Odilqoriyev X. T


Davlatning tashqi funksiyalari



Download 1,16 Mb.
bet93/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   370
Bog'liq
777 (1)

4-§.

Davlatning tashqi funksiyalari


Davlatning tashqi funksiyalari – davlat xalqaro maydonda olib boradigan faoli- yatining asosiy yo‘nalishlaridir. Bunday faoli-

yat boshqa davlatlar bilan ijobiy munosabatlar o‘rnatish va ularni saqlash hamda ehtimol tutilgan tashqi tajovuzdan mamlakatni mudofaa qilishni ta’minlashdan iborat davlatning tashqi vazifalarini hal etishga qaratilgan. Shunga ko‘ra dav- latning tashqi funksiyalari: jahon hamjamiyatining barcha davlatlari bilan




1 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-yil, 17-son, 287-modda.

2 Хalq so‘zi, 2017-yil 30-may.

8–18-8



o‘zaro manfaatli hamkorlik va tashqi hujumlardan mamlakatni mudofaa qilish kabi ikki asosiy funksiyaga bo‘linadi.

Boshqa davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish dav-


latning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va muayyan davlatning manfaatlarini bar- cha davlatlarning aniq va umumiy manfaatlari bilan uyg‘unlashtiruvchi teng huquqli munosabatlar o‘rnatish hamda ularni rivojlantirishga qaratilgan turli xil faoliyatidir. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi darajasi alohida olingan har bir davlatning va umuman, jahon hamjamiyatining ichki muammolarini yanada samarali hal etish uchun barcha taraqqiy etgan davlatlarning xo‘jalik, siyo- siy va madaniy hayotini integratsiyalashni, ularning umumiy kuch-g‘ayratini birlashtirishni talab qiladi. Bunday hamkorlik integratsiya masalalariga keng va o‘zaro manfaatli yondashuvni, birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali nafaqat muayyan mamlakatning, balki hamkorlik barcha ishtirokchilarining manfaat- lariga mos keladigan eng oqilona yechimlarni topa bilishni taqozo etadi.

Davlatlararo iqtisodiy hamkorlikda xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishni kooperatsiyalash va ixtisoslashtirish, eng yangi texnologiyalarni ayirboshlash, tovar aylanmasini muvofiqlashtirish, kredit-moliya aloqalarini rivojlantirish muhim o‘rin tutadi. Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni umumiy muvo- fiqlashtirish Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashtirilgan muas- sasalari tomonidan amalga oshiriladi.

Iqtisodiy hamkorlik bir-biri bilan hududiy bog‘liq bo‘lgan davlatlar hamjamiyati doirasida samarali amalga oshiriladi. Bu fikrimizga Yev- roosiyo iqtisodiy hamdo‘stligini misol sifatida keltirish mumkin. Ushbu hamdo‘stlikning maqsadi: iqtisodiy va siyosiy sohalarda har tomonlama hamkorlik, muntazam va bir maromda rivojlanish, turmush darajasini tez- roq oshirish, davlatlarning mazkur hamkorligiga kirgan xalqlarning aloqa- lari yanada jipslashuviga erishishdan iboratdir. Bu davlatlar savdo sohasiga taalluqli barcha cheklovlarga o‘zaro barham berish; uchinchi mamlakatlar bilan savdo-sotiq qilishda umumiy bojxona tarifini kiritish; odamlar, kapital (sarmoya)lar va xizmatlarning erkin harakatlanishiga halal beruvchi barcha to‘siqlarni bartaraf etish, transport, energetika va xo‘jalik sohasida umu- miy siyosat yuritish; raqobatning yagona qoidalarini belgilash va boshqa shu kabilar haqida kelishib olganlar. Hamjamiyat doirasida bir qator kredit uyushmalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular zimmasiga umumiy iqti- sodiy va ijtimoiy siyosat tadbirlarini (investitsiya banki, taraqqiyot fondi va boshqalar) moliyalashtirish vazifasi yuklatilgan.

Iqtisodiy hamkorlik davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar asosida ham amalga oshiriladi. Biroq, bunday hamkorlik faqat mazkur davlat- larning iqtisodiy imkoniyatlari doirasida chegaralanadi.


Davlatlarning siyosat sohasidagi hamkorligi, eng avvalo, tinchlik va urush masalalarida namoyon bo‘ladi. Jahon hamjamiyati taraqqiyotining hozir- gi darajasi davlatlarga global qurolli to‘qnashuvlarni chetlab o‘tish imkonini beradi. Davlatlar o‘rtasidagi siyosiy hamkorlik davlat hokimiyatining barcha bo‘g‘inlari – parlamentlararo, hukumatlararo, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari darajasida amalga oshirilmoqda.

1991-yilda paydo bo‘lgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) aso- san iqtisodiy hamkorlik prinsiplari negiziga qurilgan. Uning doirasida siyo- siy, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda davlatlararo hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hozirgi davlatlarning siyosiy manfaatlarini uyg‘unlashtiruvchi asosiy xalqaro organdir. Nizolarni, shu jumladan, harbiy nizolarni siyosiy yo‘l bilan bartaraf etish masalalari BMTning doimiy organi – Xavfsizlik Kengashining diqqat markazida turadi. Ushbu Kengash xalqaro tinchlikni saqlash va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, davlatlararo muno- sabatlarning turli-tuman sohalarida hamkorlikni rivojlantirish borasida keng vakolatlarga ega.

Madaniyat va fan-texnika sohasidagi hamkorlik turli shakllarda hamda turli davlatlararo darajalarda amalga oshiriladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotida bunday hamkorlik Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha ixtisoslashtiril- gan muassasalar (YUNЕSKO), Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) va boshqalar tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. Madaniy va fan- texnika hamkorligining muayyan masalalari esa, davlatlar o‘rtasidagi ikki to- monlama yoki ko‘p tomonlama shartnomalar asosida hal etiladi.

Xalqaro va fan-texnika sohasidagi hamkorlik doirasida ilmiy axborot, san’at asarlari, musiqa va sahna madaniyati yutuqlarini ayirboshlash, birga- likda mutaxassislar tayyorlash, fan va madaniyat muammolari bo‘yicha turli festivallar, konferensiyalar o‘tkazish, olimlar, fan va madaniyat arboblari, sport- chilar o‘rtasida bevosita aloqalar o‘rnatish amalga oshiriladi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik ko‘pchilik davlatlarning sayyoramizda mo‘tadil ekologik vaziyatni asrab qolish borasidagi say’-harakat- larini birlashtiradi. Ushbu faoliyat barcha masalalarni qamrab olib, insoniyat hayotining davom etishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ekologik shart- sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu boradagi ishlar BMTning ixtisoslashtiril- gan muassasalari tomonidan ham, mintaqaviy va boshqa davlatlararo organlar tomonidan ham amalga oshirilmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish uchun davlatlarning kosmonavtika, tibbiyot, biologiya, elektronika sohalarida erish- gan eng yangi yutuqlaridan foydalanilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi – Shanxay Hamkorlik Tashkilotining faol a’zosi.
Hozirgi vaqtda davlatlarning tashqi faoliyati xalqaro-huquqiy normalarga asoslanadi, jahon hamjamiyatiga kiruvchi barcha xalqlarning tub manfaatlari va milliy xususiyatlarini imkon qadar hisobga oladi.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish