Odilqoriyev X. T



Download 1,16 Mb.
bet55/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   370
Bog'liq
777 (1)

Teologik nazariyasi

Tabiiy huquq nazariyasi

Shartnoma nazariyasi

Zo‘ravonlik nazariyasi


















Davlatning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi asosiy nazariyalar


















Patriarxal nazariyasi

Tarixiy materialistik nazariyasi

Organik nazariyasi

Psixologik nazariyasi

Birinchi bo‘lim. DAVLAT NAZARIYASI




III bob. DAVLAT HAQIDA UMUMIY TA’LIMOT



Davlatning


1-§.tushunchasi

va mohiyati


Davlat va huquq nazariyasida dav- latning mohiyati masalasi markaziy o‘rinni egallaydi. Binobarin, fanning boshqa barcha muammolarini hal etish «davlat nima» degan

savolga beriladigan javobning ma’nosiga bog‘liq. Davlat masalasi eng murakkab, eng qiyin muammo bo‘lganligi bois insoniyatning aqlpeshalari bu to‘g‘rida xilma-xil va serqirra fikrlar bildirganlar.

Davlatshunos olimlardan biri A. Parshin shunday deb yozgan edi: «Dav- latning tabiatini va mohiyatini teran va har tomonlama anglamay turib, dav- latni oqilona va malakali boshqarib bo‘lmaydi»1. Falsafa kategoriyalaridan biri bo‘lmish mohiyat – narsa, hodisa, buyum va jarayonlarning muhim, asosiy, zaruriy, barqaror jihatlarini, ichki aloqalarini, o‘zaro munosabatlarini, qonuni- yatlarini ifodalovchi belgilarining yig‘indisidir. Davlatning mohiyati borasida izlanganda, uning muhim belgilarini, barcha jihatlarini tavsiflovchi xususiyat- larini, faoliyati va namoyon bo‘lish qonuniyatlarini ochishga intilamiz. Dav- latning mohiyati uning ijtimoiy hayotda bajaradigan vazifasini (ijtimoiy mu- nosabatlarni boshqarish, ularni tartibga solish va boshqa muhim vazifalarini) aniqlashni ham qamrab oladi.

Davlat murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lganligi bois, uning mohiyati va ta’rifi xususida qadimdan turli-tuman mulohazalar bildirib kelinadi. Jumladan, davlatning mohiyati haqidagi dastlabki tasavvur va qarashlar zardushtiylik dinining muqaddas kitobi – «Avesto»da ham bayon etilgan. «Davlatmi? U nima o‘zi?», – deydi Zardusht va o‘zi javob beradi: «Sovuq maxluqlar ichida hammadan ham sovuqrog‘i davlat deb ataladi. U sovuq yolg‘onlar to‘qiydi. Uning nomidan «Men davlatman, ya’ni xalqman» degan yolg‘on o‘rmalab yuradi»2. Qadimgi rim faylasufi va siyosiy arbobi Mark Tulliy Sitseron (mil.av. 106–43-y.y.)

«davlat nima» degan savolga javob izlab, shunday deb yozgan: «Davlat – bu umumiy huquqiy tartibotdir; davlat – bu xalq ishi, faoliyati, xalqqa taalluqli ishdir». Alloma olim xalq deganda kishilarning har qanday jamoasini emas,

1 Qarang: Паршин А. Что такое государство? Научное исследование природы государства. – СПб., 1907. – 17-bet.

2 Qarang: Fridriх Nitshe «Zardo‘sht tavallosi» / Tarj. I. G‘afurov. – T., 2007. – 43-bet.

balki ko‘pchilik aholining huquq masalalaridagi o‘zaro kelishuvi va manfaatlar umumiyligi asosidagi birlashuvini tushungan1.

Uyg‘onish davrining buyuk donishmandi N. Makiavelli davlat timsolida jamiyatning siyosiy holatini ko‘rgan. U o‘zining «Hukmdor» nomli asarida «in- sonlar ustidan hukmronlik qilgan va hukmronlik qiluvchi barcha davlatlar mo- hiyatan yo respublika, yoki tanho boshqariluvchi tuzilmalar bo‘lgan»2, – deb yozgan edi. Bu o‘rinda davlat hokimiyatni amalga oshirish vositasi ekanligiga urg‘u berilgan.

Davlatning mohiyatini anglashda «hokimiyat», aniqrog‘i «siyosiy ho- kimiyat» hodisasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, siyosiy yoki davlat hokimiyati ijtimoiy hokimiyatning yagona turi emas. Hokimiyat kishilarning muayyan maqsad yo‘lida uyushgan va barqaror xususiyatga ega bo‘lgan ja- moasiga xosdir.

Hokimiyat – kishilik jamiyati paydo bo‘lganidan buyon mavjud va hozir- gacha o‘zining qudratli «joziba»si bilan insonlar aqlini tortib kelayotgan ni- hoyatda murakkab ijtimoiy hodisadir. Bugungi kunda aksariyat olimlar e’tirof etgan nuqtayi nazarga ko‘ra, hokimiyat – muayyan shaxs (guruh)ning u yoki bu kishi (guruh) ustidan boshqaruvni amalga oshirish (hukmronlik qilish), u yoki bu narsaning taqdirini hal etish huquq-imkoniyatidir. Hokimiyatning muhim sifati uning kishilar o‘rtasidagi irodaviy munosabat ekanligida ifodala- nadi. Hokimiyat bu shunday ijtimoiy irodaviy munosabatki, bunda hukmron irodaning ustunligi, belgilovchi roli ta’minlanadi3. Hokimiyat amalga osh- gan joyda muayyan irodaviy akt (munosabat) bor va shuning natijasida ro‘y beradigan boshqaruv va boshqarilish mavjud. Boshqaruv esa o‘ziga nisbatan ma’lum bo‘ysunishni, tobelikni talab etadi. Demak, hokimiyat bo‘ysunish va zarur bo‘lganda majburlash elementlari orqali amalga oshiriladi. Ma’lum obro‘ (avtoritet) va bo‘ysunishsiz boshqarish mumkin emas.

Avtoritet (hokimiyat vakolatlari tufayli erishiladigan mavqe) itoat etuvchilarga hukmron irodaning o‘tkazilishidir. Ikkinchi tomondan, avtoritet itoat etilishini nazarda tutadi4. Hukmronlikka erishishda majburlash, zo‘rlik ishlatish, ishontirish, rag‘batlantirish, tarbiya kabi turli usul va vositalardan foydalaniladi. Hokimiyatning alohida ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan turi davlat hokimiyatidir. Davlat hokimiyati ommaviy-siyosiy xususiyatga ega bo‘lib, asosiy ijtimoiy vazifasi jamiyatni uyushtirish va boshqarishdan iborat.






1 Qarang: Цицерон М.Т. О государстве // Мухаев Р.Т. Хрестоматия по теории государства и права, политологии, истории политических и правовых учений. – М., 2000. – 74-bet.

2 Qarang: Макиавелли Н. Государь. Пер. с англ. – М., 1990. – 29–30-betlar.

3 Qarang: Кейзеров Н.М. Власть и авторитет. – М., 1973. – 38-bet.

4 Маркс К., Энгельс Ф. Соч. Т.18. – 302-bet.

5–18-8
U muayyan tashkiliy shakllarda namoyon bo‘ladi, maxsus usullar va vositalar bilan amalga oshiriladi.

Hozirgi zamon demokratik jamiyatlarida davlat hokimiyati huquq vositasida, konstitutsiya tarzidagi qonunlarda institutsional ko‘rinishda rasmiylashtiriladi.

Hokimiyat har qanday ijtimoiy birlikning faoliyat ko‘rsatish sharti (vosi- tasi)dir. Bunda hokimiyat ushbu hamjamiyatga mansub shaxslarning undagi yagona rahbariy irodaga bo‘ysinuvi munosabatlari tarzida namoyon bo‘ladi. Bayon qilingan mulohazalar asosida hokimiyatning quyidagi ta’rifini taklif etish mumkin. Hokimiyat – ijtimoiy hayotning tegishli darajasi va tabiatiga mutanosib bo‘lgan har qanday ijtimoiy jamoaning faoliyat ko‘rsatish usuli (vosi- tasi) bo‘lib, u ayrim shaxslar va ular birlashmasining hamjamiyatdagi yagona rahbariy irodaga itoat etishi munosabatlari tarzida ifodalanadi1.

Adabiyotlarda siyosiy hokimiyat bilan davlat hokimiyatining bir-biridan farq qilishini isbotlovchi fikrlar mavjud. Ushbu bahsga berilmagan holda quyidagi umumiy ta’rifni bayon etamiz. Demak, siyosiy yoki davlat hokimiyati – ijtimoiy hokimiyatning shunday turiki, bunda boshqaruv bevosita davlat to- monidan, yoki u vakolat bergan subyektlar tomonidan, uning nomidan, uning topshirig‘iga binoan va uning qo‘llab-quvvatlashi asosida amalga oshiriladi.

Ommaviy-siyosiy hokimiyat (ya’ni, davlat hokimiyati) – birinchidan, muayyan hududga nisbatan joriy etiladi; ikkinchidan, tegishli hududda joylash- gan va shu yerda yashaydigan aholiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi; uchinchidan, maxsus apparat vositasida amalga oshiriladi; to‘rtinchidan, davlat hokimiyati suverenitetga ega bo‘lib, u jamiyatning boshqa ijtimoiy guruhlari (siyosiy par- tiyalar, ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar, ijtimoiy harakatlar, uyushmalar va h.k.) dan to‘la mustaqildir; beshinchidan, butun jamiyat nomidan ish yuritadi va boshqaradi.

Davlat va huquq tarix sahnasiga kelgan davrdan boshlab, davlatning mo- hiyati haqidagi g‘oyalar vujudga keldi.

Xo‘sh, davlat nima degani? Maxsus ijtimoiy-gumanitar, siyosiy, falsafiy, yuridik bilimga ega bo‘lmagan odam «davlat» deganda alohida davlat organ- larining nomini, «parlament», «hukumat», «prezident» kabilarni tasavvur etadi. Yana savol tug‘iladi: davlat o‘zi nima uchun zarur? Juda ko‘p sonli davlat organ- lari, mansabdor shaxslardan iborat ulkan apparat davlat tuzilmasi bo‘lib, nihoyatda murakkab tashkiliy birlik – kishilik jamiyatini boshqarish uchun zarurdir.

Sanoat kapitalizmi davrida «davlat – kishilar ittifoqi, hudud va hokimiyat kabi uch tarkibning uyg‘unlashuvi mahsuli», degan ta’riflar keng tarqaldi. Xu-




1 Qarang: Теория государства и права / Под ред.проф. Н.И. Матузова и А.В. Малько. – М.: Юристь, 2000. – 43-bet.
susan, nemis faylasufi va huquqshunosi L. Dyugi davlatni quyidagi to‘rtta elementdan iborat deydi. Uning fikricha davlat: 1) insonlar (individlar) jamoasi;

2) muayyan hudud; 3) suveren hokimiyat; 4) hukumatdan tashkil topgan1.

G.F. Shershenevich muayyan hududda o‘troq hayot kechiruvchi va yagona ho- kimiyatga itoat etuvchi kishilar ittifoqini davlat deb ataydi2.

«Davlat, – deydi mashhur rus olimi N.M. Korkunov, – erkin kishilarning ijti- moiy ittifoqi bo‘lib, muayyan vakolatlar (majburlov) yordamida ta’minlanadigan osoyishta tartibotdir»3. Shunga o‘xshash fikr G. Grotsiy asarlarida ham uchray- di. U davlatni «huquqqa rioya etish va umummanfaati yo‘lida tuzilgan erkin kishilarning mukammal ittifoqi»4, deb ta’riflaydi.

J. Lokkning talqinida: «davlat demokratiya yoki boshqaruvning u yoki bu shakli emas, balki lotincha «civitas» so‘zi bilan ifodalanadigan har qanday mus- taqil uyushmadir, ushbu so‘zga «davlat» («commbwealth») so‘zi mos keladi»5.

Nemis falsafasining yorqin namoyandasi Immanuil Kant ham davlatning mohiyati borasida tahlil yuritib, shunday deb yozadi: «Davlat o‘zi joylashgan yerning xuddi o‘zidek mulk emas, balki kishilarning o‘zi xo‘jayinlik qilib, o‘zini o‘zi boshqaradigan jamiyatdir»6. Mutafakkir boshqa bir asarida «Davlat huquqiy qonunlar himoyasida bo‘lgan ko‘pchilik odamlarning birlashmasidir»7, deydi.

Davlatning mohiyatini tushunish bobida fransuz mutafakkir Jan Boden o‘z o‘tmishdoshlari va zamondoshlaridan ancha ilgarilab ketdi. U davlatni



«suveren hokimiyat orqali ko‘plab oilalar va ularga tegishli narsalar ustidan adolatli hukmronlik vositasi» sifatida tushunishni ilgari suradi. Davlat, – deydi

J. Boden – suveren hokimiyatning odamlar ustidan amalga oshiradigan rahbarli- gidir. Uning ta’biricha, suverenitet davlatning doimiy va mutlaq hokimiyatidir. Suverenitet g‘oyasini T. Gobbs ham yoqlab chiqadi. Uning talqini quyidagi-

cha: «Odamlarni qo‘rquvda ushlab, ular harakatini ezgulikka yo‘naltirishga faqat barcha imtiyoz va kuchlarni bir odam yoki bir necha kishilik jamoa izmida jamlash orqaligina erishish mumkin. Agar ko‘pchilik odamlarning birlashuvi (va boshqarilishi) shu tariqa ro‘y bersa, bu davlat deb ataladi. «Suverenitetning sohibi aynan davlatning o‘zidir, uning zimmasiga tinchlik-osoyishtalik va xavf- sizlikni ta’minlash yuklatiladi»8.





1 Дюги Л. Конституционное право. Общая теория государства. – М., 1908. – 100–101-betlar.

2 Шершеневич Г.Ф. Общее учение о праве и государстве. – М., 1911. – 18-bet. 3 Коркунов Н.М. Русское государственное право. Т.1. – СПб., 1904. – 27-bet. 4 Гроций Г. О праве войны и мира. – М., 1956. – 74-bet.

5 Локк Дж. Сочинения в 3-х томах. Т.3. – М., 1956. – 388-bet. 6 Кант И. Сочинения в 6-ти томах. Т.4. – М., 1965. – 383-bet. 7 O‘sha joyda, 270-bet.

8 Qarang: Гоббс Т. Сочинения Т.2. – М., 1992. – 133-bet.
Rossiyalik davlatshunos olim F. Kokoshkin davlat hokimiyatining majbur- lovga tayanganligini inkor etib, quyidagi mulohazani bildiradi: «Davlat ma’lum toifa insonlarning jamoasi emas, balki kishilar o‘rtasidagi munosabatdir, ularning umumiy turmush kechirish shakli, ular o‘rtasidagi muayyan ruhiy aloqadorlikdir»1.

Davlat va uning mohiyati masalasiga Ivan Ilinning qarashlari ham g‘oyat qiziqarli. «Uzoq tajriba, og‘ir mashaqqatlardan aziyat chekkan insoniyat uyushgan majburlov tartibidan tashqaridagi hayotni sinab ko‘rib, o‘rta asrlarning xususiy huquqiy tizimi va ijtimoiy-huquqiy besaranjomliklarini boshdan kechirib, insoniyat nihoyat endilikda erkin va ixtiyoriy ittifoqqa asoslangan hayotni yakka hukmronlikka, majburlovga tayangan davlatdagi hayot bilan birga qo‘shish mumkinligiga ishonch hosil qildi. Davlatning majburlov kuchi va uning serqirra va xilma-xil faoliyati to‘g‘ri tashkil etilgan taqdirda, insonning erkin ma’naviy hayotiga tazyiq o‘tkazmay, balki uning uchun qulay sharoitlar yaratib beriladi»2.

Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkin: «Davlat huquq asosida uyushgan, yagona hudud ustidan hukmronlik qilish va yagona hokimiyatga bo‘ysunish asosida birlashgan odamlarning umumiy ittifoqidir»3.

«Davlat» iborasining to‘la ma’nosi quyidagi ijtimoiy hodisalarning uyg‘unligi va bir butunligida namoyon bo‘ladi: a) hokimiyat va bo‘ysunish munosabatlarining mavjudligi; b) hokimiyat majburlov choralarini qo‘llashda tanho (suveren) huquqqa ega bo‘lishi; v) yuridik mazmun va tartibning mavjudligi; g) boshqaruv va u tufayli nisbiy barqarorlikning ta’minlanishi;

d) tashkiliy uyushganlik.

Shunday qilib, davlat – jamiyatdan alohida mustaqil tuzilma emas, balki muayyan makon va zamonda mavjud huquqiy tartibga solinadigan ijtimoiy xulq-atvorning aniq shakli. Davlat – sezgi organlari yordamida aniqlash mumkin bo‘lgan moddiy hodisa emas, balki jamiyat a’zolarining yuridik jihatdan tartibga solingan o‘zaro bo‘ysunish va boshqarilishini ifo- dalaydigan aloqalarini nazarda tutuvchi ijtimoiy voqelik. Davlat to‘g‘risida so‘z yuritganda, biz vakolatli organlar tomonidan odamlar o‘rtasidagi ij- timoiy munosabatlarning huquqiy tartibga solinishini nazarda tutamiz. Demak, davlat odamlar xulq-atvorini qat’iy huquqiy normalar yordamida majburiy tartibga solishdan iborat funksiyani bajaruvchi murakkab ijtimoiy hodisa(tashkilot)dir.





1 Кокошкин Ф.Ф. Русское государственное право. – М., 1908. – 3–4-betlar.

2 Ильин И. Собр. соч. в 10-ти томах. – М., 1994. – 111-bet.

3 O‘sha joyda.


2-§.
Davlatning mohiyati haqidagi turli nazariyalar


Davlatning mohiyatini aniqlash degan- da, uning ma’no-mantig‘i, ichki tabiati, asl mazmuni, jamiyat hayotida o‘ynaydigan roli va ijtimoiy vazifasini ochish, shu xususiyat-

larini anglab yetish tushuniladi. «Davlat» degan ijtimoiy hodisaning asosiy mantig‘ini, o‘zagini hokimiyat tashkil etadi. Shuningdek, davlat jamiyatga tegishli siyosiy tashkilotdir. Boshqacha aytganda, davlatning mohiyati ma- salasi – davlat hokimiyati kimga tegishli, uni kim va qaysi manfaat yo‘lida amalga oshiradi, degan savolga javob berish orqali yoritiladi. Xuddi shu bois bu muammo o‘ta munozarali, bahsli nazariy masala hisoblanadi1.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish