Odilqoriyev X. T



Download 1,16 Mb.
bet193/370
Sana01.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#297353
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   370
Bog'liq
777 (1)

Definitiv (ta’rif) normalar – ular huquqiy kategoriya va tushuncha-

larning tavsifini o‘zida mujassamlashtiradi. Bulardan masalan, jinoyat qo- nunida – jinoyat ta’rifi, ma’muriy qonunda – ma’muriy huquqbuzarlik harakati ta’rifi, fuqarolik qonunida – bitimlarning ayrim turlari ta’rifi va hokazolarni ko‘rsatish mumkin. Definitiv normalar qonunchilikdagi biron-bir normaning mazmunini tushuntirib berishga qaratilgan bo‘ladi. Definitiv normalar huquqiy kategoriya va tushunchalarning tavsifini o‘zida mujassamlashtiradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 34-moddasida residiv jinoyatning mohiyati, ta’rifi ochib berilgan. Definitiv normalar, asosan evristik va yo‘nalish beruvchi funksiyalarni bajaradi.

Huquq normalarini huquqiy tartibga solish predmeti bo‘yicha (huquq so- halari bo‘yicha): konstitutsiyaviy, ma’muriy, moliyaviy, yer, fuqarolik, mehnat, jinoyat huquqi va boshqa soha normalariga bo‘lish mumkin. Ma’lum bir ijti- moiy munosabatlarning sifat jihatidan bir xilligi va nisbiy mustaqilligi ularni tartibga soluvchi huquqiy normalarning maxsusligi va ma’lum darajada o‘ziga xosligining shartidir, bular jamlangan holda muayyan huquq sohasini tashkil etadi.

Huquq normalarini moddiy va protsessual huquq normalariga ajratish ham keng tarqalgan. Huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari mazmuni- ni aniqlab beruvchi normalar moddiy huquq normalari guruhiga qo‘shiladi. Moddiy huquq normalari huquq subyektlarining huquq va burchlari, ularning huquqiy holati, huquqiy tartibga solish doirasini mustahkamlaydi. Boshqacha aytganda, ular huquq subyektiga unga qanday huquq berilishi va undan nima talab qilinishini ko‘rsatib beradi.

Huquqlarni amalga oshirish va majburiyatlarni bajarish, ijro etishning tartibini, buzilgan huquqni tiklash jarayonini belgilovchi normalar esa, protses- sual normalar deyiladi. Masalan, Fuqarolik kodeksida fuqarolik-huquqiy mu- nosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari mustahkamlangan bo‘lsa (ya’ni, moddiy normalar), buzilgan huquqni tiklash, yetkazilgan zararni qoplashga
oid normalar (ya’ni, protsessual normalar) Fuqarolik-protsessual kodeksida mustahkamlangan bo‘ladi.

Protsessual huquqiy normalar tashkiliy munosabatlarni tartibga soladi, hamda sof tashkiliy, rasmiy, boshqaruv xususiyatiga ega. Ular doimo moddiy huquq normalari tartibi, shakllari va tatbiq qilish usullarini belgilaydi. Protses- sual normalar ikkilamchi xususiyat kasb etadi. Protsessual huquqiy normalar hamma vaqt ham alohida sohalarda jamlanavermaydi. Bu hol sodir bo‘lgan taqdirda ham, u huquq sohasining ma’lum bir rivojlanish bosqichida bo‘ladi, ya’ni muvaqqat bo‘ladi. Protsessual normalar o‘ziga xos huquqiy kompleksni hosil qilib, huquq sohasining ma’lum bir bo‘linishi tashkil etilishidan vujudga keladi. Huquq normalarida xatti-harakatni shakllantirishning mavhumligiga qarab, abstrakt (mavhum, umumiy) va kazuistik (nisbatan konkret) norma- lar farqlanadi. Muayyan bir munosabat turini yaxlit holda tartibga soladigan normalar abstrakt (mavhum) normalar hisoblanadi. Bir munosabat turining muayyan bir qismini tartibga soladigan normalarni esa, kazuistik normalar, deb yuritiladi. Masalan, Konstitutsiyaning «Asosiy prinsiplar» deb nomlangan 1-bo‘limi normalari abstrakt, umumiy tabiatga ega, Bu bo‘limda O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va siyosiy tuzumining asoslari umumiy tarzda mustah- kamlangan. Keyingi bo‘limlarda esa asosiy qoidalar yanada aniqroq ifodalanib, ularga batafsil to‘xtalib o‘tilgan: masalan, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari (2-bo‘lim), davlat hokimiyatining tashkil etilishi (5-bo‘lim) va hokazo. Huquq normalari, shuningdek, asosiy (dastlabki) va hosila normalarga bo‘linadi, birinchisida umumiy xarakterga ega bo‘lgan qoidalar mustahkamlansa, (masalan, qonun normalari), ikkinchisida esa, umu- miy qoidalarni rivojlantiruvchi, aniqlashtiruvchi normalar mustahkamlanadi (masalan, qonunosti normativ hujjatlarning normalari qonun normalarini aniqlashtiradi, konkretlashtiradi).

Huquq normalari amal qilish hududiga qarab, umumiy amal qiluvchi, mahalliy miqyosda amal qiluvchi va lokal normalarga bo‘linadi. Bunda birinchisi butun mamlakat hududida amal qilsa (masalan, Konstitutsiya norma- lari), ikkinchisi – ma’lum hududlarda amal qilishi mumkin, masalan, ekologik talafot hududlarida, baland tog‘li sharoitda, cho‘l zonasida, radiaktiv xavf mavjud zonalarda, uchinchisi – muayyan soha vakillarining faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi normalar (masalan, sog‘liqni saqlash, ichki ishlar vazirligi tizimi bilan bog‘liq) va hokazo.

Huquq normalari subyektlariga qarab, umumiy va maxsus normalarga bo‘linadi, bunda birinchisi hamma huquq subyektlari uchun taalluqqli bo‘lsa, ikkinchisi esa, aholining muayyan guruhi uchun, yoki aniq belgilangan doi- radagi subyektlar, jumladan pensionerlar, nogironlar, soliq idorasi xodimlariga


taalluqli bo‘ladi. Umumiy va maxsus huquq normalari bir-biridan umumiylik darajasi va harakat doirasi bilan farq qiladi. Umumiy normalar, odatda, u yoki bu huquq sohasining barcha huquqiy institutlarini (jinoyat huquqining shartli hukm qilish haqidagi, hukm ijrosini kechiktirish, fuqarolik huquqining da’vo muddati, shartnomalar haqidagi institutlari va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Bu normalar huquq sohasining umumiy qismiga jamlanadi va tarmoq obyektlarini tartibga soladi. Ulardan farq qilib maxsus normalar u yoki bu huquq sohasi manbalarining institutlariga tegishli bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarning xususi- yatlarini hisobga olgan holda ularning ma’lum bir turini tartibga soladi. Max- sus normalar umumiy ko‘rsatmalarni batafsil holga keltiradi, ularni amalda tatbiq etishning zamon va makondagi shartlarini muayyanlashtiradi, shaxs- ning xulq-atvoriga huquqiy ta’sir etishga qaratilgan bo‘ladi. Shu tufayli, ular huquqning umumiy normalari beto‘xtov va izchil tatbiq etilishini ta’minlaydi. Maxsus normalar yig‘indisi u yoki bu huquqiy sohaning maxsus qismini tash- kil etadi.

Maxsus normalarga quyidagilar misol bo‘ladi: oldi-sotdi, hadya, pudrat, kapital qurilish va fuqorolik huquqining boshqa bitimlari haqidagi normalar; jinoyat huquqida – bezorilik, bosqinchilik, o‘g‘rilik va hokazo jinoyat tarkiblari uchun belgilangan javobgarlik haqidagi normalar.

Huquqiy tartibga solish uslubiga qarab, huquq normalarini imperativ va dispozitiv normalar guruhiga bo‘lish mumkin. Imperativ normalar dav- lat amri xususiyatiga ega bo‘lib, xatti-harakat subyektiga belgilangan harakat modelidan chetga chiqishni man etadi, masalan, ko‘pgina jinoiy-huquqiy va

ma’muriy-huquqiy normalar shunday mazmundadir. Imperativ normalar qat’iy- majburiy ahamiyatga ega bo‘lib, hokimiyat munosabatlarini, ya’ni bo‘ysunish va itoat etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi (masalan, JKning Maxsus qismi normalari imperativ ahamiyatga ega). Masalan, Jinoyat kodeksining 44-moddasida mustahkamlangan huquq normasi mazmuniga muvofiq, jinoiy jarimaning eng, minimal miqdori eng kam oylik ish haqining 5 baravarini, maksimal miqdori esa, 600 baravarini tashkil etadi. Sudya jarima jazosini tayinlashda ushbu imperativ norma asosida belgilangan miqdorlar doirasidan chetga chiqolmaydi.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish