15-VARIANT
1.HUQUQIY TARBIYA VA UNUNG MAZMUNI
TAYANCH SO’ZLAR: HUQUQIY ONG, HUQUQIY MADANIYAT, HUQUQIY TARBIYANING METOTDLARI , VOSITALARI, SHAKILLARI
2.XALQ OG’ZAKI IJODIDA TARBIYAGA OID MASALALARNING IFODALANISHI
TAYANCH SO’ZLAR: “AVESTO” ENG QADIMGI MA’RIFIY YODGORLIK, O’RXUN-ENASOY YODGORLIKLARI VA ULARNIN MA’RIFIY AHAMIYATI
JAVOBLAR
1.Huquqiy ong bu jamiyatda kishilarning huquq to’-risidagi qarashlaridir, chunki huquqiy normalar jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida kishilar o’rtasida turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim rol o’ynaydi.Huquq normalari bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda huquqiy ong ya’ni kishilarning huquqni bilishligi, huquq normalarini bajarishligin katta ahamiyatga egadir.Huquqiy ong jamiyatda ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan – falsafa, siyosat, din, axloqdan farq qiladi. U jamiyatda ijtimoiy ongning maxsus shakli bo’lib hisoblanadi, chunki huquqiy ong keng tushuncha bo’lib, jamiyatda huquqiy normalarni qabul qilish, ularni turmushda qo’llash, huquq to’-0risida bilimlarning, ya’ni huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya to’-risidagi murakkab ijtimoiy vazifalarni o’z ichiga oladi.
Huquqiy ong huquq bilan uzviy ravishda bo-liq.Huquqiy ong va huquqning munosabatlari uning quyidagi xususiyatlarida namoyon bo’ladi:
jamiyatda huquqiy ong qonun va boshqa huquq normalarini qabul qilishda turli –oyalarni rivojlantirishda, ularni qabul qilishda muhim rol o’ynaydi.
Jamiyatda huquqiy ong barcha fuqarolarning, davlat organlarini, ayniqsa huquqni muhofazo’a qiluvchi idoralar, sud , prokuratura, ichki ishlar idoralari, milliy xavfsizlik xizmati, adliya organlari va mansabdor shaxslarni huquqni hayotda to’-ri qo’llash uchun ular bilan turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyatga ega.
Jamiyatda huquqiy ong amadlagi davlatning harakatda bo’lgan huquqning huquqiy me’yorlarini tartibga solishda, kodifikatsiya qilishda muhim rol o’ynaydi.
Jamiyatda huquqiy ong boshqa ijtimoiy ong shakllaridan huquq, majburiyat, burch, huquqbuzarlik va unga qo’llaniladigan jazo choralari bilan farq qiladi.
Huquqiy ong davlatning huquqiy normalarni qabul qilish, huquqiy tashabbuskorlik faoliyatini amalga oshirishda, huquqiy normalarni turmushda qo’llashda ular bilan kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tarbibga solishda katta ahamiyatga ega. CHunki davlat miyyosidagi har qanday qonun va boshqa huquqiy normalar qabul qilishdan oldin huquqshunos mutaxassislar tomonidan o’rganilib chiqiladi. SHuning uchun huquqshunoslar siyosat va amaliyotni yaxshi bilsa, qabul qilinadigan huquq me’yorlari shunchalik mustahkam bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng fuqarolarning huquqiy ongliligi natijasida, huqushunos olimlarning faol ishtirokida bozor iqtisodiyotining huquqiy asosini yaratuvchi ko’pgina qonunlar, Kodekslar qabul qilindi.
Huquqiy ong huquq to’-risidagi kishilarning qarashlarini o’rgatar ekan, u o’zining tuzilishiga egadir, ya’ni huquiy mafkura va huquqiy psixologiyadan iborat.
Huquqiy mafkura deganda, jamiyatdagi turli sinflarning, tabaqa millat va elatlarning huquq to’-risidagi qarashlari tushuniladi. Jamiyatda qabul qilinadigan davlatning asosiy qonuni Konstitutsiya va boshqa qonunlar, huquqiy normalar jamiyatdagi millatlar va elatlar manfaati nuqtai nazaridan qabul qilinadi. Huquqiy mafkura har bir davlatda huquqdan tashqari, huquqshunoslik fanlarini ham o’z ichiga oladi.
Huquqi ypsixologiya deb jamiyatdagi har bir kishining huquq to’-risidagi qarashlari, bilimlari tushuniladi. Uning paydo bo’lishi va rivojlanishida jamiyatdagi barcha ijtimoiy guruhlar va kishilar qatnashadi. SHuning uchun huquqiy mafkura va huquqiy psixologiya bir biri bilan bo-liqdir.
Jamiyatda huquqiy ongni rivojlantirishda, huquqiy normalarni qabul qilishda huquqiy mafkura asosiy hal qiluvchi rol o’ynaydi.CHunki huquqiy mafkurajamiyatdagi huquqiy ustqarmaning mavjudligini, talabga javob berishini, huquqiy normalarning kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib mustahkamlashga va rivojlantirishga katta yordam beradi.
Huquqiy psixoloigya huquqiy mafkurani ta’minlab turuvchi ozuqadir.CHunki u huquq to’-risida alohida shaxslarni va jamoatchilikning huquqiy ongidan tashkil topgan.
2. «Avesto» tarbiyaviy manba sifatida. «Avesto» asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid fikrlar ifoda etilgandir. Mazkur asar g’oyalari orqali qadimgi davrlarda mamlakatimiz hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma'rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida muhim malumotlarga ega bo’lamiz. « Avesto » diniy xarakterga ega bo’lish bilan birga, o’zida falsafiy, siyosiy, filologik, va tarbiyaviy masalalarni ham qamrab olgan.
Zardushtiylik dinining g’oyalari xususida so’z borganda, ularning to’g’rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanganligini alohida ta'kidlab o’tish lozim.
Ushbu afsonada gunoh va uning jazosi, poklikning mohiyati ta'riflanib olov, suv, er, chorva, daraxt hamda o’simliklar ulug’lanadi, kohin, harbiy, dehqon va chorvadorlar sharaflanadi. Hayvonlarga zulm o’tkazish eng katta gunoh sifatida qoralanadi. Mazkur bo’limda shaxsiy gigienaga amal qilishga oid qoidalar–tirnoq va sochni parvarishlash masalalari yuzasidan fikr bildiriladi.
Bildirilayotgan fikrlardan anglashiniladiki, zardushtiylik dinining g’oyalariga ko’ra, shaxsning axloqiy xislatlarga ega bo’lishi Adolat o’lkasini qaror toptirishda tayanch omil bo’lib xizmat qiladi. Zardushtning asosiy yo’riqlaridan biri ham Axura Mazdaning ko’makchisi sanalgan inson sa-hovatli bo’lishi kerak, degan aqidadir. Garchi, zardushtiylikda diniy rasmrusumlarga rioya etish, Zardusht tomonidan ilgari surilgan barcha axloqiy yo’l-yo’riqlarni bajarish har bir kishining muqaddas burchi ekanligi e'tirof etilishi bilan birga, dunyoviy ishlar va ularning mohiyati ham ochib beriladi.
«Yaxshi fikr» iborasining mazmuni o’zida ilohiy qonun ruhidagi g’oyalarga ega bo’lish, yaqin kishisiga nisbatan mehribonlik ko’rsatish, muhtojlarga ko’maklashish, yovuzlikka qarshi kurashga doimo tayyor turish, kishilarning baxt-saodati yo’lida harakat qilish, ahillik, qabiladoshlar bilan birga do’stlik va totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini aks ettiradi. Inson fikran ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi, jaholatlarga berilmaydi. Zero, bunday ruhiy holatda inson yaxshilik haqida o’ylamaydi, burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |