voz kechgan holatda ham bolada nevrotik xususiyatlar rivoj-
lanadi, ayniqsa, bola shaxslararo munosabatlarda no‘noq,
urushqoq bo‘lib, qarorlar qabul qilishda qiynaladi, ijtimoiy-
lashuv jarayoni nihoyatda murakkab kechadi. Ко‘rib tur-
ganimizdek, onaning bolaga psixologik yaqinligi uning istiq-
bolini, shakllanajak ijobiy fazilatlari, jamiyatdagi o‘mi va
nufuzini belgilovchi muhim omildir.
Otalik psixologiyasi
onalik psixologiyasiga nisbatan kam
o‘rganilgan soha. Otalar xulqini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki,
ular ham g‘amxo‘rlik va samimiylik jihatidan ayollardan kam
emas, kerak bo‘lsa, ulardan ham mehribon bo‘lishlari mum-
kin. Dastlab ota ham, ona ham bolaga nisbatan bir xil
mehribonlik timsolida namoyon bo‘lgani uchun, ular o‘rtasi-
dagi farqni chaqaloq deyarli his etmaydi. Bir yoshga to‘lgach,
Do'stlaringiz bilan baham: |