O’G’itlash mashinalari reja



Download 0,84 Mb.
bet1/3
Sana20.07.2022
Hajmi0,84 Mb.
#829032
  1   2   3
Bog'liq
ogitlash mashinalari



O’G’ITLASH MASHINALARI


REJA.

  1. O’g’itlar.

  2. O’g’itlash usullari.

  3. O’g’itlash mashinalarining tasnifi.

  4. O’g’it miqdorlagichlar.

  5. O’g’it sochish apparatlari.

  6. O’g’it sochgich o’lchamlarini aniqlash.



Mineral o’g’it berib ekinni oziklantirish uchun kul tivatorga unga likopsimon o’g’itlash apparatlari o’rnatiladi.
O’g’itlash apparati (57- rasm) bunker 2, ustki sidirgich 3, konusli tsilindr 4, xalkasimon shesternya 5, asos 6, tushirgich 7, nov 8, qopqoq lardan iborat.
Likop 9, asos 6 ichiga payvand qilinib, uning urtasidagi teshikka tushirgich 7 va ustuncha 10 o’rnatilgan. Likop 9 bilan asos 6 orasida aylanasimon tirgish 11 paydo bo’ladi. Tirkish 11 orgali o’g’it, nov 8 ga tushib turadi. Nov 8 tushayotgan o’g’it okimini bir yoki ikki bulakka ajratib, o’g’it o’tkazgichlarga yunaltiradi. Tushirgich 7 lar konussimon shesternya 5 yordamida uzluksiz aylantirib turiladi. Asos 6 ga simmetrik holatda ikkita vtulka 12 o’rnatilgan bo’ladi.
TSilindr 4 da vint chizigiga uxshagan uchta ensiz va chuzik uyik uyacha yasalgan bo’lib, ularga tayanch boltlarining bush uchlari kirib turadi. Bunker 2, tsilindr 4 ga sharnirli ulangan, shu sababli unga nisbatan ag’darilib ochiladi. TSilindr 4, bunker bilan birgalikda vertikal uk atrofida ma`lum burchakka erkin burilish imkoniga ega. Shu burilish xisobiga konusning pastki cheti bilan likop 9 orasidagi o’g’itni tukish tirkishini o’zgartirib, o’g’it sepish me`yori sozlanadi.
Asos 6 da (57-rasm) fiksator o’rnatilgan bo’lib, uning burtik tishi tsilindr 4 dagi teshik 14 larga kiritilsa, tsilindrni uz- uzidan aylanib ketishdan saglab turadi. 14 — teshiklarning har biri o’g’itlashning ma`lum me`yorini ta`minlaydi. Traktor Јovidan kelayotgan harakat ustuncha 10 orgali sidirgich 3 ni aylantiradi. Sidirgich ta`sirida o’g’it konus 4 ning teshigi orqali tushirgich 7 ga tushadi. Tushirgich 7 lar aylanishi xisobiga o’g’itni konusning pastki cheti bilan likop orasidagi aylanasimon tirkishdan sikib chiqaradi. Chikkan o’g’it o’g’it o’tkazgichlarga yunaltiriladi. O’g’itni bevosita tuproqqa aralashtirish uchun esa kul tivator gryadillariga ikkitadan o’g’it kumgich o’rnatiladi.
Kator oraligi 60 sm bo’lgan paxtazorga ishlov berishda o’g’it kumgichlarni gryadilga birinchi kul tivatsiyalash uchun kuchatlar katoridan 15...18 sm oraligda 12...14 sm chuqurlikka, ikkinchi kul tivatsiyalash uchun 18...20 sm oraligda 12...14 sm chuqurlikka o’rnatish tavsiya gilinadi. Eng sunggi oziglantirishda kumgichni katorlar urtasiga o’rnatish lozim. Kator oraligi 90 sm bo’lgan yerlarda birinchi kul tivatsiyalashda kumgichni katordan 15...18 sm masofada, ikkinchi kul tivatsiyada — 20...22 sm oraligda, eng sunggi kul tivatsiyada — 28...30 sm masofada 12...14 sm chuqurlikka o’rnatgan ma`kul bo’ladi.
Kul tivatorga o’rnatilgan o’g’itlash apparatlarini tayinlangan miqdordagi mineral o’g’itni yerga solishga kuyidagicha sozlanadi. Ekin kator oraligining kengligi v bo’lgan yerga p katorli kul tivator bilan gektariga tayinlangan o’g’it migdori Q ni joiz bo’lgan (8 %) aniqlikda solishni ta`minlash uchun avvaliga, l metr yulni (masalan, l q 10 m) bosib utganida hamma apparatlar tukkan o’g’it miqdori q ni aniqlash kerak.



57-rasm. O’g’itlagich


Shu maqsadda, hamma o’g’it o’tkazgichlar kumgichlardan ajratilib olinadi va ularga xaltachalar kiydirilib kuyiladi. Kul tivator o’g’itlagichini ishga qo’shib, traktorni q 10 m masofaga yurgizib, tuxtatiladi. Xaltachalarga tushgan o’g’itni tarozida aloxida-aloxida tortib, o’g’it fargi 10 % gacha bo’lsa miqdorlagichlar to’g’ri sozlangan xisoblanadi. Bunga erishilganidan sung, l masofada hamma o’g’it o’tkaz gichlardan tukilgan o’g’it 3ѕ5 marta o’lchanib, uning o’rtacha miqdori q aniglanadi. Keyin bir gektarga sochilayotgan o’g’it migdori Q xisoblab chikiladi:
Q (61)
O’g’itlar tavsifi
Organik o’g’itlar — asosan chorvachilik fermalaridan olinadigan go’ng chirindisi, go’ng shiltasi hamda turli kompostlardan iborat.
O’g’itlarning xossalari. O’g’itni dalaga sochish uchun mashinalar turini to’g’ri tanlashda uning fizik-mexanik xossalarini e`tiborga olish kerak. O’g’itning eng muxim xossasi uning to’kiluvchanligidir. To’kiluvchanlik darajasini tabiiy uyumlanish burchagi bilan baholash mumkin. Mineral o’g’itlar uchun = 30°…55° bo’ladi. Gigroskopligi yuqori bo’lgan o’g’itlar dalaga sepilishidan oldin maydalanib, to’kiluvchanligi tiklanadi. O’g’itlarning po’lat tunuka bilan ishkalanish burchagi = 27°…45° (ishqalanish koeffitsienti f =0,5…1,0) bo’ladi.
Kukunsimon o’g’itning tabiiy uyumlanish burchagi  < 35° bo’lgani uchun, u solingan idishining tubidagi teshikdan erkin tukila oladi. Shu sababli, bunday o’g’itni me`yorlab sochish uchun kalibrlangan tirkishdan foydalanadigan mashina tanlanishi kerak. = 40° bo’lsa, o’g’itni idish devori ustidan oshirib tushirish hisobiga sochadigan miqdorlagich ishlatiladi. = 90° bo’lganda ug’it idishdagi teshikdan mutlaqo to’kilmay qoladi, shu tufayli uni sochishda ustidan sepadigan miqdorlagich tanlanadi.
Bunday miqdorlagichning tubi yuqoriga siljib, o’g’itni uzluksiz yuqoriga uzatib turadi. O’g’it qatlami ustiga o’rnatilgan ishchi qism uni me`yorlab sochib beradi.
Chiriganlik darajasiga qarab, organik o’g’itning tabiiy uyumlanish burchagi = 40...50°, pulat bilan ishkalanish burchagi = 40...45° bo’ladi.
Suyuq azot o’g’itlari quritilganiga nisbatan bir necha marta arzon, ammo u bilan ishlash xavflidir: suvsiz ammiak zaharli va portlashga moyildir. Atmosfera bosimi va hatto atrof-muxitning musbat haroratida ham tez bug’lanadi (qaynash harorati minus 33°) shu sababli, suvsiz ammiak uchun maxsus mashinalardan foydalanish tavsiya qilinadi.
O’g’itlash usullari. yerga o’g’itlar ekishdan oldin (asosiy), ekish vaqtida, ekishdan keyin (oziklantirishda) solinadi. Asosiy o’g’itlashda organik o’g’itning yillik me`yori to’liq, mineral o’g’it yillik me`yorining yarmidan ortiqrok qismi dalaga sochilib, tuproqqa ishlov beradigan mashinalar (freza, plug, kul tivator, tirma...) yordamida 10...20 sm chuqurlikkacha tuproq bilan aralashtiriladi. Ekish vaqtida esa o’g’it universal seyalka yordamida urug’ bilan bir vaqtda, ammo keyinchalik nihol ildizi quymasligi uchun urug’larga nisbatan 5...10 sm chuqurroq yoki urug’lardan yon tomonga 5…10 sm surib solinadi. Ekinni oziklantirish uni sug’orishdan oldin bajariladi.
O’g’itlashga oid usulni bajarish uchun o’g’itni maydalaydigan, uni yoppasiga sepadigan, o’simlik qatoriga nisbatan uzluksiz yoki lokal joylarga o’g’it soladigan mashinalardan foydalaniladi. yer yuzasiga mineral o’g’itni yoppasiga sochish uchun seyalkalar, markazdan kochirma sochgichlar, gung sochgichlar va shilta sepgichlar ishlatiladi.
Suyuk ammiakli o’g’itlarni ensiz arikcha yasab, unga kuyib, zudlik bilan 10...15 sm qalinlikdagi tuproq bilan ko’mish kerak, aks holda uning ko’p qismi havoga uchib ketadi.
Agrotexnik talablar. yerga solinayotgan mineral o’g’itning bir-biriga yopishib kolgan bulaklari 1...5 mm zarrachalarga aylantirib maydalangan bo’lishi, namligi 15 % dan ortiq bulmasligi kerak. Mashinalar mineral o’g’itni 50..1000 kg/ga, organik o’g’itni esa 5…60 t/ga sepa oladigan bo’lishi kerak. Mashina o’g’itni tayinlangan chuqurlikka ko’mishni (farki Q-15%) ta`minlashi kerak. Foydali elementlari parchalanmasligi uchun mineral o’g’it sepilganidan sung 12 soat, organik o’g’it esa 2 soat ichida tuproqqa ko’milishi lozim.

O’g’it miqdorlagichlar




Har qanday o’g’itlash mashinasiga kuyiladigan talablarning eng muximi, maydonga tayinlangan miqdordagi o’g’it solinishini ta`minlashdir. Bu ishni o’g’it miqdorlagichlar bajaradi. Sepiladigan mineral o’g’it turiga qarab, miqdorlagichlar mexaniq, pnevmatik va gidravlik turlarga bulinadi.
Mexanik miqdorlagichlarning shtift (tish)li galtaksimon, likopsimon, disksimon va transportyorli turlari keng tarkalgan. Ular oz ko’lamdagi o’g’itlarni me`yorlab berish uchun qo’llaniladi.
Shtiftli g’altaksimon o’g’it miqdorlagich (59- rasm) seyalkalarda ishlatiladi. Uning qutisining ichida g’altak 2, uni aylantiradigan val 3, g’altakning pastida taglik 5 o’rnatilgan bo’ladi. Seyalkadagi hamma tagliklarni maxsus uk 6 yordamida birmuncha burib, taglik bilan galtak orasidagi tirkishni o’zgartirish kuzda tutilgan.
Bu tirkish kengligi granulalarning o’lchamlariga moslanib kuyiladi. O’g’itlash miqdori galtakning aylanish tezligini va suriladigan qopqoq 1 yordamida galtakka o’g’it tushadigan darcha kuzini o’zgartirish xisobiga sozlanadi. O’g’it miqdorlagichning texnologik ish jarayoni kuyidagi tartibda bajariladi. Qutidagi o’g’it darcha orqali g’altakka o’zi tushadi. Aylanayotgan g’altak tishlari o’g’itni taglik bo’ylab surib, o’g’it o’tkazgichga tushiradi.


Likopsimon o’g’it miqdorlagich seyalka va kul tivatorga o’rnatilib, granul(dona) langan va kukunlangan mineral o’g’itlarni tuproqqa solish uchun ishlatiladi. Likop 4 (59- a rasm) ning bir qismini ustiga o’g’it kutisi 5 o’rnatilsa, ikkinchi qismi ochik koldiriladi. Likop majburan aylantiriladi va ishkalanish xisobiga ug’itni quti tagidan ochik joyga olib chiqadi. U yerda aylanadigan disk yoki oddiy sidirgich 2 joylashgan bo’lib, u likopsimon idishdagi o’g’itni surib, irgitib yuboradi. O’g’it tusik 3 ga tegib, kerakli tomonga yunaladi. Devorning tebranib turishi xisobiga, kuti tubiga o’g’itning uzluksiz tushib turishi ta`minlanadi.
O’g’itlash me`yori, likopning aylanish tezligini hamda uning tubi bilan kuti devorining pastki cheti orasidagi tirkish o’zgartirib sozlanadi.
Diskli apparat seyalka va kul tivatorga o’rnatiladi. O’g’it solingan kuti 6 ning ichida tuzitkich 7 va disk 11 lar o’rnatilgan, ular harakat yuritmasi 10 yordamida aylantiriladi. Disk­ning ikki chetida kuzg’almas yunaltiruvchi kirgich 8 lar o’rnatilgan.
Aylanayotgan disk ishkalanish xisobiga ustidagi o’g’it zarrachalarini chetga olib chiqadi. Kuzgalmas yunaltiruvchi kirgichlar o’g’itni sidirib, nov 9 ga tashlab beradi. Ish jarayonida kuti ichidagi o’g’itni kanchalik pasayganligini satx ko’rsatkich 12 dastasidagi belgilar ko’rsatadi. Undan tashqari kutining devorlariga yopishgan ug’itni satx ko’rsatkich sidirib pastga tushiradi. Aylanayotgan tuzitkichning prujinasimon barmoklari ta`sirida kutidagi o’g’it uzluksiz pastga tushirilib qirqich va diskni yopishgan o’g’itdan tozalab turadi.
O’g’it sepish miqdori diskning aylanish tezligini o’zgartirish va kirgichlarni kuti ichiga surib kuyish xisobiga sozlanadi.
Transportyorli o’g’it miqdorlagich mineral, organik o’g’it va ularning aralashmasini yerga yoppasiga sochadi. Bunday miqdorlagichning negizini turli shakldagi chivik 1 o’rnatilgan zanjir 2 lar tashkil kiladi. Uzluksiz harakatlantiriladigan chiviklar kuzov tagidan ug’itni sidirib chiqarib tashlaydi.
Gidravlik miqdorlagich suyuk o’g’itlarni sepishda ishlatiladi. Suyuklik tsisternadan elastik (rezinasimon) kuvur 4 orqali jiklyor 5 ga okib keladi. Teshigi kerakli kattalikda bo’lgan jiklyorni almashtirib, suyuk ug’itni sepish miqdori o’zgartiriladi.
O’g’it sochish apparatlari
O’g’it sochish apparatlari katta kulamdagi organik va mineral o’g’itni me`yorlab, tuproqqa ishlov berishdan oldin yer yuzasiga yoppasiga sepish uchun ishlatiladi. Sepilgan o’g’it keyinchalik plug, kul tivator, diskli tirma kabi kurollar yordamida tuproqqa aralashtiriladi.
Organik o’g’itlarni sochish uchun transport vositasi kuzoviga o’rnatilgan rotor yoki baraban (60- a rasm) ko’rinishdagi kurilmalardan foydalaniladi. Kuzovning tubiga chivikli transportyor 5 o’rnatilgan bo’lib, u solingan o’g’itning pastki qatlamini sidirib, rotor kurakchalari 3 ga uzluksiz yetkazib turadi. Kurakcha 3, rotor vali 1 ga vint chizig’i bo’ylab o’rnatilganligi tufayli, ular aylanayotib, o’g’itni maydalab, yon tomonlarga irg’itib, sochadi. Maydalashni kuchaytirish uchun rotor tagiga unga nisbatan sekinrok aylanadigan biter 6 o’rnatiladi.
Barabanli sochgich (60-b rasm) ham rotorliga uxshash bo’lib, kuzov 2 dagi o’g’itni transportyor 5, parraklari 7 ga keltirib beradi. Aylanayotgan parraklar o’g’itni irgitib, kuzov borti 8 dan tushirib yuboradi.
Mineral o’g’itni sochish uchun, markazdan kochirma apparatdan keng foydalaniladi (60- v rasm). Bunda bitta yoki ikkita disk 11 larning ustki betiga kurakchalar o’rnatiladi. Kutidagi o’g’it aylanayotgan disk ustiga nov 9 lar bo’ylab tayinlangan me`yorda kelib tushadi. Markazdan kochirma kuchlar ta`sirida o’g’it zarrachasi kurakcha kirralari bo’ylab diskdan otilib chikib ketadi. Novlar bir-biridan tunuka tusik 10 bilan ajratilgan
Mineral o’g’itni yerga solishga tayyorlaydigan mashinalar. Omborlarda saklanayotgan gigroskopik mineral o’g’it vaqt o’tishi bilan bir-biriga yopishib, qotib, yirik bo’laklarga aylanib qoladi. Shu sababli, ularni maydalash talab qilinadi (61- rasm). Bunday maydalovchi agregat qoplar ichida hamda qopsiz qotib qolgan bo’laklarni maydalaydi va transport vositalariga yuklaydi, qop qoldiqlarini ajratib tashlaydi.



O’g’itlash mashinalaring umumiy tuzilishi


O’g’itni yerga solish uchun tayyorlashda qopdagi qotib qolgan mineral o’g’it, agregat bunkeriga solinadi. Tebranib turadigan ta`minlagich 2, ularni bir-biriga teskari aylanayotgan baraban 3 lar orasidagi tirqishga uzatadi. Barabanlar o’g’itni ko’zg’almas pichoq 4 ga siqadi, natijada o’g’it ezilib, maydalanadi. Maydalangan o’g’it qiya o’rnatilgan va tebranib turadigan galvir 5 da elanadi, qopning qoldiqlari ajratiladi va aylanuvchan xaskash 6 yordamida yerga irg’itiladi. g’alvirdan o’tgan mayda o’g’it transportyor 7 yordamida transport vositasiga yuklanadi.

O’g’it seyalkalarining soddalashtirilgan sxemasi 62- rasmda ko’rsatilgan. Bunday seyalka donalangan (granulalangan) hamda kukunlangan mineral o’g’itlarni g’alla , sabzavot ekilgan va yaylov uchun ajratilgan yerlarga sepadi. Kuti 1 ning tagiga likopsimon miqdorlagichlar o’rnatilgan. Likop 8 majburan aylantiriladi. Likop 8 ustida ikkita parrak 4 lar kotirilgan.
O’g’it kuti tubidagi teshiklar orqali pastga, likop ustiga tukilib turadi. Burilayotgan likop ustidagi o’g’itni kuti tagidagi ochik joyga olib chikkanida, aylanayotgan parraklar uni sidirib, orqa tomonga irgitadilar. Tusik 5, o’g’it zarrachalarini yerga sochadi.
Mineral o’g’it sochgichning sodda va ko’p tarqalgan turi 62- rasm­da ko’rsatilgan. Uning markazdan qochirma apparati yordamida donalangan mineral o’g’it va siderat (yashil o’g’it) o’simligining urug’ini sepishni ta`minlash mumkin.
Tuzitkich 8, bunker 7 ga solingan o’g’itni pastga uzluksiz tushirib berish uchun xizmat qiladi. Sochilayotgan o’g’it miqdorini o’zgartirish uchun o’g’it to’kiladigan tarnov teshigini richag 6 yordamida tusik 10 larni bir-biriga yakinlashtirish yoki uzoklashtirish bilan sozlash mumkin.
Bunker tubi bilan tusiqlar orasiga zig-zag ko’rinishidagi to’kuvchi planka 11 o’rnatilgan, u val 9 yordamida tebranma harakatga keltirilsa, tarnov teshigidan o’g’itni sikib chiqaradi. Siqib chiqarilgan o’g’it, to’rt parrakli ikkita sochuvchi disk 12 larga tushadi. Sochuvchi disk reduktor 14 yordamida aylantiriladi. Tebrantiruvchi val 9, tukuvchi planka 11 va tuzitkich 8, konussimon reduktor 1 orqali harakatga keladi. To’kuvchi planka 11 ning tebranish amplitudasini, ya`ni sochilayotgan o’g’it miqdorini o’zgartirishda, sirpan­g’ich 5 ni obkash 4 bo’ylab siljitib o’zgartiriladi. Disklar markazdan qochirma kuch ta`sirida o’g’itni sochadi.




Kerakli miqdorda o’g’it sochishni ta`minlash uchun o’g’it tarnovi yoki to’kuvchi plankaning tebranish amplitudasi o’zgartirilishi lozim. Bunday mashina o’g’itni 10...11 m kenglikdagi yerga sochib beradi.
Organik o’g’it (go’ng, torf, kompost)ni sochish uchun asosan kuzovli pritsep (63- rasm) ko’rinishdagi mashinalar ishlatiladi. Mashinadagi apparatni yechib olib, o’rniga orqa bort o’rnatilsa, bu mashinadan transport vositasi sifatida ham foydalanish mumkin.
Kuzov tubida zanjir chiviqli transportyor 1 harakatlanib, go’ngning pastki qatlamini sidirib uni orqa tomonga suradi. Kuzovning orqa borti o’rniga sochuvchi — shneksimon 3 va maydalovchi 2 barabanlar o’rnatiladi. Transportyor va sochuvchi shneksimon baraban traktorning quvvat olish validan harakatlanadi. Sochilayotgan go’ng miqdori transportyor zanjirining tarangligi hamda harakat tezligini sozlab, o’zgartiriladi.
O’g’it sochgich o’lchamlarini aniqlash
Mineral o’g’itni sochish uchun gorizontal tekislikda aylanadigan disklar ishlatiladi. Disk ustiga tushgan o’g’it zarrachalari qovurg’alar ta`sirida kerakli va belgilangan joyga sochiladi. Katta ish unumiga ega bo’lgan mashinalarga ikkita disk o’rnatilib, o’g’it 120- a rasmdagidek sochiladi. Diskning A nuktasiga tushgan o’g’it zarrachasi, uning chetiga siljib borgunicha disk burchagiga burilib ulguradi. Zarra diskning V nuktasidan boshlangich Va tezlik bilan chetga irg’itiladi va lx masofadagi S nuqtaga borib tushadi (64 - rasm). O’g’itningS nuqtagacha harakatini ikkiga bulish mumkin.
1. O’g’itning disk bo’ylab harakati.
2. Diskdan irgitilgan o’g’itning erkin harakati.

O’g’itning disk bo’ylab harakati zarra A nuktaga tushgan zahoti boshlanadi. Bu harakatni o’z navbatida, ikki qismga ajratiladi.
1. Diskka tushgan o’g’itning kovurgaga yetgunicha aylanayotgan yassi disk ustida logarifmik spiralga uxshash traektoriya buylab, bo’lgan harakati.
2. O’g’it zarrachasining kovurga bo’ylab nisbiy harakatda siljishi.
Kovurga bo’ylab siljiyotgan zarrachaga kuyidagi kuchlar ta`sir etadi:
1. Ko’chirma harakatdagi markazdan qochirma inertsiya kuchi Fm q m 2r
2. Kariolis inertsiya kuchi Fk q 2m r0;
3. Disk bilan ishkalan ish kuchi Fidqfmg;
4. Kovurga bilan ishkalan ish kuchi



Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish