Odilqoriyev X. T



Download 1,16 Mb.
bet278/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   370
Bog'liq
777 (1)

Huquqni tatbiq etish – davlat faoliyatining shakllaridan biri hisobla- nadi. Huquqiy normani tatbiq etish chog‘ida har qanday vakolatli davlat organi, mansabdor shaxs davlatning nomidan harakat qiladi. Huquqiy normalarning to‘g‘ri tatbiq etilishi davlat tomonidan nazorat qilinadi. Bir qator huquqiy mu- nosabatlar davlat, uning organlarining bevosita ishtiroki bilan belgilanadi (ma- salan, harbiy xizmatga chaqirish, orden bilan taqdirlash, davlat apparatidagi u yoki bu mansabga tayinlash va hokazo). Davlatning huquqiy normalarni tatbiq etish faoliyati huquqiy mazmunga ega. Jamiyatda huquqiy normalarni tatbiq etish xalqning manfaatlaridan kelib chiqadi va qat’iy qonunga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.

Qonunchilik huquqiy normani tatbiq etish jarayoniga bir qancha talablarni qo‘yadi, ya’ni huquqiy normani mo‘ljallangan obyektiv holatlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina tatbiq etish va unga asos qilib olinayotgan faktlar obyektiv aniqlangan bo‘lishi lozim.



Qonuniylik muhiti hukmron bo‘lgan sharoitda har bir insonning agar u qonunlarni buzmasa, fuqarolik huquqlari qo‘riqlanadi va hech qanday organ, hech bir shaxs tomonidan tajovuzga duchor bo‘lmaydi. Shunday qilib, huquqiy normalarni qo‘llash subyektlari vakolatli davlat organlari, mansabdor shaxslar va jamoat (nodavlat) tashkilotlaridir.


5-§.
Huquqni qo‘llash hujjatlari


Huquqni qo‘llash hujjatlari davlat or- ganlari, jamoat tashkilotlari va mansabdor shaxslarning huquqni qo‘llash faoliyatining

natijasi bo‘lib, hisoblanadi. Huquqni qo‘llash hujjati – davlatning hokimiyatini amalga oshirish yuzasidan chiqariladigan yakka tartibdagi muayyan hujjat bo‘lib, vakolatli subyekt tomonidan aniq huquqiy masalani mazmunan hal etish yuzasidan chiqariladi. Huquqni qo‘llash hujjatlari ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir ko‘rsatish mexanizmida tutgan o‘rni, zaruriyati hamda foydaliligi nuqtayi nazaridan mustaqil qiymatga ega. Huquqni qo‘llash hujjatlari qadr-qim- matining yuqoriligi yana shu bilan belgilanadiki, ular orqali normativ-huquqiy hujjatlar bilan bir qatorda ijtimoiy maqsadlarni amalga oshirishga erishiladi.

Huquqni qo‘llash hujjatlari quyidagi bir qator xususiyatlarga ega:

  1. ular vakolatli organlar va mansabdor shaxslar tomonidan chiqariladi. Bundan esa, huquqni qo‘llash hujjatlarining davlat-hokimiyat xususiyatiga ega ekanligi kelib chiqadi;

  2. bu hujjatlar qat’iy individuallashgan bo‘lib, ular aniq shaxslar va hodisalarga qaratilgan bo‘ladi;

  3. bu hujjatlarning bajarilishi davlatning majburlov kuchi bilan ta’minlanadi;

  4. huquqni qo‘llash hujjatlari bir marta qo‘llaniladi, shu bilan u o‘z kuchi- ni yo‘qotadi.

Huquqni qo‘llash hujjatlarida, ular sudlov, ma’muriy yoki boshqa davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan qabul qilinishidan qat’i nazar, har doim davlatning obro‘si va kuchi namoyon bo‘ladi. Shuning uchun mazkur hujjatlarda nazarda tutilgan ko‘rsatmalarni bajarishdan bosh tortish, ularni buzish tegishli tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

Huquqni qo‘llash hujjatlari quyidagi talablarga javob berishi lozim: a) maz- kur hujjatlar qaysi normativ-huquqiy hujjatlar asosida qabul qilingan bo‘lsa, ularga aniq mos kelishi; b) huquqni qo‘llovchi organ yoki mansabdor shaxsning vakolati doirasida qabul qilinishi; d) chuqur va har tomonlama asoslantirilgan bo‘lishi; e) huquqni qo‘llash hujjatlariga rasmiy tus beruvchi barcha zarur rekvizitlarga (hujjatning nomi, qabul qilinish joyi va vaqti, mazkur hujjatni qabul qilgan organ nomi, tegishli muhr, imzoning mavjudligi va hokazo) ega bo‘lishi.

Huquqiy adabiyotlarda huquqni qo‘llash hujjatlari huquqning manbayi bo‘la olmasligi qayd etiladi. Sababi, mazkur hujjatlar o‘zlarida umumiy yurish-turish qoidalarini emas, balki alohida hayotiy holatga taalluqli ko‘rsatmani mujassam- lantiradi. Huquq nazariyasida huquqni qo‘llash hujjatlarini tasniflash masalasi alohida ahamiyatga ega. Huquqni qo‘llash hujjatlarini bir necha mezonlar aso-

sida tasniflash mumkin. Ular ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatish shakli; ularni qabul qilgan subyektlari; ahamiyati va hokazolarga asosan guruhlarga bo‘linadi.

Huquqni qo‘llash hujjatlari ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etish shakliga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: ijro etuvchi va huquqni muhofaza etuvchi.

Ijro etuvchi hujjatlar huquq normasida mustahkamlangan ko‘rsatmalarni alohida shaxs yoki vaziyatga nisbatan ijro etishni tashkillashtirishga qaratil- gan. Masalan, mutaxassisligi va malakasi talabga javob beradigan shaxsni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi, o‘z vazifasini sidqidildan ijro etgan xodimni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi buyruq va hokazo.

Huquqni muhofaza etuvchi hujjatlar amaldagi huquq normalarini turli xil tajovuzlar yoki buzilishlardan saqlashga xizmat qiladi. Ular, odatda, huquq buzilishining oldini olish yoki sodir etilgan huquqbuzarlik yuzasidan chiqarila- di. Bunday hujjatlarga sudlov, tergov, prokuratura, soliq, bojxona organlarining hujjatlari misol bo‘la oladi.

Huquqni qo‘llash hujjatlarini qabul qiluvchi subyektlarga ko‘ra, mazkur hujjatlar: qonunchilik hokimiyati organlari hujjatlari; ijro hokimiyati organlari hujjatlari; sudlov organlari hujjatlari; o‘zini o‘zi boshqarish organlari hujjatlari; jamoat tashkilotlari hujjatlari; korxona, muassasa va tashkilotlar ma’muriyati tomonidan chiqariladigan hujjatlarga bo‘linadi. Huquqni qo‘llash hujjatlarining ifoda etilishi shakliga ko‘ra: rasmiy talab, tavsiya xarakteridagi va ko‘rsatma (rezolyutsiya) hujjatlari kabi turlari mavjud.





6-§.
Qonun analogiyasi va huquq analogiyasi


Jamiyatning jo‘shqin rivojlanishi, unda qonun chiqaruvchi idora tomonidan ko‘zda tutilmagan ijtimoiy munosabatlarning vujud- ga kelishi, ularga nisbatan huquqni qo‘llash

ehtiyoji bilan huquq yaratuvchilik faoliyati o‘rtasidagi farq huquqdagi bo‘shliqni tashkil etadi. Huquqdagi bo‘shliq, odatda, huquqni qo‘llash jarayonida aniqla- nadi. Huquqni qo‘llovchi organ muayyan ishni hal etish chog‘ida har doim ham ushbu munosabatni tartibga solib turuvchi xulq-atvor qoidasini topa olmasligi mumkin. Ushbu holat quyidagicha izohlanishi mumkin: 1) qonun chiqaruv- chi idora (barcha huquq ijodkorligi faoliyati subyektlarining) ongli ravishda tartibga solish masalasini ochiq qoldirganligi; 2) amaldagi huquq tizimida bo‘shliq (huquqiy hal etilmagan jihat) mavjudligi1.



1 Нерсесянц В.С. Общая теория права и государства. Учебник для юридических вузов и факуль- тетов. – М.: Издательская группа НОРМА – ИНФРА. – М, 1999. – 490-bet.

Qonun yaratuvchi idoraning ushbu holatlarni tartibga solishni e’tibordan chetda qoldirgani vujudga kelgan hayotiy masalalar huquqiy ahamiyatga ega emasligini bildiradi. Bunday holatlar yuzasidan huquqni qo‘llashni taqozo etuv- chi ish qo‘zg‘atish mumkin emas, qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha esa, ularning huquqiy jihatdan kam ahamiyatliligini inobatga olib tegishli qaror chiqariladi.



Huquqdagi bo‘shliq deganda, amaldagi huquqning mazmuni va u tomoni- dan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar xususiyatiga ko‘ra muayyan hayotiy holatni tartibga solish uchun zarur bo‘lgan aniq normaning yo‘qligi tushuniladi. Huquqdagi bo‘shliq faqat huquq ijodkorligi vakolatiga ega bo‘lgan organ tomonidan bartaraf etilishi mumkin.

Huquqni qo‘llash jarayonida huquqdagi bo‘shliqni bartaraf etish uchun maxsus huquqni qo‘llovchi vositalar (usullar) – qonun analogiyasi (o‘xshashligi) va huquq analogiyasi (o‘xshashligi) dan foydalaniladi.




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish