Oila huquqi tushunchasi predmeti. Oila huquqi maqsadi, vazifasi. Oila huquqi tarihi



Download 132,23 Kb.
bet11/104
Sana18.02.2022
Hajmi132,23 Kb.
#450594
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   104
Bog'liq
oila huquqidan yangi majmua (1)

Nikohni haqiqiy emas deb topish tartibi va uning oqibatlari. Nikohni haqiqiy emas deb topish sud tartibida amalga oshiriladi. Bunday munosabatlardan kelib chiqadigan talablarga nisbatan da’vo muddati joriy qilinmaydi.
Oila kodeksining 50-moddasida “nikohni haqiqiy emas deb topish faqat sud tartibida amalga oshiriladi” degan qoidada “faqat” so‘ziga urg‘u berilishdan maqsad, suddan boshqa birorta bir davlat organlariga, jamoat tashkilotlariga bu turkumdagi ishlarning taalluqli emasligi nazarda tutiladi.
Sud nikohni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda nafaqa undirish, er-xotinning o‘zaro munosabati bo‘yicha Oila kodeksining 56-moddasida ko‘rsatilgan boshqa masalalarni ishni mazmunan ko‘rish jarayonida muhokama qilishi lozim. Agar nikohni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida vasiylik va homiylik organi tomonidan talab qo‘yilgan bo‘lsa, vasiylik va homiylik organlari ish yuzasidan xulosa bermaydi, balki manfaatdor shaxslarning huquqlarini himoya qilishda qonunda belgilangan protsessual harakatlarni bajarishlari lozim bo‘ladi. Oila kodeksining 50-moddasi 2-qismiga ko‘ra, “nikohni haqiqiy emas deb topish haqida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaroridan nusxa berilayotganida, pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatga tegishli belgi qo‘yiladi”.
Oila kodeksining 50-moddasi 3-qismida nikohni haqiqiy emas deb topish haqida sud chiqargan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach, o‘n kun ichida undan ko‘chirma nikoh tuzilganligi ro‘yxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga yuborilishi ko‘rsatilgan. Hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach, o‘n kun ichida undan ko‘chirma yuborish lozimligi qonuniy kuchga kirmagan sudning hal qiluv qaroridan ko‘chirma talab qilish hollarining oldini olishga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchidan, sud xodimlarini qonunda belgilangan muddatda hal qiluv qaroridan ko‘chirma yuborishga rioya qilish intizomiga chaqirishni nazarda tutadi. Tegishli hal qiluv qarorining ijrosi nikohni qayd qilish idoralarida rasmiylashtiriladi. Haqiqiy emas deb topilgan nikoh er-xotin uchun shaxsiy va mulkiy huquq hamda majburiyatlarni vujudga keltirmasligi Oila kodeksining 56-moddasida ko‘rsatilgan. Ayrim hollarda nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar o‘zgarishi mumkin.
Masalan, er-xotinning nikoh yoshiga to‘lishi tuzilgan soxta nikoh oilaviy turmush jarayonida haqiqiy nikohga aylanishini nazarda tutadi. Shuning uchun ham amaliyotda bunday holatlarning uchrab turishini inobatga olib, Oila kodeksiga maxsus huquqiy norma (51- moddasining 2-qismi) kiritilgan. Bu qoidaga ko‘ra, agar ish sudda hal qilinish paytigacha er yoki xotin nikoh yoshiga yetgan bo‘lsa, nikoh faqat ular talabi bilan haqiqiy emas deb topilishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Demak, sud vujudga kelgan holatlar asosida nikohni haqiqiy deb topishi mumkin. Sud nikohni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda to‘plangan dalillar asosida tuzilgan nikohni legallashtirish, sog‘lomlashtirish, ya’ni nikohni haqiqiy deb topish bilan bog‘liq bo‘lgan protsessual harakatlarni bajarish bilan nikohni haqiqiy emas deb topish haqidagi asoslarning qaysi turi bartaraf etilganligini aniqlashi lozim.
Nikohni haqiqiy emasligi haqida hal qiluv qarorida sud bu nikohning huquqiy oqibatlari nafaqat shaxsiy huquqlarga, shu bilan bir qatorda, mulkiy huquqlarga ham ta’sir etishini belgilaydi. Shularni e’tiborga olgan holda Oila kodeksining 56-moddasida, agar insofli er (xotin) nikoh haqiqiy emas deb topilganda, nikoh tuzish davlat ro‘yxatiga olingan vaqtida tanlangan familiyasini saqlab qolishga haqli ekanligi ko‘rsatilgan.
Bunday huquq faqat “insofli” tomonga berilgan bo‘lib, shu bilan ikkinchi tomonni majburiyatlarni bajarishga ham undaydi, jumladan, sud nikohni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida qaror chiqarishda shunday nikoh tuzilishi bilan huquqi buzilgan insofli er yoki xotinni (soxta nikohdan bexabar bo‘lishi, zo‘rlash, majburlash bilan nikoh tuzilishi tegishli insofsiz tarafni boshqa nikohda bo‘lganlik faktini yashirishi va h. k.), mehnat qobiliyatini yo‘qotish sababli da’vo talablari bilan aliment undirish uchun sudga murojaat etishga imkoniyat tug‘iladiInsofli er yoki xotinning aliment olishga bo‘lgan huquqlari qonunda belgilangan. Bunga ko‘ra, agar xotin homiladorlik davrida hamda bola tug‘ilgan kundan boshlab uch yil davomida ular o‘rtasidagi nogiron bola o‘n sakkiz yoshga to‘lguncha unga qaragan yoki bolalikdan 1-guruh nogironi bo‘lgan bola qaramog‘ida bo‘lgan, yordamga muhtoj sobiq xotin (er), nikohdan ajralgunga qadar yoki nikohdan ajralganidan keyin bir yil davomida mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolgan, yordamga muhtoj sobiq xotin (er) nikohdan ajralgach, besh yil ichida pensiya yoshiga yetmagan, yordamga muhtoj xotin (er), agar er-xotin uzoq vaqt nikohda turganbo‘lsalar, sud tartibida aliment talab qilish huquqiga egadir. Oila kodeksining 118-moddasida bulardan tashqari, nikohdan ajralgandan keyin, sobiq er yoki xotinga to‘lanadigan aliment miqdori va uni to‘lash tartibi sobiq er-xotin o‘rtasidagi kelishuv bilan belgilanishi mumkinligi ham ko‘rsatilgan.
Nikohni haqiqiy emas deb sud qaror chiqarishda huquqi buzilgan insofli er (xotin)ni moddiy ta’minot olishda bo‘lgan aliment miqdorini ham belgilashi lozimligi Oila kodeksining 119-moddasida belgilangan. Ushbu huquqiy me’yorga ko‘ra, agar er-xotin (sobiq er-xotin) o‘rtasida aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv mavjud bo‘lmagan hollarda er yoki xotinga (sobiq er-xotinga sud tartibida undirib beriladigan aliment miqdori, sud tomonidan er yoki xotin (sobiq er-xotin)ning moddiy va oilaviy ahvolini hamda taraflarning e’tiborga loyiq boshqa manfaatlaridan kelib chiqib, har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanishi, bu summa eng kam ish haqining uchdan bir qismidan oz bo‘lmasligi ham ko‘rsatilgan. Nikohning haqiqiy emas deb topilishi nikohlanuvchilarning nikoh davomida orttirilgan mol-mulklari, umumiy jamg‘armalariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham nikohi haqiqiy emas deb topilgan shaxslarning mulkiy huquqiga oid munosabatlari Oila va Fuqarolik kodekslari bilan tartibga solinadi.
Yuqoridagi qonun talablariga ko‘ra, haqiqiy emas deb hisoblangan nikoh davomida jamg‘arilgan mulk nikohni qayd qildirgan shaxslar o‘rtasida er-xotinning birgalikdagi umumiy mulk sifatida emas, balki fuqarolik qonunlarida belgilangan umumiy hissali mulk sifatida taqsimlanishi kerak.
Oila kodeksining 56-moddasi 5-qismiga binoan, insofli er (xotin) o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplashni fuqarolik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha talab qilishga haqli.
Insofli tarafga nikohni haqiqiy bo‘lmasligi oqibatida quyidagi moddiy zarar
yetkazilishi mumkin:
- nikoh tuzish bilan bog‘liq xarajatlar;
- oila qurilganligi, nikoh tuzilganligi sababli amalga oshirilgan urf-odat, marosimlarga sarflangan xarajatlar (to‘y xarajatlari, kelin salom, kuyov chaqiruv xarajatlari va h. k.);
- nikoh tuzilishi, er-xotin birgalikda oila bo‘lib yashashi zarurati sababli insofli taraf ko‘rgan moddiy yo‘qotishlar (ishdan bo‘shashi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni to‘xtatganligi va h. k); - nikohning haqiqiy emasligi oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq xarajatlar.
Nikohning haqiqiy emas deb topilishi insofli (tuzuk) taraf uchun nafaqat moddiy zarar keltiradi, balki boshqa qator salbiy oqibatlar, noqulayliklarni vujudga keltiradi. Ulardan biri ma’naviy zarar hisoblanadi. Shu sababli ham Oila kodeksining 56-moddasi 5-qismida insofli er (xotin) o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplashni fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar bo‘yicha talab qilishga haqli ekanligi ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi 2000-yil 28-aprelda qabul qilgan “Ma’naviy zararni qoplash haqidagi qonunlar qo‘llashnining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorida “ma’naviy zarar deganda, jabrlanuvchiga qarshi sodir etiladigan huquqbuzarlik harakati (harakatsizligi) oqibatida u boshidan kechirgan (o‘tkazgan) ma’naviy va jismoniy azoblar (kamsitish, jismoniy og‘riq, zarar ko‘rish, noqulaylik va h. k) tushuniladi”, deb ta’rif beriladi.
Ma’naviy zarar jismoniy azoblar natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Nikohlanuvchi er (xotin) nikoh tuzayotganda o‘zining tanosil kasalligi yoki OIV kasalligini yashirib nikohga kirishi insofli xotin (er) yuqoridagi kasallik bilan kasallanishiga olib keladi. Kasallik bu jismoniy azoblar orqali kechuvchi jarayon. Demak, bunda insofli xotin (er) ma’naviy ziyon va uning pul ko‘rinishida qoplanishini talab qilishga haqli.
Ma’naviy zarar to‘lanishi lozim bo‘lgan mulkiy zarardan qat’i nazar qoplanishi haqidagi me’yor Fuqarolik kodeksiga kiritilgan muhim qoidalaridan hisoblanib, inson manfaatlarini himoya qilishga qaratilgandir (Fuqarolik kodeksining 1021-1022 moddalari).

Download 132,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish