«Og‘riqlarning muolajasi haqida» kitobi



Download 104,97 Kb.
bet6/6
Sana11.06.2022
Hajmi104,97 Kb.
#653705
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sharqning buyuk tabib va faylasuflaridan bo

IV. Xayr kuchlari
Shoirning o‘rmondan chiqishi jarayonidagi bir necha qarama-qarshi timsollarga urg‘u berib, ularning kurashi Xayr atributlarining foydasiga xizmat qilganini Dantening tashqi-moddiy va ichki-ruhiy holatida ko‘rgandik. Bu kurash endi quyidagi juftliklar aro davom etmoqda:
1 “Paura” [“Dahshat”] “Speranza” [“Umid”]
2 “Pelago” [“Dengiz”] “Sol” [“Quyosh”]
3 “La notte” [“Tun”] “Mattino” [“Tong”]
7-tersina 13-tersina
Ushbu keskinlikda avvalgidan farqli tarzda bu gal Xayr kuchlari ancha zaiflashdi. Garchi allaqachon kun chiqqan esa-da, zulmatga qayta itqitilgan Dante uchun endi buning ahamiyati yo‘q. Chunki hozir adib yuragidagi Umid Quyoshi so‘nay degandi. Va shu lahza-da o‘zini “…e li parenti miei furon lombardi, mantoani per patria ambedui. Nacqui sub Iulio, ancor che fosse tardi, e vissi a Roma sotto ‘l buono Augusto nel tempo de li dèì falsi e bugiardi. Poeta fui,…” (tarjimasi: “…Padaru volidam langobardlardan, Vatandir Mantuya yurti alarga. Kech tug‘ilib Yuliy zamonida man, Nekbin Avgust mulki Rimda yashadim Puch, soxta ilohlar davrida chindan. Shoir edim,…) deya tanitgan elchi, Beatriche tomonidan shu yoqqa yo‘llangan dahoning ruhi namoyon bo‘ldi. Bu Aqlu zako timsoli Vergiliy edi.
U o‘zini “Tu se’ lo mio maestro e ‘l mio autore” (“Sen mening ustozim, adibimsan-ku!”), deb sharaflaguvchi Dantega necha-necha jonzotni yo‘ldan urgan o‘sha qashqirni ta’riflarkan, nafsning kasofati qandayligini uqtirdi. Pirning fikricha, “Lupa”ga – ochko‘zlikka faqat mamlakatni birlashtirguvchi imperatorlik ramzi – “Veltro” [“It”]gina barham beradi. Uning tavsifi esa quyidagicha:
Questi non cibera terra né peltro, ma sapienza, amore e virtute,

105 e sua nazion sara tra feltro e feltro.
Tarjimasi:

Bu-chi, na amlok, na zar ta’min tuyib, Esh bo‘lgay donishu ishq, jasoratga, 105 O‘sgay ikki namat aro tug‘ilib.
Yaqin orada ikki shoir do‘zaxning uchinchi qavatidan o‘tayotganda esa Chakko Dantega yurt istiqboli haqida so‘zlab, ogoh ma’nosida shunday deydi:
“…Giusti son due, e non vi sono intesi; superbia, invidia e avarizia sono 75 le tre faville c’hanno i cuori accesi” (Inferno, VI)
Tarjimasi:

73 “…Ikki taqvodor bor, ularga ammo Hech kim quloq solmas. Ochko‘zlik, Kibr, Hasad – shu uch narsa doim bedavo”.
Mazkur tersinada ifodalangan barcha illatlar – “Superbia” [“Takabburlik”], “Invidia” [“Hasad”] va “Avarizia” [“Ziqnalik, “Suqlik”]ning simvollari “Paura”, “Pelago” hamda “Sonno” ekanligi ma’lum. Bularning kushandasi esa Vergiliyning yuqoridagi so‘zlarida ta’kidlangan “Sapienza” [“Donolik”], “Amore” [“Muhabbat”] va “Virtute” [“Jasorat”]dir.
Barchaga ayonki, har qanday zo‘ravonligu mutakabbirlikni aql yordamida yengish mumkin. Yuzi qoralik (shahvatparastlik) va ichi qoralik (adovat) “Amore”ga yot. Tamagirligu xudbinlik ham “Virtute” oldida ojiz. Vergiliy ta’kidlagan “Tozi it” [“Veltro”] esa qalbni Muhabbat-la to‘ldirib, Vergiliy va Dantening Yovvoyi, Xudbin Nafs – Qashqir parchalab tashlagan vatani, dunyo mamlakatlarining gultoji Italiyani Donolik hamda Jasorat quvvati-la birlashtirajak, O‘pqonu Dahshatu G‘aflatdan xalos etajak:
106 Di quella umile Italia fia salute…
Tarjimasi:
106 Sho‘rlik Italiyani boshlar najotga –

V Lutsifer timsoli
Danteni tang ahvolga solgan, Italiya ravnaqi, birligiga to‘g‘anoq bo‘lgan “Lupa”ning ikki asosiy jihati mavjud – Badnafslik, Tamayu uning oqibati sanalmish Tarqoqlik, Noahillikning sababkori – Yovvoyilik, Hayvoniy kuch. Ularning boshi ham, oxiri ham “Sonno”dir.
Ushbu “G‘aflat” obrazining ixcham ko‘rinishi – “Bo‘ri”ning qolgan sheriklari bo‘lmish “Arslon”u “Qoplon” ham qo‘sh xususiyatlardan iborat:
“Leone” – “Kibr” va “Zulm”; “Lonza” – “Zino” hamda unga unchalik aloqasi yo‘q “Hasad”.
Ayni shu keyingi ikki gunohni qoralik bog‘lab turibdi. Ularga yo‘liqqanlarning tashiyu ichi ham aynan tundek qop-qoradir (Qoplon tanasini dog‘ bosganini bir eslang!).
Umuman, Dante yo‘liqqan “O‘rmon”ning uch tarkibiy qismi – “Paura”, “Pelago” va “Sonno” nafaqat yirtqichlar, balki ranglar timsolida-da zuhur etgan. Jumladan, hozirgina tilga olganimiz “Qora” zaminning eng chuqur tubi (Do‘zaxning 9-qavati)da to‘nggan butun yovuzlikning jam’i bo‘lmish Lutsiferning chap yuziga chaplangan. Iblis yuzining old tomoni zulm, xun, to‘kilgan qondan qizargan, o‘ng yoni esa xasislik, ochko‘zlik, hayvoniy nafsni bildiruvchi oqish-sarg‘ish tusda:
… quand‘io vidi tre facce a la sua tresta! 39 L’una dinanzi, e quella era vermiglia; l’altr‘eran due, che s’aggiugnieno a questa
sovresso ‘l mezzo di ciascuna spalla, 42 e sé giugnieno al loco de la cresta: e la destra parea tra bianca e gialla;
la sinistra a vedere era tal, quali 45 vegnon di la onde ‘l Nilo s‘avvalla.
(Inferno, XXXIV)
Tarjimasi:

Uning ruxsorida rang edi uch xil,11 Yuzin old tomoni – qirmizi uzor. 40 Ikki yon tomonda – ranglar muttasil Chaplashib, ayqashib ketgandi paqqos, Qo‘rqinch bir shamoyil etgandi hosil.
43 Azozil o‘ng yuzi oq-sariqqa mos, Chap yuzi bo‘lsa-chi, ahli Nil misol Qoramtir tusdaydi – habashlarga xos.
Shunday qilib, bu mulohazalar ulanib, quyidagi yagona fikrga kelib taqaladi: Sabab – “Changalzor” (bu dunyo)ning ta’siri Oqibat – Azozilga dovurdir. Dante bu ta’sirni har tomonlama ko‘rmay, his qilmay, shuningdek, oraliqdagi A’rofni bosib o‘tmay, yana ham aniqroq aytsak, fanodan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jannatga, Haq huzuriga (tepalik orqali osmon yoritqichlari – yetti sayyoraga) bora olmasdi. Shoir avval bu mubham dunyoning qorong‘i soyasi tushgan yer osti saltanati – Do‘zaxdagi vaziyat bilan tanishishi, tanishishgina emas, uni anglashi, ushbu anglash Beatriche turgan Jannatga qadar cho‘zilgan Hidoyat yo‘lining ilk bosqichi bo‘lishi lozim edi. Buning uchun esa xaloskor tepalikka chiqishdan voz kechib, xaloskor ruh ko‘rsatayotgan va yetaklayotgan sermashaqqat, olis yo‘lni tanlamoq darkor. Ayni damlarda Danteni yirtqichlar changalidan qutqarib, Do‘zax va A’rof bo‘ylab o‘tadigan sayohatda unga yo‘lboshchilik qilayotgan Vergiliy shoirga aynan shu narsani da’vat etadi:
91 “A te convien tenere altro viaggio”
Tarjimasi:

91 “Senga o‘zga yo‘ldan yurmoqlik ravo”
Alalxusus, florensiyalik Dante Aligyeri hayotining ikkinchi pallasiga o‘tish oldidan adashib-gangib yurgan dorulfanoyu uning ramzi “Selva” [“O‘rmon”] hayvon shaklidagi voqelanishu turli xususiyatlarga ko‘ra ixcham obrazlardan yig‘ilgan o‘ta yirik obraz esa-da, Dante qalbi undan qudratliroq, teranroq timsoldir. Chunki daho ijodkor vujudini sig‘dira olmagan foniy dunyoning o‘zi shu qalbga bemalol sig‘ib, unda in’ikos topgandir.
Download 104,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish