Siyosiy va huquqiy normalar – Konstitutsiya, kodeks, nizom, parti- yaviy hujjatlarda mustahkamlangan qoidalar bo‘lib, ular siyosiy munosabat- larni tartibga solish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Siyosiy tuzilmalar (institutlar) – siyosiy va davlat tashkilotlari, ular o‘rtasidagi munosabatlar, institutlar hamda muassasalar yig‘indisidir. Bu yerda siyosiy faoliyat, harakat va munosabatlarni amalga oshirishning tashkiliy jihati nazarda tutiladi.
Siyosiy faoliyat – jamiyatda siyosiy hokimiyatni amalga oshirish tizi- mini muhofaza etish, rivojlantirish hamda funksional ta’minlashga qaratilgan faoliyat turidir.
Siyosiy ong – ijtimoiy ongning bir turi bo‘lib, u siyosiy hokimiyatni amalga oshirish mexanizmlarini aks ettiruvchi va kishilarning siyosiy mu- nosabatlar sohasidagi xulq – atvorini yo‘naltiruvchi tafakkurning namoyon bo‘lishidir. Siyosiy ong – siyosiy nazariyalar, dasturlar, ta’limotlar tarzida, shuningdek siyosat haqidagi oddiy insoniy qarashlar, tasavvurlar va an’analar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |