Oila pedagogikasi



Download 7,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/202
Sana01.07.2022
Hajmi7,75 Mb.
#727803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   202
Bog'liq
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Mustaqil ish
Oila pedagogikasiga oid adabiyotlar ro‘yxatini tuzing!
16


I I bob.
OILADA BOLA TARBIYASI DAVLAT 
SIYO SATIDAGI USTUVOR VAZIFALARDAN 
BIRI EKANLIGI
Mamlakatimizda 
ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma- 
daniy jabhalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar jara- 
yonida oila masalasiga e’tibor davlat siyosati darajasiga 
ko‘tarildi. Albatta, bu bejiz emas, chunki porloq ertamiznnng 
tamal toshlari oilada qo‘yiladi. Yurtboshimiz Islom Karimov 
aytganlaridek: «Xalqimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas 
deb bilgan. Axir oila ahil va totuv bo‘lsa jamiyatda tinchlik 
va hamjihatlikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va bar- 
qarorlik hukm suradi. Oila farovonligi-milliy farovonlik 
asosidir». Demak, mamlakatimizda oila farovonligini ta ’min- 
lash davlatimizning asl maqsadidir.
Mamlakatimizda 1998-yilning «Oila yili» deb e’lon qili- 
nishi va shu munosabat bilan «Oila manfaatlarini ta’minlash 
borasida 1998-yilda amalga oshiriladigai chora-tadbirlar 
Davlat Dasturi»ning qabul qilinishi va amaliyotga tatbiq 
etilishi, Oliy Majlisning XI sessiyasida keng umumxalq 
muhokamasidan so‘ng «Oila Kodeksi»ning bir ovozdan qabul 
qilinishi, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-fevraldagi 54- 
sonli qaroriga binoan Respublika «Oila» ilmiy-amaliy Mar- 
kazining tashkil etilganligi hukumatimiz tomonidan oila 
farovonligi, tinch-totuvligi va barqarorligini ta’minlashga
bo‘lgan e ’tiboridan dalolatdir.


Mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muho­
faza qilish davlatimiz siyosatining ustuvor o‘nalishlaridan bin 
ekan, u quyidagi asosiy yo‘nalishlami o‘z ichiga qamrab 
oladi:
— oilaviy munosabatlaming huquqiy asoslarini takomil- 
lashtirish, oila manfaatlari huquqiy himoya qilinishini ta’- 
minlash, onalik va bolalik huquqlarini muhofaza qilish;
— oilaning ijtimoiy manfaatlarini 
ta’minlash 
uchun 
shart-sharoitlar yaratish, oila a’zolarining sog‘lig‘ini muho­
faza qilish va ta’llm darajasini oshirish uchun shart- 
sharoitlami yaxshilash;
— oilaning iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash uchun 
shart-sharoitlar yaratish, oilaning daromadlarini, oila a’zo­
larining ish bilan ta’minlash darajasini oshirish, ro‘zg‘or 
yumushi va turmush sharoitlarini yaxshilash, kam ta’min- 
langan oilalami davlat tomonidan qo‘llab-quwatlash;
— oilaning ma’naviy-axloqiy asoslarini va madaniy 
manfaatlarini takomillashtirsh uchun shart-sharoitlar yara­
tish;
— oilaning sog‘lom, aql-zakovatli yosh avlodni tarbiya- 
lashdagi rolini oshirish har tomonlama kamol topgan avlodni 
tarbiyalashda oila va jamiyatning vazifalarini takomillash- 
tirish;
— oila muammolarini ilmiy va ijtimoiy tadqiq, etish, 
oila, xotin-qizlar va bolalaming iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini 
ko‘rsatuvchi statisiika hisobotini to‘plash va takomillashtirish.
Darhaqiqat, Vatanimiz mustaqilligining qisqa davri ichi- 
da oila, onalik va bolalikni huquqiy manfaatlarini qo-nuniy 
muhofaza qilish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshi­
rish, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash, uy 
mehnati va madaniy-maishiy turmush sharoitini yaxshilash,
18


oilaning ma’naviy-axloqiy asoslarini takomil-lashtirish, ko‘p 
bolali, kam ta’minlangan, nochor oilalarni, nogironlarni, 
qarovchisiz keksalar, yolg‘izIarni, yetim-yesirlarni ijtimoiy 
qo‘llab-quwatlash, oilada ma’naviy va jismoniy barkamol 
shaxsni shakllantirish borasida keng qamrovli ishlar amalga 
oshiriladi.
Darhaqiqat, oila a’zolarining huquqiy savodxonligi va 
ma’naviy madaniyatini shakllantirish, har tomonlama sog‘- 
lom turmush tarzini qaror toptirish, oilaning ijtimoiy va 
iqtisodiy barqarorligi, farovonligiga erishish, cilada tadbirkor- 
likni keng yo‘lga qo‘yish, nogironlikning turli ko‘rinishlarini 
oldini olish chora-tadbirlarini belgilash, oilada komil insonni 
tarbiyalash, yoshlami umuminsoniy va milliy qadriyatlar 
mushtarakligida mustaqil hayotga tayyorlash tizimini yaratish 
va amalga oshirish zamirida oila masalalari bilan shug‘ul- 
lanuvchi mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlari, oila, 

Download 7,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish