qolmaydi. Muhimi, ota-onadan bittasi yoki har ikkalovi bola
yonida bo‘lishlari kerak bo‘ladi. Maktab yoshiga yetgunga
qadar, bolada kerakli ko‘nikma va boshlang‘ich tushuncha-
lami shakllantirish uning kelgusida maktab o‘quvchisi bo‘li-
shiga va boshqa sog‘lom bolalar kabi ta’lim olish imkoniya-
tini qo‘lga kiritishida albatta qo‘l keladi. Ammo, ming
afsuski, bunday tashvishlami boshidan kechirayotgan ota-
onalaming «aksariyati bu borada bosh qotirishdan ko‘ra
ko‘proq umidsizlikka berilishadi, ular bolasining kelajagini
tasawur qila olmaydilar va farzandimiz uchun maxsus chora-
lar ko‘rishdan naf yo‘q, qabilida umidsizlika tushishadi.
Aslini olganda, nogiron bolalar, albatta, biror jihati bilan,
masalan, iste’dod tomondan boshqalarga qaraganda ustunroq
bo‘ladilar. Qolaversa, hayotda o‘z ustida ishlab mohir usta
darajasiga ko‘tarilgan hunarmandlami yoxud qaysidir qirrasi
Do'stlaringiz bilan baham: |