IMOM AL - BUXORIY
1. Islom dunyosining eng mashhur “muhaddislar imomi” unvoniga musharraf bo‘lgan adib kim? J: Imom al-Buxoriy.
2. Muhaddis so‘zining ma’nosi? J: Hadis biluvchi, hadis aytuvchi.
3. Hadis nima? J: Payg‘ambarimiz so‘zlari.
4. Imom kim? J: Namoz jamoa bo‘lib o‘qilganda, oldinda boshlab beruvchi.
5. Islomda islomiy yashash va o‘zaro muomala qilishning bosh kitobi nima? J: Qur’oni karim.
6. Vahiy so‘zining ma’nosi? J: Olloh taoloning o‘z sevgan bandasi diliga o‘z so‘zlarini, ya’ni ilohiy so‘zlarini solishi.
7. Qur’oni karimning yana bir nomi? J: Kalomi Olloh, xalq orasida “Kalo-mulloh” deyiladi.
8. Qur’ondan keyingi eng muhim qo‘llanma? J: Hadislar.
9. Hadislarni yig‘ish qachondan boshlangan? J: Payg‘ambarimiz yashagan davrlardan.
10. Hadislarni yig‘ganda nimaga alohida e’tibor berilgan? J: Hadislarning kim tomonidan aytilganiga va ularning shaxsiga.
11. Hadisshunoslik fani nima bilan shug‘ullanadi? J: Hadislarning sahihlarini nosahihlaridan ajratish bilan.
12. “Sahih” so‘zining ma’nosi? J: Ishonchli.
13. “Nosahih” so‘zining ma’nosi? J: Ishonchsiz.
14. Hadislar kimlardan yig‘ilgan ? J: Roviylardan.
15. Roviylar kimlar? J: Ma’lumot beruvchi, aytuvchi.
16. Roviylar necha xil bo‘ladi? J: 2 xil: 1. Sahobalar. 2. Tobeinlar.
17. Sahobalar kimlar? J: Payg‘ambarimizni ko‘rgan va u kishi bilan suhbat-da bo‘lganlar.
18. Tobeinlar kimlar? J: Payg‘ambarimizni emas, sahobalarini ko‘rib ular-dan eshitganlarini aytuvchilar.
19. Hadislar nechta qismdan iborat? J: 2 qismdan: 1. Sanad. 2. Matn.
20. Sanad nima? J: Payg‘ambarimiz so‘zlarining qachon, qanday sharoitda, kimlar huzurida aytilganligi haqidagi hujjat.
21. Matn nima? J: Hadisning mazmuni.
22. Imom al-Buxoriyning ismi? J: Muhammad.
23. Buxoriyning otasining ismi? J: Ismoil.
24. Imom al-Buxoriy qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 810-yil 21-iyun Buxoro shahri.
25. Imom Buxoriyning otasi kim edi va nima bilan shug‘ullangan? J: Muhad-
dis, ba’zan tijorat bilan shug‘ullangan.
26. Kim haqida zamondoshlari uning xonadoniga mehnatsiz topilgan biror dirham ham pul kirgan emas deb yozadilar? J: Otasi Ismoil Buxoriy haqida.
27. Kimning onasining tushida Ibrohim alayhissalom “Ey volida, duolaring sharofatidan Olloh o‘g‘lingga ko‘rish ne’matini qaytardi!” deb hitob qiladi? J: Imom Buxoriyning.
28. Imom Buxoriy necha yoshidan o‘z zehni va yod olish quvvati bilan ustoz-larini shoshirib qo‘ydi? J: O‘n yoshidan.
29. Imom Buxoriy necha yoshida minglab hadislarni yod olib, ularni “sahih” va
“nosahih”ligini isbot qilib bera olgan? J: 16 yoshidan.
30. Imom Buxoriy qayerlarni kezib, ilm o‘rgandi? J: Kesh bilan Mavrdan Makka-yu Madinagacha, Balx bilan Hirotdan Bag‘dod-u Basragacha, Ni-shopurdan Misr va Shomgacha.
31. Imom Buxoriy bizga nechta asar qoldirgan? J: 20 dan ko‘proq.
32. Imom Buxoriy “Al jome’as-sahih” (Ishonchli to‘plam) kitobi ustida necha yil ishlagan? J: 16 yil.
33. “Al jome’as-sahih” kitobiga nechta hadis kiritilgan? J: 7397 hadis (600 ming hadisdan saralab olingan).
34. Imom Buxoriy qanday unvonlar olgan? J: “Muhaddislar imomi”, “Mu-haddislar sultoni”.
35. Imom Buxoriy Buxoro amiri Xolid ibn Ahmadga nima uchun dushman bo‘lib qoladi? J: Amir bolalariga saroyga kelib, dars berishni istamagani va amir chopariga: “Men ilmni xor qilmayman, uni hukmdorlar eshigiga olib bormayman” degani uchun.
36. Imom Buxoriy qachon va qayerda vafot etgan? J: 870-yil 31-avgust Samarqand viloyati Payariq tumani Xartang qishlog‘ida.
Do'stlaringiz bilan baham: |