gan ma’noni anglatadi. Har qanday huquqiy munosabat uning zamirida yotgan hayotiy hodisalarni, narsa va jarayonlarni tartibga solish vazifasini o‘taydi. Shu bois, obyektsiz, ya’ni
hech narsaga qaratilmagan, hech narsaga ta’sir ko‘rsatmaydigan huquqiy munosabatlar bo‘lmaydi.
Huquqiy munosabatda ishtirok etayotgan subyektlarning diqqat-e’tibori, manfaati, xatti-harakati qaratilgan real ne’mat, aniq narsa, jarayon,
harakat- lar huquqiy munosabatning obyekti deb ataladi. Masalan, uy-joy oldi-sotdi shartnomaviy munosabatining obyektini uy-joy tashkil etadi; odam o‘ldirish jinoyatining obyekti – insonning hayoti; birovni
haqorat qilish fuqaroviy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin. Bu huquqiy muno- sabatlar obyektini shaxsning sha’ni, qadr-qimmati, obro‘-e’tibori tashkil etadi.
Huquqiy munosabatlarning obyekti hayot hodisalari kabi turli-tumandir.
Ularni quyidagicha guruhlashtirish mumkin:
Moddiy olam ne’matlari. Ularga buyum, ashyolar kiradi. Yuridik ma’noda buyumlar – tabiat ne’matlari va mehnat faoliyati jarayonida yaratil- gan narsalar bo‘lib, ular yuzasidan huquqiy munosabatlar kelib chiqadi. Buyum (ashyo) lar toifasiga: ishlab chiqarish qurol-vositalari, iste’mol mollari, pul, qim- matli qog‘ozlar, moddiy mahsulotlar va boshqalar kiradi. Masalan, moddiy olam ne’matlari obyekti bo‘luvchi huquqiy
munosabatlarga oldi-sotdi, mahsulot ayirboshlash, hadya, meros kabi munosabatlar kiradi.
Ma’naviy ijod mahsulotlari. Bu intellektual-aqliy faoliyat natijasidir. Unga madaniyat, san’at,
tasviriy ijod, kino, adabiyot asarlari va boshqalar ki- radi.
Intellektual-aqliy ijod mahsullari yuzasidan ham turli-tuman huquqiy mu- nosabatlar kelib chiqadi. San’at va adabiyot asarlarini yaratgan shaxs mual- liflik huquqiga da’vogar bo‘ladi. Muzey, ko‘rgazma, she’riyat kechasiga borgan shaxslarda ana shu ijod mahsulotlariga qiziqish paydo bo‘ladi. Bu munosabat- ning obyekti – ma’naviy boyliklardir. Ijod mahsulotlari oldi-sotdi, hadya, ijara, foydalanish kabi huquqiy munosabatlarning obyekti bo‘lishi mumkin.
Huquqiy munosabat ishtirokchilarining xulq-atvori va uning oqi-
batlari. Inson
faoliyati, xulq-atvori huquqiy munosabatlar vositasida tartib- ga solinuvchi obyekt sifatida namoyon bo‘ladi. Aksariyat hollarda majburiyat o‘tovchi subyektning xulq-atvori huquqiy munosabat obyekti bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga mu- vofiq, ichki ishlar idoralari jazoni o‘tab qaytgan shaxslar ustidan ma’muriy
nazorat o‘rnatadi va uni amalga oshiradi. Bunda nazorat ostida bo‘luvchi shaxsning faoliyati, yurish-turishi, xulq-atvori ichki ishlar organi bilan jazo o‘tab chiqqan shaxs o‘rtasidagi huquqiy munosabatning obyekti bo‘ladi.