Ogohlik-davr talabi



Download 17,31 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi17,31 Kb.
#208352
Bog'liq
ogohlik davr talabi


OGOHLIK-DAVR TALABI

Reja:


  1. Ogohlik – davr talabi.

  2. O'zbekiston yoshlari buzg'unchi g'oyalarga Qarshi.

  3. Tinchlik – eng oliy ne'mat.

“Bugungi kunda mintaqaning barcha mamlakatlari terrorizm, diniy ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotrafik tahdidlariga duch kelmoqda. Ushbu tahdidlarga qarshi samarali kurashishni faqat birgalikda, mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik mexanizmlari doirasida ta’minlash mumkin. Xavfsizlikka tahdidlarni “o‘ziniki va o‘zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish, “yaxlit xavfsizlik” tamoyiliga amalda rioya qilish zarur, degan qat’iy fikrdamiz. Birlashgan Millatlar Tashkiloti mintaqaviy xavfsizlik muammosini, avvalo, preventiv diplomatiya usullaridan foydalangan holda hal qilishda muhim o‘rin tutishi lozim. Shuningdek, MDH, ShHT, YeXHT va boshqa nufuzli xalqaro hamda mintaqaviy tuzilmalar mexanizmlari doirasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash zarur. Bugungi kunda Markaziy Osiyoda barqaror va izchil taraqqiyotning istiqbollari qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bilan chambarchas bog‘liqdir. Birinchi galdagi vazifalardan biri Afg‘onistonning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga qo‘shilishiga har tomonlama ko‘maklashishdan iborat. Bu dunyo hamjamiyatining Afg‘onistonda tinch taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlariga g‘oyat muhim hissa bo‘lib qo‘shiladi. O‘zbekiston bundan keyin ham bu qo‘shni mamlakatni iqtisodiy jihatdan tiklash, uning transport va energetik infratuzilmasini rivojlantirish, milliy kadrlar tayyorlash jarayonlarida faol ishtirok etishini ta’kidlamoqchiman”  SH.MIRZIYOYEV

OGOH BO’L...

Agar ogoh sen shohsen, agar shohsen sen ogohsen. Ogohlik kishining o’z umriga, takdiriga shohlik bilan barobar. Zero, bugunimiz har birmizdan ana shunday ogohlikni talab qiladi. Ayniqsa, turli illatlar urchigan zamonamizda bu nihoyatda muhim. Mamlakatimizda shu maqsadda tashkil etilayotgan profilaktik tadbirlar kishilarda mustaxkam iroda va xuquqiy savodxonlikni shakllantirmoqda desak yanglishmaimiz.

Terrorizm — chegara bilmaydigan xavfdir, shu bois unga qarshi kuchlarni birlashtirgan holda kurashish lozim. SH.MIRZIYOYEV.

LOQAYDLIK – MA’NAVIY XALOKATDIR

Bugungi globallashuv jarayonida dunyo miqyosida yuz berayotgan mafkuraviy xurujlar insoniyat boshiga qanchalik ko’p kulfatlar yogdirayotgani hech kimga sir emas. Mafkuraviy xurujlarning shakli turli-tuman bo’lib, xozirgi vaqtda xalqaro miqyosda keng avj olib, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-g’oyaviy muammoga aylanib ulgurgan ko’rinishi bu – missionerlikdir.

 

Xo’sh, missionerlar kimlar? Ular o’z maqsadlarini amalga oshirishda kanday vositalardan foydalanadilar? Avvalo shuni alohida qayd etish kerakki, missionerlik - muayyan bir tuzum va muayyan bir dindagi kishilar o’rtasida boshqa bir din yoki o’zga tuzumni targ’ib etish orqali o’z g’arazli maqsadlarini amalga oshirish yo’lidagi xarakatdir. Bu xarakat a’zolarining jamiyat xayotiga qanchalik ayanchli ta’sir ko’rsatishini barchamiz yaxshi bilamiz.



Missionerlar xalqaro terrorizm, giyoxvandlik, diniy-ekstremizm, xususan, «Hizbut-tahrir», «Vaxxobizm» ko’rinishidagi ta’sir vositalaridan foydalangan holda ta’lim va xayriya jamiyatlari, targ’ibot-tashviqot muassasalariga o’qituvchi, til o’rgatuvchi, o’zga davlat taomlarini o’rgatuvchi niqoblari ostida suqilib kirib olgan holda o’z harakatlarini amalga oshiradilar. Mamlakatimiz mustakillikka erishgandan so’ng, yurtimizga turli g’oya va mafkuralar oqib kira boshladi. Bu mafkuralar orasida eng ashaddiysi so’zsiz, missionerlik xarakatidir. Missionerlar chet tillarini o’rgatuvchi maxsus kurslarning muallimlari nikobi ostida talabalar yotokxonalariga, savdogar yoki ishbilarmon sifatida bozor va do’konlarimizga, pazandalik sirlarining bilimdonlari bo’lib umumiy ovkatlanish shoxobchalariga, qo’yingki turmushning barcha jabxalariga joylashib olib, o’z g’arazli maqsadlarini amalga oshirish yo’lida har qanday kichik imkoniyatdan ham foydalanib qolishga intilishadi. Jahondagi boshqa davlatlar atlardagi kabi yurtimizda ayrim yoshlarning soddadilligi va ishonuvchanligi, e’tiqodi sustligidan foydalanib, xatto ularning moddiy ta’minotini yaxshilashni vada qilib o’z tuzoqlariga ilintirib olishga xarakat qilishmokda.

Tinchlik – eng Oliy ne'mat

Tinch aholi orasiga suqilib kirib olib ularni to’g’ri yo’ldan chalg’itish, bir-birlarining o’rtasida gina-adovatlar qo’ztash, ayniqsa, yoshlarni turli norasmiy diniy tashkilotlarga a’zo qilish uchun missionerlar juda ko’plab mablag’larni ajratishmoqda. Bu mablag’larni ular bemor kishilarga moddiy ko’mak, bepul dori-darmon etkazib berish, shartnoma asosida taxsil olayotgan talabaga yordam, turli nolegal nashrlarni chop etib, aholiga bepul tarqatish kabi ishlarga sarflashmokda. Ba’zi ma’naviy-siyosiy jihatdan bilimsiz kishilar bunday tuzoqlarga osongina ilinadilar. Natijada bilib-bilmay o’z xalqi va Vataniga, oilasiga xiyonat kilishgacha borib etadilar.

Istiqlol yo’lini tanlab, bu yo’lda taraqqiyotning o’z modelini yarata olgan O’zbekistonni Demokratik-ma’rifiy tarakkiyot yulidan og’dirishni maqsad qilib olgan mamlakatimiz tashqarisidagi aqidaparast kuchlarning borligini ham aslo unutmasligimiz kerak. Diniy niqob ostida mustaqil davlatimizga tashqaridan turib tahdid solayotgan tashqi taxdid kuchlari - aqidaparastlarning xalkimiz ma’naviyatini emirish yo’lidagi urinishlariga qarshi xamjixatlikda kurash olib borish xar bir ongli kishining, elim, yurtim, oilam, ota makonim degan O’zbekistonlikning oliy burchidir.

 Shavkat Mirziyoyev: Xavfsizlikka tahdidlarni “o‘ziniki va o‘zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish, “yaxlit xavfsizlik” tamoyiliga amalda rioya qilish zarur.

BugungiBugungi kunda tinchlikni asrash, turli qo’poruvchilik harakatidagi ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolishni oldini olish va profilkatikasi haqida o’z fikr-mulohazalarini aytib o’tish zarur Qolaversa, muqaddas dinimiz Islom dinining haqiqiy ahkomalarini soxtalari bilan aralashtirmasligimiz lozim. Asosiy ishlarimizdan biri bu Diniy bag'rikenglikni yoshlar tarbiyasida muhim o'ringa olib chiqishdir.



Biz nafaqat jismoniy tomondan ogoh va hushyor bolishimiz, balkim, ma'naviy tomondan ham ogoh va hushyor bolishimiz, ayniqsa, yoshlarimizni ma'naviy tahdidlardan ogohlikka va hushyorlikka chorlashimiz zarur. Ma'lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, otabobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta'bir joiz bo'lsa, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki yoshlarimiz milliy o'zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo'lib yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da'vati» ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g'oyalar ham ularga o'z ta'sirini o'tkaza olmaydi. Yosh avlodimizni turli ma'naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida gapirganda, nafaqat xalqimizni ulug'laydigan buyuk xususiyatlar, ayni paytda uning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatgan, eski zamonlardan qolib kelayotgan noma'qul odatlar haqida ham ochiq so'z yuritishimiz zarur. Birinchi navbatda xudbinlik va loqaydlik, qarindosh-urug'chilik va mahalliychilik, korrupsiya va manfaatparastlik, boshqalarni mensimaslik kabi illatlardan jamiyatimizni bumnlay xalos etish to'g'risida o'ylashimiz lozim. Ma'naviy hayotimizga jiddiy xavf soladigan yana bir illat haqida to'xtalib o'tmoqchiman. Shaxsan o'zim bu illatdan jirkanaman. Shu illatga chalingan odamni ko'rarga ko'zim yo'q. Bu — sotqinlikdir. Men har qanday yovuzlikni sotqinlikdan ko'raman. Ezgulik va haqiqatga sadoqati bo'lmagan, ularga ishonmagan odam qo'rqinchlidir. Tabiatida sotqinlik xususiyati bo'lgan odam rahbarlik kursisiga o'tirib qolsa bormi, u yerda osoyishtalik yo'qoldi, deyavering. Ikkita odamning, ikkita mamlakatning o'rtasidagi urushni ham aynan shunday odamlar boshlab beradi. Shu bois bunday odamlardan ogoh bo'lishimiz, ularga yonimizda o'rin bo'lmasligi lozim. Agar tevarak-atrofimizdagi birorta kishida shunday alomatlar sezilayotgan bo'lsa, ularni darhol tarbiyamizga olib, to'g'ri yo'lga boshlashimiz kerak. Shu munosabat bilan tarixda ko'p marta o'z tasdig'ini topgan, men ham o'z tajribamda sinagan hayotiy bir haqiqatni yana bir bor takrorlashni zarur deb hisoblayman: agar biz ahil bo'lsak, el-yurt manfaati yo'lida bir tan-u bir jon bo'lib yashasak, o'zimizdan sotqin chiqmasa, o'zbek xalqini hech kim hech qachon yenga olmaydi. Mashhur faylasuflardan biri ana shu hayotiy haqiqatni chuqur tahlil etib, quyidagi haqqoniy fikrlarni bayon qilgan: «Dushmanlardan qo'rqma — nari borsa, ular seni o'ldirishi mumkin. Do'stlardan qo'rqma — nari borsa, ular senga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo'rq - ular seni o'ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliklar sodir bo'laveradi». Ayniqsa, bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning ustuvor yo'nalishlarini, kimga va nimaga qarshi qaratilganini aniqlash, aholi turli qatlamlariga ta'sirini o'rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo'lgan zararli g'oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog'lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi. Faqat ana shunday asosda yoshlarni o'z fikriga ega, turli ma'naviy xurujlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo'lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin.

Buxoro davlat universiteti



Harbiy ta'lim fakulteti 4 – bosqich talabasi

Sayfiddinov Sherzod
Download 17,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish