xotiralash, urug‘ qadash marosimlari.
Urf-odat kundalik hayotda kuzatilsa, marosim esa inson 
hayotidagi muhim hodisalar sodir bo'lganida vujudga keladi. 
Marosim kishilar hayotidagi eng muhim voqealami rasmiy- 
lashtiradi. Marosimlami o‘tkazishda avloddan-avlodga o‘ta- 
digan ramziy va-rasmiy an’analar, qoidalarga amal qilinadi. 
Marosimga bo‘layotgan voqeaga «guvoh» sifatida odamlar 
chaqiriladi. Odamlar kimningdir g‘ami yoki quvonchiga 
sherik bo‘lishadi, kelajak uchun yaxshi niyatlar qilishadi. Har 
bir marosimning o‘ziga xos umum qabul qilingan tuzilishi 
bo'ladi. Inson hayotida bo‘lib o'tayotgan muhim voqealami 
nishonlash jarayonida an’ana ham, urf-odat ham, marosim 
ham mujassamlashadi.
Buni quyidagi bir misolda ko'rish mumkin: yoshlar 
voyaga yetganda yigitlar uylanadi, qizlar turmushga chiqadi. 
Bu avloddan-avlodga o‘tib keladigan an’ana sanaladi. Yigit
150


va qizning oila qurishi uchun nikoh to‘yi o'tkaziladi. Nikoh 
to‘yini o‘tkazish esa insoniyat hayotiga singib ketgan qoidaga 
ega bo‘lgan urf-odat hisoblanadi. Nikoh to‘ylarining asosiy 
shartlaridan bin kuyov va kelinning nikohdan o‘tishidir. Har 
bir davrda bu to‘y bilan bog‘Uq 
o‘ziga xos urf-odatlar 
vujudga keladi. Masalan: hoziigi paytda maxsus bezatilgan 
mashinalarda ko‘chalarda yurish, guvohlar bilan baxt uyiga 
borish, kerakli hujjatlarga imzo chekish, nikoh uzuklarini 
almashish kabi odatlarga amal qilinadi. Bu rasmiy va 
tantanali ravishda o'tadigan marosimdir.
«An’ana», «urf-odat», «marosim» bir-biri bilan bevosita 
bog‘liq 
hodisa sanaladi. Shu bois an’analaming tarkibiy 
qismi urf-odat, urf-odatning tarkibiy qismi esa marosim ham 
bo‘lishi mumkin.
Ba’zi holatlarda «an’ana», «odat» va «marosim» tushun- 
chalari alohida ishlatilsa, ular mavhum ma’noni anglatishi 
ham mumkin. Bunday paytda ularga aniqlovchi so'zlar 
qo‘shilib, masalan, «an’anaviy bayram», «mukofotlash maro- 
simi», «to‘y marosimi», «nafaqaga kuzatish marosimi» tarzida 
qo‘llaniladi. Marosim so‘zi jamoatchilik ishtirokida o‘tkazila- 
digan katta tadbir ma’nosini bildiradi.
Eng qadimiy odamlaming turmushi bilan bog‘liq 
an’analar: to‘da bo‘lib yashash udumlari; sardorlik, oqsoqolik 
uchun olishuvlar; bolalikdan o‘spirinlikga; o‘spirinlikdan 
erkaklikga o‘tish marosimlari; turli ko‘rinishli dafn odatlari; 
qurbonlik marosimlari oila va to‘y marosimlarining poydevori 
bo‘lgan pomgam, egzogam, monogam odatlari kabilar ibti- 
doiy jamoa taraqqiyotida jiddiy rol o‘ynagan. Ular ibtidoiy 
odamlaming mashaqqadi hayotida erishilgan tajribalami asrash 
va ko'paytirishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
151


Qadimiy odatlami o‘rganishda «Avesto» kitobi eng 
qadimiy manbalardan biri hisoblanadi. Zardushtiylik diniga 
xos odatlar hozirgi paytgacha ham saqlanib qolgan. Ular 
ichida eng kattasi Navro‘z bayramidir. Kasallikni oldini olish 
yoki undan saqlanish uchun isiriq tutatish, tongda hovlini 
tozalash, yuvinish, o'choqga olov yoqish kabilar zardush- 
tiylardan o'tib kelayotgan odatdir.
Oilaviy marosimlar oila paydo bo'lishi bilan vujudga 
kelgan. Shu bilan birga o‘zgargan rivoj topgan. Taraqqiyot, 
zamon talabiga javob bermagan odat marosimlar unitilgan. 
Ulaming o‘mini esa oila ehtiyojlarini qoniqtiradigan yangi 
marosimlar egallagan.

Download 7,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   326




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish