Tashqi hujumdan mamlakatni mudofaa qilish bo‘yicha davlat funksiyasi – davlat faoliyatining muhim yo‘nalishidir. Tarixning guvohlik berishicha, davlat tarzida uyushgan jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida mamlakatning erkinligi va mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini
tashqi tajovuzlardan himoya qilish obyektiv zaruriyat bo‘lib kelgan.
Vatanni himoya qilish, davlat hududini bosqinchilardan ozod etish uchun olib borilgan urushlar, xalqaro huquq nuqtayi nazaridan qonuniy va adolatli hi- soblanadi. Mamlakatni mudofaa qilish funksiyasi iqtisodiy, siyosiy, diplomatik va harbiy vositalar orqali amalga oshiriladi. Bu funksiya tinchlik vaqtida mam- lakatni ehtimol tutilgan tashqi hujumni qaytarishga har tomonlama tayyorlash- dan iboratdir. Urush vaqtida esa, mudofaa funksiyasi dushman bilan bevosita qurolli kurash shakliga ega bo‘lib, unda g‘alabaga erishish uchun mamlakat- ning butun imkoniyati va barcha kuchlarini birlashtirish ro‘y beradi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining mudofaa doktrinasini e’lon qilib, uni izchil amalga oshirmoqda. Mazkur doktrinaning mohiyati boshqa davlat yoki davlatlar guruhi tomonidan ehtimol tutilgan tajovuzga barham berish uchun maqbul darajada yetarli kuch va vositalarni yaratishdan iborat. «Mamlakatni mudofaa qilish funksiyasi» tushunchasi ma’nodor va serqirradir. Bu tushuncha mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, tinchlik vaqtida ham, urush vaqtida ham Qurolli Kuchlarning jangovar qudrati va qobiliyatini saqlab turish bo‘yicha davlat tadbirlarining butun tizimini o‘z ichiga oladi.
Davlatning mudofaa faoliyati uning harbiy doktrinasiga asoslanib, quyidagi asosiy yo‘nalishlardan tarkib topadi.
Mamlakatning mudofaa qudratini mustahkamlash. Fan-texnika taraqqiyotining eng yangi yutuqlariga tayangan, rivojlangan va samarali iqti- sodiyot mamlakatning yuksak mudofaa qobiliyatini ta’minlaydi, ya’ni Qurolli Kuchlarning ehtiyojlarini qondirish, mamlakat mudofaa salohiyatini mustah- kamlash uchun barcha zarur narsalarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Zamonaviy iqtisodiyot armiyani texnika va qurol-yarog‘larning eng yangi na- munalari, davlat mudofaa salohiyatining boshqa tarkibiy qismlari bilan zarur darajada ta’minlaydi.
Qurolli Kuchlarni muntazam ravishda takomillashtirish, ularning jangovar qobiliyati va tayyorgarligini muttasil oshirib borish. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti mamlakat Qurolli Kuchlari Bosh qo‘mondoni sifatida Qurolli Kuchlar qudratli, harakatchan va moslashuvchan, zamonaviy himoya vositalariga ega bo‘lishi, harbiy texnika va qurol-yarog‘larning barcha turlari-
dan professional darajada foydalanishi, yuksak jangovar qobiliyat va tayyor- garlikka ega bo‘lishi, qonuniylik va xalqaro huquq qoidalari doirasida harakat qilishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.
Davlat chegaralarini qo‘riqlash. Ushbu faoliyat chegara qo‘shinlari va boshqa maxsus bo‘linmalar tomonidan amalga oshirilib, davlat qonunlari bilan belgilangan chegara rejimini ta’minlashga qaratilgandir.
Fuqaro mudofaasini tashkil etish. Davlat ehtimol tutilgan tashqi hu- jumga qarshi kurash va urush vaqtida mamlakat iqtisodiyoti barqaror amal qilishini ta’minlash maqsadida tinchlik maqsadini ko‘zlab, bir qator mudofaa tadbirlari o‘tkazadi. Ushbu faoliyat ommaviy qirg‘in quroli bilan zarba berili- shi ehtimol tutilgan aholi punktlaridan odamlarni ko‘chirishni nazarda tutadi. Bu ish maxsus himoya inshootlari barpo etish, qutqaruv va tiklash ishlarini o‘tkazish bilan bog‘liqdir.
Qurolli Kuchlar zahirasiga harbiy ta’lim berish. Ko‘pgina mamlakat- larda harbiy hisobda turgan shaxslarni harbiy jihatdan vaqti-vaqti bilan qay- ta tayyorlash tashkil etiladi. Bu davlatlararo harbiy nizolar kelib chiqqan taqdirda qurolli kuchlarni tezda safarbar etish va ularning o‘rnini malakali shaxsiy tarkib bilan to‘ldirish imkonini beradi. Bizning davlatimiz ham nohar- biy tayyorgarlikni tashkil etadi, bu jarayon o‘rta va oliy yurtlarida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |