partiyalarning saylovlarda oshkora kurashi natijasida hukumatning shakllanishi;
hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishiga asoslanganligi.
Avtoritar tipdagi siyosiy tizimlar esa yakka shaxs yoki muayyan guruh qo‘lida kuchli hokimiyatning to‘planganligi bilan ajralib turadi. Bunday tizim- larning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
fuqarolar demokratik huquq va erkinliklarining tugatilganligi yoki cheklanganligi;
muxolif partiyalar va ijtimoiy tashkilotlarning mutlaqo yoki qisman taqiqlanganligi;
davlat organlarida saylovning cheklanishi va parlamentning ikkinchi darajali organga aylanib qolishi;
hukmron partiyaning davlat apparati bilan qo‘shilib ketishi;
muxolif matbuotning taqiqlanishi;
hokimiyat vakolatlari taqsimlanish tamoyilining buzilishi yoki umu- man amalga oshmaganligi.
Totalitar turdagi siyosiy tizimlar davlatning jamiyat hayoti barcha so- halarida to‘la (total) nazorat o‘rnatganligi bilan ajralib turadi yoki tavsiflanadi. Toalitar siyosiy rejimlarning asosiy belgilari quyidagilar:
fuqarolar huquq va erkinliklarining butkul kamsitilishi;
hokimiyatning barcha darajalarda nomenklaturaning yopiq kanallari orqali shakllantirilishi;
hokimiyat bo‘linishi prinsipining amalda bekor qilinganligi;
yagona hukmron partiyaning mavjudligi;
yagona rasmiy mafkuraviy doktrinaning jamiyat barcha a’zolariga singdirilishi.
Totalitarizm ijtimoiy turg‘unlikka, fuqarolarning passivligiga, davlat va partiya apparatining izdan chiqishiga, ma’naviy tubanlashuvga olib borishini sobiq SSSRning tarixi yaqqol ko‘rsatdi.
O‘tish holatidagi jamiyatlarda (totalitarizm yoki avtoritarizmdan de- mokratiyaga yoki aksincha) o‘tish davri siyosiy tizimlari shakllanadi. Bunday siyosiy tizimlar siyosiy institutlarning zaifligi, oxlokratiya, ya’ni, olomon ho- kimiyati xavfining namoyon bo‘lishi, siyosiy his-tuyg‘ularning jilovlanmagan- ligi, ijtimoiy guruhlarning o‘z g‘oyaviy-siyosiy yo‘llarini yo‘qotganliklari va boshqa holatlar bilan izohlanadi.
Ayrim siyosatshunoslar siyosiy tizimlarni ulardagi markazlashuv dara- jasi, hurfikrlilik (plyuralizm) va siyosiy hayotning demokratlashganligi daraja- siga ko‘ra ta’riflab, quyidagi turlarga ajratadilar:
Marksistik siyosiy tizimlar (siyosiy tizimlarni bir-biriga keskin qara- ma-qarshi qo‘yadi).
Demokratik siyosiy tizimlar (fuqarolarning davlat hokimiyati ustidan jamoat nazoratini ta’minlovchi mexanizm mavjud bo‘ladi).
Modernizatsiyalashgan siyosiy tizimlar (rivojlangan fuqarolik jamiyati va ratsional hokimiyatni amalga oshirish mavjud bo‘ladi).
An’anaviy siyosiy tizimlar (siyosiy an’analarga sodiqlik, hokimiyatning monarxiya shakli va hokazo).
O‘tish davri siyosiy tizimlari (bunday tizim negizida rivojlanmagan fuqarolik jamiyati, siyosiy rollarning zaif tabaqalashtirilganligi, hokimiyatning xarizmatik usulga asoslanganligi, siyosiy institutlarning sust rivojlanganligi yotadi).
Shu o‘rinda siyosiy tizimlar evolyutsiyasi va revolyutsiyasi to‘g‘risidagi ayrim nuqtayi nazarlarni o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Jamiyatdagi ijtimoiy sinfiy kuchlar joylashuvidagi o‘zgarishlar oqibatida jamiyatning siyosiy tizimi ham o‘zgarishlarga yuz tutadi. Shu tufayli siyosiy jarayon – ijtimoiy subyekt- larning siyosiy tizimni shakllantirish, o‘zgartirish, qayta tuzish va ro‘yobga chiqarish borasidagi barcha harakatlarining yig‘indisi, degan xulosaga kelish mumkin.
Jamiyat siyosiy tizimining ichki tuzi- lishi (strukturasi)ni to‘g‘ri tavsiflash uchun unga kiruvchi qismlarni aniqlab olish me- zonlarini qat’iy belgilash lozim. Bundagi
asosiy talab sistemaga kiruvchi qismlarning ichki batartibligi (tashkiliy mezon) va faoliyatining siyosiy yo‘naltirilganligi (siyosiy mezon) hisobla- nadi. Ushbu talab (mezon)lar siyosiy tashkilotning ijtimoiy vazifasi, maqsa- di, funksiyalari, faoliyatining asosiy sohalari, faoliyat yuritish va tashkiliy prinsiplarini aks ettiruvchi nizom, dastur, ustavlarda normativ tarzda ras- miylashadi.
Faoliyatning siyosiy yo‘naltirilganligini aks ettiruvchi mezon siyosiy sistemaning u yoki bu instituti uchun quyidagicha ahamiyat kasb etadi: birin- chidan, muayyan ijtimoiy birlikning, sinf yoki guruhning siyosiy manfaatlarini ifodalashga qodir bo‘lish; ikkinchidan, siyosiy hayot va siyosiy munosabat- larning ishtirokchisi bo‘lish; uchinchidan, davlat hokimiyatiga bevosita yoki bilvosita aloqador bo‘lish – hokimiyatga egalik qilish, uni shakllantirish yoki undan foydalanish, davlat organlari bilan hamkorlik qilish yoki ularga muxoli- fatda bo‘lish shakllaridan birontasining mavjud bo‘lishi; to‘rtinchidan, o‘z faoli-
yatida mamlakat siyosiy hayotida qaror topgan siyosiy norma yoki qoidalarni qo‘llash1.
Mazkur mezonlarga rioya etgan holda siyosiy sistema subyektlari tan- lab olinadigan bo‘lsa, ular qatoriga davlat, barcha siyosiy partiyalar va ba’zi jamoat birlashmalari (ijtimoiy harakatlar) kiritilishi mumkin. Eng asosiy talab ularning siyosatga daxldorligi, siyosiy manfaat va maqsadlarni ko‘zlashi hamda ularga erishish yo‘lida harakatlana olishidir.
Siyosiy va huquqiy adabiyotlarda siyosiy tizimning tarkibiy tuzilishini tashkil etuvchi elementlar siyosiy hokimiyatni shakllantirish va amalga oshirishdagi o‘rniga qarab quyidagi qismlardan iborat, deb e’tirof etiladi:
tashkiliy jihat – davlat, siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar (institutsional element);
me’yoriy jihat – huquq, siyosiy norma va an’analar, siyosiy hayot doira- sidagi axloq va madaniyat qoidalari (normativ element);
aloqalar tizimiga oid jihat – siyosiy institutlar o‘rtasidagi aloqa bog‘lash vositalari va shakllari: saylovlar, referendumlar, ommaviy muhokamalar, majlislar, davlat va siyosiy partiyalarning aholiga murojaatlari, ommaviy axborot vositalarining faoliyati va boshqalar (kommunikativ elementlar);
mafkuraviy jihat – siyosiy ong, jamiyatda hukmron bo‘lgan va uni yo‘naltiruvchi siyosiy mafkura (g‘oyaviy, mafkuraviy element).
Siyosiy tizimni tashkil etuvchi yuqorida qayd etilgan to‘rtta kichik tizim siyosiy maqsadlarning amalga oshirilishida muayyan vazifalarni bajaradi. Masalan, tashkiliy kichik tizimga kiruvchi davlat va siyosiy partiyalar siyosiy maqsadlarni amalga oshirish uchun tuziladi. Qolgan boshqa kichik tizimlar, jumladan, jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari esa, siyosiy maqsadlar uchun emas, balki ma’lum guruhlarning madaniy, jismoniy va malaka- viy manfaatlarini qondirishga xizmat qiladi.
Madaniy-mafkuraviy tizimning vazifasi siyosiy partiyalarning muayyan g‘oyalar va qarashlarga tayanishi bilan bog‘liq. Siyosiy partiyalar jamiyat taraqqiyotining yo‘nalishlari, hokimiyat uchun kurash uslublari va konsepsi- yalaridan kelib chiqib, turli g‘oyalarni ilgari surishlari mumkin. Siyosiy partiya- lar mamlakatda amal qilayotgan qonunlar, huquqiy normalarga to‘la-to‘kis rioya qilsalar, jamiyat siyosiy tizimida o‘zlarining munosib o‘rinlariga ega bo‘ladilar, aks holda, ularning faoliyati davlat tomonidan to‘xtatib qo‘yilishi mumkin.
Bugungacha dunyo siyosiy tarixida liberal, konservativ, radikal, mil- liy, sotsialistik va boshqa turdagi mafkuralar ilgari surilganligi ma’lum. De- mokratik davlat ma’lum bir mafkuraviy konsepsiyaga tayansa ham, u yoki
1 Qarang: Общая теория государства и права. Академический курс в 2-х томах. Отв. ред. проф. М.Н. Марченко, Том 1. – М., 1998. – 239–240-betlar.
bu mafkurani davlat mafkurasi sifatida belgilamaydi. Siyosiy me’yor – davlat va siyosiy tuzilmalar darajasida tan olingan siyosiy axloq hisoblanadi. Uning asosiy hujjati konstitutsiya bo‘lib, u jamiyat va davlat hayotining normalarini o‘zida aks ettiradi.
Axborot-kommunikatsiya tizimining o‘rni siyosiy jarayonlarni xalqqa xolisona yetkazish va baholash bilan belgilanadi. Bunda asosiy o‘rinni televi- deniye, gazeta va jurnallardagi siyosiy va huquqiy rukndagi ko‘rsatuv va maqo- lalar egallaydi. Ayniqsa, kompyuter tizimidan axborot olish manbayi yuqori o‘rinda turadi. Chunki, «Internet» tizimi o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Siyosiy tizimning yuqorida qayd etilgan kichik tizimlari mustaqil faoliyat ko‘rsatsalarda, ammo bir-birlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Ularning o‘zaro uyg‘un holatdagi faoliyati siyosiy tizim barcha mexanizmlarining normal ish- lashini ta’minlaydi.
Siyosiy tizimni bunday tushunish unga kompleks yondashishni bildira- di. Yuqoridagi talqindan kelib chiqib, siyosiy tizimni quyidagi asosiy tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq:
siyosiy va huquqiy normalar;
siyosiy tuzilmalar (institutlar);
siyosiy faoliyat;
siyosiy ong;
siyosiy madaniyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |