shaxs avtokratiyasi ko‘rinishi bo‘lib, u ham o‘z navbatida, avtoritar, tiraniya
va despotiya kabi turlarga bo‘linadi.
Avtoritar siyosiy rejim mamlakatda fuqarolarning huquq va erkinlikla- rining cheklanganligi, bekor qilinganligi yoki umuman yo‘qligi bilan ajralib turadi. Bu kabi siyosiy rejimga asoslangan davlatlarda davlat hokimiyati vakil- lik organlari faoliyati cheklangan, tugatilgan yoki umuman taqiqlangan bo‘ladi hamda davlat hokimiyati ustidan xalq nazoratining yo‘qligi, ularning yashirin usullar bilan shakllantirilishi namoyon bo‘ladi.
7–18-8
Avtoritar siyosiy rejimning o‘ziga xos xususiyati shundaki, butun ho- kimiyat yagona shaxs (bir organ yoki bir necha shaxs) qo‘lida to‘planib, dav- lat hokimiyatini amalga oshirishda ma’muriy-buyruqbozlik, ba’zan terrorchilik (o‘zboshimchalik, zo‘ravonlik) usullari qo‘llaniladi hamda taraqqiyparvar siyo- siy partiyalar va jamoat birlashmalari faoliyati taqiqlanadi, cheklanadi yoki tarqatib yuboriladi.
Ushbu rejimda siyosiy monizm – ya’ni yakka mafkuraning ustunligi, uning davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilganligi, fuqarolik jamiyatining mavjud emasligi, uning institutlarining cheklanganligi, ijtimoiy manfaatlarni ifodalash imkoniyatlarining taqiqlanganligi avj oladi.
Tiraniya rejimi yakka shaxs boshqaruviga asoslangan. Buning despoti-
yadan farqi shundaki, tiranning hokimiyati, odatda, zo‘ravonlik, bosib olish, ba’zan qonuniy hokimiyatni ag‘darib tashlash natijasida qaror topadi. Tiran hokimiyati o‘zboshimchalik, terror va genotsid asosida amalga oshirilib, de- mokratik tamoyillar tan olinmaydi, mamlakatda amalda bo‘lgan qonunlarga rioya qilinmay, ularni muntazam ravishda buzish hollari yuz beradi. Tiran ho- kimiyati shafqatsiz bo‘ladi hamda qo‘rquvga asoslanadi. Ushbu hokimiyatning yo‘liga g‘ov bo‘lgan guruh yoki jamoa shafqatsiz ravishda bostiriladi.
Despotiya (yunoncha «despoteia» – cheklanmagan hokimiyat) rejimi
hokimiyatning faqat bir kishi tomonidan boshqariladigan mutlaq monarxiyaga xosligini anglatadi. Despotiyalar qadim zamonlarda paydo bo‘lib, boshqaruvda o‘ta o‘zboshimchalik, raiyatning to‘la huquqsizligi, boshqaruvda huquqiy va axloqiy qadriyatlarning yo‘qligi bilan ajralib turadi. Despotiya sharoitida mus- taqillik, norozilik mumkin bo‘lmay, bunday hodisalar xuddi tiraniyadagi singari ayovsiz bostiriladi.
Bunday holatlarda ishlatiladigan chora-tadbirlar o‘ta ayovsiz va shafqat- siz bo‘lib, jazolash dahshatli tus oladi. Buning sababi xalqni qo‘rquvda saqlash hamda o‘rnatilgan hokimiyatning barqarorligini ushlab turishda namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |