Texnokratik nazariya. Mazkur nazariya XX asrning 20-yillarida vu- judga kelib, 60-70-yillarda ancha keng tarqaldi. Uning tarafdorlari orasida
T. Veblen, D. Barnxeym, G. Saymon, D. Bell va boshqalar bor edi. Umuman ushbu nazariya elitar nazariyasiga juda o‘xshab ketsa-da, zamonaviy voqelikni hisobga olishi bilan ajralib turadi.
Bu nazariyaga ko‘ra, jamiyatni mutaxassis-boshqaruvchilar, menejerlar idora etishlari lozim (ko‘pincha amalda ham shular boshqaradilar). Aynan ular jamiyatning haqiqiy ehtiyojlarini, uning eng maqbul rivojlanish yo‘llarini, buning uchun zarur vositalarni aniqlashga qodir. Bu boshqarishni ilmiy asosda olib borish imkonini beradi hamda jamiyatning ildam rivojlanishini ta’minlaydi.
Mazkur ta’limot g‘oyalaridan nafaqat davlatning mohiyati balki uning boshqa jihatlariga tegishli bo‘lgan boshqa nazariyalarda ham foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |