Anglo-sakson huquq oilasi. Roman-german huquqiy tizimi davlatlaridan farq qilib, anglo-sakson huquq oilasiga kiruvchi davlatlarda sudyalar tomoni- dan shakllantirilgan va sud presedentlarida ifodalangan normalar huquqning asosiy manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Ingliz-amerika umumiy huquqi (common law), rim huquqi kabi «himoya bor joyda huquq bor» prinsipiga asosan rivojlan- gan «adolat huquqi» nizomlari bilan to‘ldirilgan va takomillashtirilgan ingliz umumiy huquqini kodifikatsiya qilishning barcha urinishlariga qaramasdan (I. Bentam), u sudlar tomonidan tuzilgan presedent huquqidir. Bu statut (qo- nunchilik) huquqi rolining o‘sishini istisno qilmaydi. Shunday qilib, ingliz huquqi uch tarkibiy qismdan iborat tuzilishga ega bo‘ldi: umumiy huquq – asosiy manba; ushbu asosiy manbani tuzatuvchi va to‘ldiruvchi adolat huquqi; statut huquqi – parlament tomonidan chiqarilgan yozma huquq.
Ingliz – amerika huquq oilasida ingliz huquqi guruhini va shakllanish nuqtayi nazaridan u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan Amerika Qo‘shma Shtatlari huquqini farqlash lozim. Ingliz huquqi guruhiga mansub mamlakatlarga Angliyadan tashqari Shimoliy Irlandiya, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya hamda Britaniya ittifoqining sobiq koloniyalari (hozirgi paytda 36 ta davlat Hamdo‘stlik a’zosi hisoblanadi) kiradi. Ma’lumki, Angliya ko‘p yillar mobaynida yirik mustamlakachi davlat bo‘lgan, mana shu qaram davlatlarning hududida ingliz umumiy huquqi tarqalgan. Shu bois bugungi kunda dunyo aholisining uchdan bir qismi ingliz huquqi normalari asosida yashamoqda.
Ingliz-amerika huquq oilasida Angliya huquqi guruhini va kelib chiqishi jihatidan u bilan bog‘liq AQSh huquqini farqlash kerak. AQSh huquqi ingliz umumiy huquqiga asoslangan bo‘lsa-da, hozirgi paytda to‘la mustaqildir. Fran- suz huquqi sezilarli rol o‘ynaydigan Luiziana shtati hududida ispan huquqi keng tarqalgan.
AQShda huquq tizimi Angliyaga nisbatan biroz farqliroq. AQSh tarki- bidagi shtatlar keng vakolatlarga ega bo‘lib, bu vakolat doirasida ular o‘z qonunlarini va presedent huquqi tizimini yaratadi. Har bir shtat sudlari o‘z yurisdiksiyasini mustaqil ravishda amalga oshiradi. Shuning uchun shtat sudi qaroriga shtatdagilar rioya qilishga majbur emas. AQSh statut huquqida ingliz huquqida bo‘lmagan kodekslar ham uchraydi. Bir qancha shtatlarda Fuqarolik kodeksi amal qiladi, shtatlarning 25 tasida Fuqarolik protsessual kodeksi, ham- ma shtatlarda esa, Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodekslari mavjud.
1 Dаvlаt vа huquq nаzаriyasi. Dаrslik. Mаs’ul muhаrrirlаr: prоf. Х.B. Bоboyev vа prоf. Х.T. Оdilqоriyev.
– T., 2000. – 395–396-betlar.
Anglo-sakson huquq oilasida yuridik presedent asosiy huquq manbayi vazifasini o‘taydi.
Yuridik presedent – ma’muriy yoki sud organining yozma yoki og‘zaki qarori bo‘lib, kelajakda xuddi shunday ishlarni ko‘rib chiqishda namuna, etalon bo‘lib xizmat kiladi. Yuridik presedent sud va ma’muriy presedentdan iborat bo‘lib, bir-biridan farq qiladi. Albatta, huquqiy presedent shakli sifatida sud yoki ma’muriy organlar yangi huquqiy normalar yaratish huquqiga ega bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda huquq o‘zining murakkabligi va chalkashliklari bilan farq qiladi. Bundan tashqari, bunda mansabdor shaxs tomonidan suiiste’mollik qilish ehtimoli bor. Shunday qilib, xususiy ishga taalluqli bo‘lgan sud qarorlari ikki yoqlama ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin: birinchidan, sud faoliyati nati- jasida ma’lum bir hodisani hal qilishi mumkin; ikkinchidan, bu sud qarorini kelgusida bo‘ladigan hodisalarga ham qo‘llash mumkin bo‘ladi. Ikkinchi holda esa, sud qarori huquq normasi bo‘lib xizmat qiladi, chunki u oldingi qabul qilingan qarorga (presedentga) asoslanadi.
Sud qarorlari presedent sifatida quydagicha bo‘ladi: birinchisi, ushbu nor- maning ma’nosini tushuntirib beradi, buni inglizlar declaratory precedent deb nomlaydi; ikkinchisi, qonun va odat normalari to‘g‘ri kelmay qolganda yangi normalar yaratadi, buni inglizlar oriqinal precedent deb nomlaydi. Ikkinchi holda ko‘rinib turibdiki, yangi norma haqida so‘z yuritilmoqda. Nima uchun sud qarori presedent sifatidagi normaga aylanishi mumkin? Chunki, hayotda huquqdan tashqari presedent ham katta rol o‘ynaydi. Haqiqatdan ham, kishilar doimo bo‘lib o‘tgan hodisaga asoslanadi, hatto u bir marta sodir bo‘lsa ham keyingi harakatlar uchun namuna bo‘lib qoladi.
Konstitutsiyaviy va ma’muriy huquq sohasida ham yuqorida aytib o‘tilgan hodisalarga, ya’ni oldin bo‘lib o‘tgan hodisalar asosida masalalarning hal qilinganini ko‘rish mumkin. Aksariyat xalqaro huquq qoidalari ham presedent ta’siri ostida vujudga keladi. Agar sud qarorlari asosida majburiy normalar ahamiyati tan olinsa, buning uchun tegishli asoslar bo‘lishi kerak. Bunda sudning aholi orasida hurmatga sazovor bo‘lishi, ya’ni, bitta ish yuzasidan qabul qilingan qarorni ikkinchi bir ishga ham ta’sirini o‘tkazish uchun emas, balki boshqa bir muhim asoslari bo‘lishi kerak, chunki sud qarorlari alohida ishonch yaratishi kerakki, bu sudga bo‘lgan hurmatni bildiradi. Bu shundan guvohlik beradiki, sud qarorining obro‘si uning faqat axloqiy asosga tayan- ganligidan emas, balki huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham o‘z faoliyatida asoslanganidan dalolat beradi. Muhimi, sudning qarori davlat hokimiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va uning nuqtayi nazariga moslashishi zarur, agar uni qo‘llash oqibatida noqulay holat kelib chiqmasa, sud qaroriga itoat etiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shu narsaga amin bo‘lish mum- kinki, sud qarorlariga har doim ham huquq shakli sifatida qarash kerak emas. Haqiqatdan ham, qabul qilingan qarorga ko‘ra sud o‘zining xizmat vazifasini buzmagan holda xuddi shunday ikkinchi ish bo‘yicha boshqacha qaror qabul qilishi yoki o‘sha birinchi qabul qilingan qarorga qarama-qarshi qaror qabul qili- shi ham mumkin. Demak, presedentdan voz kechiladigan bo‘lsa, unda huquq normasiga xos bo‘lgan majburiylik yo‘q, deb hisoblash lozim va yana bir holatga e’tibor qaratish mumkin, agar presedentning mohiyati oldin bo‘lib o‘tgan holatga asoslanadigan bo‘lsa, unda sud presedenti odat huquqiga o‘xshab ketadi, masa- lan, inqilobgacha knyaz Trubesskoy shunday yozgan edi: «Odat o‘z mohiyati- ga ko‘ra presedentga o‘xshab ketadi», ya’ni, odat bu ko‘p marta qaytariladigan presedentdir, yoki boshqacha aytganda, presedent ko‘p marta takrorlanadigan odatdir. Masalan, Odat huquqiga ko‘ra odam o‘ldirgan shaxs xun to‘lagan, bundan keyin xuddi shunday holatni takrorlagan shaxsga nisbatan ham shu jazo qo‘llanilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, sud amaliyoti, ya’ni sud presedenti huquq shakli bo‘lib hisoblanadigan mamlakat – Angliyadir, shuning uchun ham huquq presedenti ko‘p hollarda ingliz odat huquqi deb ham ataladi.
Hozirda huquqiy presedentga Angliya va uning sobiq mustamlakalari, Shimoliy Irlandiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiyadan iborat Britaniya hamdo‘stligi a’zolari amal qiladi. Shu bilan birga presedentga alohida guruh – AQSh davlati ham mansubdir, faqatgina Luiziana va Kaliforniya shtatlari bun- dan mustasno. XX asrda ingliz huquqi manbalari qatorida berilgan vakolat aso- sidagi qonunchilikning (delegirovannoye zakonodatelstvo) ahamiyati va hissasi keskin ortdi. Bunda parlament bir qator ustuvor sohalarda (masalan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot va sug‘urta sohasida) hukumatga qonunchilik hujjati qabul qilish vakolatini beradi. Ba’zan shunday vakolat vazirliklarga ham beriladi. Statut huquqi bilan berilgan vakolat asosidagi qonunchilikning rivoj topishi mamlakatning ichki ehtiyojlari sababli emas, balki xalqaro iqtisodiy va boshqa toifadagi hamkorlik sababli yuz beradi. Bu borada Buyuk Britaniya- ning Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan, shuningdek Yevropa iqtisodiy hamjami- yati bilan aloqalarining rivojlanishi alohida ahamiyat kasb etadi1.
Ingliz huquqi bilan AQSh huquqi bir huquqiy oilaga kirsa-da, ular o‘rtasida muayyan farqlar bor. Ingliz huquqida statutlarning roli yuqori bo‘lsa, AQShda qonunchilik hujjatlariga katta e’tibor qaratiladi; amerika huquqida kodifikatsi- yaga moyillik ustuvor; AQSh huquqiy tizimida ingliz huquqiga nisbatan sud
1 Mа’lumоt uchun: 2016-yil 23-iyundа Buyuk Britаniya sоbiq Bоsh Vаziri D. Kеmеrоnning tаshаbbusi bilаn Аngliyaning Yevrоpа Ittifоqidаn chiqishi to‘g‘risidа umummilliy rеfеrеndum o‘tkаzildi. Undа mаmlаkаt аhоlisining 72, 15 fоizi (46 mln. 501 ming 241 kishi) ishtirоk etdi. Buyuk Britаniyaning Yevrоpа Ittifоqidаn аjrаlib chiqishi(Breksit)ni yoqlаb rеfеrеndumdа ishtirоk etgаnlаrning 51, 89 fоizi оvоz bеrdi. Buni Yevrоpа Ittifоqi pаrchаlаnishining dаstlаbki qаdаmi dеyish mumkin.
presedentiga kamroq suyaniladi, lekin bu presedentlarning nufuzi pasayishini anglatmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |