Ohaktoshlar — karbonatli choʻkin-di togʻ jinslari. Tarkibi 50%dan ortiq kalsitdan yoki organizmlarning skeleti koldiklaridan, baʼzan aragonit minerali (SaSO3)dan iborat. Koʻpincha tarkibida autigen, diagene-tik va epigenetik minerallar, chakiq (terrigen va karbonat) zarralar aralashmasi uchraydi. O.ning tarkibida 4— 17% gacha MgO boʻlsa, dolomitli O.; 6 — 21% SiO2+R2O, — mergelli O.; kvars, opal va xalsedon koʻshilsa — qumtoshli va kremniylashgan O. deb yuritiladi. Strukturasi kristalli, organogen-chakikli, chaqikli-kristalli va sizib toʻplangan (travertin, ohakli tuf) turlari farq qilinadi. Rangi oqish, sargʻish, boʻzrang . Koʻpin-cha ohaktosh ichida chigʻanoqlar ham boʻladi. Hosil boʻlishiga koʻra, organogen, xemogen yoki kimyoviy, chaqiq boʻladi. Tarkibidagi jins hosil kiluvchi organizmlarning koʻpligiga koʻra, organogen O., foraminiferali, marjonli, suvoʻtli va boshqa; xemogen va chaqiqlari (zarralar)ning kattaligiga karab bir necha xilga boʻlinadi. Metamorfizm na-tijasida O. marmarta aylanadi. O. eng koʻp tarkalgan choʻkindi togʻ jinslaridan biri, Yerning turli relf shakllarida ishtirok etadi. O. barcha yoshdagi (tokembriydan toʻrtlamchi davrgacha) yot-qiziqlarda uchraydi. O.ning fizik-mexanik xossalari ularning strukturasi va tuzilishiga bogʻlik boʻlib, juda keng chegarada oʻzgaradi, mas, hajmiy ogʻirligi 800 kg/m3 dan (chigʻanoqtoshlar, travertin) 2800 kg/m3 gacha (kristalli strukturali O.). Chigʻanoq-toshlar va gʻovakli O. nisbatan oson kesiladi hamda yoʻniladi, kristalli O. esa, yaxshi silliklanadi. O. sanoatda, qishloq xoʻjaligi va qurilishda keng qoʻllaniladi. Qora metallurgiyada rudaning eri-shini oshirish va shlak hosil qilish uchun qoʻshiladigan modda (flyus) si-fatida; ohak va sement ishlab chiqarishda xom ashyo; soda, mineral oʻgʻitlar, shisha, qogʻoz ishlab chiqarishda, neft mahsulotlarini tozalash va boshqa jarayonlarda qoʻshimcha modda sifatida ishlatiladi. O. muhim qurilish materiallari guruhini tashkil qiladi, ulardan qoplovchi va bezak toshlar, haykaltaroshlik va meʼmorlikda ishlatiladigan toshlar va h.k. tayyorlanadi. Oʻzbekistonda koʻplab O. qazib olinadigan konlar, yirik ishlab chiqarish birlash-ma korxonalari ("Oʻzsanoatqurilishmateriallari", "Oʻzavtoyoʻl", Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya k-tlari va boshqalar) tomonidan ishlatilmokda.
Koʻmir — yonuvchi organik togʻ jinslariga mansub modda (qarang Toshkoʻmir, Qoʻngʻir koʻmir).[1]
Ko’mir Yer shari taraqqiyotining turli davrlarida hosil bo’lgan. Ko’mir paydo bo’lishining eng uzoq davom etgan bosqichi bundan 250 000 000 yil ilgari boshlangan va taxminan 35 000 000 yil davom etgan Pensilvan davriga to’g’ri keladi. Yer ostidagi ko’mirning qolgan qismi bir million yildan 100 million yilgacha mu-qaddam shakllangan. U davrlar qanday voqea-hodisalar ro’y bergan va ko’mir qanday hosil bo’lgan? Ko’mir Yer qobig’ida tog’ jinslari orasida uzunligi bir necha kilometrgacha va qalinligi uch metrgacha bo’lgan qatlam holida joylashgan. Ko’mir changalzor bot-qoqlarda, issiq namxush iqlim sharoitida bundan yuzlab million yillar ilgari o’sgan qadimgi daraxtlar va o’simliklarning qoldiqlaridan vujudga kelgan. Bunday botqoqlarda tez o’suvchan qamishlar va bahaybat qomatli paporotniklar govlab o’sgan. Bir zamonlarga kelib, ular halokatga yuz tutgan va botqoqlar qa'riga cho’kkan. Bu ularni chirib ketishdan saqlab qolgan. Bakteriyalar daraxtlarning ayrim qismlarini qayta ishlagan, ulardan paydo bo’lgan gaz havoga uchgan. Daraxtlarning asosan ugleroddan iborat qora kuyindi qismi ajralib qolgan. Keyinchalik xuddi shu qism ko’mir qatlamiga aylangan. Daraxtlarning qora kuyindi qismi ustida g’ovlab-gurkirab o’sgan giyohlar dunyosi bu qatlamlarning qalinligini bir necha metrgacha ko’tarilishiga sabab bo’lgan. Oxir-oqibatda botqoq joylarni suv bosgach, bu jarayon to’xtaydi. Natijada ko’mir qatlamlarini suvosti cho’kmalari va qum qoplagan. Payti kelib, yuqori qatlamlarning zilday bosimi ostida qatlamlar bag’ridagi suyuқlik siқib chiқarilib, қotishқoқ massaning o’zi qolgan va u asta-sekin sovub, ko’mirga aylangan. Ayrim o’rinlarda bu jarayon bir necha marta takrorlangan. Qoldiqlardan hosil bo’lgan qachlarni suv bosib, tag’in botqoqliklar tug’ilgan. Tag’in o’simlikar dunyosi paydo bo’lgan va yana suv ostida qolgan. Shu tariqa qattiq qotishma holidagi cho’kindi va qum bosqinlari bilan ajralgan ko’mir qatlamlari yaralavergan. Daraxtning ko’mirga aylanishi uchun necha ming yillar talab qilinadi. Ko’mir daraxtdan paydo bo’lganligi oson tasdiqlanadi. Ko’mirning bag’rida paporotnik, daraxt qobiqlari, shuningdek toshga aylangan daraxt tanalari va to’nkalarining asorati saqlanib qolganini aniq-tiniq kuzatish mumkin.
Tuzlar — kimyoviy birikmalar sinfi; oddiy sharoitda ionli tuzilishga ega boʻlgan kristall moddalar. Ularga metall kationlari (yoki ammoniy {\displaystyle ~\mathrm {NH_{4}^{+}} } ; fosfoniy {\displaystyle ~\mathrm {PH_{4}^{+}} } ; gidroksoniy {\displaystyle ~\mathrm {H_{3}O^{+}} } kationlari) va kislota qoldigʻi anionlaridan tashkil topgan moddalar kiradi. Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasiga muvofiq, tuzlar eritmada musbat zaryadlangan ionlar — kationlar (asosan, metallar) va manfiy zaryadlangan iondar — anionlarga dissotsilanadigan kimyoviy birikmalardir. Tuzlar quyidagi turlarga boʻlinadi: oʻrta (yoki neytral) tuzlar, nordon (yoki gidro) tuzlar, asosli (yoki gidrokso) tuzlar, aralash tuzlar, qoʻsh tuzlar, kompleks tuzlar — natriy sulfat, K4P2O7 — kaliy pirofosfat, CH3COONa — natriy atsetat. Nordon tuzlar gʻosil boʻlganida kislotadagi vodorod atomlari metallga batamom almashinmaydi: mas., NaHSO4 — natriy gidrosulfat, Sa(NSO3)2 — kaltsiy gidrokarbonat. Asosli tuzlar hosil boʻlganida asosning barcha gidroksil guruxlari metallga toʻliq almashinmaydi: mas., ZnOHCl — pyx gidroksoxlorid, [Fe(OH)2]SO4 — temir (P)gidroksosulfat. Asosli tuzlardan tashqari oksotuzlar .gʻam maʼlum. Ular asosli tuzlarni suvsizlantirish natijasida olinadi; mas., magniy gidroksoxlorid MgOHCl suvsizlantirilsa, magniy oksoxlorid MgOCl2 hosil boʻladi. Aralash tuzlar — asos gidroksidlarining boshqaboshqa kislota krldiklariga almashinishi natijasida hosil boʻladigan mahsulotlar, mas., Sa(ON)2 dagi OH~ guruxlarining birini xlor ioni Cl~ ga, ikkinchisini SYU" ga almashtirilsa, aralash tuzlar Sa(OS1)S1 kelib chiqadi. Qoʻsh tuzlar — biror kislotadagi vodorod atomlarining turli metallarga almashinish mahsulotlari; mas., KNaCO3, KAl(SO4)2. Bularni Na2CO3K2CO3, K2SO4A12(SO4)3 shaklida ham yozish mumkin. Agar biror qoʻsh tuzlar garkibidagi metallardan biri anion tarkibiga kirsa, bunday qoʻsh tuzlarni kompleks tuzlar deb qarash kerak; mas., agar KClMgCl2 tarkibidagi magniy metali anion tarkibiga kirsa, K [MgCl3] shaklli kompleks tuzlar, 3NaFAlF3 tarkibidagi alyuminiy metali anion tarkibiga oʻtsa, Na3[AlF6] shaklli kompleks tuzlar kelib chiqadi. Umuman qoʻsh tuzlar bilan kompleks tuzlar orasida anik, chegara yoʻq: qoʻsh tuzlar atsidokomplekslar jumlasiga kiritiladi.
Tuzlar laboratoriya usulida kislota va asoslarni bir-biriga taʼsir ettirib olinadi. Tuzlarning tavsifli xossalaridan biri uning qutbli eritmalarda, ayniqsa, suvda eruvchanligidir. Tabiatda tuzlar koʻl, dengiz va okean suvlariga yigʻila boradi. Suv havzalari quriganida oʻsha joylarda osh tuzi (NaCl) va boshqa tuzlar konlari paydo boʻladi.
Oʻzbekiston va Qozogʻiston hududlaridagi tuz konlari 1943—48-yillarda ilk oʻzbek kimyogarlaridan S. Muqimov (1899—1956) ragʻbarligidagi ilmiy ekspeditsiya tomonidan oʻrganildi. "Dengizkoʻl" (Buxoro), "Tuzkon" (Jizzax), "Shoʻrkon" (Fargʻona), "Xoʻjakon" (Surxondaryo) shoʻr suv havzalarining mineral, tuzli eritmalarning gidrokimyoviy tarkibi, tuzli qatlamlarning hosil boʻlish qonuniyatlari aniklandi. Bu havzalar osh tuzi bilan bir katorda qimmatli natriy sulfat, shuningdek, kaliyli, magniyli va bromli tuzlarga boy ekanligi, tuzli qatlamlarda natriy xloriddan tashqari, tarkibida magniy va natriy boʻlgan astraxonit va eleolit koʻrinishidagi minerallar borligi koʻrsatib beriddi. Tajribalar natijasida tuzli konlardan amalda foydalanish, tuzli eritmalar va suv havzalari tubidagi balchikdarni mahalliy shifoxonalarda muolajalar uchun qoʻllash tavsiya etildi.
Tuzlar tabiat va texnikada juda katta ahamiyatga ega. Tuzlar hayvon va oʻsimlik organizmining muhim tarkibiy qismidan biri. Osh tuzi qadim zamonlardan beri ovqatga ishlatib kelinadi. Tibbiyotda ham turli tuzlar ishlatiladi. Metallurgiya, shisha, toʻqimachilik, koʻn, lokboʻyoq sanoatlarida, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda tuzlar keng qoʻllanadi. Baʼzi tuzlar (mas., ammoniy nitrat, kaliy nitrat, kaliy sulfat) mineral oʻgʻitlar sifatida ishlatiladi.[1] Kundalik roʻzgʻorda isteʼmol uchun NaCl tuzi (osh tuzi) ishlatiladi
Начало формы
Конец формы
Do'stlaringiz bilan baham: |