huquqiy munosabat orqali;
huquqiy munosabatdan tashqarida.
Huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning maxsus turi hamda huquqiy tartibga solishning alohida shaklidir.
Huquqiy tartibga solishning ushbu ikki shakli uchun umumiy jihat shun- daki, ular faoliyatining asosiy predmeti – hamisha subyektiv huquq bo‘lishidir. Huquqiy tartibga solish faqat kishilarning harakatlariga (faoliyatiga), munosa- batlariga qaratiladi. Huquqiy tartibga solish natijasida hamisha real munosa- batlar muayyan tarzda me’yorlanadi, «qolip»ga solinadi, barqarorlik kasb etadi. Muhimi, bu munosabatlar davlat tomonidan muhofazalanadi.
Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish aniq usullar yordamida amalga oshiriladi. Huquqiy tartibga solish usuli huquqiy tartibga solish predmetiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarga huquqiy ta’sir etishning yo‘llari yig‘indisi huquqiy tartibga solish metodi (usuli) deb ataladi. Huquqiy tartibga solish metodining ikki turi, ya’ni: avtonomiya metodi va avtoritar (geteronomiya) metodlari mavjud. Avtonomiya metodi asosida tartibga solinuvchi munosabatlarda taraf-
lar teng huquqli bo‘ladilar hamda ular qonunda belgilangan vakolatlar doirasida mustaqil faoliyat yuritadilar. Misol uchun, fuqarolik huquqiy munosabatlarini
1 Явич Л.С. Сущность права. – Л: ЛГУ, 1985. – 206-bet.
olaylik, ularda ishtirok etuvchi subyektlar qonun belgilagan me’yor ko‘lamida o‘z xatti-harakatlarini mustaqil kelishuv, shartnoma asosida erkin belgilaydilar. Avtoritar metod deganda, ijtimoiy munosabatlarga hukmronlik, buyruq (imperativ) tarzida qat’iy ta’sir o‘tkazish tushuniladi. Masalan, ma’muriy- huquqiy va jinoiy-huquqiy munosabatlarni olaylik. Bu munosabatlarda bir to- monda davlat (davlat idorasi yoki vakolatli mansabdor shaxs) namoyon bo‘ladi, ikkinchi tomondan esa, fuqaro maydonga chiqadi. Ma’muriy yoki jinoiy javob- garlikni qo‘llovchi vakolatli subyekt davlat hokimiyati nomidan ish ko‘radi,
ya’ni avtoritar metodga tayanib huquqiy tartibga solishni amalga oshiradi.
Demokratik jamiyatda huquqiy tartibga solish quyidagi xususiyatlarga
ega:
huquqiy tartibga solishning barqarorligi;
konstitutsiyaviy-tartibga solish ahamiyatining oshishi va ko‘lamining
kengayib borishi;
iqtisodiy, siyosiy, madaniy va mafkuraviy hayot sohalarida huquqiy tartibga solish rolining o‘sib borishi;
huquqiy tartibga solish jarayonida ijtimoiy o‘zini o‘zi boshqarish va ijtimoiy munosabatlarga jamoat ta’sirining o‘sishi;
ijtimoiy xulq-atvorni oldindan belgilash modellashtirish imkoniyatlarining oshib borishi;
huquqiy tartibga solishning xalqchilligi va samaraliligi;
huquqiy tartibga solishning faol, ijtimoiy xarakterga egaligi.
2-§.
Huquqiy tartibga solish mexanizmi va uning tarkibiy qismlari
Huquqiy tartibga solish mexanizmi jamiyatdagi turli-tuman ijtimoiy munosabat- larga muntazam ravishda va muayyan ket- ma-ketlikda ta’sir etish jarayonidir. Ijtimoiy munosabatlar mazmuni hamda huquqiy nor-
malar ruhi mamlakat intilayotgan maqsad va vazifalar, ya’ni: bozor iqtisodi- yotiga o‘tish, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish manfaatlari bilan uzviy bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |