ning taraqqiy etganlik darajasi, mamlakatdagi iqtisodiy,
ijtimoiy, siyosiy vazi- yat bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, aholining siyosiy-huquqiy ongi va madani- yatida namoyon bo‘ladi. Nafaqat huquqshunoslar, balki barcha fuqarolarning huquqiy tizim to‘g‘risida muayyan tasavvurga ega bo‘lishlari fuqarolik jamiyati barpo etish maqsadlariga erishish uchun nihoyatda muhimdir.
Mamlakatimiz milliy huquqiy tizimining mazmun-mohiyatini to‘la tavsif- lash uchun «huquqiy tizim» tushunchasini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Umu- man aytganda, «tizim» tushunchasi yunoncha «systema» so‘zidan olingan bo‘lib,
«qismlardan iborat butun» degan ma’noni anglatadi. Voqea va hodisalarni tizimli o‘rganish falsafa fanining alohida yutug‘i bo‘lib, bugungi
kunda barcha sohalar- ga, jumladan, huquq sohasiga ham joriy etilmoqda. Falsafiy nuqtayi nazardan
«tizim» ichki izchillik va o‘zaro
aloqadorlikni, munosabatlarning bir butunligini anglatadi. Tizimning muhim jihati uning strukturaviy xususiyatga ega ekanligi, ya’ni voqelikning ichki tarkibiy qismlarga egaligi, bu qismlar orasida pog‘onali bo‘ysunishning yuzaga kelishi hamda ularning
nisbiy mustaqilligidan iborat1.
Har bir fan o‘zi o‘rganayotgan obyektning mazmun-mohiyatini ochish- ga tobora chuqurroq kirib borar ekan, tadqiq etilayotgan ijtimoiy hodisalarga tizimli yondashuv, tizimli tahlil usullarini kengroq qo‘llay boradi. Bu esa, in- sonning o‘zini o‘rab turgan hodisalar to‘g‘risidagi bilimlarini tobora kengaytirib borishiga imkon beradi.
Tizimli tadqiqotlarning dolzarbligi ikki muhim holat bilan belgilanadi. Birinchisi, tabiiy va ijtimoiy hodisalarni tizimli, yaxlit tarzda anglash ehtiyoji o‘sib borayotganligi bo‘lsa; ikkinchisi, zamonaviy nazariy bilim va amaliy faoli- yat chuqurlashib borayotganligi tufayli ularni yaxlitlikda o‘rganish zaruriyati yuzaga kelayotganligidir. Shu sababli bilim va ijtimoiy faoliyatni tizimlashti-
1 Qаrаng: Блауберг И.В., Юдин Б.Г. Понятие целостности и его роль в научном познании. – М., 1972. – С.16; Афанасьев В.Г. Системность и общество. – М., 1980. – 21–31-betlar.
rish, ular orasidagi bog‘liqliklarni ochib berish ehtiyoji vujudga keladi. Bu vazifani aynan tizimli tadqiqotlar hal etadi.
Huquqiy hodisalarga tizimli yondashuv ularni mukammal o‘rganishga ko‘maklashadi. Huquqiy hodisalar – insonlar irodasining mahsuli. Aynan in- sonlar, ularning uyushmalari siyosiy institutlarni vujudga keltiradi hamda huquqiy hodisalarni rasmiylashtiradi. Mazkur siyosiy institutlar va huquqiy hodisalar yig‘indisi o‘zaro aloqada bo‘ladi va yaxlit bir butunni tashkil etadi. Tizimning xususiyati shunda ifodalanadiki, uning tegishli qismlari bir butunga birlashadi. Qismlar yaxlitlikni hosil qiladi va aksincha yaxlitlik qismlarni bir- lashtiradi, ularning mohiyati, mazmuni va shakllarini, tizim tarkibidagi o‘rni va vazifasini belgilab beradi.