Farzand ato qullugin chu odat qilgay,
Ul odat ila kasbi saodat qilgay,
Har kimki atoga ко ‘p rivoyat qilgay,
0 ‘g ‘lidan anga bu ish siroyat qilgay.
Sharq mutafakkirlaridan Nasriddin Tusiy o‘zining «Ax-
loqi Nasriy» asarida yaxshi tarbiyaning muhimligiga ko‘p
to‘xtalgan. U ota-onalaming huquq va burchlari, saxovatlilik,
baxt, insonning oliyjanob xislatlari, qadr-qimmat, sadoqat va
samimiylik, salomatlilik (kishi o‘zida yaxshi axloqiy xislat-
lami shakllantirish uchun salomatlik juda zarur, deydi Tusiy)
to‘g‘risida juda qimmatli fikrlami berganki, oradan yetti
asr o‘tib ham, ular o‘z ahamiyatini yo'qotmagan.
Bola tarbiyasida ota-onaning vazifasi, roli ko‘plab xalq
maqol va matallarida uchratish mumkin.
Ota-onaning tarbiyachilik roli to‘g‘risidagi quyidagi xalq
maqolini keltirish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |