Oila, mahalla, o‘quv bilim yurti hamkorligi


Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari



Download 128,5 Kb.
bet3/3
Sana24.03.2022
Hajmi128,5 Kb.
#507565
1   2   3
Bog'liq
Mavzu1 ota-ona

Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari.
Guruh rahbari ota-onalar bilan ish olib borishda ishlashning xilma-xil shakl va metodlaridan foydalanishi lozim. Ota-onalar bilan ishlashga shaxsiy ishlar jamoa bilan birgalikda olib borilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Biz quyida ota-onalar bilan ishlashning asosiy shakllari bilan tanishib chiqamiz :
1. Talabalarning uylariga borish – bu oila bilan aloqa qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Bunda guruh rahbari talabaning ota-onasi, uning yashash sharoiti, moddiy imkoniyatlari bilan tanishishga imkon topadi.
2. Ota-onalarni o‘quv yurtiga chaqirish. Bundan maqsad, faqatgina talabalarning xulqi, savodliligi va boshqa xususiyatlari bilan ota-onani tanishtirish emas, balki shu bilan birgalikda ota-onalarga pedagogik va ruhiy maslahatlar berib, ularga talabani oilada tarbiyalashlariga yordam ham qilishdir.
3. Ota-onalar bilan ishlash. Bu esa talabaga chaqiriqlar yoki maxsus da’vatnomalar orqali amalga oshiriladi.
4. Ota-onalar guruh majlisini o‘tkazish. Bu shakldagi aloqa maxsus ish rejasi orqali amalga oshiriladi.
5. Ota-onalarni maxsus pedagogik va psixologik bilimlar bilan qurollantirish maqsadida ular bilan suhbat va ma’ruzalar o‘tkaziladi.
6. Savol-javoblar kechasi. Ishning bu shakli guruh talabalarning xususiyati, harakterini yaxshiroq o‘zlashtirish imkonini beradi.
7. Ota-onalarning tarbiya borasidagi ilg‘or tajribalar bilan fikr almashish, o‘rtoqlashish. Bu narsa quyidagi mavzuda bo‘lishi mumkin:
a) yoshlarni qanday qilib mehnatga tayyorlash mumkin?
b) talabaning kundalik rejimi haqida.
v) “Ota-onalarning obro‘si” haqida, “Oilada yoshlarga axloqiy tarbiya berish” va hokazolar to‘g‘risida anjumanlar o‘tkazish.
8. O‘quv yurti qoshida ota-onalar universitetlarini tashkil etish va bu universitetlardan tizimli ish olib borish:
a) ota-onalarni tarbiya sohasidagi adabiyotlar bilan tanishtirish.
b) “Ota-onalar, sizlar uchun” degan mavzuda og‘zaki jurnal.
v) faol ota-onalarning tarbiyaviy ish tajribalari bilan boshqa guruh rahbarlarini tanishtirish kabi ishlar olib borilishi lozim.
Guruh rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari g‘oyat keng, ko‘p qirrali bo‘lib, bu ishlar faqat guruh va o‘quv yurti miqyosi bilan cheklanmaydi, aksincha turar joylardagi va talabaning ota-onasi ishlab turgan korxonadagi jamoatchilik bilan ham yaqin aloqada bo‘lishni taqozo etadi.
Bizning yosh avlod xalqimizning inqilobiy, mehnat, jangovar an’analarini o’zlashtirib, o’ziga katta avlodning eng yaxshi fazilatlarini — g’oyaviy e’tiqod va matonatni, Vatanga muxabbatni, uning ikgisodiy, siyosiy va jangovar kudratini mustahkamlashda ishtirok etishga intilishni singdiribgina uz bobolari va otalari ishini davom ettira va ko’paytira oladi. Bu ishda ota-onalar ayniqsa muhim o’rin tutishlari kerak.
Buni barcha guruh rahbarlari nazarda tutishlari muhimdir, Bunda shaxsning huquqiy etukligi shaxs ijtimoiylashuvining maxsuli ekanligini har bir oilaga tushuntirish goyat muhimdir. Oila shaxs uchun uning ijtimoiylashuv jaraeni ruy beradigan, uning ahloqi, duiyoqarashi asoslari va hokazolar tarkib topadigan dastlabki va ni hoyatda mu him a hamiyatga ega bulgan jamoadir.
Nazorat savollari:



  1. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "oila, mahalla, o‘quv bilim yurti hamkorligi" konsepsiyasining o‘rni va ahamiyati qanday.

  2. Guruh rahbari oila va jamoa qanday tashkil etiladi?

Download 128,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish