Oila pedagogikasi



Download 7,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/202
Sana01.07.2022
Hajmi7,75 Mb.
#727803
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   202
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

6.2. Diniy bayramlar
Navro‘z yangilanish bayrami.
Tabiatda tun va kunning 
teng bo‘lishi, bahoming kirib kelishi, dalalarda ish bosh- 
lanishidan darak beruvchi, xalq tomonidan keng nishon- 
lanuvchi Navro‘z bayrami o‘tgan davrlarda to‘siqlarga duch 
kelsada, xalqning istagi bilan qayta tiklandi va 1990-yildan 
boshlab mamlakatimizda katta quvonchlar bilan o‘tkazila- 
digan 
bayram 
sifatida 
nishonlanmoqda. 
Yurtboshimiz
I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: «navro'z hayot abadiyligi- 
ning, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz saxovatining, shu 
bilan birga bizning necha ming yillik milliy qiyofamizning, 
urf-odatlarimizning mangulik ifodasi, tasdig‘idir». «Navro'z» 
so‘zi fors tilidan ohngan bo‘lib, «Nav»-yangi, «ro‘z»-kun — 
«Yangi kun» degan ma’nolami anglatadi. 21-mart kecha va 
kunduzning tenglashgan kun - yangi yil - Navro‘z bayrami 
sifatida Sharq xalqlari tomonidan keng nishonlanadi. Nav- 
ro‘z juda qadimiy bayramdir. Uning juda qadimiy bayram 
ekanligi buyuk mutafakkir, allomalarimiz ijodlarida namoyon 
bo'lgan. Abu Rayxon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan 
qolgan yodgorliklar», Umar Hayyomning «Navro‘znoma», 
Abul-qosim Firdavsiyning «Shoxnoma», Xoja Ali Termiziy- 
ning «Navro'znoma», Alisher Navoiyning «Saddi Iskandariy» 
asarlari Navro‘z, uning paydo bo‘lish tarixi u bilan bog'liq 
urf-odatlar haqida. muhim ma’lumotlami beruvchi qimmatli 
manbalardir.
Navro‘z mehr-muruwat, insonparvarlik, insonlami uhan 
birlashtiruvchi bayramdir. Navro‘z bayrami munosabati bilan
168


mamlakatlararo urush-janjallar to‘xtatilgan, urashgan kishilar 
yarashgan, ota-onalar, qarindosh urug‘lar, keksalar sovg‘alar 
bilan yo'qlangan. Turli-tuman navro‘z taomlari tayyorlangan, 
uy hovli, ko‘chalar supurib sidirilgan, katta-katta maydonlarda 
o‘yin-kulgular, askiyabozlik, qo‘chqor, xo‘roz urushtirish, 
kurash, teatr tomoshalari tashkil etilgan. Odamlar bir- 
birlarinikiga mehmonga borishgan, yerga birinchi urug‘ qadash 
marosimlari o‘tkazilgan. Navro'z yoshlami barkamol inson 
qilib taibiyalashda muhim vositadir. Navro‘z yosh avlod 
uchun tarbiya maktabidir. Navro‘z xotin-qizlarga alohida 
ko‘rk beruvchi bayramdir. Bayram munosabati bilan xotin- 
qizlar qo‘llariga xina, qoshlariga o‘sma qo‘yadilar. Arg‘im- 
choqlarda uchishib, she’rxonlik kechalarini o‘tkazadilar.
Navro‘z — tansihatlik bayramidir. Chunki bayram 
dasturxoni, taomnomasi inson tanasi uchun shifo man- 
bayidir. Navro‘z munosabati bilan o‘ziga xos turii taomlar, 
shirinliklar tayyorlanib bayram dasturxoni bezatilgan. Ya’ni, 
sumalak, halim, ko‘k somsa, ko‘k chuchvara navro‘z das- 
turxoni uchun asosiy taomlar hisoblangan.
Sumalak — Navro‘zning shox taomi bo‘lib, u ko‘klam 
darakchisi, to‘kin-sochinlik, ahillik, 
ezgulik timsolidir. 
«Sumalak sayli» o‘ziga xos tarzda uyushtiriladi. Bu asosan 
ayollar bazmi hisoblanadi. Sumalak tayyorlanayotgan dosh- 
qozonlar atrofida xotin-qizlar, bolalar o'yin kulgi, aytishuv, 
askiya, lapar, latifalar aytishadi, childirma, dutor chalib 
raqsga tushishadi. Sumalak sayliga kelgan har bir inson 
yaxshi niyat bilan qozon kovlaydi. Balog'at yoshidagi yigit- 
qizlarga baxtli-saodatli, faizand ko‘rmaganlarga farzandli 
bo‘lishlari niyat qildirib, qozon kovlatiladi. Sumalak bir 
kecha-kunduz davomida tayyor bo'ladi. U har bir oilaning 
soniga qarab taqsimlanadi. Bemorlar, yolg‘iz qariyalar
169


nogironlar sumalak bilan yo‘qlanadi. Sumalak bir oilada 
tayyorlansada, uni tayyorlash jarayonida butun qishloq yoki 
mahalla ahli, qarindoshlar urug‘lar hamjihatlik bilan qat- 
nashadilar.
Navro‘z har bir kishini insonparvarlikga, mehr-muruv- 
vatga, bag‘ri kenglikga, saxovatga, go‘zallikga, ezgulikga 
da’vat etadi. Xalqni, jamiyatni poklikga, mehnatga, yaxshi- 
likga undovchi g‘oya abadiydir.
Oilaviy marosimlar tarixiy jarayonda xalq padagogikasi 
va donishmandligi bilan uyg'unlashib ketib, asrlar davomida 
yoshlami tarbiyalashdagi asosiy shakllardan biri bo‘lib kelgan. 
Shu sababli, hoziigi davrda ham xalq an’analarini qadrlagan, 
turli marosimlami o'tkazishda ma’naviy-estetik jihatlarga 
alohida e’tibor bergan oilalarda voyaga yetgan yoshlar odob- 
axloqli bo‘lib voyaga yetadi. Ispaniyalik bir faylasuf olim 
butun umrini jahon xalqlarining urf-odatlarini, axloq odo- 
bini o‘rganishga bag‘ishlagan ekan. 0 ‘sha olim bizning 
yurtimizga tashrif buyurib, urf-odatlarmizni o'rganibdi. Yur- 
tiga borib: «Butun bir amalga oshirgan ishlarim va o‘rgangan 
bilimlarimni 15 yoshli o‘zbek qizalog‘ining, o'midan turib, 
qo‘lini ko‘ksiga qo'ygancha choy uzatishidagi odobi, nazo- 
katiga almashtirishga rozi edim»— degan edi.
Ajdodlarmiz 
asrab-avaylab 
kelgan 
urf-odatlarmizni, 
sharqona odobimizni, naslimiz pokligini, buyukligimizni 
asrab-avaylab kelgusi avlodga yetkazish siz-u bizning 
qo‘limizdadir.

Download 7,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish