Davlatning normativistik nazariyasi. Mazkur ta’limotning yorqin
namoyondalaridan biri avstriyalik mutafakkir Gans Kelzen (ayni vaqtda legis- tik yondashuv vakili) davlat tushunchasini quyidagi ma’nolarda tavsiflaydi:
Birinchidan, davlat avvalo sof yuridik yondashuv nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilmog‘i lozim. U yuridik shaxs, «huquqiy fenomen», o‘ziga xos korporatsiya sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Davlat millat miqyosidagi huquqiy tartibdir. Yuridik fenomen sifatidagi davlat bilan huquq o‘rtasidagi munosabatga xuddi huquq bilan individum o‘rtasidagi munosabat tarzida qaralmog‘i kerak. Kelzen- ning fikricha, davlat huquqni o‘rnatishi yoki sanksiyalashdan qati nazar, xuddi individdek bo‘lishi, ya’ni o‘z xatti-harakatida huquq bilan bog‘liq bo‘lishi lozim. Ikkinchidan, davlat tushunchasi sotsiologik ma’noda xam ishlatilishi mumkin. Bu tarzda davlatga kandaydir «sotsiologik birlik», huquqiy tartib va huquqiy reallikdan mustaqil mavjud bo‘lgan «sotsial reallik» sifatida ham qaralishi mumkin. Sotsiologik nuqtayi nazardan qaraganda davlat uchun xos bo‘lgan jihat – uning jamiyatni boshqarish yuzasidan vakolatlarining bir qancha organlarga berilganligi, bir qator organlar qo‘lida to‘planganligidir. Shu bois jamiyatda hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan bir necha tuzilmalar mavjud. Uchinchidan, davlat tushunchasi jonli, tabiiy organizm sifatida ham bel- gilanishi mumkin. Bu yondoshuvga asoslangan holda, davlat «sotsial biologik shakl» sifatida namoyon bo‘ladi. Kelzenning bu qarashlari davlatning paydo
bo‘lishi to‘g‘risidagi organik nazariya tarafdorlari tomonidan qo‘llanilgan.
To‘rtinchidan, Kelzen va uning tarafdorlari davlatni «normalar tizimi»,
«normativ tartib», «siyosiy tashkillashgan jamiyat» «davlat-hokimiyat» deb bel- gilashgan, ta’riflashgan. Kelzenning fikricha, davlat siyosiy xususiyatga ega, va u avvalo siyosiy tashkilot sifatida namoyon bo‘ladi, chunki u «majburlov, kuch ishlatish tartibini» belgilaydi, zero u «kuch ishlatishga bo‘lgan monopol huquqqa ega»2.
Yana bir yondashuv – «huquqiy davlat» nazariyasiga alohida bobda mu- fassal to‘xtalamiz.
Shunday qilib, davlatning ijtimoiy hodisa sifatida murakkabligi, uning turfa talqini, uning tushunchasining turlichaligini belgilaydi. Shu bois turli davrlarda davlatni turlicha tushunish mavjud bo‘lgan. Davlatni sobiq sovet
1 Islomov Z.M. Davlat va huquq: umumnazariy masalalari. – T., 2000. – 100–101-betlar.
2 Qarang: Проблемы теории государства и права / Под. ред. проф. М.Н. Марченко. – М.: Юристь, 2004. – 74-bet.
tuzumi davrida sinfiylik nuqtayi nazaridan ta’riflangan. U «sinfiy jamiyatning siyosiy tashkiloti» sifatida talqin etilgan.
O‘tgan asr 80-yillarining o‘rtalaridan boshlab, davlatni ta’riflashda umumijtimoiy jihatni ko‘rsatish tomon siljish boshlandi va sinfiylikka berilgan urg‘u asta-sekin umum-ijtimoiy jihat tomonga surila bordi.
3-§.
Davlatning asosiy belgilari
Yurisprudensiyada davlat belgilari masalasi huquqshunos olimlarning doimiy tadqiqot obyekti bo‘lib kelgan. Zero, davlat
jamiyatning siyosiy tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlardan o‘ziga xos bir qator belgilari bilan farq qiladi. Olimlarning davlat belgilari xususidagi fikr- mulohazalari, dunyoqarashlari va yondashuvlari turlichadir.
«Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi» nomli asar muallifi –
F. Engels davlatning asosiy belgilari sifatida aholining hududiy bo‘linishi, ommaviy-siyosiy hokimiyat hamda soliqlar tizimining joriy etilishini ko‘rsatib o‘tgan. G.F. Shershenevich ham shunga o‘xshash uch belgi: «a) odamlarning birlashuvi; b) ular ustidan hukmronlik qiluvchi hokimiyat; v) shu hokimiyat ta’sir doirasidagi hudud»ni sanab o‘tgan.
Z.M. Islomov o‘z asarlarida davlatning umume’tirof etilgan belgilari sifa- tida fuqarolik, suveren hokimiyat, yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunlar, davlat funksiyasini bajarish uchun lozim bo‘lgan moddiy vositalar, mamlakatda qo- nuniylik va huquqiy-tartibotni o‘rnatuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar (sud, prokuratura, politsiya va h.k), hududiy yaxlitlikni ta’minlovchi qurolli kuchlarni sanab o‘tadi1.
Ba’zi ilmiy adabiyot va darsliklarda davlatning asosiy belgilari sifatida davlat suvereniteti, davlatning nomi, bayrog‘i, gerbi, poytaxti va konstitutsiyasining mavjudligi ham qayd etilgan. Biroq, bunday fikrlarni quvvatlab bo‘lmaydi. Dav- lat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi belgi-xususiyat emas, balki davlatning ramzlari- dir. Davlatning nomi uning mavjudligi va mohiyatini belgilaydigan omil emas. Davlatning poytaxti ham o‘zgarib turishi mumkin. Va nihoyat, konstitutsiya ham davlatning mavjudlik sharti emas. Masalan, Buyuk Britaniyaning konsti- tutsiyasi yo‘q, ammo u davlatlik sifatlarini yo‘qotgan emas. Konstitutsiyalar paydo bo‘lgunga qadar ham davlatlar mavjud bo‘lgan.
Davlat belgilari xususida huquqshunos olimlarning fikr va mulohazalari, yondashuvlari turli-tumanligi fanni boyitishga va bu sohadagi bilimlarni
1 Qarang: Islomov Z.M. Davlat va huquq nazariyasi. – T., 2007. – 180–181-betlar; Davlat va huquq nazariyasi // professorlar Х.B. Boboyev va H.T. Оdilqoriyevlarning umumiy tahririda. – T., 2000. – 76-bet.
rivojlantirishga xizmat qiladi. Zero, fandagi ilmiy yangiliklar o‘zaro ilmiy bahs va munozaralar natijasida shakllanadi.
Davlatning asosiy belgilari, uning jamiyatdagi turli nodavlat tashkilot- lar, ijtimoiy-siyosiy tizimning boshqa qismlaridan farqlarini ochishga imkon beruvchi jihatlari hisoblanadi. Davlatning belgilari sifatida kishilik jamiyati uyushgan davlat tashkilotining barqaror, qat’iy umurtqasini ifodalovchi jihat- lari maydonga chiqadi. Ular jamiyat rivoji bilan hamohang tarzda mazmunan boyib boradi, eski funksiyalar barham topib, yangi idoraviy tuzilmalar va funk- siyalar vujudga kelaveradi.
Davlatni boshqa jamoat tashkilotlaridan ajratib turuvchi asosiy belgilari hudud, fuqarolar, ommaviy hokimiyat, yagona soliq tizimi kabilar bo‘lib, maz- kur belgilarsiz davlat muayyan mavjudlik kasb eta olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |