O'g'il bolalar kiyimlari uchun fason va gazlama tanlash


Sport va dam olish uchun mo‘ljallangan kiyimlar



Download 1,01 Mb.
bet8/31
Sana14.07.2022
Hajmi1,01 Mb.
#801129
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Bog'liq
1-22

Sport va dam olish uchun mo‘ljallangan kiyimlar.
Bizning zamonamizda sport va dam olish uzluksiz tushunchalardir.
Dam olish bu - turistik sayoxatlar, piyoda va changida sayrlar, suzish va tennis
o‘yinlaridir. Sport va dam olish uchun mo‘ljallangan kiyimlar qulay, gigienik,
ko‘rkam va yil fasliga mos ravishda bo‘lishi lozim.
Sport va dam olish uchun mo‘ljallangan liboslar assortimenti xilma-xil.
Biroq shimlar, sviterlar, kurtkalar ayollar, erkaklar va bolalar uchun umumiy
kiyim hisoblanadi. Yozgi kiyimlar assortimenti ichida cho‘milish va plyaj uchun
kerakli bo‘lgan kiyimlar katta o‘rin egallaydi. Ayollar va qizlar chumiladigan
kiyimlar bu - to‘liq kupalnik, "bekini", erkaklar uchun esa shortik va plavkalar.
Dam olish va sport uchun kiyimlarni modellashtirishda shuni yodda
tutish kerakki, bu kiyimlar ularni bezatish nuqtai nazaridan dekorativligi bilan
bir-biridan farq qilishi zarur.
Xalq ijodi va milliy kiyimlar zamonaviy dekorativ libos yaratishda juda
katta ahamiyatga ega.
Bolalar ustki kiyimini konstruksiyalash
Quyidagi bolalar jaketining asosiy chizmasi keltirilgan bo‘lib,
chizmani qurishdan oldin buyumning kengligi va uning asosiy bo‘laklari
aniqlanadi.
Buyumning AA1 ko‘krak kengligi teng:
AA1=OgII+Psd+Pdk+Ptex
Bunda:
OgII-ko‘krakning ikkinchi aylanasi;
Psd-erkin harakat uchun qo‘shimcha haq;
Pdk- dekorativ konstruktiv qo‘shimcha haq;
Ptex- texnologik qo‘shimcha haq;
Psd, Pdk va Ptex o‘lchamlari umumiy qo‘shimcha haq P1 obshiydan
olinadi. U quyidagicha taqsimlanadi: orqa bo‘lakka 30%, o‘mizga 30%, old
bo‘lakka 40%.
SHunda orqa kenglik SHsp teng:
SHsp=SHs+0,3P1obsh.
Old bo‘lak kengligi SHpol teng:
SHpol=(SHg+1)+0,4P1obsh
O‘miz kengligi SHpr teng:
SHpr= AA1-(SHsp+SHpol)
Bolalar kiyimining asosiy chizmasini qurish.
Orqa va old bo‘lagini qurish. A nuqtali to‘g‘ri burchak yasaladi. Buyum
kengligi AA1 bo‘lagi. A nuqtadan o‘ngga gorizontal chiziq bo‘ylab
belgilanadi.A1 nuqtadan vertikal chiziq o‘tkaziladi.
ANga teng buyum uzunligi A nuqtadan pastga vertikal chiziq bo‘ylab
belgilanadi.(AN model bo‘yicha) aniqlanadi.
N nuqtadan o‘ngga gorizontal chiziq o‘tkaziladi va A1 vertikal chiziq
bilan kesishga nuqta N1 bilan belgilanadi.
A nuqtadan pastga orqa o‘miz uzunligiga teng AX0 bulagi
belgilanadi va orqa bo‘lak belgacha uzunlikka teng AT bo‘lak belgilanadi:
AX0=Dpz; AT=Dsp.t.
X0 va T nuqtalaridan o‘ngga gorizontal chiziqlar o‘tkaziladi. A1N1
chiziqlari bilan kesishgan nuqtalari X Mva T1 bilan belgilanadi.
Orqa kengligi X0M bo‘lagi X0 nuqtadan o‘ngga X0X bo‘ylab
belgilanadi:
X0M=SHsp
O‘miz kengligi MR bo‘lagi M nuqtadan o‘ngga X0X bo‘ylab
belgilanadi:
MR=SHpr
SHsp va SHpr oldidan tayyorlangan hisob bo‘yicha olinadiM
M va R nuqtalaridan vertikal yuqoriga AA1 chizig‘i bilan tutashgan
joygacha, pastga esa 3-4 smga chiziladi.AA1 bilan M nuqtaning kesishgan joyi a2
bilan belgilanadi.
O‘mizni chuqurligini belgilash uchun M va R nuqtalaridan pastga
MM1 va RR1-2,5 sm ga teng bo‘lgan bo‘laklar belgilanadi.



Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish