Oila pеdagogikasi


Bola xaraktеridagi xususiyatlar - ota-onadan mеros



Download 45,61 Kb.
bet16/18
Sana18.07.2022
Hajmi45,61 Kb.
#823283
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Оралиқ саволлари

26.Bola xaraktеridagi xususiyatlar - ota-onadan mеros.

Olimlar ontogenetik taraqqiyot davrida yaxshi ona bo'lishga sabab bo'luvchi qator omillar qatorida qiz bolaning o'z onasi bilan yoshligidan boshidan kechirgan muloqot tajribasini, oilasida onaga va onalikka munosabat xususiyatlarini, o'z oilasida kichkina bolalar bilan muloqot tajribasi borligini inobatga oladilarBu jarayonda qizchaning ona tomonidan qanday tarbiyalanganligidan tashqari, muayyan madaniy manbalar bilan tanishligi ham katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, onasidan qanday ertaklar eshitgani yoki qanday o'yinchoqlar o'ynagani bevosita uning kelajakda qanday ona bo'lishiga ta’sir etadi. Masalan, yoshligidan mehribon ona haqida eshitganlarini,ertak holida bo‘Isa ham yovuz kampirlar, yalmog‘iz ayollar,


o‘gay onalar haqida eshitganlari bilan to‘g‘ri solishtirish tajribasi bor qiz o'zining istiqboldagi harakatining yo‘nalishini
belgilab olishi mumkin. Yoki qo‘g‘irchoqlami erkalatishi, onasiday g‘amxo‘rlik qilishi ham ijobiy tajriba, lekin ming
afsuski, hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan «barbi» kabi qo‘g‘irchoqlar qizchalarda onalikni emas, ko'proq ayollik
fazilatlariiii, oliflachilikni tarbiyalaydi. Zamonaviy ertaklarning ayrimlarida ham taibiyaga zid keladigan sujetlar ko‘p.
0 ‘zbeklar suyib ko'radigan multfilmlar, masalan, «Zumrad va Qimmat» ertaklarini ham agar ona to‘g‘ri sharhlamasa,
bola ongida noto‘g‘ri tasawurlar shakllanib qolishi, o‘gay onaning albatta johil, otaning hamisha bo‘ysunuvchanligi
to‘g‘risidagi chalkash tushunchalar paydo bo‘lishi mumkin


27.Farzandlar tarbiyasida oilaga taa’luqli bo’lgan urf-odatlarning ahamiyati.

Urf-odat kishilaming turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko'pchilik


tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari ko‘nikmasidir. Masalan: kichiklaming kattalarga salom berishi, uy-hovlini tartibga keltirish, mehmonlarga alohida hurmat ko‘rsatish, bayram arafasida keksa qariyalar, kasal ojiz, qiynalgan kishilar holidan xabar olish, qo‘ni-qo‘shnilami biror ishigayordam berish, hasharga borish kabilar o'zbek xalqiga xos yaxshi odatlar hisoblanadi. Urf-odat degan tushuncha psixologiyada ham mavjud
bo‘lib, u ma’lum sharoit ta’sirida vujudga kelib, kishining fe’l-atvorida mustahkamlanib qolgan va kiyinchalik o‘zo‘zidan beixtiyor bajariladigan harakat ma’nosini bildiradi. An’ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatining barcha sohalariga xos hodisa sifatida juda keng doirani qamrab oladi. Urf-odat esa muayyan bir kishining turmush tarzi xattiharakati, xulq-atvori, muloqoti va oilaviy munosabatlarida namoyon bo'ladi.
Marosim — inson hayotidagi muhim voqealami nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy ko‘tarinkilik vaziyatida o‘tadigan, tartib-qoidalarga amal qilinadigan tadbir sanaladi. Masalan: ism qo'yish, nikohdan o‘tish, dafn qilish, xotiralash, urug‘ qadash marosimlari. Urf-odat kundalik hayotda kuzatilsa, marosim esa inson hayotidagi muhim hodisalar sodir bo'lganida vujudga keladi. Marosim kishilar hayotidagi eng muhim voqealami rasmiylashtiradi. Marosimlami o‘tkazishda avloddan-avlodga o‘tadigan ramziy va-rasmiy an’analar, qoidalarga amal qilinadi. Marosimga bo‘layotgan voqeaga «guvoh» sifatida odamlar chaqiriladi. Odamlar kimningdir g‘ami yoki quvonchiga sherik bo‘lishadi, kelajak uchun yaxshi niyatlar qilishadi. Har bir marosimning o‘ziga xos umum qabul qilingan tuzilishi bo'ladi. Inson hayotida bo‘lib o'tayotgan muhim voqealami nishonlash jarayonida an’ana ham, urf-odat ham, marosim ham mujassamlashgan.

Download 45,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish