Bola tarbiyasida oila va jamoat hamkorligi
Odamning qalbida neki oliyjanob tuyg'ular
mavjud bo ‘Isa ular awalo, Onadandur
Islom Karimov
XXI
asming har kuni mustaqil davlatimizdagi sog‘lom
dunyoqarashga ega bo‘lgan iymonli, diyonatli kishilarga fikr-
lash va halol mehnat qilish davri kelganligi sezdirmoqda.
Ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib qolgan insoniy fazi-
latlaming birinchi navbatda yoshlarimizning ma’naviy bar-
kamol bo‘lib yetishishlari, ulardan bilimdon va zukko shaxs-
lar yetishib chiqishi uchun xizmat qilishi tabiiy.
0 ‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan kunlar-
danoq yurtboshimiz tashabbusi bilan bir qancha hujjatlar
va qarorlar qabul qilindi. Bular «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qo-
nun Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, «Sog‘lom avlod»
davlat dasturi; Bu dasturlaming muvafFaqiyatli bajarilishi
243
jamiyatimiz a’zolari ma’naviyati va dunyoqarashi sog‘lom
bo‘lishini nazarda tutadi.
Bizga ma’lumki 2001-yilni O'zbekiston Respublikasida
«Ona va bola» yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan
«Ona va bola» davlat dasturi islilab chiqildi va tasdiqlandi.
Ushbu davlat dasturining asosiy maqsad vazifalaridan biri:
- har tomonlama jismoniy, ma’naviy va aql zakovatli
bolalar kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ular-
ning tarbyasida pedagogika, psixologiyaning zamonaviy usul-
larini qo'llash asosida qat’iy bilimlar, erkin fikrlash ko‘nik-
malarini
shakllantirish atrof-muhitning boyligi va xilma-
xШigi bilan keng tanishtirish;
- eng
yaxshi
an’analarimiz va urf-odatlarimiz asosida
yoshlami vatanga, xalqqa muhabbat va sadoqat, milliy va
umuminsoniy qadriyatlaiga hurmat ruhida tarbiyalashda ota-
onalar, ta’lim muassasalari va mahallaning rolini oshi-rish;
- mustahkam va sog‘lom oilani
shakllantirish uchun
sharoit yaratish, bolani tarbiyalash, jismoniy va ma’naviy
rivojlantirishda ona va oilaning rolini kuchaytirish.
Respublika rahbariyati oilalarga har tomonlama yordam
berishni o‘zining asosiy vazifalaridan biri deb bilmoqda.
Davlat bolalami 'yaslida maktabgacha ta’lim muassasa-
larida taibiyalanishi, umumta’lim maktabida, kollej-litsey,
oliy o‘quv yurtlarida bilim olishlari uchun sarflanadigan
xarajatlami yildan yilga ko'paytirib bormoqda.
Onalarga qulaylik tug‘dirish ulaming moddiy sharoit-
larini yaxshilash, bola tarbiyasi bilan jiddiyroq shug‘ullanish-
lari uchun katta imtiyozlar yaratilgan. Masalan, maktabgacha
ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va undagi mod
diy sharoitni yaxshilash; bola tugilgandan birinchi bolaga,
ikkinchi va uchinchi bolaga beriladigan so‘yunchi pullari
244
miqdorini yildan yilga oshirib borish, 2 va undan ortiq 12
yoshgacha bolasi bo‘lgan oilalaming mehnat ta’tillarini
uzaytirish, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ishlaydigan
xotin-qizlarga bola tug‘Uganda bolasi 2 yoshga to‘lgunga
qadar o‘rtacha oyligi saqlangan holda va bola 3 yoshga kir-
gunga qadar pulsiz ta’til joriy qilinishi, bunda uning
mutaxassisligi bo'yicha ish staji saqlanishi; yolg‘iz onalaiga
har bir bolasi uchun beriladigan oylik nafaqa puli miqdorini
ko'paytirilishi; ota-onalarining bolalar bilan birgalikda dam
olishlari va davolanishlari uchun shart-sharoiti yaratilishi;
narx-navoni oshishi munosabati bilan ishlamoqchi bo'lgan
bolalarga
to ‘la
bo‘lmagan ish kuni, ish haftasi, uyda ish-
lashlari uchun sharoit yaratishi, bolalar kasallanganda uni
parvarish qilish uchun pul to‘lanadigan vaqtning uzaytirilishi
shular jumlasidandir.
Respublikamiz rahbariyati oila mustahkamlash,
uning
sharoitini yaxshilash, kishilaming turmush farovonligini
oshirishga juda katta ahamiyat bermoqda. Oilaning mustah-
kamligi bolalami har tomonlama to‘g‘ri taibiyalashga im-
kon beradi. Oila, maktabgacha ta’lim muassasasi, maktab,
mahalla jamoasi o‘rtasidagi aloqani yaxshilash, ota-onalar-
ning bolalar tarbiyasi uchun javobgarligini oishrish davr
talabidir.
Bola tarbiyasi bilan jiddiyroq shug‘ullanish va oilani
mustahkamlashning muhim garovi aholining shart-sharoitini
yaxshilash, turmush
darajasini ko‘tarish bo'yicha hozirgi
kunda respublikamiz rahbariyati tomonidan chiqarilayotgan
farmon va qonunlar, bulami amalga oshirish bo‘yicha
belgilanayotgan chora-tadbirlar ko‘p millatli xalqimizmng
taq-singa sazovor bo‘lmoqda. Masalan, homilador va kam
qonH bolalik ayollarga shifoxonalarda bepul ovqat berish
245
tashkil qilingan, kollej-litsey, oliy o‘quv yurtlari talabalari,
magistranlar hamda aspirantlar oylik stependiyalari oshirilib
be-rilmoqda. Maktab o‘qituvchilari va taibyachilarining ish
soati kamaytirib, oylik maoshlari oshirilmoqda. Hamma
o‘qituvchilaming, taibiyachilaming yashab turgan davlat
uylari xususiy mulkka aylantirildi. Qishloq joylardagi o‘qi-
tuvchilarga esa imtiyoz bundan ham ko‘proq, ular kamunal
xizmati uchun to‘lanadigan xarajatdan butunlay ozod qi-
lindilar. Bulaming hammasi aholining moddiy
sharoitini
yaxshilash, turmush farovonligini oshirish, oilani mustah-
kamlash, bola tarbiyasi bilan shug‘ullanishlari uchun keng
imkoniyatlar yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |