«Og‘riqlarning muolajasi haqida» kitobi



Download 104,97 Kb.
bet2/6
Sana11.06.2022
Hajmi104,97 Kb.
#653705
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sharqning buyuk tabib va faylasuflaridan bo

Qiziqarli faktlar

— «Ilohiy komediya»dagi juda ko‘plab fikrlar, iboralar, hatto syujetlar ham «Hayy ibn Yakzon»­dagi bilan bir xil.

— Ibn Sino ham, Dante Aligeri ham bu asarni surgunda bo‘lgan paytda yozgan.

— «Ilohiy komediya»ning uchinchi — asosiy bo‘limi Ibn Sinoning “Kosmik fazodagi barcha jismlar muhabbatdan kuch olib harakatlanadi”, degan fikri asosiga qurilgan.

— Dante Aligerining «Ilohiy komediya»sida Ibn Sino bilan uning «Hayy ibn Yakzon»ini tarjima qilgan olim Ibn Rushd haqida alohida to‘xtalib o‘tilgan.

— Dante asarini o‘zi «Komediya» deb nomlagandi. Ammo o‘limidan so‘ng mashhur italiyalik yozuvchi Jovanni Bokachchio unga “ilohiy” so‘zini ham qo‘shib qo‘ydi. Qisqasi, Aligeri yozgan asarning nomi «Ilohiy komediya» bo‘lmagan.

— Aligeri Ibn Sino, Al-Farg‘oniy, Abu Mash’ar, Muhammad al-Xorazmiy va boshqalarning asarlaridan foydalangan.

— «Ilohiy komediya» jahon xalqlarining ko‘pgina tillariga tarjima qilingan. O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov asarning “Do‘zax” qismini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
"Komediya" Dante ijodining choʻqqisidir (1307–1321). Keyinchalik Boccaccio unga "Ilohiy" epitetini bergan. Dante vafotidan soʻng qoʻshilgan ilohiy soʻzi shoir ijodi muxlislari tomonidan asarning badiiy jihatdan yuksakligini ifodalash uchun qoʻllanilgan. Doston 3 qism ("Doʻzax", "Aʼrof", "Jannat") dan iborat. Har bir qismda 33 ta qoʻshiq bor. Doston Dantening shoir Vergiliy yetakchiligida u dunyoga sayohati tarzida yozilgan. Bu shakl Sharq obidasi "Me'rojnoma" syujetini eslatadi. "Komediya" anʼanaviy diniy syujet asosida boʻlsada, undagi gumanizm magʻzini real dunyodagi insonlar hayoti tashkil etadi. Dante asarda insoniyat tarixining turli davrlarida yashagan kishilarning murakkab falsafiy qarashlariga munosabatini bildiradi. "Komediya"ning "Doʻzax" qismidagi 4-qoʻshiqda jahonning buyuk donishmandlari Demokrit, Fales, Geraklit, Evklid, Ptolemey, Gippokratlar qatorida Sharqning ulugʻ mutafakkirlari Ibn Sino va Ibn Rushdlar tilga olinagan. Qoʻshiqda qadimiy Turon podshosining qizi, afsonaviy baliq tanli sarkarda ayol Semiramida, Misr malikasi Kleopatra faoliyatiga munosabat bildiriladi. "Aʼrof"da massagetlar malikasi Toʻmaris qahramonligi tasvirlangan. "Ilohiy komediya" badiiy yuksak boʻlishi bilan birga, kishilik jamiyati taraqqiyotida yigʻilgan bilimlarning boy xazinasidir. Dante Sharq va Gʻarb tafakkuri mevalarini omuxta etgan. Muallif Sharq donishmandlari Ibn Sino, Al – Fargʻoniy, Abu Mashʼar, Muhammad al – Xorazmiy va boshqalarning asarlaridan foydalangan.
Dante italyan adabiy tilining yaratuvchisi hisoblanadi. Uning dostoni uslubida oddiy xalq tili oliy tabaqa kishilari tiliga xos tantanavorlik, rangbaranglik va dramatizm bilan uygʻunlashib ketgan. Dante oʻz davridagi ijodkorlardan farqli oʻlaroq butun italyan millati nomidan gapirib, uning asriy orzu-armonlarini ifodalagan. Shuning uchun ham uni oʻrta asrning soʻnggi shoiri va ayni paytda, yangi davrning birinchi shoiri, deyishadi. Dante ijodi italyan adabiyoti va butun Yevropa madaniyati taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan. Shoir ijodi adabiyotshunos olimlar tomonidan keng tadqiq etilgan. Dante asarlari jahon xalqlarining koʻpgina tillariga tarjima qilingan. "Ilohiy komediya" dostonining "Doʻzax" qismi oʻzbek tilida Abdulla Oripov tarjimasida nashr etilgan (1978).
Jahon adabiyotida buyuk siymolar unchalik ko’p emas. Agar insoniyat badiiy tarixida o’tgan chinakam daho so’z san’atkorlarini birma-bir sanab chiqsak, ikki qo’limizdagi barmoqlarning ba’zilari ikkinchi marta ochilmaydi. Biroq ana shu san’atkor daholar ichida ham barcha davr kishilarini hayratga soluvchi so’z daholari undan ham kamroq, ana shunday daholar safida Dante, Navoiy, Shekspirning o’rni alohida, zero, ular barcha zamonlarning chinakam so’z daholari bo’lib qolaveradi. Mazkur san’atkorlarda juda ko’p mushtarak jihatlar borki, bu jihatlar Navoiy siymosini G’arbning ulug’ shoirlari ichida yana ham ulug’lashtirib qo’yadi.
Biz bugun bobomiz Navoiyni G’arbning munozarasiz buyuk daholari sanalmish ikki so’z san’atkori bilan qiyoslash orqali hazratning ulug’lar ichida ulug’ shoir ekanini yana bir bor his etishni istadik.Dantega ko’ra, odamning borlig’i ikkiga ajralib, vujudi odamlar orasida-yu, ruhi do’zax qiynog’idaligi, A.Navoiyga ko’ra esa ikki oshiq qalbning ruhlari birlashib, bir badanga jo bo’lishi qiziq xulosalarga undaydi.
Muhabbat yo’q joyda tubanlikka yo’l ochiq, jaholat sevgi daraxtida emas, adovat butog’ida yetishadi. Adovat odam borlig’ini parchalab tashlaydi. Muhabbat oxir-oqibatda hatto xunxor kuchlarni birlashtiradi. Bir-birlarini ko’rarga ko’zi yo’q Layli va Majnun, qabiladoshlari ikki oshiq qalb sadoqati qarshisida lolqolib, nizoni unutadilar. Shunda Arastu so’zlari esga tushadi: muhabbat birikuv, adovat nifoq sababchisidir.
Dante sotqin odamni tirikligida ikkiga bo’lib, ruhini do’zaxda, iblisiy vujudini tiriklar orasida qoldirarkan, go’yo vujudga aldanmang, ba’zan unda odammas, iblis makon etgan bo’lishi mumkin deydi. Yana u sotqin o’zi sotgan odamni yoki haqiqatnimas, avvalambor, o’zini jazolaydi, yomonlik o’ziga o’zi ixtiyoriy jabrdir deb ta’kidlaydi. Inson Olloh ko’rsatgan yo’ldan adashgan sayin o’z vujudini do’zaxga shunchalik yaqinlashtiradi, uning ruhi tirikligidayoq jahannam azobiga duchor bo’ladi.
Dantening «Komediyasi»da sharqona falsafa, sharqona ohang, sharqona mushohada kezib yurishining sabablaridan biri, taniqli olimlar Najmiddin Komilov va Fozil Sulaymonov yozganidek, uning ijodi Sharq uyg’onish va Sharq falsafasi ta’sirida kamol topganidadir. Zero, uning ijodida Ibn Sino falsafasining ta’siri katta bo’lgani bugun ilm ahliga sir emas. Dante va Navoiy falsafalaridagi o’xshashliklar, bir tomondan ana shu narsa bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, ularning dohiyona xayoliy va aqliy qudratlariga bog’liqdir. Dante o’z jamiyatining, o’zi yashagan tuzumning razolat botqog’iga botganini ko’rsatar ekan, insoniyatni Navoiy kabi faqat ishq qutqaradi deydi.
«Layli va Majnun» Sharqning qayg’uli ishq dostoni, «Romeo va Jul`etta» G’arbning fojiali muhabbat qissasidir. Bu asarlarning syujet yo’nalishlari Navoiy va Shekspirdan ancha oldin paydo bo’lgan esa-da, ikki daho mazkur syujetga yangicha o’lmas ruh baxsh etdilarki, bu asarlar insoniyatni hamon sehr jozibasida tutib kelmoqda. Mazkur ikki asarni solishtirish juda qiziq va chuqur ilmiy kashfiyot va xulosalarga olib kelishi mumkin. Eng avvalo, bu dostonda Sharq va G’arb badiiy tafakkuridagi farq – ularning tasvir printsipidagi farq ko’zga tashlanadi.
Hozircha ikki asarning xulosa qismlarini solishtirish bilan cheklanamiz. «Romeo va Jul`etta»dagi ko’p jihatlar 130 yil oldin yozilgan «Layli va Majnun» dostoniga juda o’xshaydi. Garchi «Layli va Majnun» afsonasi syujeti XVI asrda Yevropaga ma’lum bo’lgan va shu afsona ta’sirida o’nlab Yevropa xalqlarining sevgi afsonalari vujudga kelgani haqidagi tadqiqotlar mavjud esa-da, biz ilmga hurmat nuqtai nazaridan Shekspir asari Layli va Majnun afsonasining G’arbcha varianti, Shekspir Sharq afsonasini yevropalashtirgan degan xulosadan o’zimizni tiyamiz. Biroq Romeo va Jul`ettadagi nafaqat umumiy syujet liniyasi, balki qahramonlar ham, xarakterlar ham, asar qurilishi ham «Layli va Majnun» asarining aynan o’zidir. «Layli va Majnun» dostonida Navoiy «Firoqnoma» deb atagan asar so’ngida Layli jon taslim qiladi. Buni eshitgan Majnun Layli yotgan uyga uchib kirib, uning yonida jon beradi.
«Romeo va Jul`etta» asarida ham Romeo Jul`ettani o’ldi deb o’ylab, u yotgan sag’ana boshida turgancha zahar ichadi (Zahar ichib jon berayotgan Romeo monologini eslang).
Alisher Navoiy ham haqiqatning shu jihatini ochadi. Hazratga ko’ra, agar inson oshiq bo’lsa, oshiqlik keng ma’noda, ya’ni Yaratganga oshiqlikkacha uning ruhi pok bo’lib, o’zi qalbi pok ruhlar bilan topishadi, birlashadi, ya’ni rohatda yashaydi. Nopok vujud esa hatto o’z ruhini tutib turolmaydi.Bu borada ham Alisher Navoiy buyuk Dante bilan ham fikr. «Layli va Majnun» dostonida asosiy voqea tugagach «Ey ishq…» deya boshlanuvchi bob mavjudki, uning har bir satri «Ilohiy komediya»ning xotimasini quvvatlab-kuchlantirib turgandek tuyuladi.
Ollohning biz anglagan eng ulug’ mo»jizalaridan biri, balki birinchisi – butun koinot tuzilishi bilan odam vujudi va qalbining o’xshash, mos qilib yaratilganidir. Bu narsa fizik va biologik kashfiyotlarda ham qayd etilgan.
Olamni harakatga keltiruvchi kuch, hazrat Navoiy nazdida, ishqdir. Odam zotiga shunday ulug’vorlik baxsh etguvchi ishq Dantening sevgi ma’budasi Amur kabi butun koinotni yurgizib tursa ne ajab! Hazrat Navoiy «Layli va Majnun»ning yuqorida tilga olingan bobida ishqi majoziy va ishqi haqiqiy haqida fikr yurita turib muboriz bir xulosaga keladi: «Avvalgisida kishi tozalanib, ikkinchisiga o’tsa, yo’q-yo’q, urug’ini eksa ham, uni butunlay taroj etib, uning ramziy shaklidan asar qolmasa, ko’rinadigan joydan ko’rinmasdan maqsadga singib ketsa, hayot va koinotning yaratilishiga maqsad shudir». Nasriy bayon xulosani hazratning o’z so’zlarida keltiraylik.
Maqsad budur, hayotdin bu,
Bil xilqati koinotdin bu.
Ishq buyuk Navoiy talqinida hayot va koinot yaratilishining maqsadi sifatida qo’yilarkan, xuddi shu nuqtada u buyuk Dante va Shekspir bilan mushtaraklikka erishadi.
Dante, Navoiy va Shekspirning yuksak badiiy tafakkurlari – fazodagi uchrashuv ana shu tarzda voqe bo’ladi.
A leksandr Makedonskiydan ustozi Aristotelni otasi Filippdan ham ustun qo‘yishi sababini so‘raganlarida u shunday javob bergan ekan: “Otam meni osmondan yerga tushirdi (dunyoga keltirdi), ustozim esa zamindan falakka ko‘tardi (ruhan, ma’nan yuksaltirdi)”. Do‘zax darvozasidan ichkariga qadam bosgan Dante Aligyerining ham o‘z ustoziga – Vergiliyga nisbatan muhabbati buyukdir. Shu muhabbat sabab ilohiy kuchlar aynan o‘sha Rim shoirini Dantega madad berishga yo‘lladi. Bu ustoz ham o‘z shogirdini yerdan samovotga boshlaydi. Faqat buning uchun dastlab zamin ostini kezib chiqmoq darkor. Ushbu safar esa Vergiliyning peshonasiga bitilgan joy – Limbodan boshlanadi. Konstruktor Dante bu vodiyni mantuyalik shoir va uningdek juda ko‘plab ustoz allomalar, shuningdek, suyukli qahramonlar uchun maxsus “bunyod etgan”. Biroq taassufki, ularning birortasi ham xristian emas. Shu sabab ziyonsiz esa-da, Do‘zaxning (!) qavati bo‘lgan Limboga bu zotlar hukm qilingandir. Vergiliy sayohat davomida ushbu holni bir necha bor chuqur nadomat bilan ta’kidlaydi:
124 Chunki arsh xoqoni barhaq xalloqqa,Aning ahkomiga tersligim uchun…
(Do‘zax, I);
37 Nasoron dinini kimki bilmadi –12 Osiydir bir qadar, men ham o‘shandoq. G‘oyat buyuk bo‘ldi buning kulfati.

(Do‘zax, IV)


Ustozning ushbu iztiroblari jahannam azobidan emas, balki o‘z vaqtida Haqni to‘la anglamaganlik oqibatida yuzaga kelgan vijdon azobidandir. Vergiliy bunday ayblardan shogirdning xoli bo‘lishiga umid qiladi, bundan tashqari, o‘zlarining shonli yo‘li Dante faoliyatida davom etishiga rag‘bat bildiradi (Antik Gretsiya va Rim madaniyati vorisi italyan Renessansi ekanligini eslang!). Bu rag‘bat, bu ruhiy quvvat samarasi nafaqat she’riyat, fikrlar, g‘oyalar borasida, qahramon masalasida-da aks etgan. Ma’lumki, Rim saltanati va italyan diyori kuylangan “Eneida” hamda “Komediya”ning mualliflari bosh personaj sifatida yangi eraga asos soluvchilar – Eney (Troyaning merosxo‘ri sanalmish Rimning bunyodkori) hamda Dante (Antik Rimning vorisi bo‘lmish Italiya Rinashimentosi asoschisi)ni tanlaganlar. Bu ikki qahramon taqdirida yana bir juda katta o‘xshashlik mavjud. Ya’ni ular tanu ruhlari ajralmagan holda ruhlar dunyosiga sayr qilishdek inoyatga sazovor bo‘lishgan. “Ilohiy komediya”da Dantening bu borada ham ilionlik pahlavonga davomchi ekanligiga ishora etilgan:
13 Sen deysan, Silviylar padari u dam13 Hayot zanjiridan bo‘lmayin xalos Baqo dunyosiga qo‘ygandi qadam. (Do‘zax, II)
Lekin egizlik asosida hamisha juda yirik tafovut yotadi: Vergiliyning “farzand”i, aniqrog‘i, o‘zi bo‘lgan Eney g‘ayridinligi vajidangina Jannat yoki A’rofda emas. Bu qusur Dante taqdirida takrorlanmagay.
Eney Vergiliyning o‘zi, dedik. Chunki shoh qahramon san’atkorning qalbi markazida vujudga keladi. Shoir organizmining bir butun qismidir u. “Eneida”dagi bu butunlik (Vergiliy + Eney) “Komediya”da ikkiga ajratilgan (Vergiliy – Eney) va lekin baribir ushbu bo‘linish umumiy vaziyatda konstruktor Dante tomonidan qayta birlashtirilgan. Ya’ni Vergiliy ham, Eney ham Limboga mansubdirlar.
Dante ko‘p jihatdan qadim Rim shoiriga hamohang bo‘lsa, “Limbo” deb atalmish vujudning Vergiliy qatori bir a’zosi hisoblangan Homerga shuncha zid turadi. Avvalambor, qayd etmoq lozimki, gretsiyalik oqin shoir Dantening eng aziz, qadrdon besh ustozidan biridir. U – mazkur beshlikning dastlabki bo‘g‘ini. So‘ngra Goratsiy, Ovidiy, Lukan, va nihoyat, Vergiliy xamsaning keyingi qismlarini tashkil qilganlar. Ushbu shonli guruhga Dante o‘zini ham qo‘shadi:
“Hammadan oldinda, qo‘lida shamshir,14 Ruxsori ulug‘vor, qadami sokin 88 Gomer kelar edi, shoirlarga pir, Ortida Goratsiy – shaddod qalamkash, Undan so‘ng Ovidiy va Lukan shoir. 91 Bizni tutashtirar buyuk nom yakkash,..” ; 100 Ularning safiga kirganim zamon15 Sharafim oshardi mening tobora. Safda men oltinchi zot edim, shodon. (Do‘zax, IV)
E’tibor qilinsa, Vergiliy va Dantening o‘zaro baqamti (beshinchi va oltinchi) ekanligi ko‘zga tashlanadi. Bu jihat yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu ikki ijodkorning nihoyatda yaqinligidan dalolatdir. Ushbu buyuk safning boshidagi Homer bilan oxiridagi Dante o‘rtasida esa masofa kengaygan sari konflikt kuchayganidek, keskin bir ziddiyat yuzaga kelgan. Bunday holni albatta, narigi dunyodagi Homer va Dante emas, balki ko‘proq yozuvchi Homer hamda Dante o‘rtasida kuzatish mumkin. Qarama-qarshiliklarning bosh sababi ijodkorlarning siyosiy qarashlari, aniqroq aytganda, Troyaga munosabatlarining har xilligidir. Mazkur omilda ham muhim rol o‘ynovchi – bosh qahramon. U ham muallifning o‘zi16. U ham Troya urushida ishtirok etgan buyuk pahlavon, ma’budzodadir17. Faqat o‘sha shaxsning Eneydan farqi shuki, u Ilionga qarshi kurashgan (!) hamda zinoga botgan. Mana shu ikkinchi xususiyati uchungina konstruktor Dante uni Homerdan “ayirib”, fahshga berilganlar joylashgan ikkinchi doiraga bandi qilgan. Bu personaj “Iliada”da g‘azablari kuylangan, shu asarning markazida turgan Axillesdir. Homer tomonidan musbat, Dante tarafidan manfiy baholangan ana shu nozik tovon bahodir Pir va Muridni ikki qutbga bo‘linishga majbur etgan bo‘lsa, uni Troya fathiga chorlagan ayyor Odissey (Uliss) hamda Diomed esa vaziyatni yanada keskinlashtirgan:
55 Yo‘lboshchim dediki: “Bul ikki o‘rtoq18 Uliss va Diomed – gunohi o‘xshash, Endi azobi ham bir xildir, mutloq.
58 Asl rumliklarning shahriga sarkash Kiritib qachondir soxta, yog‘och ot, Devorlarni buzgan g‘ayur, tarafkash.
61 Deydamiya esa chekkancha faryod Do‘zaxda balokash Axillni chorlar,Palladiy tufayli ushbu mukofot. (Do‘zax, XXVI)
Bir vaqtlar hiyla bilan ana shu itakalik kimsa hamda Diomed Axillni oqibati halokat bo‘lgan jangga borishga ko‘ndirgan, eng dahshatlisi, Odissey yunonlarga Ilionga mash’um yog‘och otni kirgizishni maslahat bergan edi. Troyaliklarning tarafdori bo‘lgan Dante ikki grek yigitini shu gunohlari sabab Do‘zaxning sakkizinchi doirasidagi ayyor maslahatchilar makoni – sakkizinchi bo‘limga “joylashtiradi”. Bu bilan qanoatlanmay, “Odisseya” muallifining fikrlariyu u yaratgan syujetga ters o‘laroq italyan adibi Ulissning bu dunyodagi hayoti vataniga qaytib emas (!), balki pishqirgan dengiz to‘lqinlari orasida, g‘urbatda tugaganini uqtiradi (Bu to‘g‘rida Odisseyning o‘zi narigi dunyoda ikki sayohatchiga so‘zlab beradi). Shu ma’lumotlarning o‘ziyoq Axillesning (ikkinchi doira) va, ayniqsa, Odisseyning (sakkizinchi doira) darajama-daraja ilk doiradagi Homerdan uzoqlashtirilishi bilan Danteyu daho rapsod aro keskin konfliktning oliy cho‘qqisiga yetganini ko‘rsatishi mumkin.
Yozuvchi Dante nigohi bilan qaralsa, Homer – Dante + Vergiliy ziddiyati qahramonlar timsoliga ko‘chganda Ilionni yo‘q qilgan Odisseyu Diomed va shu shahri azimni italyan tuprog‘ida Rim ko‘rinishida (Rim – ikkinchi Troya!) qayta tiklagan Eney, do‘st xunini olish ishtiyoqi-la yongan Axilles hamda shu tufayli halok etgani troyaliklarning eng zabardast himoyachisi Gektor qarama-qarshiliklarida namoyon bo‘ladi. Tilga olganimiz mazkur kelishmovchiliklarning ikkinchisi – Peleyzodayu Priamzodaning dushmanligi foniy dunyoda (“Iliada”da) yuzaga kelgan esa, bu munosabat boqiy dunyoda (“Ilohiy komediya”da) bevosita emasa-da, baribir davom etayotganining isboti Gektorning Axilldan yuqorida, o‘ziga nisbatan unchalik xayrixoh bo‘lmagan Homer bilan bir maskanda turishidir.
Har qanday ziddiyatda albatta hamfikrlilik uchraydi. Ishratparast Paris (Homerning unga munosabati ma’lum)ning o‘zi olib qochgan Yelena bilan shahvatparastlar qatorida jazolanishi fikrimizni tasdiqlaydi: 64 Janglar sababkori, eng go‘zal ayol –19

Yelena manovdir…; 67 Bu – Paris… (Do‘zax, V)


Dantening Limbdagi Homer bilan emas (!), balki “Iliada” va “Odisseya” muallifi sanalgan baxshi-shoir Homer bilan munosabati shunday serqirra va murakkabdir. Ushbu holning subyektlari – Birinchi va Oltinchi orasida yana to‘rt ijodkor bor hamda mazkur oltilik nomi tartib bo‘yicha teng ikkiga bo‘lingan holda ustma-ust keltirilsa, bu siymolardan hayotlarining birinchi pallasidagi eng xarakterli jihatlari o‘xshash kishilarning uch juftligi tarkib topadi:
(1) Homer (2) Goratsiy (3) Ovidiy I II III (4) Lukan (5) Vergiliy (6) Dante
Dastlabki juftlik ikki grek adibi, keyingisi Avgust saltanatining ikki eng zabardast san’atkori, so‘nggisi esa g‘urbatda – Vatan hajrida yashagan va yashajak20 ikki shoirdan iborat (izoh: qavs ichidagi raqamlar ijodkorning oltilikdagi o‘rnini anglatadi).
Dante vaqtinchalik qo‘shilgani “davrai sarvar”dan ajralgach, Vergiliy uni tobora ichkariga yetaklab boraveradi. Shunda Dantening hushyor ko‘zi qiyalikda biz hali buyuk Aleksandrning ustozi sifatida ta’kidlaganimiz daho faylasufga tushadi. Xuddi Homerga bir qancha shoirlar hamroh bo‘lganidek, ushbu zot ham Platon, Sokrat, Demokrit, Anaksagor, Fales, Diogen, Zenon, Empedokl, Geraklit, Seneka va hokazo faylasuflar, fan arboblariga boshdir. Aristotelning safdoshlari shunchalar ko‘pki, Dante ulardan yana Dioskorid, Tulliy, Lin, Orfey, Evklid, Galen, Gippokrat, Ibn Sino, Ibn Rushdlarnigina tilga oladi.
Do‘zax muqaddimasidagi mo‘’jazgina Limbning ichki qismi olis o‘tmishda yashagan zotlar bilan ana shuningdek sharaflangan, muzayyan bo‘lgan. Ular nihoyatda ko‘p esa-da, bu shaxslar (to‘g‘rirog‘i, ularning ruhi) konstruktor Dantening loyihasi bo‘yicha uchta katta guruhga bo‘linib, sistemalashtirilgan. Unga ko‘ra, birinchi guruh badiiy adabiyot namoyandalari (Homerdan Vergiliygacha), ikkinchi guruh davlat va siyosat arboblariyu sarkardalar (Eneyu Gektordan Salohiddingacha) hamda oxirgi guruh fozillar (faylasuflar va fan arboblari)dan tarkib topgan.
E’tibor qilinsa, guruhdan guruhga o‘tilishi barobarida a’zolar (personajlar) soni ko‘payib boruvchi mazkur tizimda Dantening vatandoshlari ancha katta bo‘g‘inni (ayniqsa, siyosat vakillari orasida) egallagan. Lekin bular ichida tiriklik chog‘ida o‘zaro murakkab munosabatda bo‘lganlari ham bor. Yuliy Sezar – Marsiya juftligi bunga ochiq namunadir. O‘z navbatida bu hol konstruktorning qarama-qarshi tushunchalar, hodisalar (jumladan, imperiya va respublika tuzumlari)ni uyg‘unlashtirish, garmoniya yaratish texnikasini yuksak darajada egallaganiga yana bir dalildir.
Ma’lumki, Marsiya buyuk imperatorning tanqidchisi, hurlik, respublikachilik tarafdori Katonning rafiqasi edi. Anchadan keyin shoirlarimiz A’rofga borishganda Rim Respublikasining atoqli arbobi, “istagani ozodlik” bo‘lgan va shu orzu sabab o‘zini o‘ldirgan, natijada konstruktor Dante tomonidan A’rof soqchisi qilib “tayinlangan” ayni shu Kichik Katonga Vergiliy shunday deydi:
“…ma son del cerchio ove son li occhi casti 79 di Marzia tua, che ‘n vista ancor ti priega,..;
grazie riporterò di te a lei, 84 se d’esser mentovato là giù degni”. (Purgatorio, I)
Tarjimasi:
78“…Joyim Marsiyaga yaqindir zero.21 Marsiya sen uchun oh chekar to‘liq.;
83 …Marsiya qoshida men to Sening ham sharafing aylayin bayon”.
Biz bu ma’lumotlar asosida bir-biriga zid ideologiya vakillari ham bitta doiradan joy olishi mumkinligi, narigi dunyoning turli qismlari aro mantiqiy bog‘lanish mavjudligi, asosiysi, inson hayotining birinchi yarmida qanday yashagani, nimaga intilgani ikkinchi qismda bosh ta’sir manbai bo‘lishi – dorulbaqo dorulfano uchun ko‘zgu ekanligi haqidagi to‘xtamga kelamiz.
Ushbu xulosani quvvatlantirib, imonga aylantirmoq maqsadida Do‘zaxning qolgan sakkiz doirasini analiz va sintez qilishdan oldin Limbo vodiysi to‘g‘risidagi fikrlarimizni umumlashtirsak. “Do‘zaxdagi jannat” deb ham, “begunoh gunohkorlar makoni” deb-da ta’riflasak bo‘ladigan mazkur ikki qismli (tashini cho‘qintirilmagan bolalar va ularning onalari, ichkarisini esa boya aytganlarimiz – g‘ayrinasroniy buyuklar makon tutgan) hudud biz ancha oldin tahlil qilgan, Dante yorug‘ dunyodaligida qorong‘i o‘rmon qa’ridan tirmashib chiqqan xaloskor tepalikning ko‘p tomonlama muqobilidir.
Ta’kidlash joizki, o‘sha adirlik italyan shoiriga foniy dunyodagi hayotini tugallash yo‘lidagi ILK QADAM edi. Bu vodiy esa boqiy olamga safar uchun xuddi uningdek MUQADDIMAdir. Unisiyu bunisi – Dantening muvaqqat manzili. Tepalikdan Qoplonu Arslonu Bo‘ri sayyohni haydab, dahshatli changalzorga qaytarganidek, keyingi olamda ham Dante Limbodan ana o‘sha maxluqlar ta’sirida gunoh qilganlar “joylashtirilgan” qavatlarga tomon tubanlashmoqqa majbur. Xullas, umumiy jihatdan olib qarasak, Limbo Do‘zaxning o‘zga doiralardan keskin tafovutli, konstruktor maxsus bino etgan qavatidir.
ILOHIY KOMEDIYA
"Komediya" Dante ijodining choʻqqisidir (1307–1321). Keyinchalik Boccaccio unga "Ilohiy" epitetini bergan. Dante vafotidan soʻng qoʻshilgan ilohiy soʻzi shoir ijodi muxlislari tomonidan asarning badiiy jihatdan yuksakligini ifodalash uchun qoʻllanilgan. Doston 3 qism ("Doʻzax", "Aʼrof", "Jannat") dan iborat. Har bir qismda 33 ta qoʻshiq bor. Doston Dantening shoir Vergiliy yetakchiligida u dunyoga sayohati tarzida yozilgan. Bu shakl Sharq obidasi "Me'rojnoma" syujetini eslatadi. "Komediya" anʼanaviy diniy syujet asosida boʻlsada, undagi gumanizm magʻzini real dunyodagi insonlar hayoti tashkil etadi. Dante asarda insoniyat tarixining turli davrlarida yashagan kishilarning murakkab falsafiy qarashlariga munosabatini bildiradi. "Komediya"ning "Doʻzax" qismidagi 4-qoʻshiqda jahonning buyuk donishmand-lari Demokrit, Fales, Geraklit, Evklid, Ptolemey, Gippokratlar qatorida Sharqning ulugʻ mutafakkirlari Ibn Sino va Ibn Rushdlar tilga olinagan.
Qoʻshiqda qadimiy Turon podshosining qizi, afsonaviy baliq tanli sarkarda ayol Semiramida, Misr malikasi Kleopatra faoliyatiga munosabat bildiriladi. "Aʼrof"da massagetlar malikasi Toʻmaris qahramonligi tasvirlangan. "Ilohiy komediya" badiiy yuksak boʻlishi bilan birga, kishilik jamiyati taraqqiyotida yigʻilgan bilimlarning boy xazinasidir.
Dante Sharq va Gʻarb tafakkuri mevalarini omuxta etgan. Muallif Sharq donishmandlari Ibn Sino, Al – Fargʻoniy, Abu Mashʼar, Muhammad al – Xorazmiy va boshqalarning asarlaridan foydalangan.


Dante italyan adabiy tilining yaratuvchisi hisoblanadi. Uning dostoni uslubida oddiy xalq tili oliy tabaqa kishilari tiliga xos tantanavorlik, rangbaranglik va dramatizm bilan uygʻunlashib ketgan. Dante oʻz davridagi ijodkorlardan farqli oʻlaroq butun italyan millati nomidan gapirib, uning asriy orzu-armonlarini ifodalagan. Shuning uchun ham uni oʻrta asrning soʻnggi shoiri va ayni paytda, yangi davrning birinchi shoiri, deyishadi. Dante ijodi italyan adabiyoti va butun Yevropa madaniyati taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan. Shoir ijodi adabiyotshunos olimlar tomonidan keng tadqiq etilgan. Dante asarlari jahon xalqlarining koʻpgina tillariga tarjima qilingan. "Ilohiy komediya" dostonining "Doʻzax" qismi oʻzbek tilida Abdulla Oripov tarjimasida nashr etilgan (1978).


Download 104,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish