Oila, mahalla, maktab kontseptsiyasi, uning yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi imkoniyatlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi


I-bob: MAMLAKATIMIZDA OILA, MAHALLA VA MAKTAB UZVIY HAMKORLIGINING TARIXIY-NAZARIY ASOSLARI



Download 0,58 Mb.
bet4/17
Sana23.07.2022
Hajmi0,58 Mb.
#844666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Шахноза охирги куриб чикилгани

I-bob: MAMLAKATIMIZDA OILA, MAHALLA VA MAKTAB UZVIY HAMKORLIGINING TARIXIY-NAZARIY ASOSLARI
1.1.Yosh avlod tarbiyasida sharqona an’analar va
xalqimizga xos xususiyatlar
Xalqimiz azaldan bolajon xalq. Barkamol shaxsni shakllantirish qadimdan xalqimizning go‘zal orzu-niyati, ma’naviyatining uzviy qismi bo‘lib kelgan va mutafakkirlarimizning asarlarida teran ifodasini topgan. Buyuk ajdodlarimiz o‘z ilmiy, ma’naviy– axloqiy qarashlarida insonning komillik darajasiga yetishishiga, uning xulq- atvorida yuksak fazilatlar shakllanishiga undovchi ichki turtki, ma’naviy – ruhiy intilish, kuch va g‘ayrat, motiv va motivatsiya mavjud bo‘lmas ekan yuksak kamolotga erishish mumkin emas degan g‘oyani ilgari surganlar13.
Yosh avlod tarbiyasida xalqimizga xos xususiyatlarning ildizi eng qadimgi davrlarga, xususan, eramizdan avvalgi IX - VIII asrlarda Osiyoning markaziy qismida  shakllangan, Sipiytmon Zardusht yaratgan diniy ta’limot va ezgulik kitobi “Avesto” ta’limotlariga, uning ta’lim- tarbiya borasidagi pand-nasihatlariga borib taqaladi.
Jumladan, “Avesto”da insonning ma’naviy yetukligi bilan bog‘liq –
do‘stga sadoqatli va kechirimli bo‘la bilish, johillarning qalbini hidoyat nurila yoritish, iymon-e’tiqodda sobitlik va rostgo‘ylik g‘oyalari targ‘ib qilinishi bilan birga tanballik, g‘aflat va loqaydlik, dilozorlik kabi g‘ayriinsoniy hatti-harakatlar qattiq qoralanadi:
“Durust odamlarning eng yaxshi fazilati yangi jahonni qurishga intilmoqdir. Tangri shomu-sahar o‘zgalarga yordam qo‘lini cho‘zadigan bandalarini yoqtiradi. O‘zgalarni yaxshilikka yo‘llay olgan odamlarnigina yaxshi odam deyish mumkin.
Tangri rostgo‘ylarning nigohbonidir. Menga hamisha g‘ayrat va shijoat baxsh et. Meni hamisha g‘aflat uyqusidan yiroq tut”14. “Avesto”dagi yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etuvchi bu kabi ma’naviy-axloqiy tamoyillar, pandnomalar hozirgi davr uchun ham e’tiborlidir.
Shuningdek, “Avesto”da olg‘a surilgan jismoniy va mehnatsevarlik tarbiyasidan nazarda tutilgan asosiy maqsad, bolalarni jangovar harbiy ishga va mehnatsevarlikka tayyorlash, jismonan zabardast qilib, mehnatda chiniqtirishdan iborat bo‘lgan. O‘

g‘il bolalarga kurash tushish, otga suvliq solish, uni egarlash, mol boqish, urchitish va tug‘dirish, tuya-otlarni parvarishlash, ularni boshqara olish, yaylovlar va qaroqchilardan muhofaza qilish uchun 50 dan ziyod harbiy qurolni ishlata bilish malakasini egallash majburiy bo‘lgan. Ularga yana chavandozlik va o‘ttiz ikki xil harbiy hunar o‘rgatilgan.

“Avesto”da ta’kidlanishicha, ajdodlarimiz orzusi hayotda farovon turmush kechirish uchun mehnat qilishga layoqati bo‘lgan har bir odam, biron hunar bilan, xususan, chorvachilnk, dehqonchilik bilan hosil undirishi, hunarmandchilik bilan shug‘ullanishi, chorvani parvarishlashi lozim bo‘lgan.



Bolalar yosh paytidanoq daraxt ko‘chati o‘tkazish, uy-ro‘zg‘or qurollarini yasash, yerga ishlov berish va chorva bilan shug‘ullanishga o‘rgatilishi shart hisoblangan. Zotan, o‘z mehnati bilan kun kechirish hayot farovonligini ta’minlaydi.

Oqsoqollar yig‘inlarida hunarmandchilik, dehqonchiligu bog‘dorchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi qavmlarning yigitlarini muttasil jamoa ko‘rigidan o‘tkazib turish tadbirlarini ko‘llaganlar. Otashkadalar – ibodatxonalar qoshidagi ustaxonalar, vaqf yerlari, darmongoh-sihatgohlar, dorixonalar yoshlar bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan maskanlar vazifasini o‘taganlar.


Zardushtiylik ta’limotida 15 yosh balog‘at yoshi sanalgan. O‘smir balog‘at yoshiga yetganda unga Zardusht qonunlari: falsafa, axloq-odob, zardushtiylikning axloqiy yo‘riqlari o‘rgatilgan.

Umuman, zardushtiylik ta’limotida o‘g‘il va qizlarning yoshligidan mehnatsevarlik va kasb-hunar egallash, shu bilan birga, faol yaratuvchanlik mehnati bilan shug‘ullanishiga ham e’tibor qaratilgan15.
Shu sababli hozirgacha xalq mehnatkash, yuksak axloq-odobli yigitchani ko‘rsa “otangga rahmat” deyishi bejiz emas.


Shunday qilib, “Avesto”da olg‘a surilgan yigitlarni hayotga tayyorlash mazmunini quyidagicha izohlash mumkin:

- ota-onalarga sog‘lom farzand dunyoga keltirish bo‘yicha maslahatlar;

- farzand tarbiyasida jinslarning xususiyatlarini hisobga olish;


- o‘g‘il bola tarbiyasida ota rolining yuqoriligi;


- o‘g‘il tarbiyasida uni mehnatga, ilmli bo‘lishga, ota kasbi sirlarini egallashga da’vat;


-
o‘g‘il bola tarbiyasida oila boshlig‘i tushunchasining ustunligi;

- yigitlik g‘ururi, e’tiqod, vatanparvarlik hissini shakllantirishga e’tiborning kuchliligi;


- oila va vatan oldidagi burch va vazifalarning ustunligiga erishish;


- jismonan va ma’naviy sog‘lomlik sari intilish;


- yovuzlik, yomonlik, qo‘rqoqlik, xoinlik, jismonan nimjonlik, irodasizlikka qarshi ma’naviy barkamollikni shakllantirishdan iboratdir16.


Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘

smir yigitlarni mustaqil hayotga tayyorlash qadimdan dolzarb masala hisoblangan.
Ajdodlarimizning ayniqsa, o‘g‘il bolalar tarbiyasiga katta e’tibor berishgani bejiz emas. Chunki u kelajakda Vatan himoyachisi, oila boshlig‘i hisoblangan. Ota-onalar o‘g‘illarini har xil mashqlar bilan jismonan chiniqishga, hunar o‘rganishga va o‘z ota kasbini egallashga o‘rgatib borishgan. Bu haqda qadimgi manbalar va Sharq mutafakkirlarining asarlarida yetarlicha asoslar keltirilgan.
Azaldan xalqimizda oila muqaddas hisoblanganligi bois yoshlarni oila qurishga alohida tayyorlashgan. Qadimda o‘g‘il bolalarga mustaqil hayotga yo‘llanma berish uchun tanlovlar o‘tkazilgan. Undan o‘ta olgan yigitgina oila qurishga haqli hisoblangan.


Yana shu o‘rinda muqaddas islom dini manbalari –“Qur’oni Karim” va “Hadisi shariflar”da hamda bu sarchashmalardan bahramand bo‘lgan ko‘plab fozilu fuzalo, olimu ulamolar, shoirlaru adiblarning asarlarida ham ta’lim-tarbiya borasida ibratli fikrlar, g‘oyalar o‘z ifodasini topganligini qayd etib o‘tish zarur.
Masalan, Qur’oni Karimning “Niso” va “Taloq” suralari aynan oila, turmush masalasiga bag‘ishlangani, shuningdek boshqa suralarda ham bir necha oyatlarning oilaviy-maishiy masalalarga oid ekanligi bundan dalolat beradi.
Jumladan, “Niso” surasida oila qurish qat’iy nikoh asosida bo‘lishini ta’kidlab shunday deyiladi: “Ey mo‘minlar, sizlar uchun xotinlarni majburiy holda meros qilib olish durust emasdir”17. Bu turmush qurishda yigit va qizning xohish-istaklari inobatga olinishi zarurligini, turmush qurgandan keyin ham oilada er va xotinning bir-biriga mehrli bo‘lishi lozimligini ko‘rsatadi.
Yosh avlod tarbiyasida sharqona an’analar va xalqimizga xos xususiyatlarni o‘rganish, tahlil va tadqiq etishda buyuk ajdodlarimiz – IX-XII asrlar Sharq mutafakkirlari yaratgan bebaho ma’naviy-pedagogik merosdan foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu meros yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol shaxs sifatida shakllantirish, ularga to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berishga xizmat qiladi, chunki, ular ta’limotida inson odobi, axloqi, iymon-e’tiqodi, vijdoni, erkinligi, oila, farzand tarbiyasi masalalari nazariy va amaliy ahamiyatini yo‘qotmagan. Ularning tarbiyaviy qadriyatlari, didaktik asarlari bugungi kunda ham yoshlar ta’lim-tarbiyasiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda.
IX-XII asrlarda yashab ijod etgan allomalarimizning tarbiyaviy qadriyatlar mazmuni aks etgan asarlari sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin. Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, “Buyuk aql haqida so‘z” (“Kalom fi-l aql al-kabir”), “Quyi aql darajasi haqida so‘z” (“Kalom fi- l aql as-sag‘ir”), “Ilmlarning kelib chiqishi va ta’rifi” (“Kitob fi ixso al- ulum va at-ta’rif”, qisqacha nomi “Ixso al-ulum”), “Musiqa haqida katta kitob” (“Kitob ul-musiqo al-kabir”), “Baxt-saodatga erishuv yo‘llari haqida risola” (“Risola fi-t tanbih ala asbob as-saodat”) asarlari; Abu Ali ibn Sinoning “Kitob ash-shifo”, “Tib qonunlari”, “Donishnoma”, An-Najot, Xay ibn Yakzon, Salomon va Ibsol, “Risolai fil-ishq” asarlari; Imom Buxoriyning “Al-Jome’ as-Sahih”, “Adab ul-mufrad”, “Tarix ul-kabir”, “Musnad ul-kabir”, “Kitobu asmoi sahoba”, “Tafsir ul-kabir”, “Sulosiyatul Buxoriy”, “Hadis un-Nabaviy”, “Tarix us-sag‘ir”, “Zuafo us-sag‘ir” asarlari; Imom G‘azzoliyning “Ey farzand”, “Kimyoi saodat”, “Ihyo-ul-ulum id-din”, “Oxiratnoma”, Rizouddin ibn Faxruddinning “Tarbiyali xotun” kabi asarlari shular jumlasidandir.
IX-XII asrlar Sharq mutafakkirlarining tarbiyaviy qadriyatlari, boy pedagogik merosi, yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga oid qarashlari, ayniqsa, axloq­odob, insof, diyonat, iymon, e’tiqod, vijdon, mehnatsevarlik, ilmsevarlik, insoniylik xususidagi g‘oyalari barkamol shaxsni har tomonlama va uyg‘un rivojlantirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, ularning ta’limiy-axloqiy qarashlarida asosiy o‘rin tutgan ilmsevarlik, vatanparvarlik, erkinlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, iymon­e’tiqodlilik, halollik, axloqiy poklik, odillik, birodarlik, hurfikrlilik kabi barkamol inson tarbiyasiga xos g‘oyalarni yosh avlod ongiga singdirish muhim didaktik qimmatga ega.
Xususan, Abu Nasr Forobiy o‘zining “Fozil odamlar shahri” asarida insonning kamolga yetishida muhim bo‘lgan uslublarni yoritib bergan.Ushbu asarda insonning o‘z tarbiyasiga e’tiborli bo‘lishi, o‘z-o‘zini nazorat qila olishi haqida bir qancha qimmatbaho fikrlar aytib o‘tilgan.
Quyida ana shu fikrlardan misollar keltiramiz:
“Agar inson xayrihohlik, go‘zallik, oliyjanoblik va ulug‘vorlikka boshqa odamlar orqali emas, balki o‘zi va o‘z ruhi o‘rtasidagi mavjud narsa orqali erishgan bo‘lsa, ul (odam) xaqiqatdan ham xayrihohli va barkamollikka erishadi. Buni o‘zidan boshqa hech kim sezmagan taqdirda ham uning ruhi ulug‘vor va oliyjanob bo‘ladi va o‘sha odam bu fazilatlarga erishganidan bag‘oyat xursand bo‘ladi”.
“Har kimki ilm-hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, sog‘-salomatligi yaxshi bo‘lsin, yaxshi axloq va odobli bo‘lsin, so‘zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlansin, xiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo‘lsin, diyonatli bo‘lsin, barcha qonun qoidalarni bilsin, bilimdon va notiq bo‘lsin, ilmli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol dunyoni ayamasin, barcha real, moddiy narsalar to‘g‘risidagi bilimni egallasin”.
“Aqlli deb shunday kishiga aytamizki, unda o‘tkir zehn-idrok bo‘lishi bilan birga fazilati ham bo‘lsin. Bunday kishi o‘zining butun qobiliyati va idrokini yaxshi ishlarni amalga oshirishga, yomon ishlardan o‘zini saqlashga va tortishga qaratgan bo‘lmog‘i lozim. Shunday odamnigina aqlli va to‘g‘ri fikr yurituvchi deb atash mumkin.
Aqlli deb shunday kishilar aytiladiki, ular fazilatli, o‘tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishga ega va yomon ishlardan o‘zini chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar. Yomon ishlarni o‘ylab topish uchun zehn-idrokka ega bo‘lganlarni aqlli deb bo‘lmaydi, ularni ayyor, aldoqchi degan nomlar bilan atamoq lozim.
O‘zida ushbu tug‘ma hislatni birlashtirgan kishigina axloqli odam bo‘la oladi:
Birinchidan, bunday odamning barcha a’zolari shu darajada mukammal taraqqiy etgan bo‘lishi zarurki, u bu a’zolari bilan bajarmoqchi bo‘lgan barcha ishlarini osonlik bilan amalga oshira olsin;
Ikkinchidan, barcha masalani, muhokama va mulohazani tezdan va to‘g‘ri tushuna oladigan, uning ma’nosini anglay oladigan, so‘zlovchining maqsadi, aytgan fikrining chinligini tezda payqay oladigan bo‘lsin;
Uchinchidan, xotirasi baquvvat bo‘lsin, ko‘rgan-eshitgan, sezgan narsalarining birortasini ham esidan chiqarmay, yodida saqlab qoladigan bo‘lsin;
To‘rtinchidan, zehni shu darajada tez va o‘tkir bo‘lsinki, biror narsaning alomatini sezishi bilan bu alomat nimani bildirishligini tezdan bilib olsin;
Beshinchidan, so‘zlari aniq bo‘lsin, fikri va aytmoqchi bo‘lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin;
Oltinchidan, bilish va o‘qishga muhabbati bo‘lsin, o‘rganmoqchi bo‘lgan bilimini charchashni sezmasdan osonlik bilan o‘zlashtira olsin;
Yettinchidan, ovqatlanishda, ichimlik iste’mol etishda ochko‘z bo‘lmasin, tabiati qimor o‘yinlarini o‘ynashdan uzoq bo‘lsin va ular keltiradigan xursandchilikdan jirkanadigan bo‘lsin;
Sakkizinchidan, haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan bo‘lsin, yolg‘on va yolg‘onchilarga nafrat bilan qaraydigan bo‘lsin;
To‘qqizinchidan, ruhining g‘ururi va vijdonini qadrlaydigan bo‘lsin, uning ruhi o‘z tabiati bilan past ishlardan yuqori va olijanob ishlarga ishlatiladigan bo‘lsin;
O‘ninchidan, adolatli bo‘lsin, ammo qaysar bo‘lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib, o‘zibilarmonlikka berilmasin, lekin har qanday adolatsizlik, pastkashlik oldida lafzli bo‘lsin, o‘zi zarur deb bilgan narsani amalga oshirishda qat’iylik ko‘rsatsin, qo‘rqmas, jasur bo‘lsin, qo‘rqish va ojizlikni bilmasin”18.
Ta’lim-tarbiya jarayonida mustahkam irodali, chuqur bilimga ega shaxsni tarbiyalashda o‘qituvchi shaxsining o‘rni beqiyosdir. O‘qituvchini, axloqlilik, bilimdonlik, halollik, rostgo‘ylik kabi fazilatlar yuksaltiradi. U qanchalik bilimdon, mehnatkash, kamtar, ma’rifatli bo‘lsa, uning shaxsi o‘quvchi ko‘z o‘ngida shunchalik barkamol bo‘lib ko‘rinadi. Muallimning bilimdon bo‘lishi, insoniyat yaratgan ma’naviy boyliklarni ko‘paytirishi va uni yoshlarga astoydil o‘rgatishi, o‘z ishidan qanoat hosil qilishi, o‘z kasbini, bolalarni dildan sevib, berilib ishlashi – bularning barchasi o‘quvchi shaxsining shakllanishiga ta’sir etadi.
Bu borada ham Abu Nasr Farobiyning o‘ziga xos yondashuvi mavjud. Masalan, “O‘zidan boshqalarga rahbarlik qilish, ularni baxt-saodatga erishuv darajasiga ko‘tarish ham, har kimning qo‘lidan kelavermaydi. Kimda birovni baxt-saodatga erishtirish, zarur bo‘lgan ish-harakat kabilarga ruhlantira olish qobiliyati bo‘lmasa va bu ish-harakatni bajara olishga qudratsiz bo‘lsa, bunday odam sira ham rahbar bo‘la olmaydi” deyilgan19.
Ajdodlarimizning ta’lim-tarbiya borasidagi qarashlari aksariyat hollarda komil inson tarbiyasi bilan uyg‘unlashganini kuzatish mumkin. Ularning nazarida ilmni egallagan, ma’rifatli bo‘lgan jaxs jaholatga qarshi tura oladi va komillikka intiladi.
Masalan, zaminimizdan yetishib chiqqan ulug‘ allomalardan biri –Aziziddin Nasafiy yetuk tarbiyani komillikning eng yuqori pillapoyasiga qadam qo‘yish bilan izohlaydi va o‘zining “Zubdatul haqoyiq” risolasida insonning komillikka yetishguniga qadar murakkabliklarini shunday bayon qiladi:
“Bilgilki, ba’zilarning fikricha, ayrim odamlarda to‘rtta ruh mavjud, ya’ni: o‘simlik ruhi, hayvon ruhi, jon (qalb) ruhi va inson ruhi (nafsi notiqa). Yana boshqa bir xil odamlarda beshta ruh bor deydilar, ya’ni: o‘simlik ruhi, hayvon ruhi, qalb ruhi, inson ruhi va muqaddas ruh. Va yana deydilarki, insoniy ruh va muqaddas ruh yuqori olamdandir, ya’ni g‘ayb olamidandir - osmoniy farishtalar jinsidan. O‘simlik ruhi, hayvon ruhi va qalb ruhi - quyi olamdan, ozuqaning qiyomi va sharbatidan. Ushbu besh ruhning har biri bir javhardir. Ular bir-biridan ajratilgan va o‘zaro farqlanadi. Tana go‘yo sham bo‘lib, o‘simlik ruhi misli shamdon, hayvon ruhi go‘yo pilik, qalb ruhi bamisoli yog‘ bo‘lsa, inson ruhini nurga qiyoslash mumkin. Muqaddas ruh esa - bu “nuran alo nur” - “nur ustiga a’lo nur”dir.
Boshqa ba’zilar har bir odamda faqat bitta ruh bor deydilar, ammo bu ruhning darajalari bor va har bir darajaning nomi mavjud... Ruh bitta va jism ham bittadir, lekin jismning darajalari bor va har bir darajaning qandaydir nomi bor. Ruhning ham darajalari bor va darajalar qandaydir nomlarga ega. Jism ruhga muvofiqdir va ruh jismga muvofiqdir... Jism ham, ruh ham ikkalasi birga rivojlanadi va komillikka erishguncha kamolot zinapoyalaridan ko‘tarilib boraveradilar va darajalarni egallaydilar. Ularning zuvalasini har qancha ko‘proq pishitsa, tarbiyalansa, ular mohiyatida yashiringan sifatlar ko‘rina boshlaydi”.20
Tadqiqotchi M.Jakbarovning fikricha, komil inson shunchaki xayol, utopiya emas edi, buyuk allomalarimiz uning qiyofasini, siymosini va ma’naviy–axloqiy fazilatlarini, yurish-turishi, muomalasi, yon-atrof bilan aloqalari, insonning borliq va jamiyat bilan ahil-inoq, til topishib uyg‘un yashashi uchun nimalar zarurligini aniq tasavvur etganlar. Komillik ular uchun ham ideal, ham real ediki, ushbu farazni ular o‘z hayoti, amallari va izlanishlari bilan isbotlashga intilganlar21.
Komillik masalasi ilm ahlida turli savollar uyg‘otadi: qanday shaxs barkamol bo‘lishi mumkin? Ziddiyatlarga to‘la hayotda komil, yetuk bo‘lish mumkinmi? Yetuklikning mezonlari nimada? Ushbu mezonlarni taklif etgan, ishlab chiqqan insonlarning o‘zi komil, yetuk bo‘lganmi? va boshqalar.
Bu borada turli yondashuvlarga duch kelamiz. Masalan, mutasavviflar va musulmon faylasuflari faqat Muhammad payg‘ambarni komil inson deb biladilar va undagi fazilatlarni qabul qilishga chaqiradilar. Ayniqsa, tasavvuf ta’limoti namoyondalarining qarashlarida bu yaqqol o‘z ifodasini topganligini ko‘rish mumkin:
“Komil inson timsoli Muhammad payg‘ambar timsolidir. Chunki u kishida aqliy ruhiy kamolot, dunyoviy va ilohiy bilimlar jamuljam edi”22,
“Lekin tasavvuf ahli yana kabilar, orif va valiylarni ham komil insonlar deb biladilar. Chunki ular ham ruhiy kamolotga erishgan, ilohiy xislatlarga ega bo‘lgan zotlardir”23.
Tasavvuf ta’limoti namoyondalari tariqat, shariat, ma’rifatni egallab haqiqatga, ya’ni Alloh vasliga yetishgan insonlardir. Naqshbandiya tariqatiga e’tiqod qilgan, o‘zi ham komillik timsoliga aylangan Navoiy komillikni real amallar, axloqiy qoidalarga amal qilish orqali egallash mumkin deb hisoblagan. Mazkur qoidalarga u tavba, halol kun ko‘rish, hunarli, kamtar, shirinsuxan, sabrli, sadoqatli, vafoli, rahmdil, mard, halim, xushxulq bo‘lish, tariqat odobini saqlash, shariat qoidalariga amal qilish, rozi–rizolik bilan kun o‘tkazish, riyozat chekishdan qo‘rqmaslik kabilarni kiritadi24.
Sharq mutafakkirlari asarlaridagi fikrlar teranligi, ma’nosining chuqurligi, farzand ta’lim-tarbiyasi, inson hayoti manfaatlariga yaqinligi bilan barcha davr va jamiyat uchun muhim didaktik qimmatga ega. Chunki ulug‘ ajdodlarimiz yoshlarga insoniy munosabatlar uchun zarur odob- axloq meyorlarini, o‘z turmush tajribasi, islom axloqi, Qur’on talablari hamda Hadislar asosida bayon qilganlar. Mutafakkirlarning ushbu boy ma’naviy-ma’rifiy va pedagogik merosi bugungi kun ta’lim-tarbiya jarayonida yosh avlod tarbiyasida dasturulamal bo‘ladi.
Masalan, allomalarning ta’kidlashicha, insonning faoliyati islom tamoyillari asosida ham qurilishi lozim. Bu jarayonda oilada ota-ona asosiy o‘rin egallaydi. Oilada bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash uchun ota-onalarning ularga bo‘lgan ijobiy munosabatlari muhim hisoblanadi. Bu esa yoshlarning butun hayoti davomida yurish-turishi, turli faoliyati, dunyoqarashi, odobi, his- tuyg‘usi, orzu-intilishlarida namoyon bo‘ladi.
Sharq odobi meyorlariga ko‘ra kattalar kichiklarga, ota-onalar o‘z farzandlariga odob o‘rgatishlari, kichiklar esa kattalar ko‘rsatgan yo‘ldan yurishlari, ular aytgan gaplarga rioya qilishlari kerak. Aynan ushbu meyorlar bugungi kunda oila tarbiyasida, mahallalarda, uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimida davom etmoqda.
Bugun joylarda buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodini o‘rganishga qaratilgan uy – muzey, ziyoratgoh, kutubxonalar tashkil etilmoqda, ularning yubileylari, asarlari bo‘yicha ilmiy anjumanlar o‘tkazish an’anaga aylandi.
Ushbu say – harakatlar buyuk ajdodlarimiz orzu qilgan, o‘z asarlarida ifoda etgan komil insonni tarbiyalashga qaratilgan.
Shu boisdan ham mutafakkirlar komillikni ruhiyat, aqliyat, nafsoniyat bilan bog‘lab, nafsni, shaytoniy qiliqlarni tiyib, ezgu niyat, ezgu amal, ezgu so‘z bilan yashashni targ‘ib etganlar.
Yetuk tarbiyaga olib boruvchi asosiy yo‘l bu – ma’rifat yo‘li. O‘z o‘rnida ma’rifat insoniyatni taqdirini belgilovchi muhim omil. Agar jamiyat ma’rifatli bo‘lsa, bu jamiyatning istiqboli, kelajagi yorug‘ligini anglatadi. Shu sababli ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zining O‘zbekiston ijodkor ziyolilar vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasida: “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. Aynan ta’lim va ma’rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo‘lishga undaydi”25, degan edi.
Olim va jurnalist T.Mahmudov o‘z vaqtida o‘rinli ta’kidlagan edi: “Ruhning kimda bor-yo‘qligi emas, uning qanaqaligi va nimalarga qodirligi ahamiyatlidir”26. YA’ni, qanday sifatlar, fazilatlar, amallarni qo‘llab–quvvatlashi muhimdir. Shu bilan birga u aql bilan yo‘g‘rilgan ilm olish, bag‘rikenglik, murosa qilib yashash, to‘g‘rilik, ota-bobolar merosiga ixlosmandlik, barqarorlik, adolat, mehr-oqibat, sadoqat, o‘zaro hurmat kabi fazilatlarni komillik asrorlari sifatida ochib beradi. Ruhi, qalbi pok, aqli o‘tkir, o‘y va amallari ezgu kishi mutafakkirlar orzu qilgan komil insondir. Mazkur fikrlar M.Hoshimxonov, M.Qodirov, T.Karim, S.Ismoilov, S.Mahmudova, Z.Ahmedova, O.Muhammadiyeva, U.Doschanova, M.G‘aniyeva, O.Safarboyev, Z.Narziyevning maqolalarida ham qayd etiladi27.
Haqiqatan ham “qalbni pok tutish, uni parvarish qilish, musaffo ruh va dono aql bilan boyitib borgandagina inson vujudida, tabiatida, hayot tarzi va voqelikka munosabatida butunlik, uyg‘unlik, komillik vujudga keladi”28. Buning yordamida barkamol avlod tarbiyalanib, uning barcha ijobiy sifatlari shakllanib boradi.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish