Odilqoriyev X. T



Download 1,16 Mb.
bet131/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   370
Bog'liq
777 (1)

Huquq prinsiplari, hech mubolag‘asiz, uning mohiyatini ifodalovchi asosiy jihatlardan birini, asl o‘zagini tashkil etadi. Ular butun huquqiy ma- teriyani – g‘oyalar, normalar va munosabatlarni qamrab olib, jami huquqiy hayotga muayyan mantiq, mazmun, ma’no, sobitqadamlik, ichki mutanosiblik hamda uyg‘unlik baxsh etadi. Yanada aniqroq ta’riflaydigan bo‘lsak, huquq prinsiplarida bamisoli huquq rivojining butun dunyoviy tajribasi, insoniyat ma’rifiy taraqqiyotining hosilasi o‘zining mujassam ifodasini topadi. Prinsiplar huquq shakllanishida yo‘nalish beruvchi mo‘ljal, mezon vazifasini o‘taydi.



1 Оdilqoriyev Х.T., Yakubov Sh.U. Milliy huquqiy tizim va huquqiy qadriyatlar. – T., 2011. – 301-bet.

Huquq prinsiplari huquqning shakllanish jarayoni, rivojlanishi va hara- katlanishining rahbariy g‘oyasi, boshlang‘ich qoidasi, yetakchi mezoni sifatida maydonga chiqadi.



Avvalo qonunda, huquqiy normalarda o‘z tasdig‘ini topadigan huquq prin- siplari jamiyatning butun siyosiy-huquqiy hayotiga, mamlakat ijtimoiy tizimiga to‘laligicha singib ketadi. Ular nafaqat huquqning mohiyatini, balki uning maz- munini tavsiflaydi, uning ichki tuzilishi, statik holati bilan bir qatorda, huquqni qo‘llash jarayonini, huquq faoliyatining dinamikasini aks ettiradi. Huquq prin- siplari normativ hujjatlarni tayyorlashning butun jarayoniga, ularni qabul qilish va chiqarish, huquqiy talablarga rioya etish kafolatlari o‘rnatilishiga nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatadi.

Huquq prinsiplari o‘ziga xos tayanch tuzilma bo‘lib, unga nafaqat huquq normalari, institutlari yoki tarmoqlari, balki butun huquq tizimi asoslanadi. Mazkur rahbariy tamoyillar davlat organlarining huquq ijodkorligi, huquq- ni qo‘llash va huquqni muhofaza qilish bilan bog‘liq butun faoliyati uchun yo‘naltiruvchi mash’al bo‘lib xizmat qiladi. Huquqiy tizimning bahamjihatligi, barqarorligi va samaradorligi ularga rioya etish darajasiga bevosita bog‘liq. Huquq prinsiplari umummajburiy tusga ega bo‘lganligi sababli ular turli huquq tarmoqlari va institutlari, normalari va huquqiy munosabatlar, obyektiv hamda subyektiv huquq o‘rtasidagi ichki birlikni, uyg‘unlik va o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashga ko‘maklashadi.

O‘z mohiyati va tabiati jihatidan huquq prinsiplari tasodifiy emas, balki jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tizimi tomonidan bevosita belgilanadi. Bundan tashqari, ular mazmuniga mamlakatda mavjud davlat va huquq, hukmron siyosiy va davlat rejimi, jamiyat siyosiy tizimining qurilishi hamda amal qilishi tamoyillari o‘z ta’sirini o‘tkazadi1.

Yuqoridagi fikr kundek ravshan, uni isbotlashning hojati yo‘q. Zero, aytay- lik, feodal huquqning tuzilishi va harakatlanishi prinsiplari quldorchilik huquqi yoki hozirgi zamonaviy huquq prinsiplaridan tubdan farq qiladi. Shuningdek, Rim huquqiga asoslangan hozirgi roman-german huquqining prinsiplari islom dini arkonlariga asoslangan musulmon huquqi prinsiplaridan farq qilishi bar- chaga ayon.

Huquq prinsiplari, odatda, bevosita qonun hujjatlarida (konstitutsiya va joriy qonunlarning muqaddimasida, moddalarida) mustahkamlanadi; ba’zan huquq normalarining mazmunidan kelib chiqadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida inson huquqlari va davlat suve- reniteti g‘oyalariga sodiqlik prinsipi, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan






1 Qarang: Васильев А.М. Правовые категории. Методологические аспекты разработки системы категорий теории права. – М., 1976. – 216–225-betlar.
qoidalari ustunligini tan olish prinsipi o‘z aksini topgan. Shuningdek, Kons- titutsiyamizning bir qator moddalarida o‘ta muhim boshqa huquqiy prinsiplar mustahkamlangan. Ulardan ba’zilarini eslab o‘tamiz: davlat organlari va man- sabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida mas’ulligi (2-modda), xalq ho- kimiyatchiligi (7-modda), davlat hokimiyatining bo‘linishi (11-modda), siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi (12-modda), Konstitutsiya va qo- nunlarning ustunligi (15 va 16-moddalar), fuqarolarning qonun oldida tengligi (18-modda) va hokazo.

Xorijiy davlatlar tajribasi ham aynan shunday. Misol uchun Shvetsiya Konstitutsiyasining 1-moddasiga muvofiq: «Shvetsiyada butun davlat hokimi- yati xalqdan kelib chiqadi. Shved xalqining boshqaruvi fikrlarni erkin shakllan- tirish hamda umumiy va teng saylov huquqiga asoslanadi. Boshqaruv davlat tuzumi vositasi bilan, vakillik va parlament tizimi hamda kommunal o‘zini o‘zi boshqarish orqali amalga oshiriladi».

Adolat va erkinlik huquq binosining tamal toshlaridir. Barcha prinsiplar orasida ular alohida muhim o‘rin tutadi. Adolat va erkinlik prinsipi ko‘pgina nufuzli xalqaro normativ-huquqiy hujjatlarda, mamlakat ichki qonunchiligida o‘z tasdig‘ini topgan. Fikrimizning dalili sifatida 1948-yilda qabul qilingan «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»ni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsi- yasi, Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi va boshqa qonunlarni keltirish mumkin.



2-§.
Huquq prinsiplarining tasnifi


Huquq prinsiplarining mazmuni, namo- yon bo‘lish jabhasi va xususiyatlariga qarab turli mezonlar asosida tasniflash mumkin. Masalan, huquqning tipi va harakatlanish

ko‘lamiga qarab quldorchilik, feodal, burjua va sotsialistik huquq prinsiplari haqida gapirish mumkin. Shuningdek, huquq prinsiplari o‘z tabiatiga ko‘ra ij- timoiy-iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, axloqiy, diniy va maxsus-yuridik turlarga bo‘linadi. Huquqshunoslikka oid adabiyotda umumiy va maxsus, sohaviy va tarmoqlararo prinsiplar to‘g‘risida fikr-mulohazalar mavjud.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish