Davlat tipologiyasi – davlatning mohiyatan o‘ziga xos xususiyatlarini ajratish yoki biror tipga mansubligini belgilashda foydalaniladigan ta’limot, bilimlar tizimidir. Davlat tipologiyasida davlatlarni muayyan mezonlar aso- sida turlarga ajratish, tasniflash amalga oshiriladi. Huquqshunoslik fanida davlat tipologiyasini o‘rganishda ikki xil yondashuvni, ya’ni formatsiyaviy (tarixiy materialistik) va sivilizatsiyaviy (ma’rifiy) yondashuvni ko‘rsatish mumkin.
Formatsiyaviy yondashuvning mohiyati shundaki, ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyalarning almashinuvi ijtimoiy inqiloblar natijasida sodir bo‘ladi va bu davlatning bir tarixiy tipidan boshqa, undan yuqoriroq ikkinchi tipiga o‘tishini nazarda tutadi. Formatsiyaviy yondashuv fanda sinfiy yondashuv deb ham yuritilib, unda davlat tipologiyasining asosiy mezoni ijtimoiy-iqtisodiy for- matsiyalar hisoblanadi. Mazkur tipologiyada, birinchidan, davlatlar muayyan ijtimoiy-iqtisodiy omillar asosida tiplarga ajratiladi; ikkinchidan, davlat- larning tabiiy-tarixiy xususiyati ularning o‘z taraqqiyotida ma’lum bosqichlarni o‘tishini ko‘rsatadi.
Formatsiyaviy yondashuv bir tipdagi davlatning boshqasiga faqat sotsial inqilob orqali o‘tishini tan oladi. Ushbu tipdagi davlatlarda hokimiyat hukm- ron sinfning manfaati uchun xizmat qiladi. Ya’ni, davlatning ijtimoiy vazifasi sinfiy manfaatlarni amalga oshirishdan iborat bo‘ladi. Masalan, quldorlik dav- lati – quldorlarning, feodal davlat – yirik yer egalarining irodasini ifodalaydi. Shunday qilib, davlat va huquqqa formatsiyaviy yondashuv aniq ifodalangan sinfiy xususiyat kasb etadi. Bunda ishlab chiqarish munosabatlari tipiga ko‘ra quldorlik, feodal, kapitalistik va sotsialistik davlat turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
An’anaga ko‘ra, quldorlik davlati tarixdagi birinchi davlat tipi hisobla- nadi. Ushbu davlat tipining paydo bo‘lishi eramizgacha bo‘lgan IV-III asrlarga to‘g‘ri keladi. Bunday davlatlar Qadimgi Misr, Qadimgi Bobil, Qadimgi Xitoy, Qadimgi Hindiston va ikki daryo oralig‘ida paydo bo‘lgan. Quldorlik davlati tizimi Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rim antik davlatlarida eng to‘liq tarzda rivojlangan.
Ekspluatatsiya shaklining o‘zgarishi quldorlik tipidagi davlatning feodal davlati bilan almashishiga olib keldi. Yevropada uning paydo bo‘lishi yangi eraning V–XI asrlariga to‘g‘ri keladi. Feodal jamiyatning asosini feodallarning yerga bo‘lgan xususiy mulkchiligi tashkil etar edi, feodal davlat esa feodallar sinfining diktaturasi sifatida maydonga chiqadi.
Ishlab chiqarishning yanada o‘sishi, savdo va sanoatning rivojlanishi yan- gi davlat tipi – kapitalistik davlatning paydo bo‘lishiga olib keldi. O‘zgalar mehnatidan foydalanishning kapitalistik shakli quldorlik va feodal shakllardan
farq qiladi. Bunda u mehnatkashlarning ekspluatatorlarga shaxsan, ochiqdan- ochiq qaramligiga emas, balki rasman erkin, biroq ishlab chiqarish vositalari- dan mahrum bo‘lgan va shu sababli yashash uchun o‘z kuchini kapitalistik korxonalarning egalariga sotishga majbur bo‘lgan yollanma ishchilar sinfining yashirin iqtisodiy qaramligiga asoslanar edi.
Kapitalistik tuzumdagi davlat yaqin vaqtlargacha ekspluatatsiya qilinuvchi- larni ekspluatatorlarga bo‘ysundirishida yordam beruvchi, ularni jamiyatni tashkil etishning muayyan tarixiy shakliga mos keluvchi tartiblarga rioya qilishga majbur qiluvchi mashina bo‘lib keldi.
Biroq keyingi o‘n yilliklarda kapitalistik jamiyatda jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Ijtimoiy manfaatlar sinfiy manfaatlardan, umuminsoniy manfaatlar mil- liy manfaatlardan, umumiy manfaatlar xususiy manfaatlardan ustunlik qila boshladi. Demokratik g‘oyalar va institutlar (tashkilotlar) keng yoyila boshladi, bu jamiyatning rivojlanishida davlatning o‘rni va ahamiyatiga ta’sir qilmasdan qolmadi. Davlat faoliyatining mazmuni, uning ijtimoiy yo‘nalishi jiddiy ravishda o‘zgara boshladi. Davlat zo‘rlik, majbur qilish vositasidan tobora butun jamiyat ishlarini boshqarish mexanizmiga aylana bordi.
Sotsialistik davlat to‘g‘risidagi g‘oyalar sinfiy nazariya (markscha-lenincha ta’limot) tarafdorlari asarlarida paydo bo‘lgan. Ular o‘z asarlarida sotsialistik davlatni boshqa tipdagi davlatlarga qarshi qo‘yib, asosiy tafovut hokimiyat- ning ekspluatatsiya qiluvchi ozchilik qo‘lida bo‘lishi va undan ekspluatatsiya qilinuvchi ko‘pchilik qarshiligini bostirish uchun foydalanishda, deb uqtirgan- lar. Ularning fikricha, sotsialistik davlat «sotsialistik inqilob» natijasida paydo bo‘ladi, ya’ni siyosiy hokimiyat zo‘ravonlik orqali egallab olinadi. Bu jarayon eski davlat mashinasini sindirish va proletariat diktaturasini o‘rnatish zarurligi bilan bog‘lanadi. Ayni paytda sotsialistik inqilob g‘alabasidan so‘ng hokimiyat ishchilar sinfi qo‘lida bo‘lishi rejalashtiriladi. Ishchilar sinfi esa butun xalq man- faatlari yo‘lida ekspluatator sinflar qarshiligini bostiradi va butun xalqni yangi hayot qurish uchun o‘ziga ergashtirishga intiladi.
Sinfiy tipologiya ta’limoti mamlakatimizda sobiq sovet Ittifoqi parcha- langunga qadar yagona g‘oya sifatida e’tirof etib kelindi. Ushbu ta’limotning asosiy kamchiligi shundaki, u dunyodagi barcha davlatlarni yagona sinfiy tipologiyaga kiritgan holda, bu boradagi milliy, madaniy, diniy va boshqa bir qator omillarni inkor etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |