Odilqoriyev X. T



Download 1,25 Mb.
bet67/298
Sana16.06.2022
Hajmi1,25 Mb.
#677267
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   298
Bog'liq
Odilqoriyev X. T

Demokratik siyosiy rejim. Demokratiya (yunoncha demokratia «demos –
xalq, kratos – hokimiyat» – «xalq hokimiyati») siyosiy rejimi barcha insonlarning tengligi va erkinligini tan olishga, aholini turli jamoat tashkilotlariga birlashti- rish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini xalq ishtirokida saylash, dav- lat hokimiyatining taqsimlanishi va xalqning davlatni boshqarishda ishtirok etishiga asoslanganligida aks etadi. Demokratik davlat o‘z fuqarolarining huquq va erkinliklarini rasmiy ravishda konstitutsiya va qonunlarda e’lon qila- di, ayni paytda, ularning iqtisodiy zaminini ta’minlaydi hamda kafolatlaydi. Demokratik tartib ikki shaklda amalga oshiriladi: vakillik demokratiyasi va bevosita demokratiya.


Vakillik demokratiyasida xalq o‘zi saylagan deputatlari orqali davlat ahamiyatiga molik iqtisodiy, siyosiy va huquqiy masalalarni muhokama qilish, hal etish haqida qaror qabul qilish va davlatni idora etishda qatnashish imkoni- yatiga ega bo‘ladi.
Bevosita demokratiyada davlatni idora etishda xalqning bevosita ishtiroki ta’minlanadi, ya’ni davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masalalarni hal etishda umumxalq ovoziga qo‘yish (referendum) ni amalga oshirish mumkin.
Demokratik siyosiy rejimning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanganligi;

  • davlat hokimiyatining birdan-bir manbayi xalq ekanligi;

  • vakillik hokimiyat organlarining to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi;

  • siyosiy qarorlar qabul qilinishi ustidan xalq nazoratining o‘rnatilganligi;

  • hokimiyat vakolatlarining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud o‘rtasida taqsimlanganligi;

  • davlatning fuqarolik jamiyati hayotiga qonunsiz aralasha olmasligi;

  • huquqni muhofaza etuvchi organlar faoliyatining qonunga to‘la asoslanganligi;

  • jamoat birlashmalari tizimining, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mavjudligi;

  • siyosiy partiyalarning muxolifatda bo‘lish erkinligi ta’minlanganligi;

  • siyosiy plyuralizmning qaror topganligi – turli ijtimoiy guruhlar o‘z manfaat (fikr) larini erkin ifodalash imkoniyatiga egaligi;

  • fuqarolik jamiyatining shakllanganligi.

Demokratik siyosiy rejim doirasida liberal yoki liberal-demokratik rejim turlari farqlanadi. Liberal rejimda davlat hokimiyati saylovlar yo‘li bilan shakllantiriladi, hokimiyatning taqsimlanishi amal qiladi hamda shaxs bilan davlat o‘rtasidagi nisbatda ustuvorlik shaxs tomonida bo‘ladi. Liberal rejimning o‘ziga xos xususiyati shundaki, inson o‘z mulki, huquq va erkinliklariga ega bo‘ladi, iqtisodiy jihatdan mustaqil, siyosiy erkin harakat qiladi hamda so‘z, fikr almashish va mulk shakllari erkinligi e’lon qilinadi.
Liberal-demokratik rejimda barcha odamlarning tengligi va ozodli-
gi e’tirof etilib, davlatni boshqarishda xalqning keng ishtiroki ta’minlanadi. Fuqarolar huquq va erkinliklarining iqtisodiy asoslari kafolatlanadi. Shuning- dek, jamiyat ishlarini boshqarish va huquqiy normalarni yaratishda xalq yal- pi ravishda ishtirok etadi hamda ijro organlari ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin, dav- latni boshqarishda prezidentlik instituti joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasi boshqaruv shakli bo‘yicha prezidentlik respublikasi shaklidagi davlat, tuzilish shakli bo‘yicha oddiy – unitar davlatdir, siyosiy rejimiga ko‘ra, demokratik tar-

tibdagi davlat. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kunidan bosh- lab hozirgi kunga qadar o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Bu O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning: «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» risolasida ham ko‘rsatib o‘tilgan. Bu risolada yosh, suveren davlat rivojlanishining besh tamoyili belgilab berilgan: – iqtisodning siyosatdan ustunligi, davlat – bosh islohotchi ekanligi, qonun ustuvorligi, is- lohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va kuchli ijtimoiy siyosat yuritilishi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lida umuminsoniy qadri- yatlarni qayta tiklash, inson huquq va erkinliklari ustuvorligini tan olish aso- sida xalqaro va milliy davlatchilik tajribalariga asoslanib, kelgusida demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etadi.


1991-yilning 31-avgust kuni o‘zbek xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi amalga oshdi – O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Respublika barcha ko‘pmillatli aholisining xohish-idorasi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida» gi konstitutsiyaviy qonunda mustahkamlandi hamda umumxalq referendumida o‘zining yakdil tasdig‘ini topdi. Mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan mamlakatda darhol demokratik huquqiy davlat asoslari vujudga keltirila boshladi. Respublikada ho- kimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudlov hokimiyatlariga bo‘linishi tamoyili amal qilmoqda. Ikki palatali parlamentning qaror topishi (2004-yil dekabr – 2005-yil yanvar) davlatchiligimiz taraqqiyotida yangi bosqichni bosh- lab berdi. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining huquqiy asosini vujudga keltirish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonun- chilik palatasi to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Bularning hammasi qonun chiqarish ishini yanada faol yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi. Davlat boshqaruvining yangi tizimi shakllandi. Boshqaruvning prezi- dentlik respublikasi shakli bu tizimning o‘zagi bo‘ldi. Joylardagi boshqaruv tizimida viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimlik lavozimlari joriy etildi. Qonun ustuvorligini, qonun oldida barcha fuqarolarning tengligini ta’minlovchi sud hokimiyatini qayta tashkil etish va vakolatlarini yanada kengaytirish ish- lari faol olib borilmoqda.
«Siyosiy rejim» barcha siyosiy institutlar, jumladan davlat, siyosiy par-
tiya, saylanadigan birlashmalar, ommaviy ijtimoiy tashkilot va boshqalarning amaldagi faoliyatini ifoda etadi. Siyosiy yoki davlat rejimlarini o‘rganish dav- lat nazariyasi fanining vazifasidir. Davlat nazariyasida «davlat rejimi» tushun- chasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ibora davlat nazariyasida davlat faoliyatining usullarini, metodlarini tavsiflash uchun foydalaniladi. Bu esa, o‘z


navbatida, davlat hokimiyati muayyan jarayonlarda qanday amalga oshirilayot- ganini ta’riflashga imkon yaratadi.
Davlat rejimi davlat shakllarining boshqa elementlaridan farq qiladi va o‘ziga xos siyosiy-huquqiy kategoriya hisoblanadi. U davlat hokimiyatini amal- ga oshirishning real mexanizmi sifatida hokimiyat tarmoqlari munosabatlari- dagi yuridik prinsiplarni emas, balki ularning haqiqiy holatini, avvalo, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi mavjud real munosabat- larni ochib beradi.
Yuqorida qay etilganidek, «davlat rejimi» va «siyosiy rejim» kategori- yalari o‘zaro uzviy bog‘liq. Siyosiy rejim amalda davlat rejimi mazmuni va tabiatini oldindan belgilaydi. Shuning uchun demokratik va avtoritar siyosiy rejimlarning har biri o‘ziga mos davlat rejimiga ega bo‘ladi. Davlat rejimining demokratligi yoki avtoritarligi darajasi to‘g‘risida quyidagilarga asoslanib, xu- losa chiqarish mumkin:

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish