Odilqoriyev X. T



Download 1,16 Mb.
bet345/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   370
Bog'liq
777 (1)

Intizomiy javobgarlik – korxona va tashkilotlarda belgilangan tartib-

qoidalarni buzish oqibatida kelib chiqadi. Intizomiy-huquqiy javobgarlikning belgilanish holatlari Mehnat kodeksi, korxona va tashkilotlarning ichki mehnat






1 Kаrimоv I.А. Mаmlаkаtimizdа dеmоkrаtik islоhоtlаrni yanаdа chuqurlаshtirish vа fuqаrоlik jаmiyatini rivоjlаntirish kоnsеpsiyasi. – T.: «O‘zbekiston», 2010. – 21-bet.
tartib-qoidalari hamda maxsus nizomlarda nazarda tutiladi. Intizomiy javob- garlik mehnat va xizmat intizomini, harbiy va boshqa intizomni buzish bilan bog‘liq bo‘lib, ularga idoraning ichki tartib-qoidalarini buzish, ishga kech kelish yoki ishdan barvaqt ketish va hokazo hollarda kelib chiqadi. Intizomiy- huquqiy jazo chorasini qo‘llash ichki ishlar organlari, mansabdor shaxslar va tegishli vakolatga ega bo‘lgan rahbarlar (ma’muriyat) tomonidan amalga oshiriladi. Mehnat intizomini buzgan xodimlar korxona, tashkilot va muas- sasa ma’muriyati tomonidan javobgarlikka tortiladilar. Fuqaro aviatsiyasi, temir yo‘l transporti xodimlari, sudyalar va boshqa ayrim toifa xodimlarning intizomiy javobgarligi to‘g‘risidagi masala maxsus intizomiy komissiyalar to- monidan tegishli nizomlar asosida ko‘rib chiqib, hal etiladi. 2017-yil 29-martda

«O‘zbekiston Respublikasining Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida»gi Qonuni qa- bul qilindi. Ushbu Qonunga muvofiq, Kengash sudya kadrlar zahirasini shakllanti- radi, sudyalarni davlat mukofotlariga taqdim etish, rag‘batlantirish, sudyalarni intizomiy, jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega1. Jinoiy va fuqarolik-huquqiy javobgarlikni belgi- lash faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. Ma’muriy va intizomiy-huquqiy javobgarlik ichki ishlar organlari, mansabdor shaxslar va tegishli vakolatga ega rahbar shaxslar (ma’muriyat) tomonidan amalga oshiriladi.

Yuridik javobgarlikni belgilashning asosiy maqsadi jazolash emas, balki huquq umumiy maqsadlarining muayyan ifodasiga qaratilgan bo‘lib, ular ijti- moiy munosabatlarning mustahkamlanishi, tartibga solinishi va himoyasida o‘zining ifodasini topadi. Bu maqsadlar, o‘z navbatida, huquqning tartibga soluvchi (regulyativ) va qo‘riqlovchi funksiyalari amalda bo‘lishini belgilaydi. Yuridik javobgarlikning asosiy funksiyasi qonuniylik va huquq-tartibotni muhofaza qilishdan iborat. Muayyan huquqbuzarga nisbatan javobgarlikning qo‘llanishi birmuncha tor maqsadni, ya’ni aybdorni jazolashni ko‘zlaydi. Bu bilan davlat o‘zining majburlov choralarini amalga oshira turib, yana boshqa bir maqsadni ko‘zda tutadi – bu maqsad kelajakda huquqbuzarlikni sodir etishning oldini olishga yoki bu haqda ogohlantirishga qaratilgan bo‘ladi.

Bu maqsadlar, o‘z navbatida, javobgarlikning ijtimoiy vazifalarini belgi- lab beradi. Ko‘p yillar mobaynida olimlar yuridik javobgarlikning maqsadi va prinsiplar xususida fikr-mulohaza yuritib, umumiy to‘xtamga kelganlar, deyish mumkin. Bu nuqtayi nazarni Ch. Bekkaria shunday bayon etgan: «... Hech bir jazo alohida fuqaro yoki ko‘pchilikning bir kishi ustidan zo‘ravonlik ishlatishi ifodasi bo‘lmasligi uchun u oshkora, tezkor, muqarrar, qonunda ko‘rsatilgan barcha qo‘llanishi mumkin bo‘lgan choralar ichida eng yengili, sodir etilgan






1 Хаlq so‘zi, 2017-yil 30-mаrt.
jinoyatga mutanosib bo‘lishi lozim»1. Yuridik javobgarlikni belgilashda quyidagi prinsiplarga amal qilinadi:

Adolatlilik – aybdor bo‘lmagan shaxslarning javobgarlikka tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik yoki sodir etilgan qilmishning isbotlanishi zarurligini talab eta- di, shuningdek qo‘llanilayotgan jazo sodir etilgan jinoyatga mutanosib bo‘lishi lozim.

Qonuniylik – huquq qoidalari talablarini qat’iy va aniq joriy etishdan iborat bo‘lib, yuridik javobgarlikka nisbatan bu talab faqat vakolatli davlat or- ganlari tomonidan qonunda belgilangan asoslarda hamda o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Bunda muomalaga layoqatli shaxsga nisbatan u huquqqa zid xatti-harakat qilgan taqdirdagina jazo qo‘llanilishi lozim.

Gumanizm (insonparvarlik) – yuridik javobgarlikka tortish jarayonida qonunda nazarda tutilmagan usullar, ya’ni qiynoqqa solish, jismoniy azob berish kabi insonning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi holatlarga yo‘l qo‘ymaslikni talab etadi, ayniqsa, jazo tayinlanayotgan vaqtda inson huquqlarining oliy qadriyat ekanligi e’tiborga olinishi lozim.

Jazoning asoslanganligi – bunda jazo tayinlash vaqtida sud ishni har tomonlama chuqur o‘rganib, tahlil qilib, aybini isbotlab, keyin jazo tayinlashi lozim.

Maqsadga muvofiqlik prinsipi sodir etilgan qilmishga nisbatan javobar- likning muqarrarligini anglatadi, chunki belgilangan jazo yuridik javobgar- likning maqsadiga muvofiq bo‘lishi lozim.

Javobgarlikning muqarrarligi – yuridik javobgarlik faqat huquqbuzar- lik asosida kelib chiqadi, u bilan bevosita bog‘liq. Sodir etilgan har qanday huquqbuzarlik uchun javobgarlik (jazo) albatta qo‘llanilishi shart, u muqarrar bo‘lmog‘i lozim. Hech bir huquqbuzarlik jazosiz qolmasligi shart.

Individuallik prinsipiga binoan sodir etilgan huquqbuzarlik uchun faqat aybdor shaxsning o‘ziga nisbatan javobgarlik qo‘llaniladi, jumladan, ota yoki onaning huquqbuzarligi uchun farzand yoki farzand uchun ota-ona javobgarlik- ka tortilishi mumkin emas. Jamiyatda har bir shaxs sodir etgan huquqbuzarligi uchun o‘zi javob beradi.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish