Soliqlarning joriy etilganligi – davlatning asosiy belgilaridan biri bo‘lib, u aholidan davlat apparatini saqlab turish, faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan moddiy mablag‘larni undirib olishda ifodalanadi. Mamlakatning davlat budjeti aholidan, turli xil xo‘jalik subyektlaridan olinadigan soliqlar va yig‘imlardan kelib tushadigan daromadlar hisobiga to‘ldiriladi hamda ushbu moliyaviy mablag‘lar jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy hayot sohasini ta’minlash uchun maqsadli sarf etiladi.
Davlatning soliq siyosati natijasida to‘plangan mablag‘lar hisobidan na- faqat davlat apparatining faoliyati jarayonida, balki mamlakatning ijtimoiy, iqti- sodiy, siyosiy va madaniy hayot sohalarini rivojlantirishda ham keng foydalani- ladi.
Tabiiyki, davlat tegishli moliyaviy vositalarsiz jamiyatning biron-bir so- hasini boshqara olishi yoki muayyan islohotlarni amalga oshirishini tasavvur etish qiyin. Chunki, mamlakatdagi mavjud tashkilotlar o‘z faoliyatlarida moli- yaviy resurs sifatida davlat budjetiga (davlat organlari) yoki xo‘jalik hisobidan tushgan daromadga tayangan holda ish yuritadilar va shu hisobidan davlat xizmatchilariga, ishchi va xodimlarga haq to‘laydilar. Ma’lumki, davlat xiz- matchilari (deputatlar, sudya, prokuror, hokimlar va boshqalar) moddiy ish- lab chiqarish bilan shug‘ullanmay, balki o‘z faoliyatida asosan boshqaruvni amalga oshiradilar. Shuning uchun mazkur doiradagi shaxslarga ish haqi, ularning pensiya ta’minoti va boshqa moddiy resurslar mamlakatning budjeti- dan ajratiladi. Bundan tashqari, davlat organlarining xizmat faoliyati uchun zarur bo‘lgan texnika, aloqa vositalari, kiyim-kechak va boshqa ashyolar dav- latning budjeti hisobidan ajratiladi.
Xo‘jalik hisobidan moliyaviy ta’minlanuvchi shaxslar guruhi esa, o‘z faoliyatlarida asosan moddiy ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadilar hamda o‘z daromadlarining umumiy foizidan kelib chiqqan holda ish haqi oladilar. Jum- ladan zavod, fabrika ishchilari, fermer xo‘jaligi a’zolari, xususiy tadbirkorlar va boshqalar shular toifasidandir.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan soliq siyosati va uning natijasida yig‘ilgan moliyaviy manbalar davlatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga qa- ratiladi, har yili davlat budjeti daromadlari va sarf-xarajatlari hisob-kitob qili- nadi hamda bu haqda xalqqa hisobot beriladi.
Demak, davlatning soliqlarni joriy etishi uning ajralmas belgisi hisoblanadi, soliq yig‘ishni amalga oshirmasdan yoki davlat budjetini moliyaviy mablag‘lar bilan to‘ldirmasdan, davlat-siyosiy ahamiyatga molik biron-bir tadbirni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |