Odilqoriyev X. T


Qonunlarni tizimlashtirishda



Download 1,16 Mb.
bet249/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   370
Bog'liq
777 (1)

Qonunlarni tizimlashtirishda


Yuridik texnika-normativ – huquqiy huj- jatlar aniq, tushunarli va samarali bo‘lishini


yuridik texnikaning ta’minlash maqsadida ularni ishlab chiqish,
ahamiyati


rasmiylashtirish va tizimga solish qoidalari, vositalari va usullari majmui1.


1 Теория государства и права/Под ред. В.М. Корельского и В.Д. Перевалова. – М., 1998. – 313-bet.


O‘z vaqtida Sh.L. Monteskye qonun chiqaruvchi amal qilishi lozim bo‘lgan bir nechta qoidani ta’riflab bergan edi:

  • qonun uslubi sodda va aniq, dabdaba va jimjimadorlikdan xoli bo‘lishi lozim;

  • tushunchalar aniq bo‘lishi, har xil talqin qilish imkoniyatini istisno etishi lozim;

  • qonunlarda real va dolzarb masalalarni ko‘tarish, ramziylik va mavhumliklardan qochish zarur;

  • qonunlar matni mantiq bo‘yicha mashqlar bo‘lmasligi, aqliy salohiyati o‘rtacha bo‘lgan odamlarga mumkin qadar tushunarli bo‘lishi lozim;

  • qonunni ko‘p sonli istisnolar, cheklashlar va eslatmalar bilan qalashtirib tashlash yaramaydi;

  • qonunlar puxta o‘ylangan, asoslangan va amaliyot uchun zarur bo‘lishi lozim.

Mazkur prinsiplar hozir ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Qonun loyihalarini ishlab chiqishning sinovdan o‘tgan usullarisiz ilg‘or parlamenta- rizmni tasavvur qilish mumkin emas.

Qonunchilik texnikasining usullari va metodlari ko‘p va rang-barang- dir. Uning asosiy vazifasi qonunchilik hujjatlarining tushunarli hamda yuridik amaliyotda foydalanish uchun qulay, sifatli, lo‘nda va ixcham bayon etilgan nor- malarini ishlab chiqishda eng yaxshi shart-sharoit va imkoniyatlar yaratishdan iborat. Bundan kelib chiqib, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibi va shakliga qo‘yilishi lozim bo‘lgan quyidagi asosiy va eng umumiy talablarni belgilash mumkin:



    1. normativ-huquqiy tartibga solishning to‘liqligi, huquqiy munosabatlar modelini tuzish, shuningdek yuridik normalarni ta’riflashda kamchilik va nuq- sonlarning yo‘qligi;

    2. normativ-huquqiy ko‘rsatmalarning aniqligi, normalarni haddan tashqa- ri umumiy, mavhum ta’riflashga, haddan ziyod cheklovlarga yo‘l qo‘ymaslik;

    3. mantiqiy jihatdan qat’iy va izchil bayon etish, huquqiy hujjatning nor- mativ ko‘rsatmalari o‘rtasida uzviy aloqani ta’minlash;

    4. normativ hujjatda ham, butun huquq tizimida ham ziddiyatlarga yo‘l qo‘ymaslik;

    5. normativ materialni iloji boricha qisqa va ixcham bayon etish (lekin ix- chamlikka intilish huquqiy ko‘rsatmaning barcha asosiy qoidalarini to‘liq bayon etish zarurati bilan zid kelmasligi kerak);

    6. normativ va nonormativ ko‘rsatmalarni, muvaqqat va doimiy norma- larni aniq ajratish;




    1. normativ hujjatlar tilining sodda, aniq va lo‘ndaligi, oson esda qolishi. Qonun aniq va lo‘nda bo‘lgan taqdirdagina qoida real mazmun kasb etadi. Qonunni bilmaslikni bahona qilish mumkin emas. Darhaqiqat, fuqarolar uchun tushunarli bo‘lmagan, faqat yuristlargina tushunib, to‘g‘ri talqin qila oladigan qonunlarga bo‘ysunishni fuqarolardan talab qilish behuda. Tushunish uchun mutaxassislar yordami talab etiladigan qonun samarasizdir;

    2. normativ-huquqiy hujjat yagona mazmun bilan bog‘langan, bitta tartibga solish predmetiga ega bo‘lishi lozim. Bir-biriga bevosita bog‘lanmaydigan ikki yoki undan ortiq mustaqil masalalar bo‘yicha qonun qabul qilish maqsadga muvofiq emas. Qonun huquqning muayyan tarmog‘i yoki boshqa instituti bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishi, huquqiy tartibga solishning ma’lum predmetini qamrab olishi lozim;

    3. normativ-huquqiy materialni yaxshiroq izohlash, undan foydalanish, uni hisobga olish va sistemalashtirishni yengillashtirish maqsadida ayni bir masala yuzasidan bir nechta hujjat qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Yagona kompleks qonunda (qoida tariqasida, kodeksda) huquqning ma’lum tarmog‘i, muhim huquqiy institutning barcha masalalari to‘liq tartibga so- linishiga, unda huquqiy tartibga solishning muayyan sohasi doirasida har qan- day savolga javob bo‘lishiga erishgan ma’qul. Ushbu masala yuzasidan barcha qo‘shimchalarni, qonunchilikni murakkablashtirib yangi mustaqil hujjatlar qabul qilmagan holda asosiy hujjatning matniga kiritish lozim;

    4. huquq ijodkorligining texnik usullaridan bir xilda va izchil foydalanish. Agar normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash va rasmiylashtirishda ma’lum texnik qoida qo‘llanilgan bo‘lsa, uni shunga o‘xshash qolgan barcha holatlarda ham qo‘llash zarur.

Yuqorida zikr etilgan barcha talablarni qat’iy va izchil bajarish yuri- dik madaniyat nuqtayi nazaridan mukammal, sifatli va samarali qonun qabul qilishga ko‘maklashadi. Talablardan birini bajarmaslik yoki birining hisobiga boshqasiga haddan tashqari berilish (masalan, matnning mazmuniga ziyon yetkazish hisobiga ixchamlikka intilish) hujjatning texnik jihatdan nomukam- malligidan, qonun ijodkorlari malakasining yetarli emasligidan dalolat beradi.

Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini tuzish ishini rejalashtirish nihoyatda katta ahamiyatga ega. Qonun ijodkorligi organi ma’lum davrga mo‘ljallangan reja tuzsa, unda qaysi masalalar yuzasidan asosiy qonunchilik hujjatlari qabul qilish lozimligi, ularning har biri qaysi muddatlarda tayyor bo‘lishi kerakligi, muayyan hujjatni o‘z vaqtida tayyorlash uchun qaysi qo‘mita (mansabdor shaxs) bevosita javob berishini ko‘rsatsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Fikrimizcha, joriy (masalan, bir yilga mo‘ljallangan) va istiqbolli (to‘rt- besh yilga mo‘ljallangan) rejalashtirishni amalga oshirish zarur. Qonun ijod-

22–18-8
korligi faoliyatini rejalashtirish qonunlarni puxta o‘ylangan asosda, ehtiyojga qarab qabul qilish, qonunchilik hujjatlarini tartibga solish va takomillashtirish uchun zarur shart-sharoit yaratadi.

Huquqiy materialni bayon etish usuli qonunchilik texnikasida katta aha- miyatga ega. Huquqiy normani shunday ta’riflash lozimki, uni ikki xil talqin etish mumkin bo‘lmasin, hujjat matnida ta’riflangan ko‘rsatmaning ma’nosi va talabini tushunish oson bo‘lsin. Huquq tizimi qanchalik mukammal, uning qonunchilik texnikasi saviyasi qanchalik yuqori darajada bo‘lsa, maz- kur tizimning normalari shunchalik mukammal bo‘ladi. Ayrim hollarda, agar muayyan munosabat juda keng tarqalgan bo‘lsa, umumiy qoidadan muayyan istisnoni belgilash lozim bo‘lsa yoki bundan ham umumiyroq qoida yetarli da- rajada aniq va lo‘nda bo‘lmasa, ushbu ta’riflarni normativ hujjatlarga kiritish o‘rinli bo‘lmaydi.

O‘xshash jihatlarga ega va bitta umumlashtiruvchi ta’rifda tavsiflash mumkin bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar majmuini qamrab olish uchun ancha keng huquqiy ko‘rsatmalarni ta’riflash normativ material hajmini qisqartira- di, ta’riflarning yanada to‘liq va serma’no bo‘lishiga erishish imkonini beradi, huquqiy tartibga solishda kamchiliklar yuzaga kelishi ehtimolini kamaytiradi. Ayni paytda, mavhumlik darajasi cheksiz bo‘lmasligi kerak. Haddan tashqari umumlashtirish va mavhumlashtirish ta’riflarning noaniqligi va mujmalligiga olib kelishi, har xil, ba’zan teskari talqin qilish, mazkur normalarni qo‘llovchi shaxslar va organlar vakolatini kengaytirish, binobarin, qonunni buzish uchun zamin yaratadi. Huquq normalarini bayon etishda oqilona me’yorni saqlash, haddan tashqari mavhumlashtirishga ham, ortiqcha mufassallashtirishga ham berilib ketmaslik lozim.

Qisqartmalarni qo‘llashdagi har xillik ham normativ-huquqiy hujjat loyi- halarini tayyorlashning texnik darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Huquq nor- malarini bayon etishda qo‘llanilgan hamda aholining aksariyat qismiga tushu- narsiz bo‘lgan va keng tarqalmagan qisqartmalar faqat anglashilmovchiliklar va noto‘g‘ri talqinlarga olib kelishi mumkin. Umum e’tirof etgan, muomaladan mustahkam o‘rin olgan va barchaga tushunarli bo‘lgan qisqartmalar (masa- lan, va h.k., va b.)ga kelsak, ulardan voz kechish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Zotan, ular normativ materialni bayon etishni qisqartiradi, uni ixchamlashtirishga ko‘maklashadi. Qisqartmalarni qo‘llashda ma’lum tartib va bir xillik o‘rnatilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Normativ-huquqiy hujjatlarning sarlavhalari haddan tashqari uzun bo‘lsa, boshqa hujjatlarda ularga havola qilishda sarlavhalarini qisqartirib bergan ma’qul. Bunda sarlavhalar qisqartmalarini qo‘llashning bir xil tartibini o‘rnatish, ya’ni ayni bir hujjatga nisbatan bir xil qisqartmalar (ma- salan, JPK, JK, FK) qo‘llanilishi kerak.


Qator hollarda normativ-huquqiy hujjatlarda, kichik sarlavhalarda, qisqartmalarni ta’riflashda, maqolaning rasmiy manbayini ko‘rsatishda, xorijiy so‘zlarni tarjima qilishda, ba’zan tushunchalarni ta’riflashda, izohlar berishda, boshqa moddalarga va normativ hujjatlarga havolalar qilishda hamda ayrim boshqa hollarda qavslardan foydalanish mumkin va lozim.

Normativ-huquqiy hujjatlarda raqamlarni yozishda bir xillikni ta’minlash katta ahamiyatga ega. Ular, qoida tariqasida, so‘z bilan yoziladi. Sanalar, mod- dalarning raqamlari, grafiklar, tariflar va boshqa ko‘rsatkichlardagi raqamlar bundan mustasno. Shunday qilib, ilmiy ta’riflarni va huquq ijodkorligining boshqa texnik vositalarini bir xilda qo‘llash, mukammal va maromiga yetgan yuridik konstruksiyalardan foydalanish qonun chiqaruvchi hokimiyat organining fikrini aniq, to‘g‘ri va mantiqan izchil bayon etishda alohida ahamiyat kasb etadi.



Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish