«Одоб саломдан бошланади»



Download 345 Kb.
Sana31.08.2022
Hajmi345 Kb.
#847946
Bog'liq
зумратойлар машгулот




Бухоро шахар

Maktabgacha ta`lim bo`limiga
qarashli 64-maktabgacha ta`lim tashkiloti
Катта tarbiyachisi ning ”Zumradoylar davrasi” haftaligida ”Odob salomdan boshlanadi” mavzusida tayyorlagan


«Odob salomdan boshlanadi»
Maqsad:
B olalarda kattalarga va tengdoshlariga nisbatan samimiy munosabatda bo‘lish malakasini shakllantirish. Kattalarga assalomu-alaykum degan so‘zni to‘g‘ri va to‘liq aytib salomlashishga o‘rgatish. Bolalarga «Assalomu alaykum»-senga salomatlik tilayman, degan ma’noni anglatsa «Vaalaykum assalom» -―sizga ham salomatlik tilayman ekanligini tushuntirish. O‘zbekona milliy salomlashishning o‘ziga xosligi: tabassum, ochiq chehra samimiy mehr bilan bir-biriga boqish, «Assalomu alaykum» deb salomlashganda ochiq chehralik va tabassum bilan salom beruvchi, alik oluvchilarning tovushlari bir- birlariga eshitarli bo‘lishi kerakligini tushuntirish.
Kerakli jihozlar: Mavzu bo‘yicha mazmunli rasmlar.
Suhbatga tayyorgarlik: bolalarning ota-onasi, opasi yoki akasidan (2 nafar kishidan) suhbat vaqtida yordam berishni iltimos qilish.
Suhbatning borishi:
Suhbatni ―Bir-birimizga mehr beramiz amaliy mashqi bilan boshlash maqsadga muvofiq.
Amaliy mashq: “Bir-birimizga mehr beramiz”
Mashqning maqsadi: bolalarda bir-birlariga mehr uyg‘otish, o‘rtoqlariga mehribon bo‘lib, inoq-totuv munosabatda bo‘lishni tarbiyalash.
Mashqning borishi:
Tarbiyachi: hozir hammamiz doira bo‘lib turib olamiz. Hammamiz bir-birimizni qo‘llarimizni ushlab, bir-birimizga qarab mehr bilan boqamiz. (Tarbiyachi bolalarga bir-biriga mehr bilan boqishni ko‘rsatib beradi: har bir bolaga birma-bir kulib boqadi. Keyin har bir bola birma-bir tarbiyachi va bolalarga mehr bilan kulib boqadi).
Tarbiyachi: Bolajonlar, mehr bilan boqishni o‘rganib oldingiz, endi hamisha shunday mehr bilan boqib yuring. O‘rtoqlaringiz bilan ahil-inoq bo‘lib o‘ynang. Uyga borganda bu mashqni aka-opalaringiz bilan birga takrorlang.
Bolajonlar, diqqat bilan eshiting, hozir o‘rtoqlaringiz sizlarga ―Assalom haqida she’r aytib beradilar. (Bolalar T.Yo‘ldoshning ―Salom she’rini aytib beradilar).
S alom
Salom bilan boshlanar,
Bilsang odob va ahloq.
Salom bilan begona,
Bo‘lar tezda do‘st-inoq.
Salom, assalom ming-ming,
So‘zlar ichra durdona.
Salom har bir bolaning,
Odobidan nishona.
Tarbiyachi: Bugun men sizlarga kattalarni ko‘rganda darrov salom berish kerakligini aytmoqchiman. Salom berish yaxshi odat. YAxshi odatlar doim kattalarni xursand qiladi. Siz kattalarga salom bersangiz ular xursand bo‘ladilar, sizni odobli bola ekan, deydilar. Bolajonlar, siz kattalarni ko‘rganda qanday salom berasiz?
Bolalarning javobi.
Tarbiyachi: Bolalar, kattalarga to‘g‘ri salom berishni oldin men ko‘rsataman, keyin hammamiz birgalikda bajaramiz. Qo‘limizni ko‘ksimizga qo‘yib, sal oldingi engashib, jilmayib, ―Assalomu – alaykum, deymiz. Kelinglar, hammamiz o‘rnimizdan turib birgalikda bajaramiz. Qo‘limizni ko‘ksimizga qo‘yamiz, jilmayib, ozroq engashib salom beramiz — Assalomu-alaykum.
Barakalla, bolajonlar, hammangiz chiroyli salom berishni o‘rganib oldingiz. Uyda buva-buvingizga, ota-onangizga ―Assalomu – alaykum - , deb salom berishlaringiz kerak. Ko‘chada, bog‘chada kattalarga ko‘limizni ko‘ksimizga qo‘yib ―Assalomu— alaykum, deyishimiz kerak. Bolajonlar, siz har kuni bog‘chaga kelganda o‘rtoqlaringiz bilan ham salomlashishingiz kerak.
Amaliy mashq: “Salom berishni o‘rganamiz”
Mashqning maqsadi: bolalarga o‘zlaridan kattalarga salom berishni
o‘rgatish va bunga odatlantirish.
Mashqning borishi:
T arbiyachi: hozir xonaga o‘rtog‘ingiz Sunbulaning onasi Manzura opa kiradilar. Biz ular bilan salomlashamiz. Manzura opa guruhga kirib kelishlari bilan, sizlar, o‘rningizdan turib, ko‘lingizni ko‘ksingizga qo‘yib ―Assalomu-alaykum deb salom berasizlar.
Bolalar Manzura opaga salom beradilar.
So‘ng yana bir bolaning onasi (otasi, opasi yoki akasi) kirishi mumkin.
Tarbiyachi: Bolajonlar, chiroyli qilib salomlashishni o‘rganib oldingiz, endi hamisha honamizga katta kishilar kirganda, shunday salomlashish odobiga rioya qiling.
Uyga vazifa:
Bolalarga:
Bolalar, uyga borganda to‘g‘ri salomlashishni o‘rganganingizni ota-onangizga aytib, ko‘rsatib bering
Ota-onangiz bilan yoki oilaviy tushgan suratingiz bo‘lsa olib keling. Keyingi suhbatda biz ota-onalarni hurmat qilish, ular oldida odob saqlash, ota-ona ruxsatisiz uzoq joylarga ketmaslik, ularga yolg‘on gapirmaslik haqida suhbatlashamiz. Ota-onalaringizdan odobli bola, yaxshi bola qanday bo‘lishini so‘rab keling.
Ota-onalarga:
Bolalar bilan bugun qanday mavzuni o‘rganini so‘rab suhbat o‘tkazishlari, ―Ota-onamni yaxshi ko‘raman mavzusida bolalar bilan qisqa suhbat o‘tkazishlarini iltimos qilish. Oilaviy tushgan rasm bo‘lsa, olib kelish. Bu vazifaning zaminida kelgusi suhbat mavzusiga bolalarni tayyorlash, ularni mashg‘ulotda faol qatnashishga undash turadi.
Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish