Davlaт вa huquq nazariyasining metodlari
Davlaт вa huquq nazariyasining metodlari
Umumiy ilmiy metodlar
Maхsus metodlar
Хususiy ilmiy metodlar
dialektika
mantiqiy
sistemali- strukturali
statistik- matematik
kibernetik
ijtimoiy-tajriba
Ijtimoiy tajriba metodi – davlat va huquqqa oid biron-bir institutni, or- ganni, normani hayotga joriy etishdan avval ularni tajriba o‘tkazish yo‘li bilan sinab ko‘rish usuli. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida mahalliy darajadagi ma’muriy hududiy birliklarda (viloyat, shahar, tumanlarda) hokimlik lavozimini joriy etishdan avval 1991-yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining qarori bilan Toshkent shahar hokimi lavozimi ta’sis etilib, bir yil mobaynida ijtimoiy-huquqiy tajriba – sinov o‘tkazildi. Toshkent shahar hokimi muvaqqat Nizom asosida faoliyat yuritdi. Tajriba natijalari umumlashtirilib, 1992-yil 4-yanvarda qabul qilingan «Mahalliy davlat hokimiyati organlarini isloh etish to‘g‘risida» gi qonun bilan respublikamizning barcha tuman, shahar va viloyatlarida hokim lavozimi joriy qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-martdagi «Dav- lat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi sinovi bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazish haqidagi Farmoyishi asosida shu yilning mart-dekabr oylarida Samar- qand va Buxoro viloyatlarida huquqiy eksperiment o‘tkazildi.
Bunday eksperiment o‘tkazishdan maqsad: – qonun loyihasining davlat organlari faoliyatining ochiqligini, shaffofligini, ular faoliyati to‘g‘risidagi ax- borotdan ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari, aholi keng foydalanishini ta’minlashga qaratilgan qoidalari samaradorligini aniqlashdan iborat edi.
Huquqiy eksperiment – huquqiy normalar samaradorligini oldindan (ularning loyihasini amaliyotda tekshirib ko‘rish asosida) baholashning eng maqbul vositasidir. Huquqiy eksperiment davomida qonun loyihasi dastlabki sinovdan o‘tkaziladi, uning tartibga solish ta’siri, ishlash mexanizmlari va sa- maradorligi tekshirib ko‘riladi, loyihaning yutug‘i va nuqsonlari aniqlanadi. Shu asosda uni yanada takomillashtirish mumkin bo‘ladi.
Ilmiy adabiyotlarda huquqiy eksperiment deganda – huquq (qonun)ni ijod etishga vakolatli bo‘lgan organ tomonidan qonunchilikka kiritish mo‘ljallanayotgan bo‘lg‘usi yangi normalarni cheklangan masshtabda sinab ko‘rish asosida ularning samaradorligini, foydaliligini va iqtisodiy tejamliligini aniqlash, hamda o‘rnatiladigan huquqiy mezonlar (huquq ijodkorligi qarorlari) ning oqilona variantini ishlab chiqish maqsadida o‘tkaziladigan tekshiruv tadbiridir1.
Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasining metodlari davlat va huquq hodisalarini, ular bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganishga, bu muhim ijti- moiy-siyosiy institutlarning rivojlanish qonuniyatlarini ochishga yo‘naltirilgan ilmiy usullar, yo‘llar, tamoyillar va vositalar majmuidir.
1 Qarang: Правовой эксперимент и совершенствование законодательства. – М., 1988. – 26-bet.
4-§.
Davlat va huquq nazariyasining ijtimoiy va yuridik fanlar tizimidagi o‘rni hamda ahamiyati
Davlat va huquq nazariyasi fanini har tomonlama va mufassal tavsiflashda uning boshqa fanlar bilan aloqadorligini ochish muhim ahamiyatga ega. Bu fan barcha ij- timoiy va yuridik fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Davlat va huquq masalalarini faqat yuridik fanlar emas, balki boshqa ijtimoiy
fanlar ham o‘rganadi. Chunki insonlarning faoliyati serqirra va turli-tuman bo‘lib, ular huquq vositasida tartibga solinadi, davlat-siyosiy munosabatlarning obyekti sifatida maydonga chiqadi.
Davlat va huquq hamisha ijtimoiy hayotning muhim masalasidir. Dav- lat va huquq nazariyasi davlat va huquq hodisalarini tadqiq va tahlil qilishda boshqa fanlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi, ularning yutuqlari, ilmiy xu- losa va tavsiyalaridan foydalanadi. Davlat va huquq nazariyasi boshqa ijtimoiy fanlar: falsafa, iqtisod, sotsiologiya, siyosatshunoslik, tarix kabi fanlar bilan mustahkam aloqada bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |