7-ilova
“Blits-so’rov” topshiriqlari.
Logopediya so’zini izoxlab bering.
Logopediyani fan sifatida ta`riflab bering.
Logopediyaning predmeti, oob`ekti va ahamiyatini sharxlang.
Logopediya fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Logopediya qaysi fanlar bilan bog’langan?
Logopediyaning metodologik asoslarini sharxlang.
Logopediya qaysi tamoyillarni o’z ichiga oladi?
Logopediya fanining metodlarini yoriting.
Amaliy topshiriqlar.
Logopediya fanining surdopedagogika, oligofrenopedagogika, tiflopedagogika fanlari bilan o’xshash va farqli tomonlarini aniqlang.
Logopediya fan sifatida.
Logopediya fanining amaliy ahamiyatini yoriting.
Logoped shaxsiga qoyilgan talablarni aniqlang.
( izoh: mazkur topshiriq yozma amaliy ish sifatida yoziladi, bajarilgan ish taqdimoti o’tkaziladi topshiriladi.)
8-ilova
“Venn”diagrammasi
Normal nutqiy rivojlanish jarayonida nutqni tashkil etuvchi komponentlarning tavsifi.
Nutqnnig rivojlanishi jarayoni hali tugalanmagan yoshda (2 yoshu 6 oy – 5 yosh) mutaxassis bola nutqida nimalar shaklanib bo‘lgan kerakligining nimalar endi rivojlanayotganligini, qaysi holatlar yaqin vaqt davomida umuman kuzatilmasligining chegerasini o‘rnatib ollishi kerak. Kichik yoshdagi bolaning nutqiy faoliyatini bunday tahlil qilish va baholashni normal nutqiy rivojlanishda bolalar nutqnnig shakllanishi haqidagi aniq ma’lumotlarga ega bo‘lmay turib amalga oishirb bo‘lmaydi.
Nutqning rivojlanishni lingvistik jihatdan chizg‘ichli shaklda quyidagicha tasvirlash mumkin: qiyqiriqlar – gugulash bo‘g‘inlarni talaffuz qilish so‘zlarni talaffuz qilish so‘z birikmalari gap bog‘langan nutq.
Qiyqiriqlar o‘z o‘zidan yuz beradi tug‘ilgandan 2 oylikka qadar:
Gugulash o‘z o‘zidan yuz bermaydi, uning namoyon bo‘lishi bolaning kattalar bilan muloqati bilan bog‘liqdir – 2 oydan 5 – 7 oygacha:
Bo‘g‘inlarni talaffuz qilish uning davomiyligi 16 – 20 haftalikdan 30 haftallika qadar (4 – 7,5 oylik).
So‘zlarni talaffuz qilish – so‘zlardan foydalanish bo‘g‘inlarni talaffuz qilish bilan hamkorlikda davom etadi. 11,12 oylik:
So‘z birikmalarning talaffuz qilinishi ikki va uch bo‘g‘inli so‘zlarni o‘zlashtirib olgach yuz beradi 1 yoyoshu 7 oylikdan 1 yoshu 9 oyllikka qadar:
Gaplarni qo‘llash ko‘rgazmali ayni vaziyat sharoitida 2 yoshdan, 2 yoshu 6 oylikdan – qayerda, qayerga, 3 yoshdan – nimaga qachon savollarini bera boshlaydi.
Bog‘langan nutq 3 yoshdan boshlab qisqa hikoyalarni hikoya qilish she’rlar ashulalar yodlash orqali namoyon bo‘ladi, asta – sekinlik bilan rasmlar asosida mustaiql ravishda hikoyalar tuzishga o‘tiladi, o‘yinchoqlar tasvirlanadi 4 yoshdan boshlab 5 yoshdan kontekst nutq elementlarini egallaydi. Besh yoshdagi bolalar nutqining tuzilish komponentlariga chuqurroq to‘xtalib o‘tamiz.
1.Iborali nutq.
Sodda keng tarqalgan gaplar, murakkab bog‘liqlikdagi 10 ta so‘zdan iborat bo‘lgan gaplarni qo‘llay oladilar.
2.Nutqni tushunish.
O‘zlariga qaratilgan nutqning ma’nosini tushunadilar, atrofdagilar nutqni e’tibor bilan tinglay oladilar.
3.Lug‘at boyligi.
Hajmi 3000 gacha bo‘lgan so‘z umulashtiruvchi tushunchalar (idish – tovoqlar, qiyim, mebel kabi) hosil bo‘ladi. Sifatni predmetlarning belgilari va sifatini ko‘p fo‘llaydilar: otlangan sifatlar bola nutqida hosil bo‘ladi.
4.Nutqning grammatik tuzilishi.
Ot va sifatlarni son va kelishik qo‘shimchalari jihatidan, ot va sonlarni moslay oladilar, so‘zlarni shaxsan jihatdan tuslay oladilar:
5.Tovushlarning talaffuz.
Tovshularni o‘zlashtirish jarayoni tugalanadi, nutq umuman olganda sof va aniq bo‘ladi so‘zlarni tovshular bilan to‘ldirish boyitish qofsiya tanishga qiziqish oratdi.
6.Fonematik idrok.
Fonematik eshituv yetarli darajada yaxshi rivojlangan sim – shim, tor – tur kabi so‘zlarni ajrata oladi; topshirilgan tovushni so‘zda mavjud yoki yo‘qligini aniqlay oladilar; so‘zdagi oxirgi va birinchi tovshuni ajratib beradilar, ma’lum tovushga so‘z topa oladilar; nutqning tempi, tebri va ovoz balandligini farqlaydilar. Lekin, so‘zni yuqori darajada analiz va sintez qilish maxsus o‘qitishsiz rivojlanmaydi.
7.Bog‘langan nutq.
Tanish ertak, qisqa matn (shakl marta, o‘qib berilgan) ni gapirib bera oladilar, she’rlarni ifodali o‘qiydilar; rasm va syujetli rasmlar asosida hikoya tuza oladilar; ko‘rgan va eshitganlari haqida to‘liq hikoya qilib bera oladilar; baxslashidilar, mulohaza yuritadilar, o‘z fikrlarini himoya qiladilar, do‘stlarini ishontiradilar.
Shartli etalonning asosiy vazifalari – tekshirish natijasida aniqlangan nutq holatini normadagi shartli etalon ma’lumotlari bilan solishtirish natijasida bolaning nuqsonli nutqi fazasini belgilash va unda til komponentlarining shakllanganlik darajasini baholash imkoniyati yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |